MAKTABGACHA 6 YOSHLI BOLANING TASHABBUSKORLIGINI OSHIRISH

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Abstrak:

Mazkur ishda maktabgacha ta’lim yoshidagi, xususan 6 yoshli bolalarning tashabbuskorligini oshirish yo‘llari o‘rganilgan. Bolaning ijtimoiy-psixologik rivojlanishida tashabbuskorlik muhim o‘rin tutadi, chunki u bolaning mustaqil fikrlashi, yangilikka intilishi va o‘z fikrini erkin ifoda eta olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Tadqiqotda bolalar tashabbuskorligini rag‘batlantirishga qaratilgan interfaol o‘yinlar, rolli mashg‘ulotlar, ijodiy topshiriqlar va o‘yinli faoliyat turlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagog va ota-onalarning bu jarayondagi o‘rni, ularga beriladigan tavsiyalar yoritiladi. Ish natijasida 6 yoshli bolalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali usullar taklif etiladi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

##submission.citations##:

Axmedova, N. (2021). Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.

Qodirova, M. (2020). Pedagogik texnologiyalar orqali bolalarning ijodiy faolligini rivojlantirish. Toshkent: O‘qituvchi.

Zokirova, D. (2019). “Tashabbuskorlikni rivojlantirishda o‘yin texnologiyalarining o‘rni”. // Maktabgacha ta’lim muammolari – №3.

Vygotsky, L.S. (1984). Bolalik va tarbiya. Moskva: Pedagogika.

Mahkamova, G. (2022). “Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy fikrlash va tashabbusni shakllantirish.