Ushbu maqolada buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi, xususan, algebra fanining shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Al-Xorazmiy tomonidan yozilgan “Hisob al-jabr val-muqobala” asarining mazmuni, ilmiy ahamiyati, hamda bu fan yo‘nalishining keyingi rivojiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Algebra atamasining kelib chiqishi, unga sabab bo‘lgan omillar va hozirgi zamonaviy matematikadagi algebraik tafakkur shakllanishining ildizlari ko‘rsatib beriladi. Maqolada tarixiy manbalar va zamonaviy adabiyotlar tahlili asosida ilmiy baho berilgan
2025-08-21