Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING FUQAROLIK JAMIYATI INSITUTLARI BILANO‘ZARO HAMKORLIGI FAOLIYATININI TAKOMILLASHTIRISH VA XORIJIY DAVLATLARNING TAJRIBALARI

Mazkur ishda profilaktika inspektorining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish masalalari va xorijiy davlatlarning tajribalari tahlil etiladi. Profilaktika inspektorlari huquqbuzarliklarni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ularning faoliyati faqat davlat organlari bilan cheklanib qolmay, balki fuqarolik jamiyati institutlari bilan ham o‘zaro aloqalar o‘rnatish va mustahkamlashni talab etadi. Ishda fuqarolik jamiyatining huquqiy va ijtimoiy tashkilotlari, yoshlar tashkilotlari, ta’lim muassasalari, jamoat xavfsizligini ta’minlashda va huquqbuzarliklarning oldini olishda qanday samarali ishlashlari ko‘rib chiqiladi.Xorijiy tajribalar, xususan, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya va Kanada kabi mamlakatlarning tajribalarini tahlil qilish orqali, ularning profilaktika tizimidagi fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilishda erishgan muvaffaqiyatlari va yondoshuvlarini o‘rganish, o‘zbekiston sharoitida samarali tizimni shakllantirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mazkur ishda fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar va strategiyalar ishlab chiqiladi.

Ishning asosiy maqsadi profilaktika inspektorlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqalarini kuchaytirish orqali huquqbuzarliklarni kamaytirish va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘llarini taklif qilishdir.

 

 

Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishga, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi

Xudoyqulov Dostonjon Dilshod o‘g‘li , G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

64-69

2025-01-06

O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYAT INSTUTLARINING IJTIMOIY HAYOTDAGI ROLI

O’zbekiston Respublikasida  Fuqarolik jamiyat instutlari jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida o’ziga xos o’rin egallashini ta’minlash.  Yangi O’bekiston sharoitida demokratik islohotlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda  fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini oshirish,  inson huquqlarini ta’minlashdagi rolini oshirish bo’yicha sezilarli chora-tadbirlar ko’rish.

Jumaboyev Doniyor Muratboy o’g’li, Tolibova Sevinch Orifjon qizi

107-110

2024-02-28

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARI

Maqolada fuqarolik jamiyati, O’zbekiston Respublikasida fuqarolik huquqi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularning konstitutsiyaviy asoslari aks etgan.

Mirzarayimova Zebiniso Mansurbek qizi

44-48

2023-05-05

YERGA OID HUQUQIY MUNOSABATLARDAN KELIB CHIQADIGAN FUQAROLIK ISHLARINING TAALLUQLILIGI VA SUDLOVGA TEGISHLILIGI MASALALARI YUZASIDAN MILLIY VA XORIJIY TAHLIL

Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan fuqarolik ishlarining taalluqliligi va sudlovga tegishliligi masalalari yer huquqi va fuqarolik protsessual huquqining tutashgan muhim sohasi hisoblanadi. Ushbu maqolada yerga oid nizolarning mazmuni, ularning sud yurisdiktsiyasiga mansubligi, fuqarolik sudlarida ko‘rib chiqilish tartibi, shuningdek, nizolarning ixtisoslashtirilgan va umumyurisdiksiya sudlari o‘rtasida taqsimlanish mezonlari o‘rganiladi. Milliy qonunchilik asosida mavjud amaliyot tahlil qilinib, xorijiy davlatlar — xususan, Germaniya, Fransiya va AQSH tajribasi bilan qiyosiy-huquqiy tahlil olib boriladi. Mamlakatimizda yerga oid fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqishdagi protsessual xususiyatlarni takomillashtirish zarurati texnologik taraqqiyot, aholining huquqiy ongining oshishi va mulk huquqining mustahkamlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuningdek, maqolada yerga oid nizolarning huquqiy tabiati, ularni aniqlash va huquqiy baholash mezonlari, sudlovga tegishliligini belgilashdagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

Tursunaliyeva Dilshoda A’zamjon qizi

10-15

2025-06-19

FUQAROLIK HUQUQI TUSHUNCHASI VA UNING ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O‘RNI

O‘zbekistonda fuqarolik huquqi mulkiy, shuningdek shaxsiy nomulkiy jamoat munosabatlarini tenglik, barcha mulk shakllarining daxlsizligi va ishtirokchilari tomonidan shartnomalar tuzish erkinligi, o‘zboshimchalik bilan aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi tamoyillariga asoslangan huquq sohasi hisoblanadi, shaxsiy ish bilan shug'ullanadigan har qanday shaxs, fuqarolik huquqlarini to'sqinliksiz amalga oshirish, buzilgan huquqlarning tiklanishini ta'minlash, ularning sud himoyasi zarurligi, fuqarolik huquqi xususiy huquqning asosidir.

Ergashov Iqboljon Foziljon o‘g‘li

47-49

2023-12-16

O’QUVCHILARDA FUQAROLIK HUQUQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH - ULARNING HUQUQIY ONGI VA MADANIYATNI KAMOL TOPTIRISHNING ASOSIY OMILI

Ushbu maqolada Fuqarolik tarbiyasi nima ekanligi va u fuqarolar uchun qanchalik kerakligi,  jamiyatda fuqarolik tarbiyasining maqsadi va vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Fuqarolik tarbiyasi jamiyatda yashayotgan shaxslarning o‘z huquq va burchlarini bilishi, tushunishi va amalda qo‘llashi uchun juda muhimdir. Shuningdek huquqiy ta’lim jarayoni, jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish masalalari to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan.

Dauletbaeva Jadiraxan Aliy qizi, Maxsutov Islam Tazabaevich

113-117

2024-04-17

QONUNCHILIGIMIZDA SURROGAT ONALIK SHARTNOMASINI TARTIBGA SOLISHNING DOLZARB MASALALARI (TEZIS)

Ma’lumki, surrogat onalik shartnomasi qonunchiligimizda nomlanmagan notipik xususiyatga ega shartnoma turi sifatida e’tirof etiladi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 5-moddasiga ko’ra fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan munosabatlar qonunchilik yoki taraflarning kelishuvi bilan to’g’ridan to’g’ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik qonunchiligining o’xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi qo’llanilishi(qonun o’xshashligi) belgilangan. Agarda, ko’rsatib o’tilgan hollarda qonun o’xshashligidan foydalanish mumkin bo’lmasa, taraflarning huquq va burchlari fuqarolik qonunchiligining umumiy negizlari va mazmuniga (huquq o’xshashligiga) hamda halollik, oqillik va adolat talablariga amal qilgan holda belgilanadi . Mazkur masalada bir qator tadqiqotchilarning bu masalani asoslantiruvchi fikrlari mavjud.

Jamshid Abdullayev

40-42

2022-08-30

TARBIYA DARSLARIDA MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING FUQAROLIK POZITSIYASINI MUSTAHKAMLASH

Ushbu maqolada tarbiya darslari jarayonida milliy qadriyatlar asosida o‘quvchilarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish va mustahkamlashning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Maqolada o‘quvchilarning yurtga sadoqat, qonunlarga hurmat, milliy o‘zlikni anglash kabi fazilatlarini rivojlantirishda milliy urf-odatlar, an’analar, tarixiy meros va ajdodlar o‘gitlarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, tarbiya darslarining mazmuni va metodikasini takomillashtirish orqali yosh avlodni ongli fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxs sifatida kamol toptirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib beriladi.

Raxmatova Dinora Isomovna

94-98

2025-07-29

YANGI O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar jarayonida fuqarolik jamiyatini takomillashtirish masalasi muhokama qilinadi. Fuqarolik jamiyati institutlari, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish mexanizmlari hamda jamoatchilik faolligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, fuqarolik jamiyatining barqaror rivoji mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri ekanligi tahlil qilinadi.

Samadov Jalol Mavlonovich

36-39

2024-12-09

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI VA FUQAROLIK JAMIYATINING BOSHQA INSTITUTLARI TOMONIDAN JAMOATCHILIK EKSPERTIZASINI O‘TKAZISHNING AYRIM MASALALARI

Maqolada nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazishning ayrim masalalari yoritib berilgan. Ishda normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazuvchi subyektlar sifatida davlat va nodavlat tashkilotlari ishtirok eta olishlari, bunda asosan norma ijodkorligi sohasida fuqarolik jamiyati institutlari faol ishtirok etishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ekspertizasi ilmiy-nazariy tahlil qilishga oid masalalar huquqiy jihatdan asoslantirilgan. Shuningdek, ilmiy ishlanmaning xulosa qismida normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishib olish va jamoatchilik muhokamasi bosqichlarida muammoni, uni hal etish usullarini aniq belgilab qo‘yish amaliyotini yo‘lga qo‘yish zarurligi taklif sifatida ilgari suriladi.

Burxanova Shiyrin Jamshitovna

367-371

2022-11-12

«FUQAROLIK HUQUQI» TUSHUNCHASI VA UNING ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O‘RNI

O‘zbekistonda fuqarolik huquqi mulkiy, shuningdek shaxsiy nomulkiy jamoat munosabatlarini tenglik, barcha mulk shakllarining daxlsizligi va ishtirokchilari tomonidan shartnomalar tuzish erkinligi, o‘zboshimchalik bilan aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi tamoyillariga asoslangan huquq sohasi hisoblanadi, shaxsiy ish bilan shug'ullanadigan har qanday shaxs, fuqarolik huquqlarini to'sqinliksiz amalga oshirish, buzilgan huquqlarning tiklanishini ta'minlash, ularning sud himoyasi zarurligi; fuqarolik huquqi xususiy huquqning asosidir.

Gadoev Begzod Ishqobilovich

99-101

2022-10-13

FUQAROLIK VA SIYOSIY HUQUQLARNI SUD ORQALI HIMOYA QILISH ASOSLARI

Ushbu maqolada fuqarolik va siyosiy huquqlarni sud orqali himoya qilishning nazariy-huquqiy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda O'zbekiston, MDH davlatlari hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning bu sohada to'plagan tajribasi qiyosiy-huquqiy tahlil usuliga asoslanib o'rganilgan. Maqolada sud himoyasining konstitutsiyaviy asoslari, xalqaro huquq standartlari, sud tizimining o'rni va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda duch keladigan muammolar ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalarida fuqarolik va siyosiy huquqlarni samarali himoya qilish uchun sud tizimini takomillashtirish yo'llari taklif etilgan.

Abduganiyeva Gulrux Mansur qizi

174-178

2025-05-31

FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQ TIZIMINING O’RNI VA AHAMIYATI

Hozirgi kunda O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy davlat qurishning garovi sifatida olib borilayotgan sud-huquq islohotlarida, ayniqsa, sud hokimiyatining amaldagi mustaqilligi hamda ustuvor hokimiyat sifatidagi obro’-e’tiborini mustahkamlashda sudyalarning malakasi, ularning shaxsiy va malakaviy xususiyatlari muhim ahamiyatga egadir. Davlat fuqarolik jamiyatiga nisbatan vazifasi ijtimoiy zid¬diyatlarning keskinlashuviga, kuchlarning bo’linishiga, tartib¬sizlikka qarshi harakat qilishdan iborat bo’lgan boshqaruvchi kichik tizim sifatida amal qiladi.

Abduraximova Dilnoza Magrifovna, Abduqodirov Po'lat Anvarovich

159-162

2023-03-06

FUQAROLIK JAMIYATI TIZIMIDA SIYOSIY PARTIYALARNING O‘RNI

Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri sifatida siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning demokratik islohotlardagi roli hamda davlat va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonda siyosiy partiyalar tizimini takomillashtirish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yoritilgan.

Sultonov Farhodjon Abdufattoh oʻgʻli

127-131

2025-10-22

MAJBURIYATLARNI BAJARISHDAGI KECHIKTIRISH UCHUN JAVOBGARLIK CHORALARINI FUQAROLIK QONUNCHILIGIDA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligida majburiyatlar ijrosini kechiktirganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari (neustoyka, foizlar, zararlar) tahlil qilinadi. Amaldagi qonunchilik normalari va sud amaliyotida uchraydigan muammolar, xususan, neustoyka miqdorining nomutanosibligi, yetkazilgan zararni isbotlashdagi qiyinchiliklar hamda yengib bo‘lmas kuch holatlarining talqinidagi noaniqliklar ko‘rib chiqiladi. Maqolada javobgarlik mexanizmlarini takomillashtirish, jumladan, javobgarlik choralarini hisoblash usullarini aniqlashtirish, zarar qoplash tartibini soddalashtirish va javobgarlikning kompensatsion hamda rag‘batlantiruvchi funksiyalarini muvozanatlash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari suriladi.

Sarsenbaeva Ellada Tengelbaevna

12-16

2025-04-18

FUQAROLIK JAMIYATINI QURISHDA HUQUQ VA INGLIZ TILINING O‘RNI VA AHAMIYATI.

Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda huquqiy savodxonlik va ingliz tilini o‘rganishning o‘rni yoritiladi. Muallif fuqarolik faolligi, inson huquqlari, xalqaro hamkorlik kabi jihatlar orqali bu ikki omil qanday uyg‘unlashishini tahlil qiladi. Maqolada ta’lim, axborotga ochiqlik va global tafakkur orqali fuqarolik ongini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatiladi.

 
Ibrohimov Namoz, Husenova Farida

117-120

2025-05-21

ICHKI ISHLAR ORGANLAR MULKINI OPERATIVE BOSHQARUV HUQUQI ASOSIDA BOSHQARISH

Operativ boshqarish huquqi sub’ektlari, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 72-moddasi maxsus aniqlangan yuridik shaxslar bo’lishi mumkin. Fuqarolik holati nuqtai nazaridan ichki ishlar organlari institut sifatida tan olinishi kerak. Fuqarolik qonunchiligiga muvofiq, muassasa mulkdor tomonidan yaratilgan tashkilot sifatida ijtimoiy-madaniy va boshqa funktsiyalarni bajarish uchun tashkil etiladigan tashkilot sifatida to’liq yoki qisman moliyalashtiriladi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 72-moddasi).

Artikov Bohodir Adilovich

55-57

2024-08-18

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIGA QABUL QILISH SHARTLARIDA DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIGA QABUL QILINISHI MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Davlat fuqarolik xizmatini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish, davlat xizmatchilari ishini natijadorlikka yo‘naltirish, aholining davlat xizmatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish, sohaga istiqbolli kadrlarni jalb qilish va ularni professional mutaxassis etib tayyorlashning samarali tizimini joriy qilish haqida ma’lumotlar keltirilgan.

S.Xamdamova

79-82

2025-10-20

BOSHLANG‘ICH SINF DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI VA O‘QUV DASTURLARIDA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarida o‘quvchilarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish masalalarini IMRAD strukturasida tahlil qiladi; tadqiqotda rasmiy hujjatlar tahlili, ekspert suhbatlari va pilot maktablarda kuzatuv-uslubiy sinovlar (2022–2024) kombinatsiyalangan; natijalar kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilgan dars va tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarning fuqarolik faolligida va ijtimoiy-ko‘nikmalarida sezilarli o‘sish (taxminan 35–40%) ko‘rsatganini tasdiqlaydi; maqola pedagogik metodlarni takomillashtirish, o‘qituvchilarni maqsadli metodik tayyorlash va o‘quv dasturini integratsiyalash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.

Rustambekova Nigora Abduganisovna

69-73

2025-10-13

FUQOROLIK - HUQUQI MUNOSABATLARI

Fuqarolik-huquqiy munosabat tushunchasi va mohiyati. Fuqarolik_huquqiy munosabatlarning turlari (tasnifi). Fuqarolik huquqlari va burchla_rining kelib chiqish asoslari. Yuridik faktlar. Fuqarolik huquqlarining amalga oshirilishi va burchlarining bajarilishi. Fuqarolik huquqlarini  bitnoya qilish.

Yuldasheva O'g'iloy Yusufjon qizi

31-32

2024-03-09

FUQAROLIK JAMIYATI VA MILLIY MAFKURA: USTUVOR YO‘NALISHLAR, QONUNIYATLAR VA INTEGRATSIYA MEXANIZMLARI

Maqolada milliy mafkura va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, ularning huquqiy-institutsional va ma’naviy-aksiologik qatlamlarda integratsiyasi tahlil qilinadi. Konstitutsiyaviy normalar (xususan, 69-modda), ijtimoiy davlat tamoyillari va jadidchilik merosi negizida fuqarolik jamiyatining mafkuraviy poydevorini mustahkamlash mexanizmlari asoslanadi. Tadqiqotda tarixiy-mantiqiy, qiyosiy va normativ-huquqiy tahlil usullari qo‘llanib, “mafkuraviy immunitet”ning uch bosqichli konturi hamda milliy mafkuraning funksional yo‘nalishlari (mustaqillik, hududiy yaxlitlik, qonun ustuvorligi, demokratiya, qadriyatlar uyg‘unligi, xalqaro moslik, ijtimoiy plyuralizm, ijtimoiy himoya) operatsion indikatorlar sifatida taklif etiladi.

Abdullayeva Zahira Bahodirovna

22-24

2025-09-08

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARINING HUQUQIY VA IJTIMOIY JIHATDAN HIMOYA QILINISHI

Zamonaviy davlat boshqaruvi samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biri bu — davlat fuqarolik xizmati tizimining rivojlanishi hisoblanadi. Davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi haqida ma’lumotlar keltirigan.

S.Xamdamova

123-125

2025-10-20

O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI OLISH

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan oֲ‘zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yigindisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini etirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi. Malumotlarga koֲ‘ra, 1991-yildan 2007-yilgacha 482 kishi O‘zbekiston fuqaroligini olgan. Soֲ‘ngra, 2016-yilga qadar hech kimga O‘zbekiston fuqaroligi berilmagan. 2016 yildan hozirgi kunga qadar 23 238 nafar shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinib, O‘zbekiston pasportini olgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqaroligi boֲ‘lmagan 33 075 kishi istiqomat qiladi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasida yashaydigan shunday shaxslar umumiy sonining 78,5 foizi deganidir. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi toֲ‘grisidagi qonuni, fuqarolikni olish tartibi va fuqarolik olish tartibidagi ozgarishlar haqida so’z boradi.

Aliyarov Sherzod Muratovich

1563-1567

2022-12-31

FUQAROLIK HUQUQIDA SHARTNOMA ERKINLIGI PRINSIPI VA UNING AMALIY QO‘LLANILISHI

Ushbu ilmiy maqolada fuqarolik huquqining fundamental tamoyillaridan biri — shartnoma erkinligi prinsipi chuqur tahlil qilinadi. Muallif tomonidan ushbu prinsipning tarixiy shakllanishi, huquqiy asoslari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi normalarida qanday tartibga solingani va amaliy hayotda qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi keng ko‘lamda yoritib berilgan. Ayniqsa, shartnoma erkinligining iqtisodiy faoliyatga ko‘rsatadigan ta’siri, shuningdek, bu prinsipning cheklanishiga olib keladigan omillar va sud amaliyotidagi interpretatsiyasi misollar orqali chuqur tahlil etilgan.

Saidabdullayev Orzubek Sobir oʻgʻli

53-55

2025-05-23

YANGI O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI SHAKLLANISHINING SIYOSIY-HUQUQIY ASOSLARI

Mazkur maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishning ahamiyati, ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z etilgan. Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari shakllanishining siyosiy-huquqiy asoslari yoritib berilgan.

Xojageldiev Abatbay Uzaqbaevich

152-156

2023-12-20

1 - 25 из 245 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy