Adabiyotshunoslar fikricha, “Mahbub ul-qulub” Navoiyning eng murakkab asarlaridan biri sanalib, u Alisher Navoiy nasrining gultojidir. Bu yerda har bir gap qalban aytilgan, o‘ylangan, aql tarozisiga solingan va shuning uchun o‘quvchidan jiddiy, mulohazali munosabatda bo‘lishni talab qiladi.