Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

UYQU CHAQIRUVCHI DORI PREPARATLARNING TASNIFI VA ULARNING FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada uyqu chaqiruvchi dori preparatlari haqida kengroq tasnif berilgan. Ularning sinflari haqida ma’lumotlar keltirilgan va zamonaviy tibbiyotda ulardan foydalanishning ilmiy asoslari keltrilgan. Uyqu chaqiruvchi dori preparatlaring farmakologik xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Shu bilan bir qatorda uyqu chaqiruvchi dori preparatlarining doimiy qo’llanilishi natijasida inson organizmda sodir bo’ladigan mexanizmlari va salbiy oqibatlari haqida yoritilgan. Uyqu chaqiruvchi preparatlardan qanday foydalanish va bunday kuchli ta’sirga ega bo’lgan dori preparatlarining dorixona faoliaytidagi chakana savdosi qanday amalga oshirilishi bayon etilgan. O’zbekiston Respublikasi davlat reystridan o’tgan uyqu chaqiruvchi dorilar ro’yhati ko’rsatilgan. Shu qatorda bunday prepatlarni uy sharoitida qanday saqlanishi haqida ham maslahatlar ko’rsatib o’tilgan.

Kocherova Umida Anvarovna

151-154

2025-04-24

O'QUV YUKLAMASI VA UYQU TARTIBI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK: SOG'LOMLIK ME'YORLARI BO'YICHA TAVSIYALAR

Mazkur tezisda o'quv yuklamasi va uyqu tartibi o'rtasidagi bog'liqlik psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Talabalarning haddan tashqari intellektual yuklama ostida qolishi uyquning qisqarishiga, natijada diqqat, xotira va emotsional barqarorlikning pasayishiga olib kelishi ta’kidlanadi. Tadqiqotning maqsadi — o’quv yuklamasi va uyqu davomiyligi o’rtasidagi munosabatni aniqlash hamda sog’lom uyqu me’yorlari bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Natijalar o’quvchi va talabalarning samarali ta'lim olish jarayonida uyqu gigiyenasiga rioya qilish zarurligini ko’rsatadi.

Turg'unova Nargiza Sabirdjanovna, Xalimjonov Abduqunduz Rahimjon o'g'li

101-103

2025-09-30

"STRESS, UYQU VA TURMUSH TARZINING XOTIRAGA TA’SIRI"

Ushbu maqolada xotira va uning samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Xotiraning zaiflashishi va buzilishi nafaqat kasalliklar, balki stress, noto‘g‘ri uyqu tartibi, zararli odatlar va turmush tarziga bog‘liq ekanligi yoritilgan. Shuningdek, maqolada xotira buzilishlariga sabab bo‘luvchi asosiy omillar, jumladan, miya patologiyalari, gipoksik holatlar, ruhiy buzilishlar, zararli odatlar va stressli vaziyatlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqolada xotirani yaxshilashning tabiiy usullari, jumladan, uyqu gigienasini saqlash, jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish va aqliy mashg‘ulotlar muhimligi ta’kidlangan. Xotira buzilishlarini oldini olish va samaradorligini oshirish uchun muntazam intellektual faoliyat bilan shug‘ullanish, stress omillarini kamaytirish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish tavsiya etiladi. Maqola xotiraning salomatlik va kundalik hayotdagi ahamiyatini tushunishga, uni yaxshilash yo‘llarini ko‘rsatishga qaratilgan.

Norqulova Y.R., Akramova Sh.R.

49-60

2025-04-28

MELATONIN UYQU JARAYONLARINI TARTIBGA SOLUVCHI TABIIY MODDA.

Ushbu maqolada melatonin gormonining inson organizmidagi biologik ritm va uyqu jarayonlarini tartibga solishdagi o‘rni ilmiy jihatdan yoritilgan. Melatoninning epifiz bezida ishlab chiqarilishi, u qanday omillar ta’sirida faoliyat ko‘rsatishi, va uni sun’iy ravishda qo‘llashning afzalliklari hamda ehtiyot choralariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, uyqu buzilishlari va biologik soat buzilishi kabi holatlarda melatoninning samaradorligi tahlil qilinadi..

Xolmuradov Bobur Bahrom oʻgʻli, Abdusalomova Xumora

117-118

2025-10-13

TIBBIYOT IOT SENSORLARI VA ULARNING O‘LCHASH PARAMETRLARI (GLYUKOZA, YURAK URISH TEZLIGI, FAOLIYAT DARAJASI, UYQU SIFATLARI VA BOSHQALAR)

Sog‘liqni saqlashda IoT texnologiyalarining qo‘llanishi diagnostika va monitoring samaradorligini oshirishda dolzarb yo‘nalish hisoblanadi. “Tadqiqotning maqsadi – tibbiyotda keng ishlatiladigan IoT sensorlari (glyukoza, yurak urishi, jismoniy faoliyat va uyqu sifati)ning imkoniyatlarini o‘rganish va ularning amaliy ahamiyatini baholashdir”. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, IoT texnologiyalari kasalliklarni erta aniqlash, bemor sog‘ligini uzluksiz nazorat qilish va shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalarini ishlab chiqishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, IoT asosidagi tibbiy sensor tizimlari sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashda dolzarb yechimdir

OTABEK XO‘JAYEV, ZILOLA RO‘ZMETOVA

691-694

2025-10-08

SMARTFON YORDAMIDA INSON SALOMOTLIGINI SHAXSIY NAZORAT QILISH TIZIMLARI

Smartfonlar orqali inson salomatligini nazorat qilish tizimlari hayotimizni o'zgartirayotgan va bizning salomatligimizga ko'p imkoniyatlar taqdim etayotgan yangiliklaridan biridir. Bugungi kunda, har bir inson smartfonga ega va bu tizimlardan foydalanishimiz bizning salomatligimizni saqlashga yordam beradi. Smartfonlar salomatlik tizimlari uchun qulay va kuchli vositalardir. Bu tizimlar sizning salomatlik holatingizni nazorat qilish va yangiliklardan xabardor bo'lishingizga yordam beradi. Bu maqola smartfonlar orqali inson salomatligini nazorat qilish tizimlarining muhimligi haqida. Yurish tezligi, kaloriya miqdori, tashvish darajasi, stres, uyqu va faoliyat rejimi kabi ko'plab hayot ko'rsatkichlari smartfon yordamida nazorat qilinishi mumkin. Bu tizimlar insonlarga salomatlikni saqlash uchun ko'plab imkoniyatlar taqdim etishga yordam beradi va hayotlarini sifatliroq va sog'liqni saqlab qolishiga yordam beradi.

Jumanazarov Javlon Shohnazar ogli, Daminov Jalol Olimjon o'g'li

77-79

2023-05-12

QISHLOQ XO‘JALIGI TERMINOLOGIYASIGA BAG‘ISHLANGAN “TAIYANGHUA” XITOY TILI TO‘GARAGI, UNDAGI DARS JARAYONLAR VA NATIJALAR

Ushbu maqolada “Yosh ipakchilar” to‘garagi qoshida ochilgan, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi terminologiyasiga bag‘ishlangan “Taiyanghua” xitoy tili to‘garagida o‘qitish jarayonlari, Xitoydagi maktablarda ta’lim berishda ko‘plab uchraydigan uyqu metodining afzalliklari haqida so‘z boradi.

Xaqnazarova Umida Ural qizi

22-26

2023-12-07

EKRAN QARAMLIGINING RIVOJLANISHGA SALBIY TA‘SIRI VA UNI KAMAYTIRISH

Ushbu ishda (yoki tadqiqotda, maqolada) ekran qaramligi (gadjetlarga, mobil qurilmalarga, kompyuter o'yinlariga bo'lgan haddan tashqari bog'liqlik) ning shaxslar, xususan, bolalar va o'smirlar rivojlanishiga ta'sir etuvchi salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Ekran vaqti me'yoridan ortishi natijasida kelib chiqadigan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy-kommunikativ muammolar yoritiladi. Xususan, uyqu buzilishlari, ko'rish qobiliyatining yomonlashishi, diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar, o'quv faoliyatining pasayishi, real hayotdagi ijtimoiy ko'nikmalarning zaiflashishi kabi jihatlarga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, ekran qaramligini oldini olish va kamaytirish bo'yicha amaliy tavsiyalar, jumladan, samarali raqamli gigiyena qoidalari, ota-onalar va ta'lim muassasalari uchun intervensiya strategiyalari hamda nazorat mexanizmlari taklif etiladi.

Burhonova Nodiraxon Mominovna , Xalimjonov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

109-112

2025-10-08

ADENOID GIPERPLAZIYASI: KLINIK BELGILARI VA JARROHLIK DAVOSI

Adenoid giperplaziyasi — bu burun-halqum sohasida joylashgan adenoid to‘qimalarining patologik kattalashuvi bo‘lib, asosan bolalar orasida keng tarqalgan. Ushbu holat nafas olish, eshitish va uyqu sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Adenoidlar giperplaziyasi nafas yo‘llarining to‘silishi, burun orqali nafas olishning buzilishi, tungi horlama, eshitish qobiliyatining pasayishi, surunkali otit va yuz-jag‘ skeletining rivojlanishida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Klinik belgilar kasallik darajasiga bog‘liq bo‘lib, odatda doimiy burun bitishi, og‘iz orqali nafas olish, uyqu buzilishlari va surunkali infeksiyalar bilan ifodalanadi. Diagnostika uchun rinoskopiya, lateral rentgen, endoskopiya va audiometriya usullari qo‘llaniladi. Davolash dastlab konservativ usullar (yallig‘lanishga qarshi terapiya, immunokorreksiya) bilan boshlanadi, biroq og‘ir holatlarda yoki uzoq davom etuvchi simptomlarda adenoidektomiya — ya’ni adenoid to‘qimasini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash samarali usul hisoblanadi. Maqolada adenoid giperplaziyasining klinik ko‘rinishlari, diagnostik usullari va jarrohlik davosi samaradorligi haqida tahliliy yondashuv asosida fikr yuritiladi.

Nodirjon Abdug’afforov

166-170

2025-06-30

TIBBIYOT OLIY O‘QUV YURTLARIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI HAQIDA TA’LIM BERISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Hozirgi  globallashuv jarayonida oqilona tashkillashtirilgan kun tartibi inson salomatligini saqlash, sog’lom va barkamol zukko qobiliyatli avlodni yetishtirish sog’liqni saqlash masalasi eng dolzarb muammolardan biri bo’lganligi sababli, uni nafaqat tibbiy nuqtai nazardan o’rganish balki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham bu muammoga yondashish davr talabi bo’lib bormoqda.

Dustova Gulzoda Kamiljanova, Israilova Soxiba Bo’ribayevna

754-759

2022-11-23

INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada internet va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar psixologiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri har tomonlama tahlil qilinadi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ular nafaqat muloqot vositasi, balki shaxsiy indentifikatsiya, dunyoqarash va ijtimoiy me’yorlarning shakllanishida muhim rol o‘ynamoqda. Zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi yoshlarning ruhiy holati, ijtimoiylashuvi va shaxsiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, muloqotdagi o‘zgarishlar, yolg‘izlik hissi, depressiya, o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishi kabi psixologik holatlar o‘rganiladi.

Toshpo’latova Ra’no Abduvohidovna, Abdullayeva Ma’suma Habibullayevna

123-127

2025-05-31

TEXNOLOGIYALARNING BOLALAR RUHIY SALOMATLIGIGA SALBIY TA’SIRINI OLDINI OLISH

Texnologiyalarning bolalar ruhiy salomatligiga ta’siri va ushbu salbiy ta’sirlarni oldini olish choralarini o’rganishga bag’ishlangan. Bugungi kunda bolalar turli yosh bosqichlarida smartfonlar, planshetlar, kompyuter o’yinlari hamda ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanilmoqda. Tadqiqotda texnologiyalardan ortiqcha foydalanishning bolalarda paydo qilishi mumkin bo’lgan psixologik muammolar- e’tibor buzilishi, ijtimoiy izolyatsiya, xavotir, uyqusizlik va agressivlik holatlari-nazariy jixatdan taxlil qilingan.

Axmadaliyeva Xavasxon Xomidjon qizi, Xalimjanov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

86-88

2025-09-30

IJTIMOIY GADJETLARDAN FOYDALANISHNING TALABALAR PSIXIKASIGA TA’SIRI,IJTIMOIY QARAMLIK,NOMOFOBIYA (TELEFONSIZ QOLISHDAN QO’RQISH)STATISTIK TAHLIL .

Mazkur maqolada ijtimoiy gadjetlardan foydalanishning inson psixologiyasiga ta’siri masalasi yoritiladi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar, xususan, smartfon va boshqa mobil qurilmalardan keng foydalanish yoshlarning hayot tarziga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, talabalar orasida gadjetlardan haddan tashqari foydalanish diqqat tarqoqligi, uyqu buzilishi, hissiy zo‘riqish hamda ijtimoiy qaramlik kabi muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

Nigora Maxamatova , Nigora Maxamatjo’rayeva

92-95

2025-10-20

O‘PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGIDA RUHIY BUZILISHLARNING KLINIK-DINAMIK KECHISHI

O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (OSOK) nafaqat nafas yetishmovchiligi bilan, balki ruhiy holat buzilishlari bilan ham kechishi ko‘plab klinik kuzatuvlarda isbotlangan. OSOK bilan og‘rigan bemorlarning 65-70% ida depressiya, 40-50% ida tashvish buzilishlari aniqlangan. Uzoq muddatli gipoksemiya va giperkapniya markaziy asab tizimi faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, kognitiv pasayish, xotira buzilishlari va diqqat susayishi bilan kechadi. Bizning klinik kuzatuvimizda 120 nafar OSOK bemori tekshirildi. Dinamik tahlil shuni ko‘rsatdiki, qon gazlaridagi kislorod yetishmovchiligi darajasi oshgani sari kognitiv funksiyalar pasayishi ham keskinlashadi. Bundan tashqari, surunkali gipoksiya bemorlarda depressiv holat, xavotir va uyqu buzilishlarini kuchaytiradi. Natijalarga ko‘ra, bemorlarda ruhiy buzilishlarning rivojlanish tezligi OSOK bosqichi va gipoksiyaning og‘irlik darajasiga bog‘liq....

Doniyorova Surayyo Sunnatulla qizi

27-28

2025-09-09

HOMILADORLIK VA TUG‘RUQDAN KEYINGI DEPRESSIYA: SABABLARI VA DAVOLASH USULLARI

Homiladorlik va onalik ayol hayotidagi eng muhim davrlardan biri bo‘lishiga qaramay, u turli xil psixologik muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Tug‘ruqdan keyingi depressiya ko‘plab ayollarda uchraydigan holat bo‘lib, uning rivojlanishiga gormonal o‘zgarishlar, stress, uyqu yetishmovchiligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yetarli emasligi sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi depressiyaning asosiy belgilari, rivojlanish mexanizmlari va diagnostikasi yoritiladi. Shuningdek, bu holatning ayolning umumiy ruhiy va jismoniy salomatligiga ta’siri tahlil qilinadi. Depressiyaning oldini olish va davolash usullari – psixoterapiya, farmakologik vositalar va turmush tarzini o‘zgartirish kabi yo‘nalishlarda ko‘rib chiqiladi. Psixoterapevtik yondashuvlar, jumladan, kognitiv-behavioral terapiya va oilaviy qo‘llab-quvvatlash usullari muhim ahamiyatga ega. Maqolada, shuningdek, turli davlatlarda tug‘ruqdan keyingi depressiyani kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari haqida ham ma’lumot beriladi..

Mirzayeva Umida Bosit qizi, Risbekova Iroda Avazbek qizi

148-156

2025-04-14

NAFAS OLISHNING FIZIOLOGIYASI VA UNING MUVOFIQLASHUVI

Nafas olish tizimi organizmning kislorod bilan ta’minlanishi va karbonat angidridni chiqarib yuborish jarayonlarini boshqaruvchi muhim fiziologik tizim hisoblanadi. Ushbu maqolada nafas olishning asosiy bosqichlari – tashqi va ichki nafas olish, alveolyar gaz almashinuvi, nafas olish harakatlari va ularni boshqaruvchi markazlar haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, nafas olish jarayonining markaziy asab tizimi tomonidan qanday muvofiqlashtirilishi, kimyoviy va mexanik retseptorlarning roli, reflektor javoblar va ularning funksional ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Turli holatlardagi (jismoniy yuklama, uyqu, stress) nafas olish o‘zgarishlari, patologik sharoitlarda (astma, gipoksiya) buzilish mexanizmlari ham tahlil qilinadi. Nafas olish fiziologiyasini chuqur tushunish nafaqat klinik amaliyotda, balki sport, reabilitatsiya va anesteziologiyada ham katta ahamiyatga ega.

Shukurov Burhoniddin

4-5

2025-07-28

BOLALARDA EKRAN QARAMLIGINING RIVOJLANISHGA SALBIY TAʼSIRI VA UNI KAMAYTIRISH BOʻYICHA TAVSIYALAR

Ushbu tezisda bolalarda ekran qaramligining rivojlanishga salbiy ta’siri va uni kamaytirish bo’yicha tavsiyalar  haqida ma’lumotlar beriladi. Bolalarda ekran qaramligi bolaning jismoniy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, jumladan uyqu buzilishi, semirish, maktabda oʻzlashtirishning pasayishi, ijtimoiy koʻnikmalarning zaiflashuvi va xulq-atvor muammolariga olib keladi. Uni kamaytirish uchun ekran vaqtini cheklash, oilaviy muloqotni kuchaytirish, jismoniy faollikni ragʻbatlantirish va farzandlar bilan ochiq suhbatlashish muhimdir.

Ibragimova Yulduzxon Ulugʻbekovna, Xalimjanov Abduqunduz Rahimjon o‘g‘li

128-130

2025-10-08

ДЕТСКИЙ АУТИЗМ: СОВРЕМЕННЫЕ ПРЕДСТАВЛЕНИЯ О ПАТОГЕНЕЗЕ И НЕВРОЛОГИЧЕСКОЙ КОМОРБИДНОСТИ

Расстройства аутистического спектра (РАС) представляют собой сложные нейроразвивающиеся состояния с растущей распространённостью во всём мире. В обзоре представлены современные данные о многофакторной патогенезе РАС с акцентом на генетические, нейроиммунные и экологические влияния. Дополнительно рассматриваются распространённые неврологические коморбидности, такие как эпилепсия, сенсорные нарушения, моторные и речевые отклонения, а также расстройства сна. Освещаются современные терапевтические подходы и значение раннего мультидисциплинарного вмешательства. Подчёркивается необходимость дальнейших исследований биомаркеров и персонализированных методов лечения аутизма

Nafisa Kodirova

84-88

2025-07-21

INSON SOG'LOM BO'LISHIDA VALEOLOGIYA FANINING AHAMIYATI

Hayot, umr, turmush va sog’lik masalalarida har birimiz oz bo’lsada mulohaza yuritsak yaxshi natijalarga erisha boshlaymiz.

Ummatqulov Turdali

80-88

2022-11-15

1 - 19 из 19 результатов

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy