Mazkur tezisda inflyatsiya jarayonining iqtisodiyotga, xususan tijorat banklari faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Inflyatsiyaning ijtimoiy va makroiqtisodiy nomutanosibliklarga sabab bo‘lishi, banklarning kreditlash, likvidlik va foiz siyosatiga salbiy ta’siri asosida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek tezis tijorat banklarining inflyatsiyani jilovlashdagi strategik roli, ya’ni pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish, selektiv kredit siyosati, raqamlashtirish, valyuta operatsiyalari va moliyaviy savodxonlikni oshirish kabi choralarni yoritadi.