Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi antonimlarning lingvokulturaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida antonimlarning semantik tasnifi, madaniy kontekstdagi o‘rni va pragmatik qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik tahlil qilinib, antonimlarning jamiyat qadriyatlari, mentalitet va kommunikatsiya uslublariga ta’siri o‘rganiladi. Maqolada antonimiyaga pragmatik yondashuv, metaforik ma’nolar va madaniy tafovutlar asosida qiyosiy tahlil olib boriladi. Natijada, antonimlarning har bir tilda o‘ziga xos ishlatilishi ularning lingvistik va madaniy o‘ziga xosliklarini aks ettirishi aniqlanadi