Enterosorbent ta'sirga ega dorilar gastroenterologiya, toksikologiya, yuqumli kasalliklar, allergologiya, dermatologiya, jarrohlik, onkologiya, gepatologiya, nefrologiya va narkologiya kabi tibbiyotning turli sohalarida keng qo‘llaniladi. Maqolada adsorbsion dorilarning zamonaviy nomenklaturasini mahalliy xom ashyolar hisobiga kengaytirish maqsadida O‘zbekistonda ruyxatdan o‘tgan va farmatsevtika bozorida mavjud preparatlarning tahliliy sharhini o‘tkazish natijalari keltirilgan. Olingan ma'lumotlar asosida istiqbolli mahalliy sorbtsion xususiyatga ega glaukonit tabiiy minerali hisobiga enterosorbsion ta'sirga ega preparatlar nomenklaturasini kengaytirish masalalari o‘rganilgan.