Homila o’sishdan ortta qolish sindromi (HO’CHS) perinatal kasallanish va o’limga olib keluvchi sabablar ichida katta qismini tashkil qiladi[1]. Bu patologiya ma’naviy zarar bilan birgalikda, HO’CHS bilan tug’ilgan bolalar davolanishi uchun katta mablag’ talab etganligi tufayli iqtisodiy tomonlama ham putur yetkazadi[3]. Ko’pgina adabiyotlar va tadqiqotlarda yozilishicha bu patologiyaning yuzaga kelishidagi havf omillarini bir nechta guruhga bo’lingan: ona tomonlama havf omillari (homiladorlik gipertenziyalari, preeklampsiya, gestatsion qandli diabet, opka kasalliklar, anemiya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, antifosfolitik sindrom, yetarlicha ovqatlanmaslik va zararli odatlar) homilaning havf soluvchi faktorlari ( genetik kassaliklar, tug’ma rivojlanish poroklari, homila ichi infeksiyasi, kop homilalik) va plasentar havf omillari (plasentaning yetishmovchiligi va plasenta infarkti[2,4]. HO’CHS ning patogenezida ona-homila-plasenta tizimidagi qon aylanishning buzilishi yotadi va buning natijasida homila metabolizmi va funksional holati izdan chiqadi[5].