Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNALOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA AXBOROT SAVODXONLIGINING O‘RNI

"Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda axborot savodxonligining o‘rni" mavzusidagi maqola axborot texnologiyalari sohasida talabalar va keng jamoatchilikning axborot savodxonligini oshirishning ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada axborot savodxonligi tushunchasi, uning ta’lim jarayonidagi roli va informatikani o‘rgatishda ahamiyati haqida batafsil ma’lumot beriladi. O‘quvchilarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, internet resurslarini to‘g‘ri tahlil qilish va xavfsiz ishlatish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, axborotlarni saqlash va uzatishda etika va huquqiy masalalar haqida ma’lumotlar taqdim etiladi. Maqola, informatika fanining samarali o‘qitilishi uchun axborot savodxonligini targ‘ib qilishning zarurligini ko‘rsatadi va shu orqali ta’limda yangi avlodning raqamli texnologiyalarni ongli va to‘g‘ri ishlatish malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqola, axborot texnologiyalarining o‘quv jarayoniga integratsiyasining nafaqat texnik bilimlar, balki axborot xavfsizligi va axborotlarni to‘g‘ri ishlatishning ahamiyatini anglatishini ko‘rsatadi. Bu savodxonlikni oshirish orqali nafaqat talabalarning raqamli dunyoda muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam berish, balki jamiyatning axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini umumiy ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.

Normurodova Sadoqat Xoliqulovna, Raxmatova Maxfuza Abdusattorovna, Asadova Shaxina Halim qizi

80-86

2025-02-28

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA AXBOROT SAVODXONLIGINING O‘RNI

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanining ta’lim tizimidagi o‘rni, uning talabalarga axborot savodxonligini oshirishdagi ahamiyati va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash masalalari yoritiladi. Mualliflar A. Abdullayev, T. Kamilov, Warschauer va Selwynning ilmiy asarlariga asoslanib, axborot texnologiyalarining jamiyat va ta’lim tizimidagi rolini, shuningdek, axborot savodxonligining talabalar uchun zaruriy ko‘nikma sifatida rivojlanishini ko‘rsatadi. Maqolada axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi va bu jarayonda o‘quvchilarning innovatsion fikrlash va texnologik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar taqdim etilgan. Shuningdek, axborot savodxonligi darajasi past bo‘lgan o‘quvchilar uchun yuzaga keladigan muammolar va bu sohada qo‘shimcha e’tibor berish zarurligi ham ta’kidlab o‘tilgan. Maqola axborot texnologiyalarini ta’limda samarali qo‘llash va axborot savodxonligini rivojlantirishning ahamiyatini o‘rganadi.

Ro‘ziqulova Marjona Jonuzoq qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

87-90

2025-05-13

TATUDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI: IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) joriy etilishi, ularning imkoniyatlari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan. Mualliflar SI vositalari yordamida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini optimallashtirish hamda universitet infratuzilmasida raqamli transformatsiyani jadallashtirish yo‘llarini tahlil qiladilar. Maqolada shuningdek, TATUda qo‘llanilayotgan asosiy SI texnologiyalari, ularning afzalliklari va duch kelinayotgan muammolar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Tadqiqot natijalari asosida TATUda sun’iy intellektni kengroq qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Saidrasulov Sherzod Norboy o‘g‘li, San’atbek Shamurotov Rustambek oʻgʻli

66-68

2025-05-10

AXBOROT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Методика преподавания информационного отдела в данной работе рассматривается использование информационных технологий и информационных систем в образовательном процессе, а также методические подходы и способы их применения для повышения эффективности обучения. В работе анализируются традиционные и инновационные методы преподавания, интерактивные подходы, использование онлайн-платформ и практических занятий в обучении. Также рассматриваются эффективные способы использования информационных технологий в обучении, методы оценки знаний студентов, а также возникающие проблемы и пути их решения в процессе преподавания информационного отдела

Madadjon O‘ktamov , Ozoda Boymurodova

11-14

2025-03-10

RAQAMLI IQTISODIYOTDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING ZAMONAVIY USULLARI VA VOSITALARI

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotda axborot xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari va vositalari tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi bilan birga, axborot xavfsizligi muammolari ham kuchaymoqda. Bu maqolada, axborot xavfsizligi sohasidagi asosiy muammolar va ularni hal etishning zamonaviy usullari, shu jumladan shifrlash, autentifikatsiya, xavfsizlik protokollari, sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalari yordamida axborot himoyasini ta’minlash mexanizmlari koʻrib chiqiladi. Xavfsizlikni ta’minlashda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash orqali raqamli infratuzilmaning barqarorligi va foydalanuvchilar ma’lumotlarini himoya qilishda yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu maqola, shuningdek, axborot xavfsizligi bilan bogʻliq eng yangi trendlar va kelajakda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan innovatsion yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot beradi. Raqamli iqtisodiyotda muvaffaqiyatli xavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqish uchun axborot xavfsizligi sohasidagi bilimlar va texnologiyalarni yangilab borish zarurligi ta’kidlanadi.

T.A. Xoʻjakulov , F.F. Shukrullayev

459-464

2024-12-28

ELEKTROMAGNIT TEBRANISHLAR VA TO‘LQINLAR” MAVZUSINI O‘QITISHDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada Oliy o‘quv yurtlarida “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” mavzusini o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va mavzusini o‘qitishda kreativ ko‘nikmalarni shakllantirish oid bilim, ko‘nikma va tushunchalarini hosil qilish orqali ularni fizika faniga va shu orqali mavzuni tushunishi, o‘zlashtirishga yordam bertish, ijodkorlik qobiliyati yuzaga chiqarish. Taʼlim tizimida oʻquvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda taʼlim texnologiyasining ahamiyati toʻgʻrisida fikrlar bayon etilgan. Dars jarayonida taʼlim texnologiyalarini qoʻllash natijasida oʻquvchilarning intellektual salohiyati va ilmiy-nazariy bilimi yanada mustahkamlanadi. Shuning bilan birgalikda, taʼlimda axborot va kommunikatsiya texnologiyalar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yanada boyitish, takomillashtirishga olib keladi.

Rahmanov Valijon Turdaliyevich, Ermatova Sadoqat Isroil qizi, Boyzaqova Shaxnoza Xasan qizi, Firmatov Muhammadqodir To‘ychiboy o‘g‘li, Yusupov Nurbek Xusan o‘g‘li

5-14

2023-05-19

RAQAMLASHGAN MUHITDA BO‘LAJAK MATEMATIKA O‘QITUVCHILARINING AXBOROT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING MOHIYATI

Ushbu maqolada raqamli muhitda bo‘lajak matematika o‘qituvchilarining axborot kompetensiyasini rivojlantirish ularning kasbiy tayyorgarligining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim faoliyatini raqamli ta’lim faoliyatiga o‘tkazishga va yangi bilimlarni axborot texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda, kompyuter va turli raqamli vositalardan foydalanishda talabalarning pedagogik mahoratini rivojlantirish haqida fikrlar yuritilgan.

Raxmonov Bo‘ron Normamatovich, O‘ngboyeva Muqaddas Yo‘ldoshevna, Timurkulova Ruxshona Rustam qizi

7-11

2024-02-09

TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA MATEMATIK MODELLASHTIRISH VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING INNOVATSION METODIKASI

Ushbu maqolada talabalarning kasbiy kompetentligini oshirishda matematik modellashtirish va axborot texnologiyalaridan foydalanishning innovasion metodikasi tahlil qilinadi. Maqolada matematik modellashtirish va axborot texnologiyalarining ta'lim jarayonidagi ahamiyati, ularning talabalarning kasbiy kompetentligiga ta'siri hamda innovasion metodikaning afzalliklari yoritib berilgan.

Djiyemuratova Zuxra Kuvanichbaevna, Mamutova Aygul Kalmurzaevna , Orazbaev Jaqsiliq Abdimuratovich

55-59

2024-06-17

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI OʻQITISHDA MEDIASAVODXONLIGINING OʻRNI

Bugungi kunda axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi va internetning keng tarqalishi bilan, mediasavodxonlik oʻquvchilarda axborotlarni toʻgʻri tahlil qilish va ularni baholash koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim rol oʻynamoqda. Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda mediasavodxonlikning o‘rni yoritiladi. Mediasavodxonlik zamonaviy jamiyatda tanqidiy fikrlashni shakllantirish, feyk axborotni aniqlash va axborot xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv dasturlarini takomillashtirish, interaktiv o‘qitish usullaridan foydalanish, o‘qituvchilar va talabalar uchun treninglar tashkil etish kabi chora-tadbirlar mediasavodxonlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan mediasavodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari va innovatsion texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi.

Allanazarova Anora Muxobir qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

23-27

2025-05-12

AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Mazkur maqola “Axborot texnologiyalarini bo‘limini o‘qitish metodikasi” mavzusida axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni va ularni o‘qitish metodlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda xorijiy va o‘zbek olimlarining axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari asosida metodik yondashuvlar, pedagogik va texnologik bilimlarni birlashtirishning ahamiyati ko‘rsatilgan. Mishra va Koehlerning “TPACK” modeli va Jonassenning konstruktivistik yondashuvi, axborot texnologiyalarining samarali ta’lim jarayoniga integratsiyalashganligini tasdiqlovchi muhim tadqiqotlar sifatida keltirilgan. O‘zbek olimlaridan Qodirov va Raxmonovning ilmiy ishlarida axborot texnologiyalari va zamonaviy metodlar yordamida o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol jalb qilish, ularning kreativ fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqolada axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llashning metodik asoslari, interfaol metodlarning ahamiyati, o‘qituvchilarni malakasini oshirish va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflar keltirilgan. Bu tadqiqot axborot texnologiyalarini o‘rgatish metodikasining samaradorligini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hasanova Sarvinoz Turg‘un qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

4-9

2025-05-13

INTELLEKT-XARITA TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH ORQALI, ISH VA ISSIQLIK MIQDORI, TERMODINAMIKANING I-QONUNI MAVZUSINI TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada Intellekt-xarita uslubining asosiy ishlash mexanizmi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, “Intellekt-xarita texnologiyasini qo‘llash orqali, ish va issiqlik miqdori, termodinamikaning 1-qonuni mavzusini takomillashtirish” uslubiyatlaridan foydalana olish metodlari keltirilgan. Keltirilgan intellekt xarita nafaqat ma’lumotlarni jamlabgina qolmasdan, talabalarda Molekulyar fizika bo‘limining asosiy tushunchalaridan , ish va issiqlik miqdori, termodinamikaning 1-qonuni mavzusini o‘zlashtirish mavzu yuzasidan yangi ma’lumotlar olish imkoniyatlari imkoniyati paydo bo‘ladi va o‘zlashtiriladi. Undan tashqari talabalarda mavzuga oid bilim ko‘nikma shakllanishida va ularning “tasavvur” qilish, “ijodiy fikrlash” ko‘nikmalarining rivojlanishiga ham yordam beradi.

Mamatqulova Dinora Nabijon qizi, Qunduzova Dilfuza Mirzoali qizi, Xolmanova Amina Nurulla qizi, Sherqulova Mushtariy Odiljon qizi, Rahmanqulova Go‘zal Komiljon qizi

132-140

2023-05-15

OLIY O‘QUV YURTLARIDA FIZIKA FANIDAN “ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLARNING XOSSALARI” MAVZUSINI O‘TISHDA INTERAKTIV METODDAN FOYDALANISH

Mualliflar ushbu maqolada Oliy o‘quv yurtlarida fizika fanidan “Elektromagnit to‘lqinlarning xossalari” mavzusini o‘tishda interaktiv metoddan foydalanish oid bilim, ko‘nikma va tushunchalarini hosil qilish orqali ularni fizika faniga va shu orqali mavzuni tushunishi, o‘zlashtirishga yordam bertish, ijodkorlik qobiliyati yuzaga chiqarish.

Rahmanov Valijon Turdaliyevich, Tarmashova Mamura Keldiyor qizi, Qosimova Sevinch Sobir qizi, Imomqulov Otabek Ilhom o‘g‘li , Abdurahmanova Shaxzoda

109-114

2023-05-24

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi muhokama qilinadi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarga fan bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada interaktiv metodlarning samaradorligi, xususan loyiha asosida o‘qish, kooperativ o‘qish, simulyatsiyalar va onlayn platformalar kabi usullar o‘quvchilarning qiziqishini oshirishda qanday yordam berishi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha innovatsion metodlar va texnologiyalarni darsdan tashqari mashg‘ulotlarga joriy etish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, shaxsiylashtirilgan yondashuvlar va hamkorlikda ishlashning ahamiyati ta’kidlanadi. Maqolada takliflar berilib, o‘quvchilarning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning bilimlarini yanada mustahkamlash uchun turli metodik yondashuvlar ko‘rsatilgan. Ushbu ish, informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rgatishda samarali metodikalar va amaliy usullarni joriy etishni maqsad qilgan pedagoglar uchun foydali manba hisoblanadi.

Ibodullayeva Shaxzoda Kamoliddin qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

10-15

2025-05-13

OLIY TA’LIMDA TALABALARGA STATSIONAR VA NOSTATSIONAR DIFFUZIYALAR MAVZUSINI O‘TISHDA ULARNI EVRISTIK О‘QITISH TEXNOLOGIYASINI SHAKILLANTIRISH

Mualliflar ushbu maqolada Oliy ta’limda talabalarga statsionar va nostatsionar diffuziyalar mavzusini o‘tishda ularni evristik о‘qitish texnologiyasini shakillantiris va mavzusini o‘qitishda kreativ ko‘nikmalarni shakllantirish oid bilim, ko‘nikma va tushunchalarini hosil qilish orqali ularni fizika faniga va shu orqali mavzuni tushunishi, o‘zlashtirishga yordam bertish, ijodkorlik qobiliyati yuzaga chiqarish.

Rahmanov Valijon Turdaliyevich, Pardayeva E’zoza Rahmatjon qizi, Yalg‘ashova Gulbuvi, Yusupova Sabina, To‘laganov Abdulaziz

156-159

2023-05-16

YANGI OʻZBEKISTONDA OLIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada  Yurtimizdagi yirik o’zgarishlar va ta’lim sohasidagi islohatlar, yangiliklar. Toshkent axborot texnologiyalar unversiteti Samarqand filliali haqidagi ma’lumotlar bayon  etiladi .

Akramov Jahongir Musoxxon o’g’li, Mardonov Navro’z Husniddin o’gli, Berdiyev Dilshod Abduhomid o’g’li, Musurmonov Ozodbek Joʻrabek o’g’li

216-220

2022-12-14

RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA TALABALARDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI

Ushbu tezisda raqamli ta’lim texnologiyalari orqali talabalarda axborot kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarning joriy qilinishi nafaqat o‘qitish jarayonining samaradorligini oshiradi, balki talabalarni axborot olish, tahlil qilish va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Tezisda raqamli vositalarning o‘quv jarayonidagi roli, axborot kompetentligini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish strategiyalari va ularning samaradorligi o‘rganiladi.

Karimova Nilufar Boltaboyevna

138-141

2024-10-29

INFORMATKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O’QITISHDA MEDIASAVODXONLIGINING O‘RNI

Zamonaviy ta’lim jarayonida mediasavodxonlik muhim ko‘nikmalardan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda mediasavodxonlikning o‘rni tobora ortib bormoqda. Ushbu maqolada mediasavodxonlik tushunchasi, uning axborot texnologiyalari ta’limidagi ahamiyati va o‘qitish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Mediasavodxonlik nafaqat axborotni tahlil qilish va undan to‘g‘ri foydalanish, balki talabalar va o‘quvchilarga raqamli muhitda samarali ishlash, axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yolg‘on axborotdan himoyalanish imkoniyatini beradi.

Salimov Lazizbek Odiljon o‘g‘li, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

82-86

2025-05-13

TERMINLARNI TARTIBGA SOLISH MASALASI (AXBOROT TEXNOLOGIYA TERMINLARI MISOLIDA)

Ushbu maqolada axborot texnologiyalari sohasida terminlarni tartibga solish masalalari tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi tezkor rivojlanish yangi tushunchalar va terminlarning paydo bo'lishiga olib kelmoqda, bu esa mavjud terminlarni standartlashtirish va yangi terminlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Maqolada terminlarni tartibga solishning ahamiyati, uning ilmiy-tadqiqot, ta'lim va amaliyotdagi o'rni, shuningdek, terminologiyani tartibga solishda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, kelajakda axborot texnologiyalari sohasidagi terminologiya rivojlanishining asosiy yo'nalishlari haqida fikrlar bayon etiladi.

Abdulboqiyeva Oydina Abdurashit qizi

23-25

2024-08-31

SOG’LIQNI SAQLASH XIZMATLARI SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH BORASIDAGI ISLOHOTLAR

Ushbu maqolada Respublikamizda tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish borasida qanday chora tadbirlar va islohotlar olib borilayotganligi haqida fikr mulohazalar hamda ma’lumotlar keltirilgan. Maqola Iqtisodiyot vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot xizmati yordamida tayyorlandi.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Joʻraqulova Nilufar Zarifjon qizi, Qahramonova Nigina Qodir qizi , Islom Raximqulov Sanjar o'g'li

66-72

2023-01-30

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN VEBINAR DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI

Maqola “Informatika va axborot texnologiyalari fanidan vebinar darslarni tashkil etish metodikasi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, informatika va axborot texnologiyalari fanidan samarali onlayn ta’lim jarayonlarini tashkil etishning usullari va metodlarini ko‘rib chiqamiz hamda, vebinarlar orqali o‘quvchilarga ilmiy ma’lumotlarni yetkazish, interaktiv aloqalar o‘rnatish, va ta’lim jarayonini sifatli tashkil etishning innovatsion yondashuvlari tahlil qilinadi. Darslarning samarali o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar, platformalar va o‘qituvchining metodik yondoshuvlarining ahamiyati muhokama qilib virtual o‘quv jarayonida ishtirokchilarning motivatsiyasini oshirish va ularni faol ishtirok etishga undash masalalari ham yoritiladi.

Qo‘ziyeva Dilnura Olim qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

135-140

2025-05-12

UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Hozirgi kunda oliy ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi bilan  o‘quv metodik materiallari ham ikki turga bo‘linadi. Bular an’anaviy va yangi avlod o‘quv-metodik materiallar  majmuasidir. Ushbu maqolad informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish muammolari tadqiq qilingan.

Islikov Sayid Xalilovich, Rahmanov Valijon Turdaliyevich, Axmedova Iroda Baxrom Qizi, Abdumo‘minova Sharofat Abdukamol Qizi

168-171

2023-05-19

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA MEDIASAVODXONLIGINING O‘RNI

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda mediasavodxonlikning o‘rni tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan hozirgi davrda mediasavodxonlik nafaqat axborotni iste’mol qilish, balki uni tahlil qilish, to‘g‘ri baholash va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda mediasavodxonlik orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, soxta axborot va manipulyatsiyani aniqlash, hamda raqamli xavfsizlikni ta’minlash kabi jihatlar muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada mediasavodxonlikni informatikaga integratsiya qilishning samarali usullari, jumladan, memlar orqali bilim olish hamda interfaol mashg‘ulotlar tashkil etish taklif etiladi.

Abdurazzoqov Fayzulla, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

65-70

2025-07-28

SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING AXBOROT TIZIMLARIDA QO‘LLANILISHI.

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining axborot tizimlarida qo‘llanilishiga oid dolzarb masalalar yoritilgan. Sun’iy intellektning asosiy yo‘nalishlari, jumladan mashinali o‘rganish, chuqur o‘rganish va tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyalari haqida umumiy tushuncha berilgan. Shuningdek, SI asosidagi axborot tizimlarining tibbiyot, ta’lim, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalardagi amaliy misollari ko‘rib chiqilgan. Maqolada SI texnologiyalarining axborot tizimlari samaradorligini oshirishdagi o‘rni, mavjud muammolar va xavf-xatarlar, shuningdek, kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan

Sadullayeva Dilnavo Shamsiddin qizi

62-65

2025-06-30

ZIYONET AXBOROT TA’LIM TARMOG’I VA UNING LOYIXALARI

Ushbu maqola Ziyonet ta’lim tarmog’I va uning loyixalari haqida yozildi. Ziyonet axborot ta’lim tarmog'i O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasida muhim o‘rin tutuvchi va mamlakatning barcha ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot tizimlari bilan ta'minlashga yo‘naltirilgan tarmoqdir. Ushbu tizimning asosiy maqsadi ta'lim jarayonini raqamlashtirish, o‘qitish metodologiyasini yangilash va o‘quvchilarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratishdan iboratdir.

ASQAROVA GULASAL DILSHODBEK QIZI

44-47

2024-12-06

AVTOMATLASHGAN AXBOROT TIZIMLARINING TASNIFI VA YARATILISH JARAYONLARI

Mazkur maqola avtomatlashgan axborot tizimlarining tasnifi va ularni yaratish jarayonlariga bag‘ishlangan. Tizimlarning turli xususiyatlari, ularni yaratish bosqichlari, qo‘llaniladigan texnologiyalar va tizimlarning amaliy qo‘llanilish sohalari muhokama qilinadi. Ushbu maqola axborot tizimlarining samarali boshqaruv va axborot almashinuvi jarayonlarini avtomatlashtirish orqali tashkilotlarning samaradorligini oshirishga qanday yordam berishi haqida fikrlar bildiradi. Maqola axborot tizimlarini yaratish va qo‘llashdagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqadi va mavjud yechimlarni tahlil qiladi.

USMONOVA MAVLUDAXON SOYIBJON QIZI, MAMAJONOV JAVOXIRBEK MA’RIFJONOVICH

96-97

2025-01-21

1 - 25 из 154 результатов 1 2 3 4 5 6 7 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy