Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

ALISHER NAVOIY VA JAHON TILSHUNOSLIGI

Alisher Navoiy o‘zbek adabiy tili va tilshunoslik tarixida beqiyos meros qoldirgan buyuk mutafakkirdir. Uning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Majolis un-nafois”, “Xazoyin ul-maoniy” kabi asarlarida til, uning imkoniyatlari, so‘z boyligi, grammatik qurilishi haqida qimmatli fikrlar ilgari surilgan. Ushbu maqolada Navoiy tilshunoslik qarashlari jahon tilshunosligi doirasida tahlil qilinadi, Sharq va G‘arb lingvistika an’analari bilan qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqotda Navoiy merosining zamonaviy lingvistika fanidagi o‘rni, fonetika, leksikologiya, morfologiya hamda umumiy tilshunoslik tamoyillariga qo‘shgan hissasi ochib beriladi. Shuningdek, maqolada Navoiy qarashlarining bugungi o‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro lingvistik izlanishlardagi ahamiyati ham yoritiladi.

Yusupova Gulmira Ziyodin qizi, Qobiljonova Sarvinoz Rahmatullo qizi

20-26

2025-09-09

ALISHER NAVOIYNING NA’T GʻAZALLARI TARKIBIDAGI PAYGʻAMBARLAR OBRAZI TALQINI

Ushbu maqolada Alisher Navoiy g‘azallarida, xususan, na’t janridagi asarlarida payg‘ambarlar obrazining badiiy talqini tahlil qilinadi. Muallif Navoiy ijodidagi diniy timsollar, jumladan, Xizr va Yusuf payg‘ambarlar obrazlari misolida shoirning Qur’oni karim va hadis manbalaridan ilhomlangan holda, ularni qanday ma’naviy-axloqiy ramz sifatida yoritganini ko‘rsatadi. Navoiy g‘azallarida payg‘ambarlar obrazi insonning axloqiy kamolotga erishish yo‘lida ilhom manbai, adolat, sabr-toqat va go‘zallik timsoli sifatida ifodalanadi. Maqolada “Xazoyin ul-maoniy” devonidagi g‘azallar tahlili orqali shoirning talmeh san’atidan foydalanish usullari ochib beriladi. Tadqiqotda diniy obrazlar orqali Navoiy insoniyat uchun ma’naviy yetakchilik g‘oyasini targ‘ib qilgani ta’kidlanadi.

Xusanova Kamola Xotam qizi

66-69

2025-05-22

KARYER BORTLARINING TURG`UNLIGINI TA`MINLASH MAQSADIDA YORIQLARNI TARQALISH ZONASINING KENGLIGINI BURG’ILASH PORTLATISH ISHLARIGA BOG`LIQ TARZDA HISOBLASH

Mazkur maqolada konchiliik sohasidagi burg’ilash portlatish ishlarining karyer bort turg’unligiga ta`siri.

To`xtashev Alisher Baxodirovich, Normatova Muborak Jabborovna, Abruyev Samandar Shodmon o`g`li, Davronova Gulchehra Jurabek qizi, Xakimova Sabina Zaynitdin qizi, Hamroyeva Muxlisa … qizi

174-179

2023-06-09

"QANDLI DIABET BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA GLYUKOZA MONITORINGI VA UNING TURMUSH SIFATIGA TA’SIRI"

Qandli diabet (QD) dunyo bo‘ylab surunkali kasalliklar orasida eng keng tarqalganlardan biri hisoblanadi. Kasallikning asosiy xususiyati glyukoza darajasining boshqaruvdan chiqishi bo‘lib, bu ko‘plab asoratlar, jumladan, kardiovaskulyar, buyrak va ko‘z kasalliklariga olib keladi[1]. Bemorlarning glyukoza darajasini o‘z vaqtida monitoring qilishi va uni boshqarishi kasallik oqibatlarini yengillashtirish hamda hayot sifatini yaxshilashning asosiy omili hisoblanadi [2]. Hozirgi kunda glyukoza monitoringi uchun turli texnologik usullar, jumladan, invaziv va noinvaziv texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Ushbu texnologiyalar nafaqat glyukoza darajasini real vaqt rejimida kuzatish, balki bemorlarning turmush sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi [3]. Biroq, ushbu monitoring tizimlarining samaradorligi, qulayligi va iqtisodiy jihatlari bo‘yicha o‘rganishlar yetarli emas.

Qurbonov Xusen Sodiqovich, Mardonova Dilorom O`ktamovna, Uzakov Djamshir Kasimovich

100-101

2025-01-27

NAVOIY IJODIDA JANRLARNING O‘RNI

Ushbu maqolada, Alisher Navoiy ijodida adabiy janrlarning tutgan o‘rni va badiiy imkoniyatlari tahlil etiladi. Lirik janrlar (g‘azal, ruboiy, tuyuq, fard), epik janrlar (masnaviy, doston), didaktik hamda ilmiy-publitsistik janrlar doirasidagi asarlar ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, Navoiy tomonidan janrlar imkoniyatlarining kengaytirilgani, ularga falsafiy, tasavvufiy va axloqiy g‘oyalarning singdirilgani alohida ta’kidlanadi. Maqolada janrlar orqali Navoiy badiiy fikrning shakli va mazmunini mukammal ifoda etgani, adabiy an’anaga ulkan ta’sir ko‘rsatgani asoslab beriladi.

Olimova Ruxshona Ravshan qizi

14-16

2025-05-29

ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 500 YILLIGI ARAFASIDAGI KONFERENSIYA HAQIDA

Alisher Navoiy hayoti va ijodining tadqiq etilishi jarayoni nafaqat bizning yurtimizda, balki xorijda ham faol olib boriladi. Bu borada rus adabiyotshunos olimlari faoliyatini alohida ta’kidlash lozim. Maqolada O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan konferensiya borasida so‘z boradi. Unda rus olimlari ishtirok etishgan hamda Navoiy yashagan davrning turli tomonlarini aks ettirgan holda ma’ruzalar o‘qishgan, o‘z tadqiqotlari hamda fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashganlar.

Iroda Ishonxanova

164-169

2025-05-31

NAVOIY NIGOHIDA SO`Z QUDRATI VA EZGULIK FALSAFASI

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodidagi insonparvarlik, ezgulik va komillik g‘oyalari tahlil etiladi. Muallif Navoiy asarlarining zamonaviy talqini va undagi axloqiy-falsafiy qarashlarni yoritib, shoirning inson, so‘z, tafakkur, sahovat va iymon kabi tushunchalarga bo‘lgan yondashuvini ochib beradi. Navoiy asarlarida ifodalangan gumanizm, mehr-oqibat, haqiqatparastlik, ezgu niyat, halollik va adolat kabi qadriyatlarning doimiy dolzarbligi alohida ta`kidlab o`tiladi. Maqolada shoirning g‘azal, ruboiy va dostonlaridagi obrazlar misolida inson qalbi va ruhiy olami chuqur tahlil qilinadi.

Davlatova Shodiyona Zohid qizi

75-78

2025-05-19

O‘ZBEK XALQI OILAVIY AN'ANALARI TARIXINI O‘RGANISHDA ALISHER NAVOIY ILMIY MEROSINING O‘RNI

Ushbu maqola o'zbek xalqi oilaviy an'analari tarixini o'rganishda Alisher Navoiy ilmiy merosining o'rnini tahlil qiladi. Navoiyning asarlari oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi va nikoh masalalariga oid qimmatli ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Tadqiqot Navoiy asarlarini tahlil qilish, tarixiy manbalarni o'rganish va adabiyotlarni tahlil qilish usullariga asoslanadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, Navoiy merosi o'zbek oilaviy an'analarining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o'ynagan. Navoiyning fikrlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan va zamonaviy oilalar uchun qo'llanma bo'lib xizmat qilishi mumkin.

O‘rolova Feruza Ankaboyevna

70-74

2025-06-26

ALISHER NAVOIY XAMSASIDA ADOLATLI PODSHO OBRAZI VA SIYOSIY IDEAL

Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi besh dostonda adolatli podsho obrazi va siyosiy idealning badiiy talqini tahlil qilingan. Har bir doston “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” va “Saddi Iskandariy” alohida ko‘rib chiqilib, ularda hukmdor obrazining qanday ideallar asosida qurilgani yoritilgan. Maqolada adolat, rahm-shafqat, xalqparvarlik, aql-zakovat, diplomatiya kabi tushunchalarning Navoiy tomonidan siyosiy yetuklik mezoni sifatida ifodalangani aniq dalillar bilan ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, dostondagi poetik shakl bilan falsafiy mazmun uyg‘unligi tahlil qilinadi.

Olimova Ruxshona Ravshan qizi

26-28

2025-05-29

SARCHASHMA ILDIZLARI: ALISHER NAVOIY VA AHMAD POSHO (O‘ZBEK-TURK ADABIY ALOQALARI TARIXIGA BIR NAZAR )

Maqolada oʻzbek-turk adabiy aloqalarining uzoq o‘tmishga ega ekanligi, Alisher Navoiy davridayoq ijodiy hamkorlikning yo’lga qo’yilganligi,  Navoiy she’riyatining usmonli adabiyotiga ta’siri hamda Ahmad Poshoning  Navoiy g’azallariga tatabbulari va ikki qardosh xalqlarning adabiy hamkorliklari  haqida fikr yuritiladi.

Sarvarbek Tuliboyev, Rushana Zaripova

309-315

2022-12-28

ALISHER NAVOIY ASARLARINI O‘QITISHDA INTERAKTIV METODLARNING SAMARADORLIGI

Ushbu tezisda Alisher Navoiy asarlarini o‘qitishda interaktiv metodlardan foydalanishning pedagogik samaradorligi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot konseptual jihatdan konstruktivizm, sotsiokultural o‘rganish, reflektiv amaliyot va dialogik ta’lim yondashuvlariga tayanadi; amaliy jihatdan esa sinfdagi muhitda uch bosqichli o‘quv vazifalari, qisqa ma’ruza–munozara sikllari, konseptual xaritalash, raqamli vositalar orqali ko‘p modal talqin hamda bahs va ijodiy qayta ishlash bilan boyitilgan “kritik o‘qish” protokollari qo‘llanilgan. Natijalar interaktiv metodlar matnni chuqur anglash, badiiy-axloqiy g‘oyalarni kontekstual talqin qilish, estetik baholash mezonlarini og‘zaki va yozma asoslash, hamkorlikda mantiqiy dalillash hamda ijodiy transformatsiya ko‘nikmalarini sezilarli darajada mustahkamlashini ko‘rsatadi. Portfel-baholash, analitik rubrikalar va reflektiv esse shaklidagi yakuniy ko‘rsatkichlar o‘quvchilarning konseptual ravonlik, mulohaza chuqurligi va dalil-sitata muvozanatida o‘sish borligini namoyon etadi. Tadqiqot natijalari adabiyot darslarini kompetensiyaviy modelga muvofiq qayta loyihalashga, Navoiy matnlarining tarixiy-badiiy qatlamlarini zamonaviy o‘quvchi idroki bilan bog‘lashga hamda o‘qituvchi–o‘quvchi–matn o‘zaro ta’sirini faol, mazmuniy va reflektiv mexanizmlarga aylantirishga xizmat qiladi.

Mardonova Sevinchxon Zoyirjon qizi

96-98

2025-10-20

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA INSONPARVARLIK G‘OYALARI

Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida insonparvarlik g‘oyalari yoritilgan. Shoir ijodining asosiy tamoyillari sifatida adolat, saxiylik, ilm-ma’rifat, mehr-oqibat, halollik va vafodorlik masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Navoiy asarlarida inson qadr-qimmati, ma’naviy barkamollikka intilish, jamiyat oldidagi mas’uliyat kabi g‘oyalar markaziy o‘rin egallashi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Navoiy merosining bugungi kunda ham tarbiyaviy va ma’naviy jihatdan dolzarbligi asoslab berilgan.

Allayarov Ismoil

108-109

2025-08-28

TURKIY ADABIYOTDA XAMSANAVISLIK AN’ANALARI VA NAVOIYNING O‘RNI

Mazkur maqolada Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan xamsa besh dostonli epik majmua tahlil qilinadi va u boshqa mashhur xamsanavis shoirlar, xususan Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviy ijodi bilan qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Maqolada xamsanavislik an’anasining tarixiy ildizlari, Navoiy xamsasining tematik va uslubiy xususiyatlari, milliy ruh, axloqiy g‘oyalar va turkiy tilning adabiy mavqei yoritilgan. Shuningdek, Navoiy va boshqa xamsanavislar ijodidagi “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Iskandar” kabi dostonlar misolida syujet, obrazlar tizimi, didaktik yo‘nalish va badiiy san’atlar tahlil qilinadi. Maqola adabiy solishtirma yondashuv asosida yozilgan va turkiy adabiyotda xamsanavislikning taraqqiyoti va Navoiyning bu boradagi betakror o‘rni namoyon etilgan.

Olimova Ruxshona Ravshan qizi

28-30

2025-05-29

FIZIKA DARSLARIDA O‘ZARO BOG‘LANGAN JISMLAR HARAKATINI O‘RGANISH

O’quvchilarga fizikaviy hodisalarning mohiyati turli yo‘llar bilan tushuntiriladi: hikoya qilib beriladi, tajribalar namoyish qilinadi, laboratoriya ishlari bajariladi, ekskursiyalar o‘tkaziladi. Ushbu maqolada fizik masalalarni yechishdagi ba’zi muammoli holatlar ko‘rsatib o‘tildi.

Nodira Ulug‘berdiyeva , Nargiza Karimova , Abdubakir Xo‘jayev , Abduvosit Amonov , Gulchehra Ulug‘berdiyeva

23-26

2025-07-10

MUSTAQILLIK YILLARIDA NAVOIY LIRIKASINING IJTIMOIY-FALSAFIY QATLAMLARDA O‘RGANILISHI

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida o‘zbek navoiyshunosligining rivojlanish jarayonida Alisher Navoiy lirikasining ijtimoiy va falsafiy qatlamlarda  o‘rganilishiga e’tibor qaratiladi. Yangi davrda shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, ilmiy-metodik yondashuvlar va tafsir madaniyati Navoiy g‘azallarining chuqur, k o‘p qatlamli talqinlariga keng yo‘l ochdi. Xususan, Najmiddin Komilovning navoiyshunoslikdagi faoliyati tahlil etilib, shoir lirikasidagi falsafiy obraz va tushunchalar bugungi davr kontekstida tahlil qilinadi.

Rahmonova Maftuna O‘ktamovna

143-146

2025-06-24

ALISHER NAVOIY IJODIGA OID METODIK QO‘LLANMALAR YARATISH

Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodiga oid metodik qo‘llanmalar yaratishning ahamiyati, ularni tuzishda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar hamda o‘quv jarayonida samarali foydalanish usullari yoritilgan. Qo‘llanmalarda Navoiy asarlarining badiiy, falsafiy va axloqiy jihatlari, shuningdek, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda metodik tavsiyalar berish zarurligi asoslab beriladi. Mazkur yondashuv Alisher Navoiy merosini keng targ‘ib qilish va uni zamonaviy ta’lim jarayoniga integratsiya qilishga xizmat qiladi.

Karimova Yulduz Baxtiyorovna

58-64

2025-08-23

ALISHER NAVOIY - BUYUK MUTAFFAKIR

Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyoti va madaniyatining yirik namoyandasi, davlat arbobi, mutafakkir va shoir Alisher Navoiy faoliyati keng yoritilgan. Navoiy o‘zining asarlari, ilm-fanga bo‘lgan e’tibori, ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari madaniy-ma’naviy merosiga ulkan hissa qo‘shgan. Maqolada uning hayoti, ijodi, falsafiy qarashlari, tilga doir nazariyalari va jahon tamaddunidagi o‘rni tahlil etiladi. Shuningdek, Navoiy asarlarining dolzarbligi va bugungi kun uchun ahamiyati ham yoritiladi.

Shuhratova Marjona

127-129

2025-06-30

ALISHER NAVOIY GAZALLARIDA TIL VA NUTQ MADANIYATI: TILSHUNOSLIK ASPEKTIDAN TAHLIL

Ushbu maqolada Alisher Navoiy g’azallaridagi til va nutq madaniyati masalalari fonetika (tishunoslik) nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Maqolada Navoiy ijodida tovushlarning talaffuzi, tovushlar o‘rtasidagi muvofiqlik, ohanglilik va ritm kabi fonetik xususiyatlar hamda ularning badiiy ifoda vositasi sifatidagi roli o‘rganiladi. Shuningdek, gazallardagi tovushlarning o‘zaro uyg‘unligi va nutq madaniyatiga ta’siri, tilning go‘zalligi va estetikasi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari Navoiy asarlarining til madaniyati va fonetika jihatdan boy va mukammal ekanligini tasdiqlaydi hamda o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunoslik sohalariga yangi qarashlar olib kiradi.

Dildora Baxadirova

85-87

2025-05-26

XAMSA – O‘ZBEK BADIYIY TAFAKKUR CHO‘QQISI

Mazkur maqolada Sharq adabiyotidagi xamsanavislik an’anasi, uning tarixiy ildizlari va o‘zbek adabiyotidagi taraqqiyoti xususida fikr yuritilgan. Alisher Navoiyning “Xamsa” majmuasi o‘zbek badiiy tafakkurining eng yuksak cho‘qqisi sifatida baholangan. Har bir doston — “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” — alohida badiiy-falsafiy tahlilga tortilgan. Navoiy asarlari orqali yuksak axloqiy, ijtimoiy va estetik g‘oyalar ilgari surilgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, shoirning til boyligi, badiiy uslubi va ramziy obrazlari o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni yoritilgan. Maqolada Navoiy “Xamsa” sining keyingi avlod xamsanavislariga ko‘rsatgan ta’siri ham tahlil qilinadi.

Olimova Ruxshona Ravshan qizi

10-13

2025-05-29

TAKOMILLASHTIRILGAN SHARLI DOLOTA VA OLMOS TISHLI KORONKANING TAJRIBA-SINOVLARIDAGI NATIJALAR TAHLILI

Jins parchalovchi asbob tanasi ostida, uning har bir aylanishi natijasida shlam zarrachalari ajraladi va ular aylanishlar sonining ortishi bilan ajralgan shlamlar soni kupayib boradi, bunda skvajina tubida hosil bo‘lgan shlamni hajmi dolotaning ishchi tanasi va zaboy oralig‘idagi hajmga teng bo‘ladi, bu holatda esa dolotaning yuvuvchi kanali ajralgan shlam zarrachalarini yuqoriga kutarish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak, bu jins parchalovchi asbobning abraziv emirilishini va ajralgan shlamning takroran parchalanishini bartaraf etishning asosiy sharti hisoblanadi.

Raxmatova Fotima Muzaffar qizi, Raxmatova Zuxra Muzaffar qizi , Ro’ziqulova Sevinch Axmed qizi, Axmedov Sohib Tojiboyevich

248-252

2022-12-20

ALISHER NAVOIY IJODIYOTINING TURK ADABIYOTIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodiyotining Onadolu adabiyotida tutgan o`rni, Navoiy g`azallariga bitilgan naziralar, shoirlar ijodi tahlil qilinib ,ularda Navoiydan ta`sirlangan jihatlari yoritildi.

Toshpulatova Zilola Rustamovna

32-34

2023-01-28

GIDRAVLIK EKSKAVATORLARNING QO’LLANILISH TAHLILI

Evropada XX-asrning 50-yillarida kelib birinchi to’liq gidravlik ekskavator yaratildi. Uning og’irligi 15 tonna va 3 ta gidrosilindr tashkil qilib ko’tarib tushirish ishlarini tashkil etardi. 60-yilda esa gidravlik ekskavatorlardan foydalanish qiziqishi orta boshladi. Lekin usha davirlarda gidravlik elementlari (gidrosilindr, nasoslar, zolotniklar, filtrlar, salniklar, yuqori bosimli shlanglarni ulanish qisimlari va hokoza) takomillashtirish muomolari bo’lgan. Bu muomolarni yechimlarini yahshilash davri o’sha yilning o’zlarida topilib. 1968-yilda birinchi 40-tonnali gidravlik ekskavatorlar fransuz markali HC-300 va nemis markali RH-15 ishlab chiqarilagn. 70-yil o’rtalarida esa 140 tonnali RH-75A va 170 tonnali 1000 CR yaratildi. 1977-yil IChS “Uralmash” gidravlik ekskavator EG-12 kovush hajmi 12 m3 tayorlanib Kuzbas kar’yer razrezida qo’lanilib mexanik ekskavatorlardan ko’ra ancha ustunlik jihatlarini ko’rsata olgan.

Raxmatova Fotima Muzaffar qizi, Raxmatova Zuxra Muzaffar qizi , Ro’ziqulova Sevinch Axmed qizi, Shomurodov Baxtiyor Hamidovich

176-183

2022-12-16

ALISHER NAVOIY IJODIDA TIMSOLLAR TASNIFI (O’RGANILISHI)

Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodida timsollarning badiiy-falsafiy mazmuni, hujjat ramziy qatlamlari va poetik obrazlar tizimidagi o'rni tahlil qiladi. Asarda Navoiy yaratgan timsollar turli xil tasviriy shakllarda — personajlar, tabiatlari, hayvonot olami, jismoniy va ruhiy hodisalar orqali ifoda topgan. timsollarni tasniflash maqolalari (mav, funktsiya yuk, estetik ahamiyat) asosida guruhlash ishlari amalga oshirish. Timsollar tahlilida hujjat milliy-estetik qadriyatlar va sufiyona tafakkur bilan bog'liqligi alohida ko'rsatib o'tiladi. ilmiy tadqiqot Navoiy asarlaridagi ramziy timsollarning g'oyaviy-badiiy yukini ochish, ularni lingvopoetik va konseptual tahlil qilish maqsad qilingan.

 
Rahmatova Sitora Bobir qizi

40-46

2025-05-19

ALISHER NAVOIY VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IJODIDA VATAN TARANNUMI

Ushbu maqolada buyuk shoirlar Аlisher Navoiy va Bobur ruboiylarida vatan sogʼinchining ifodalanishi, ushbu ruboiylarning inson tarbiyasidagi ahamiyati haqida soʼz yuritilgan. Shuningdek, Boburning Navoiy portretiga chizgilari “Boburnoma” asaridan keltirilgan namuna orqali yoritib berilgan. Har iikala shoirning ijodi bugungi kunda yoshlarga ibrat maktabini oʼtayotgani haqida toʼxtalib oʼtilgan.

G’ofurova Farangiz, Komilova Muyassar

1260-1261

2024-07-31

TURKIYADA ALISHER NAVOIY NOMI VA MEROSINING BADIIY-MADANIY QADRLANISHI

Ushbu maqolada Alisher Navoiy merosining Turkiyada badiiy va madaniy jihatdan qanday qadrlanishi, uning zamonaviy turk adabiyotidagi ta’siri hamda ilmiy hamkorliklar orqali davom etayotgan izlanishlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy manbalar va zamonaviy adabiyotshunoslik qarashlari asosida tahliliy yondashuv qo‘llaniladi.

Ochilova Maftuna Shuxratovna

107-110

2025-07-16

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy