Mazkur ilmiy maqolada, shonli tarix egasi bo‘lgan Xorazmshohlar davlatini yirik nomoyondalaridan biri buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda Sulton Jaloliddin Manguberdining hayoti va mashaqqatli janglari haqida ma’lumotlar mo‘g‘ul yozuvchilarining manbalariga tayanib ochib berilgan. Xususan, Vatan himoyasi, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, vatanparvar inson siymosi qanday bo‘lishi kerakligi haqida mazkur maqoladagi ma’lumotlardan bilib olsa bo‘ladi. Zero, davlatimiz Uchinchi renessans sari dadil odimlab ketayotgan bir paytda, yoshlarimizga qahramon bobolarimiz ruhiyatini singdirib borish asosiy ustuvor masalalardan biri hisoblanadi.