Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

MELILOTUS OFFICINALIS OʼSIMLIGINI O’RGANISH

Hozirgi kunda tabiiy birikmlar asosida dori vositalari yaratish va ishlab chiqarish organik kimyo va tibbiyot soxalarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Chunki tabiiy moddalar asosida ishlab chiqarilgan dori vositalari o’zining eruvchanligi, zaharsizligi va keng doirada ta’sir etish xususiyati bilan sintetik dori vositalari bilan keskin farqlanadi. Shu jihatdan o’simliklardan ajratib olingan biologik faol moddalar va ularni modifikatsiyalash orqali dori vositalari ishlab chiqarish sohasida olib borilayotgan ishlar O’zbekistonda keng rivojlangan va xorijiy olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Ko’pchilik o’simliklar tarkibida biologik faol birikmalar tutadi. Jumladan, mazkur ishida O’zbekistonda o’suvchi Melilotus officinalis o’simligi tarkibidagi flavonoidlarini ajratib olish uchun bag’ishlangan bo’lib bu soxada O’simlik moddalari kimyosi institutida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bu o’simlikning boshqa turlaridan chet el olimlari bir qator biologik faol moddalarni ajratib olgan lekin, O’zbekiston sharoitida o’suvchi  Melilotus officinalis o’rganilmaganligi uchun ushbu ilmiy ish shu yo’nalishga qaratildi va olib borilgan izlanishlar natijasida biologik faollikka ega bo’lgan bir qancha fraksiyalar olindi va ularning biologik faolligi o’rganildi.

Ismoilova M.I., Ermatov R.K.

271-272

2024-06-30

IMMUNITETNI KUCHAYTIRUVCHI O‘SIMLIK EKSTRAKTLARI ASOSIDA BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR YARATISH IMKONIYATLARI

Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ)- inson organizmidagi fiziologik buzilishlarning oldini olish hamda sog‘lom balansni tiklash maqsadida yoki organizmni zarur bo‘lgan foydali moddalar bilan to‘ldirish uchun mo‘ljallangan, xamda tarkibida kelib chiqishi tabiiy yoki tabiiyga o‘hshash sunniy biologik faol moddalar va probiotik komponentlar mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlaridir. Ular ovqatlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, organizm uchun kerakli bo‘lgan moddalarni ozlashtirishini kuchaytiradi, hamda tananing ichki quvvatini oshirib, ko‘plab kasalliklarning hafini kamaytiradi. Ushbu maqolada biologik faol qo‘shimchalarni farmakologik xususiyatlari, qo‘llanilishi va dori vositalaridan farqli tomonlari yoritib berilgan.

Barotova Muqaddas Orifovna

135-138

2025-10-22

AMARANT EKINLARIDA O'SIMLIKLARNING RIVOJLANISHIGA BIOLOGIK BALANSNING PAYDO BO'LISHINI O'RGANISH

Ushbu maqola amarant ekini, uning biologik xususiyati va boshqa o'simliklar bilan bog'liqligini analiz qiladi. Shuningdek, maqolaning asosiy maqsadi amarant ekinlarida o'simliklarning rivojlanishiga ta'sirini va biologik balansining paydo bo'lishini o'rganishdir.

Baltabaev Mirzaaxmet Moyatdinovish, Utambetov Duysen

430-433

2022-12-15

HAYVONLARNING BIOLOGIK XILMA-XILLIGI VA XAVF OSTIDA QOLISHI.

Ushbu maqolada hayvonlarning biologik xilma-xilligi va uning global tahdidlar ostida qolishi tahlil qilinadi. Biologik xilma-xilligi ekotizimlarning barqarorligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, inson faoliyati, iqlim o‘zgarishi, tabiiy yashash muhitining yo‘q qilinishi va noqonuniy ovchilik kabi omillar ko‘plab hayvon turlarining yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda. Maqolada biologik xilma-xillik tushunchasi, uning ahamiyati, unga tahdid soluvchi omillar va uni saqlab qolish bo‘yicha choralar muhokama qilindi. Ushbu tadqiqot biologik xilma-xillikni asrashga oid ilmiy va amaliy yondashuvlarni o‘rganishga yo‘naltirilganBiologik xilma-xillik, hayvon turlari, ekotizim, yo‘qolish xavfi, iqlim o‘zgarishi, yashash muhiti, inson faoliyati, noqonuniy ovchilik, tabiatni muhofaza qiliash, barqaror rivojlanish, qizil kitob

Kamoljon Hamzayev , Muzaffar Olimjonov

58-61

2025-04-22

MINTAQA ASALARICHILIGIDA KLASTERLASHDAN FOYDALANIB IQTISODIY GEOGRAFIK VA BIOLOGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Ushbu maqola mintaqada asalarichilikni rivojlantirishda klasterlash yondashuvining iqtisodiy, geografik va biologik samaradorlikka ta'sirini tahlil qiladi. Asalarichilik klasterlari nafaqat asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish, balki ushbu sohani ekologik va iqtisodiy jihatdan barqaror qilishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada klasterlashning asalarichilik sohasidagi afzalliklari va imkoniyatlari, mintaqaning tabiiy va iqtisodiy sharoitlariga mos keluvchi strategiyalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, asalarichilik klasterlarining biologik xilma-xillikni saqlash va oshirishga qo'shgan hissasi ham tahlil qilinadi. Maqolada keltirilgan ma'lumotlar va tavsiyalar mintaqa asalarichilik sohasida klasterlash orqali samaradorlikni oshirish uchun amaliy yo'nalishlar taqdim etadi.

Muxitdinov Xudayar Suyunovich

6-11

2024-07-31

“CHLORELLA VULGARIS” ASOSIDA TAYYORLANGAN BIOLOGIK FAOL OZUQA QO‘SHIMCHALARI: TARKIBI, XUSUSIYATLARI VA INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada Chlorella vulgaris asosida tayyorlangan biologik faol ozuqa qo‘shimchalari (BFOQ) ning kimyoviy tarkibi, biologik xususiyatlari va inson salomatligiga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganildi. Chlorella vulgaris - mikroyashil suvo‘t bo‘lib, u yuqori miqdorda oqsil, vitaminlar (ayniqsa B guruhi), minerallar, xlorofill va antioksidantlarga boyligi sababli biologik faol moddalar manbai sifatida e’tiborga loyiqdir. Maqolada ushbu qo‘shimchalarning immunitetni mustahkamlashi, detoksifikatsiya (zaharli moddalarni chiqarish), ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilash hamda yallig‘lanishga qarshi ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Shu bilan birga, Chlorella vulgaris asosidagi qo‘shimchalarning salomatlikga ta’siri va ularni iste’mol qilishdagi ehtiyot choralari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari Chlorella vulgaris qo‘shimchalarining profilaktik va terapevtik salohiyatini namoyon etadi hamda ularni sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida qo‘llash imkoniyatlarini ochib beradi.

Azimov Shavkat Shuhratovich, Ibragimova Mehribonu Farxod qizi, Mirakbarova Mohira Alisher qizi

13-18

2025-07-22

O`RTA OSIYO UMURTQALILAR (VERTEBRATA) FAUNASINING BIOLOGIK XILMA – XILLIGI VA ZOOGEOGRAFIYASI

Oʻrta Osiyo umurtqalilar faunasining biologik xilma-xilligi va zoogeografiyasi mavzusidagi maqolada ushbu mintaqada yashovchi umurtqali hayvonlarning tuzilishi, hayot tarzi, tabiatda tarqalishi, turlari va biologik xilma-xilligi haqida batafsil maʼlumotlar keltirilgan. Bu mintaqa o`zining turli xil tabiiy sharoitlari bilan va iqlimi bilan ko`plab umurtqali hayvonlar uchun yashash joyi hisoblanadi.

Abduqahhorova Saidaxon Azizbek qizi, Abdulazizova Mastura Avazjon qizi

37-39

2024-12-12

GLUTATION VA UNING HOSILALARINING BIOLOGIK FAOLLIGINI WAY2DRUG DASTURIDA TEKSHIRISH

Hozirgi kunda dunyoda maqsadli sintez usulida yangi biologik faol moddalar sintez qilinmoqda. Ushbu tadqiqot ishida Glutation va uning hosilalarining biologik faolligini Way2Drug dasturida o’rganish natijasi keltirilgan bo’lib, bu kelajakda qisqa vaqt ichida yangi biofaol modda sintez qilish imkonini beradi.

Karimov M.Sh., Pardaboyeva S.A., Jumabayev F.R., Sharipov A.T.

258-259

2024-02-19

ENDOFITIK ZAMBURUG'LARDA BIOLOGIK FAOL MODDALAR

Barcha o'simliklarning ichki to'qimalarida asemptomatik ravishda yashaydigan endofitik zamburug'lar biologik faol moddalarining istiqbolli manbalari sifatida qiziqish ortib bormoqda. Ushbu sharhga e'tibor qaratilgan. Endofitik zamburug'larning biologiyasi, ularning ochilishi, ajratilishi, identifikatsiyasi va xilma-xilligi va ularning atrof-muhit va qishloq xo'jaligi barqarorligidagi biologik faoliyatida. Ularni ham hisobga oladi. dorivor ilovalar ayniqsa saratonga qarshi, mikroblarga qarshi, antioksidant va ishlab chiqarishda antiviral birikmalar. Endofitik zamburug’lar ikkilamchi metabolitning eng ijodiy guruhlaridan biridir, inson hayoti uchun muhim biologik ro'l o'ynaydigan ishlab chiqaruvchilar. Ular yangi istiqbolli manbalari, farmatsevtika sanoatida, qishloq xo'jaligida va atrof-muhitda foydalanish uchun tabiiy agentlar hisoblanadi.

Mamasoliyeva Diyora Shavkatjon qizi

95-97

2025-01-27

MINTAQA ASALARICHILIGIDA KLASTERLASHDAN FOYDALANIB IQTISODIY GEOGRAFIK VA BIOLOGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING MOHIYATI VA ILMIY ASOSLARI

Ushbu maqola mintaqa asalarichiligida klasterlash metodini qo'llash orqali iqtisodiy, geografik va biologik samaradorlikni oshirishning mohiyati va ilmiy asoslarini o'rganishga bag'ishlangan. Klasterlash texnologiyasi asalarichilikda qo'llanilganda, asalarichilik faoliyatining samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va asalarichilikni barqaror rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. Ushbu maqolada klasterlashning asosiy afzalliklari, ilmiy jihatlari, iqtisodiy samaradorlikka ta'siri va geografik hamda biologik omillar bilan aloqadorligi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ushbu metodni amalga oshirishning mintaqaviy xususiyatlari va qiyinchiliklari haqida ham muhim ma'lumotlar keltiriladi.

Muxitdinov Xudayar Suyunovich

16-20

2024-07-31

MINTAQA ASALARICHILIGIDA KLASTERLASHDAN FOYDALANIB IQTISODIY GEOGRAFIK VA BIOLOGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING MOHIYATI VA ILMIY ASOSLARI

Ushbu maqola mintaqa asalarichiligida klasterlash metodini qo'llash orqali iqtisodiy, geografik va biologik samaradorlikni oshirishning mohiyati va ilmiy asoslarini o'rganishga bag'ishlangan. Klasterlash texnologiyasi asalarichilikda qo'llanilganda, asalarichilik faoliyatining samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va asalarichilikni barqaror rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. Ushbu maqolada klasterlashning asosiy afzalliklari, ilmiy jihatlari, iqtisodiy samaradorlikka ta'siri va geografik hamda biologik omillar bilan aloqadorligi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ushbu metodni amalga oshirishning mintaqaviy xususiyatlari va qiyinchiliklari haqida ham muhim ma'lumotlar keltiriladi.

Muxitdinov Xudayar Suyunovich

16-20

2024-07-31

DOREMA MICROCARPUM KOROV O`SIMLIGI TARKIBI VA SHIFOBAXSH HUSUSIYATLARI

Hozirgi kunda tibbiyot rivoji bilan dori vositalari bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, ¬o'simliklardan olingan moddalar, turli kasalliklarni davolashda, o'z ta'sirida biologik faol sintetik moddalardan oldinda. O'simliklar jinsi, iqlimi, oilasi va boshqa xususiyatlariga qarab, turli xil biologik faol moddalarni o'z ichiga oladi. Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish uchun o'simliklar tarkibidagi mineral elementlarni me'yorlash muammosi tobora dolzarb bo'lib bormoqda.  

Xasanov Sirojiddin Saloydin o`g`li

77-78

2023-06-12

VIRTUAL LABORATORIYALAR ORQALI BIOLOGIK TAJRIBALARNI O‘RGATISH: IMKONIYATLAR VA CHEKLOVLAR

Ushbu tezisda biologik tajribalarni o‘rgatishda virtual laboratoriyalarning qo‘llanilishi, ularning imkoniyatlari va cheklovlari tahlil qilinadi. Virtual laboratoriyalar o‘quvchilarga xavfsiz, iqtisodiy va qulay sharoitda amaliy tajribalarni o‘rganish imkonini beradi hamda murakkab biologik jarayonlarni vizual tarzda anglashga yordam beradi. Biroq, texnik cheklovlar, sensor tajriba yetishmasligi va raqamli infratuzilmaga bog‘liqlik kabi muammolar ularning to‘liq samarali qo‘llanilishiga to‘siq bo‘lishi mumkin. Tezisda virtual laboratoriyalarning an’anaviy o‘qitish usullarini samarali to‘ldirishi va biologiya ta’limining sifatini oshirishdagi o‘rni muhokama qilinadi.

Nuriddinova Nozima Nuriddin qizi

73-77

2025-06-16

X-XROMASOMA MARKERLARININ ODAM DNKSI SUD BIOLOGIK EKSPERTIZASI TADQIQOTLARIDA QO’LLASH

Mazkur maqolada murakkab qarindoshlik darajalarini aniqlashda X-Xromasoma markerlaridan foydalanishni ilmiy va statistik asoslari batafsil yoritilgan

Axmedov Baxodir Baxtiyarovich, Maxamatxo`jayev Xusanxo`ja Faxriddin o`g`li

21-25

2023-12-14

MUMIYO TARKIBINI BIOLOGIK VA FIZIK-KIMYOVIY TAHLILI

Mumyoni atom-absorbsion spektrofotometriya va xromato-mass-spektrometriya (GC-MS) yordamida tahlil qilindi. Bir qator aktiv metallar, biologik va kimyoviy faol moddalar mavjudligi tekshirildi va tibbiyotda turli kasalliklarda qo’llanilishini o’zini oqlaganligini aniqlandi.

A.N.Yusufjanov, X.K.Turayeva

60-67

2024-05-10

AKTINOMETSITLARNING BIOLOGIK AHAMIYATI

Aktinomisetlar – bu bakteriyalar va zamburug‘lar orasida o‘ziga xos o‘rin tutuvchi mikroorganizmlar bo‘lib, ko‘pincha tuproq, suv va o‘simlik qoldiqlarida uchraydi. Aktinomisetlarning biologik ahamiyati juda katta. Ular antibiotiklar (masalan, streptomitsin, eritromitsin) ishlab chiqarishda asosiy manba hisoblanadi. Bundan tashqari, ular o‘simlik o‘sishini rag‘batlantiruvchi moddalar ishlab chiqarib, qishloq xo‘jaligida foydali bakteriyalar sifatida ishlatiladi. Ayrim aktinomisetlar azotni bog‘lash xususiyatiga ega bo‘lib, tuproq unumdorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.Shuningdek, aktinomisetlar biologik faol moddalar ishlab chiqarishi sababli farmatsevtika, biotexnologiya va ekologik tozalash sohalarida ham keng qo‘llaniladi.

SAYYORA HAMROYEVA

123-125

2025-10-06

EKOLOGIK MUAMMOLAR ,ULARNING TURLARI VA KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLAR

Ushbu maqolada hozirgi zamonning eng dolzarb global muammolaridan biri — ekologik inqirozlar, ularning sabablari, turlari va oqibatlari chuqur yoritib berilgan. Ekologik muammo — bu inson faoliyati yoki tabiiy omillar natijasida atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, biologik tizimlar barqarorligini buzadigan holatdir. Maqola 6 qismga bo‘lingan bo‘lib, unda ekologik muammolarning asosiy yo‘nalishlari — atmosfera ifloslanishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi, o‘rmonlarning qisqarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, shuningdek, ushbu muammolarni hal qilish yo‘llari batafsil ko‘rib chiqilgan. Har bir bo‘lim o‘ziga xos muammoni ilmiy asosda tahlil qilgan bo‘lib, statistik ma’lumotlar, zamonaviy ekologik xavf-xatarlar va ularning inson salomatligi, iqlim, iqtisodiyot hamda global siyosatga ta’siri haqida fikr yuritilgan. Atmosferaning ifloslanishi global isish va iqlim o‘zgarishiga olib kelayotgani, suv tanqisligi esa butun dunyo bo‘yicha sog‘liq va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgani, chiqindilarning esa tabiiy muhitga uzoq muddatli zarar yetkazayotgani aniq misollar orqali ko‘rsatilgan.

Abdullayeva Rayona Adhamjon qizi

28-32

2025-09-15

MINTAQA ASALARICHILIKNI SAMARADORLIKNI OSHIRISHNI KLASTERLASH YO‘LLARI

Ushbu maqola mintaqa asalarichiligida klasterlash metodini qo'llash orqali iqtisodiy, geografik va biologik samaradorlikni oshirishning mohiyati va ilmiy asoslarini o'rganishga bag'ishlangan. Klasterlash texnologiyasi asalarichilikda qo'llanilganda, asalarichilik faoliyatining samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va asalarichilikni barqaror rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. Ushbu maqolada klasterlashning asosiy afzalliklari, ilmiy jihatlari, iqtisodiy samaradorlikka ta'siri va geografik hamda biologik omillar bilan aloqadorligi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ushbu metodni amalga oshirishning mintaqaviy xususiyatlari va qiyinchiliklari haqida ham muhim ma'lumotlar keltiriladi.

Muxitdinov Xudayar Suyunovich

19-27

2024-07-31

ANDIJON VILOYATI SHAROITIDA INGICHKA TOLALI TUT IPAK QURTI (BOMBYX MORI L.) SANOAT DURAGAYLARINI SAMARALI PARVARISHLASH AGROTEXNIKASI VA UNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada Andijon viloyatining agroekologik sharoitida sanoat ahamiyatiga ega ingichka tolali tut ipak qurti (Bombyx mori L.) duragaylarining biologik va texnologik ko‘rsatkichlari 3 yil davomida o‘tkazilgan laboratoriya tajribalari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda “Mayin tola-1”, “Mayin tola-2”, “Navbahor-1”, “Navbahor-2” hamda nazorat sifatida “Yapon × Xitoy” duragaylari parvarishlanib, ularning hayotchanligi, ipakchanligi va ozuqadan foydalanish samaradorligi baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, “Mayin tola-1” va “Navbahor-2” duragaylari yuqori biologik barqarorlik va pilla hosildorligi bilan ajralib turgani aniqlandi. Shuningdek, kichik yoshdagi ipak qurtlarini plyonka ostida parvarishlash agrotexnikasining takomillashtirilgan usuli pilla mahsuldorligini oshirish hamda tut bargidan foydalanish samaradorligini yaxshilashga xizmat qilishi isbotlandi.

Muzaffar Alimqulov, Jaloliddin To‘ychiev, Ergashali Asronov, Soliyeva Madina, Ulug‘bek Aqilov

22-26

2025-06-27

BIOLOGIK MEMBRANLAR, PLAZMALEMMA, HUJAYRA ORGANOIDLARI – ENDOPLAZMATIK TO’R

Tezisda biologik membranalar tuzilishi, funksiyalari va hujayra ichidagi rolidan bahs etiladi. Ular transport, signal uzatish va energiya ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etishi ko‘rsatilgan. Membrana disfunktsiyasi bilan bog‘liq patologik holatlar ham yoritilgan.

Yuldasheva Gulchiroy Yusufjon qizi

83-85

2024-11-26

AMARANTNING BIOLOGIK TABIATINI KIMYOVIY TARKIBIGA BOG’LIQLIGI

Ma’lumki mamlakatimiz bioxilma-xilligi o‘simlik turlariga nihoyatda boy. Ular nafaqat biologik boylik, balki sanoatda, dorishunoslikda va xo‘jalik sohalarining boshqa tarmoqlarida ham keng qo‘llaniladi. Ana shunday o‘simliklardan biri amarant (Amaranthus. L.) dir. Maqolada amarant o‘simligining biologik tabiatini kimyoviy tarkibiga bog’liqligi va tabiiy dorivorlik xususiyatlari haqidagi ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyot manbalarida keltirilgan ma’lumotlar taxlil qilish haqidagi tushunchalar berilgan.

G.A.Gʻulomova, Gʻ.Sh.Gʻulomov, O.O.Asqarov

10-12

2023-07-10

DARYO VA KO‘L EKOTIZIMLARIDA O‘SIMLIK PLANKTONLARINING BIOLOGIK XILMA-XILLIGI

Ushbu maqolada daryo va ko‘l ekotizimlarida o‘simlik planktonlarining biologik xilma-xilligi, ularning ekologik roli va ekotizim barqarorligidagi ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Fitoplanktonlarning tur tarkibi, mavsumiy dinamikasi, tabiiy va antropogen omillarning ta’siri, shuningdek, suv havzalarining ekologik muammolari yoritilgan. Maqolada suv resurslarini muhofaza qilish va monitoring qilish zarurligi asoslab berilgan..

Koʻptilewova Raziya Baxadurovna

228-231

2025-09-30

VIRTUAL REALLIKDA OB'EKTNI HARAKAT MANIPULYATSIYASI VA VAQTNI IDROK ETISH

Inson idrokining asosiy jihati bo‘lgan vaqtni idrok etish tarixan zeitgebers¹ deb
nomlanuvchi atrof-muhit belgilari bilan o'zaro ta'sirimiz natijasida shakllanadi. Bu signallar bizning biologik
soatlarimizni tabiiy dunyo bilan sinxronlashtirishga xizmat qiladi. Bu signallar samoviy jismlarning ulkan
harakatlaridan tortib soatning ritmik chalinishigacha bo‘lgan oraliqda bo‘lib, ularning har biri bizning
atrofimizdagi voqealarni tushunish va kutishimizga yordam beradi. Bu hodisalarni idrokni birliklari sifatida
ko‘rish mumkin, ularning o‘zgaruvchanligi, zichligi, sinxronligni olndindan xis qila bilish imkoniyati mavjud.
Bizning vaqt haqidagi tushunchamiz psixologik va hissiy kontekstlar bilan chuqur bog‘langan. Soatlar
kabi ma'lum zeitgeberlar bilan bog'lanish ularning vaqt hisoblagichlari sifatidagi funktsional rolidan
tashqariga, ko‘pincha bizning hissiy holatimizga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga olib keladi, masalan
vaqtga ko‘p etibor berilishi ortidan vaqqt juda sekin o’tayotgandek tuyiladi va bu stressni keltirib chiqaradi.

M Artikova , F Jo‘raboyev, M Mamatqulov

82-84

2025-01-04

MINTAQA ASALARICHILIKNI SAMARADORLIKNI OSHIRISHNI KLASTERLASH YO‘LLARI

Ushbu maqola mintaqa asalarichiligida klasterlash metodini qo'llash orqali iqtisodiy, geografik va biologik samaradorlikni oshirishning mohiyati va ilmiy asoslarini o'rganishga bag'ishlangan. Klasterlash texnologiyasi asalarichilikda qo'llanilganda, asalarichilik faoliyatining samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va asalarichilikni barqaror rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. Ushbu maqolada klasterlashning asosiy afzalliklari, ilmiy jihatlari, iqtisodiy samaradorlikka ta'siri va geografik hamda biologik omillar bilan aloqadorligi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ushbu metodni amalga oshirishning mintaqaviy xususiyatlari va qiyinchiliklari haqida ham muhim ma'lumotlar keltiriladi.

Muxitdinov Xudayar Suyunovich

19-27

2024-07-31

MO‘YNOQ O‘RMON XO‘JALIGIDA TARQALGAN UMURTQALI HAYVONLAR

Ushbu maqolada Mo‘ynoq o‘rmon xo‘jaligi hududida uchraydigan umurtqali hayvonlar turlari, ularning ekologik va biologik xususiyatlari, yashash muhiti hamda inson faoliyati ta’sirida kechayotgan o‘zgarishlar chuqur tahlil qilingan. Maqolada o‘rmon xo‘jaligining tabiiy sharoiti, iqlim xususiyatlari va hayvonot olamining muvozanatni saqlashdagi roli yoritilgan. Shuningdek, antropogen omillar ta’sirida ayrim hayvon turlarining kamayib borayotgani, ularni muhofaza qilish va tabiiy muhitni tiklash zaruriyati ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari Mo‘ynoq o‘rmon xo‘jaligida biologik xilma-xillikni saqlab qolish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Saparova Ariwxan

222-224

2025-09-30

1 - 25 из 379 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy