Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida migrant bolalarning ijtimoiy hayoti, psixologik holati va ularning yashash sharoitlari tasviri tahlil qilinadi. Asosan nasriy asarlar asosida migrant oilalar farzandlarining taqdiri, ularning moslashuvi, ijtimoiy tengsizlik va ruhiy iztiroblari badiiy tahlil qilinadi. Adiblar tomonidan migrant bolalarning ichki dunyosi, sog‘inch, begonalik hissi va mehnat migratsiyasining bolalarga salbiy ta’siri tasvirlanishi diqqat markazida bo‘ladi.