Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

O‘Z-O‘ZIDAN BIJG‘IYDIGAN XAMIRTURUSHLARINI ISHLAB CHIQARISHDA UZUM SIQILMASI KUKUNINING TEXNOLOGIK POTENSIALINI TAHLIL QILISH

Shuni ta'kidlash kerakki, konsentrlangan tabiiy sharbatlar ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha O'zbekiston O'rta Osiyoda 1-o'rinni egallaydi. O'zbekistonda, Respublika Prezidentining 2023yil 03.08 dagi PQ – 260-sonli qaroriga muvofiq uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirish rejalashtirilgan.

M.B. Axmedova, М.Т. Kurbanov , U.R. Bozorova , N.S Xalikova

38-40

2024-11-06

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLIK

Ushbu maqolada Ozbekiston Respublikasida fuqarolikning tan olinishi, yo’qotilishi hamda ularning tartibi haqida so’z yuritiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VI bobida fuqarolik haqida tushuntirishlar va ma’lumotlar keltirilgan. Konstitutsiyada O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatilishi, fuqarolikka ega bo’lish va uni yo’qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanishi, o’z fuqarolarini davlat tashqarisida ham huquqiy himoya qilishi va ularga homiylik qilishi ko’rsatishni
kafolatlashi, chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquq normalariga muvofiq taminlashi haqida qoidalar ko’rsatilib o’tilgan.

Shahzod Genjaboyev

118-122

2022-06-06

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FARMATSEVTIKA BOZORIDA BALG’AM KO’CHIRUVCHI DORI VOSITALARINING ASSORTIMENT TAXLILI

Balg’am ajralishi bu yuqori nafas yo’llari yallig’lanishi natijasida Bronx devorlarida shilliq modda ajralishi bilan kechadigan holat. Shuningdek balg’am ajralishi ko’pgina nafas yo’li kasalliklarining yonaki belgisi ham xisoblanib organizmda himoya funksiyasini ham bajaradi, yani organizmdagi yot moddalarni balg’am orqali chiqarib tashlanishini ta’minlaydi. Lekn doim ham balg’am ajralishgi kutilgandek sodr bo’lmaydi, boshqa so’z bilan tushuntiriladigan bo’lsa, balg’am quyuq va yopishqoq bo’lishi uni Bronx devorlaridan ajralib chiqib ketishini qiyinlashtiradi. Bunday holatlarda balg’amchi suyultiruvchi va yopishqoqligini kamaytiruvchi dori vositalaridan foydalaniladi. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Farmatsevtika bozorida mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan va horijiy davlatlardan import qilib keltirilgan bal’gam ko’chiruvchi xususiyatga ega bo’lgan dori vositalarining tahlili ushbu maqolada keltiriladi. Tahlil dori vositalarining ta’sir etuvchisining kelib chiqishi, qanday dori shaklida chiqarilganligi, ishlab chiqaruvchi korxonasi va qanday xalqaro nom ostida ishlab chiqarilganligi bo’yicha amalga oshirildi. Tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan balg’am ko’chiruvchi dori vositalaririning 40% yaqini qiyom shaklida ishlab chiqarilar ekan, shuningdek o’simlik xom ashyosi asosida tayyorlangan dori vositalarining aksariyati gulxayri va shirinmiya o’simligi asosida olinganligi ma’lum bo’ldi. Balg’am ko’chiruvchi dori vositalarining horijdan kewltirilganini esa aksariyati Hindiston davlatidan olib kelinganligi aniqlandi. Hamda O’zbekiston Respublikasi dori vositalari Reesteri asosida 3 yillik ma’lumotlar ustida izlanish olib borilishi natijasida balg’am ko’chiruvchi vositalar eritma ko’rinishida ishlab chiqarish ko’rsatkichi 20% dan 27% ga oshgani aniqlandi.

Gulnora Raximova , Jamila Dusmetova, Oygul Raximova

178-188

2024-06-24

TUPROQ TARKIBIDAGI UMUMIY AZOT MIQDORINI ANIQLASH

Azot – o’simliklarning o’sishi uchun javobgar makroelement hisoblanadi. Ildizlarning oziqlanishi uchun mas'ul bo'lgan asosiy element. U fotosintez reaksiyalarida qatnashadi, hujayralardagi metabolizmni tartibga soladi, shuningdek yangi kurtaklar o'sishiga yordam beradi. Ushbu element ayniqsa vegetatsiya davrida o'simliklar uchun zarurdir. O'simlik tanasida sodir bo'ladigan barcha metabolik jarayonlar, xlorofillni sintez qilishdan tortib, vitaminlarni so'rilishigacha azot ta'sirida faollashadi. Azot etishmasligi bilan o'simliklarning o'sishi sekinlashadi, gullash intensivligi pasayadi, vegetatsiya davri qisqaradi, o'simlik tarkibidagi oqsil miqdori kamayadi va natijada hosil kamayadi. Barglar och yashil rangga aylanadi, yorqinligini yo'qotadi. Uzoq muddatli azot etishmovchiligi bilan barglarning xira yashil ranglari turli xil sariq, to'q sariq ranglarga ega bo'ladi, barglar quriydi va muddatidan oldin tushadi. Tadqiqot ishimizda tuproq tarkibidagi azotning umumiy miqdorini sodda va aniqligi yuqori bo’lgan usuli ishlab chiqildi. Bundan tashqari aniqlash jarayoni uchun yangi indikator yaratildi.

Q.S. Boqiyev , М.N. Sayfiyev , D.A. Ziyayev

95-100

2023-07-31

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLIK

Ushbu maqolada Ozbekiston Respublikasida fuqarolikning tan olinishi, yo’qotilishi hamda ularning tartibi haqida so’z yuritiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VI bobida fuqarolik haqida tushuntirishlar va ma’lumotlar keltirilgan.

Ilyosbek Normirzayev

202-206

2022-05-10

ONA-YO’LDOSH KOMPLEKSI ZARARLANISHI NATIJASIDA YUZAGA KELADIGAN HOMILA ICHI GIPOKSIYASI VA UNING HOMILA YURAK-QON TOMIR SISTEMASI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI (ADABIYOTLAR TAHLILI)

Ushbu maqola, ona-yo'ldosh kompleksi zararlanishi natijasida yuzaga keladigan homila ichi gipoksiyasining rivojlanish mexanizmlarini va uning homila yurak-qon tomir tizimiga ta’sirini o’rganishga qaratilgan. Maqolada 2020-2025 yillar orasida nashr etilgan ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan va gipoksiya, gipoksemiya, stressga qarshi gormonlar va homiladorlikda yurak-qon tomir kasalliklari kabi muhim kalit so'zlar asosida tahlil yasalgan. Homila ichi gipoksiyasining turli bosqichlari (gipoksemiya, gipoksiya, asidemiya) va uning homilaning rivojlanishiga ta’siri ko’rib chiqildi. Maqolada homiladagi qon tomir tizimi va stressga qarshi gormonlar faollashuvi gipoksiyaning boshlanishiga qanday ta’sir ko'rsatishini ko'rsatgan. Homila rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan omillar, shu jumladan ona-yo'ldosh kompleksi zararlanishi, onadagi yurak-qon tomir kasalliklari va gemolitik kasalliklar ko'rib chiqildi.

Eraliyeva Shohsanam Muzaffar qizi, Ganiyeva Marjona Gofur qizi, Qo'ldosheva Durdona Farhod qizi, Zubtiyev Sardor Uktamovich

81-84

2025-02-24

ROLE AND IMPORTANCE OF USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN TEACHING MATHEMATICS

This article describes in detail the use of modern information technologies in the teaching of mathematics, the competence approach to mathematical education, the presentation of information to students in the form of computer multimedia in graphic mode with the help of modeling, and the purpose of using modeled programs.

Sunnatullo Do’stov, Saodat Xushboqova , Muhriddin Xolmatov , Nodira Malikova

49-52

2022-11-15

SABZAVOT-POLIZ EKINLARIDA PARAZIT NEMATODALARGA QARSHI KURASHISH CHORALAR

Sabzavot-poliz ekinlarini parazit nematodalardan himoya qilishda turli mеtodlardan foydalanish mumkin. Parazit nematodalarga qarshi kurashishda nematodalarning turlar tarkibini aniqlash, ularning biologiyasi va boshqa xususiyatlarini o’rganish juda muhim. Parazit nematodalarga qarshi kurashishda quyidagi metod va chora-tadbirlardan: profilatik, agrotexnik, biologik, fizikaviy va kimyoviy foydalanish mumkin.

Abdiqodir Maxmudov , Zuhriddin Abdullayev , Gulasal Eshdavlatova , Karomatullo Sattorqulov

7-13

2023-01-23

KARDIOLOGIK DORI VOSITALARINING REFERENT NARXLARINI TAHLILI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2019 yildagi PQ-4554-son muvofiq 2020 yildan boshlab mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan referent narx shakllantirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan. Dori vositasining savdo nomiga referent narx shakllantirish tizimini, shu jumladan iste`molchilar huquqlarini himoya qilish organlari va tashkilotlarini hamda jamoatchilikni jalb qilgan holda monitoring va tahlil qilish, hamda dori vositasining har bir savdo nomi narxlarining undan yuqori narxda O’zbekiston Respublikasiga yetkazib berilishi (import dori vositalari uchun) va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotilishiga (mahalliy dori vositalari uchun) yo’l qo’yilmaydigan eng yuqori chegarasini qayd etilishi  belgilangan.[1]

Sh.O. Urazbayeva , M.Ya. Ibragimova

412-414

2024-02-19

EKSTRAKT DORI VOSITALARINING ASSORTIMENT TAHLILI

Mavjud qonunchilikka ko’ra, 2026 yilgacha mahalliy dori vositalarini ishlab chiqarishni 3 barobarga oshirish vazifasi belgilangan bo’lib mahalliy mahsulotlar ichki bozorning 80 foizini egallashi ko’zda tutilgan. Farmatsevtika sanoatida kelgusi 5 yilga mo’ljallangan maqsadli investitsiya loyihalari dasturi tasdiqlangan.

R.R. Masharipova , G’.B. Sotimov, M.D. Umarov

196-198

2024-02-19

O’ZBEKISTON VA ROSSIYA O’RTASIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY ALOQALAR

Ushbu maqolada O’zbekiston va Rossiyaning siyosiy aloqalari, ikki davlat o’rtasidagi elchilar almashinuvi hamda ijtimoiy-siyosiy aloqalar haqida  so’z yuritiladi. Qolaversa, O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi tijorat bitimlari haqida ham keltirib o’tiladi.

Munisa Sa’dullayeva

115-116

2023-10-31

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI HISOBLANGAN BOLALARNI CHET EL FUQAROLARI TOMONIDAN FARZANDLIKKA OLINISHINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI QANDAY?

O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan bolani farzandlikka olishni istagan O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar farzandlikka olish to’g’risidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash joyidagi tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo’yicha Oliy Sudga, fuqarolik ishlari bo’yicha viloyat yoki Toshkent shahar sudiga berishlari lozimligi belgilangan

Ozoda Naimova

157-166

2023-11-11

“SAN’AT KOLLEJLARINING TASVIRIY SAN’AT MASHG’ULOTLARIDA BADIIY ASARLARGA ILLYUSTRATIV RASM ISHLASHNI O’RGATISH METODIKASI” (O’ZBEKISTON XALQ SHOIRASI ZULFIYA SHE’RLARI MISOLIDA)

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o’zining “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” nomli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqida “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz.

Xulkar Xudoyberdiyeva

102-104

2024-08-31

QATTIQ ION O'TKAZGICH: POLIANILINLANGAN NANOTRUBKALAR TIO2 YOKI ZRO2 MATRITSASIDAGI (PANI).

Nanokompozitli qattiq ion o'tkazgich Zr yoki Ti metallini elektrokimyoviy anodlash yo'li bilan ishlab chiqarilgan sirkoniya yoki titaniya nanotrubka massivlarini proton o'tkazuvchi Polianilin (PANI) ionomeri  bilan infiltratsiya qilish orqali tayyorlangan. Olingan material skanerlash elektron mikroskopiyasi, rentgen nurlari diffraksiyasi va infraqizil spektroskopiya yordamida nanotrubkalar matritsaning ionomer bilan muvaffaqiyatli to'ldirilganligini ko'rsatib tavsiflangan. Empedans spektroskopiyasi infiltratsiyadan so'ng o'tkazuvchanlikning bir necha darajaga ko'payishini aniqladi; bundan tashqari, TiO2 ning empedansi PANI nanokompoziti nisbiy namlikka juda sezgir. Ushbu ion o'tkazuvchan nanokompozitlarning mumkin bo'lgan qo'llanilishi qattiq holatdagi namlik sensorlari yoki heterojen katalitik materiallarni o'z ichiga oladi.

S. Temirov, R. Mingyosharova, A. Xamidov , A. Safarov

129-137

2023-04-14

O’ZBEKISTON VA JANUBIY KOREYA DAVLATLARI HAMKORLIGI TARIXIGA OID MULOHAZALAR.

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya Respublikasi o’rtasida o’rnatilgan diplomatik munosabatlar va hamkorlikda olib borilayotgan ishlari, ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlovchi sohalar haqida yozilgan. Shuningdek, 2017-yildan boshlab Koreya va O’zbekiston Respublikasi aloqalarining yangi bosqichga ko’tarilishi haqida so’z yuritilgan.

Farangiza Abdusattorova, I.M. Shamsiyeva

23-26

2023-10-11

DORI VOSITALARINING REKLAMASI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINING O'ZINI O'ZI SAQLASH XULQ-ATVORINI SHAKLLANTIRISH OMILI SIFATIDA

Biz birinchi o’rinda tibbiyot vakili sifatida emas, balki O’zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida dori vositalari  reklamasida,ularni qo’llashdagi qoidalar haqida chuqurroq ma’lumotlarga ega bo’lishimiz kerak.Bundan asosiy maqsad dori vositalarini qo’llash madaniyati haqidagi tushunchalarni aholimizga yetkazib berish hisoblanadi.Hozirgi kunda reklama ham bir faoliyat turi sifatida kundan-kunga  rivojlanib borayapti.Reklama yordamida aholiga nafaqat dori haqidagi ma’lumotlarni berishimiz mumkin,balki aholiga dori vositasi qanday saqlash,qo’llash hamda qabul qilish haqida ko’nikmalarni ham shakllantirishimiz mumkin.O’z-o’zini saqlash haqida xulq-atvor shakllantirayotganimizda O’zbekiston Respublikasining “Reklama to’g’risida”gi qonunlarini chetlab o’tmasligimiz zarur.

N.J. Sulaymonova, G.U. Azlyarova

54-55

2024-06-25

QIZILMIYA GLYCYRRHIZA GLABRA LINN O‘SIMLIGIDAN AJRATILGAN ENDOFIT BAKTERIYALARNING QIZILMIYA URUG ‘LARI UNUVCHANLIGI VA UNISH QUVVATIGA TA’SIRI

Qizilmiya o’simligi dorivor o’simliklardan biri bo’lib, antidiabet, antimikrob, virusga qarshi va boshqa bir qancha dorivor xususiyatga ega. Bundan tashqari, qizilmiya o’simligi yuqori sho’rlanishga, hamda qurg’oqchilikka chidamli. Hozirgi ekologik keskinlashuvda bu o’simlikdan va uning mikroolamidan foydalanish muhim. Shuning uchun bu dorivor o’simlikni endofitlari ajratilib, xususiyatlarini o’rganmoqdamiz. Qizilmiya o’simligini urug’laridan yetishtirishda muammolar ko’pligi sababli, ajratilgan endofit bakteriyalarning urug’larga ta’siri o’rganildi.

G.O‘. Mardonova , M.O‘ Rahmatillayeva , S.A. Ataqulova , D.R. Egamberdiyeva

136-140

2023-12-14

BO`YOQLAR BILAN IFLOSLANGAN SUV TOZALASH UCHUN JUDA KICHIK NANOPORALARGA EGA SIOC/ZNO NANOKOMPOZITDAN OLINGAN POLIMER.

Suvni zararsizlantirish uchun polimerdan olingan mezoporozli SiOC/ZnO nanokompoziti Tijoriy vinil-funktsional polisiloksanga ZnO nano kukunlarini oddiy mexanik kiritish, so'ngra 700 0C da 2 soat davomida piroliz qilish. Tayyorlangan nanokompozitsiya bilan tavsiflangan X-nurlari kukuni diffraktsiyasi, skanerlash elektron mikroskopiyasi (SEM), transmissiya elektron mikroskopiyasi (TEM), azot fizisorbtsiyani o'lchash va UV-vizion spektroskopiya.

R. Mingyosharova , S. Temirov , A. Xamidov , A. Safarov

114-128

2023-04-14

«YANGI O’ZBEKISTON MA’RIFATLI JAMIYATINI YARATISHDA YOSHLARNING O’RNI»

ushbu maqolada yangi O’zbekiston ma’rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o’rnining qanchalar ahamiyatga ega ekanligi va ular jamiyatimizning kelajagi ekanligi haqida so`z yuritildi.

Jaloliddin Saparov

72-74

2023-02-13

DINIY EKSTRIMISTIK, SEPARATISTIK, FUNDAMENTALISTIK YOKI BOSHQA TAQIQLANGAN TASHKILOTLAR TUZISH, ULARGA RAHBARLIK QILISH, ULARDA ISHTIROK ETISH JINOYATINI TERGOV QILISH

Ushbu maqola bugungi kunda turli qalqib suzib yurgan davlatlar o’rtasida turli koko’rinishdagi urushlarni kelib chiqishiga sabab bo’layotgan diniy ekstrimistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar, ularning maqsad va vazifalari, faoliyati, xorij davlatlarining ushbu turdagi tashkilotlarga qarshi kurashdagi tajribasi va ushbu turdagi tashkiltlarga a’zo bo’lganlik, rahbarlik qilganlik, tashkili etganlik uchun O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo’yicha javobgarlik, ushbu turdagi tashkilotlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish to’g’risida.

Toxirjon Jo’rabekov , Og’abek Yangiyev

202-209

2022-12-06

TALONCHILIK JINOYATINING TUSHUNCHASI VA TAVSIFI

Ushbu maqola talonchilik jinoyatining mohiyati, tushunchasi va tavsifini huquqiy nuqtai nazardan tahlilini, talonchilikning boshqa jinoyatlardan ajralib turuvchi xususiyatlarini, uning ochiqdan-ochiq amalga oshirilishini, jabrlanuvchining xayoti yoki sog’lig’I uchun bevosta xavfli bo’lmagan zo‘rlik ishlatish  yoki shunday zo‘rlik ishlatish  bilan qo‘rqitishga asoslangan usulini, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni, mazkur jinoyatlarni fosh etishning kriminalistik va amaliy tahlillarini yoritib o’tgan. Talonchilik jinoyatining jamiyatda xavfsizlik va mulk daxlsizligiga salbiy ta’siri xususida xulosa qilingan.

Shahzodbek Suyunov, Zebo Ilhomova

9-14

2025-06-17

ZAMONAVIY ENERGETIKADA REKTENNALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Toza qayta tiklanadigan energiyaga global talabning tobora ortib borayotgani bizning sayyoramiz kelajagi uchun katta iqtisodiy va ijtimoiy ta'sir ko'rsatadigan muhim mavzudir. Ta’biiy qazilma energiya resurslari cheklanganligi bois, butun dunyoda energetikaning istiqbolli yo’nalishlarida izlanishlar olib borilmoqda. Quyosh doimiy energiya manbai, shuning uchun uning nuridan elektr energiyasi olishning samaraliroq usullarini yaratish aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan ta’minlash muammosini hal qiladi hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradi.

G. Abduraxmanov, S. Reymbaeva, Sh. Almardonov

138-141

2023-12-16

SABZAVOT LOVIYASI KOLLEKSIYA NAV NAMUNALARI OQSIL MIQDORINING TAHLILI

Ushbu maqola sabzavot loviyasi donining sifatini oshirish maqsadida seleksiya usullaridan foydalanish, toʻgʻri tanlovlar olib borish uning biokimyoviy tarkibiga eʼtibor qaratish, sabzavot loviyasi donining biokimyoviy tarkibi va sifatining oʻzgarishi bo`yicha bir qancha sifatlari ko`rib chiqilgan.

Nodiraxon Yakubjonova , Sardorbek Sherboyev , E'tibor Mamadaliyeva

111-115

2023-04-07

“QONUN HUJJATLARI IJROSI USTIDAN DAVLAT NAZORATINI KUCHAYTIRISH”

O’zbekiston Respublikasidagi qonun hujjatlari va ularning ijrosini ta’minlash jarayoni, shuningdek, davlatning qonun hujjatlari ustidan amalga oshiradigan nazorat tizimi tahlil qilingan. Davlat nazorati qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlashda katta rol o’ynaydi, chunki samarali nazorat huquqiy tartibni mustahkamlashga yordam beradi va qonunlarni buzish holatlarini oldini oladi. Shuningdek, jahonning rivojlangan davlatlaridagi qonun hujjatlari ijrosini ta'minlashda qo’llaniladigan tajribalar keltirilgan. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va Kanadada qonun ijrosini nazorat qilish uchun samarali mexanizmlar, shu jumladan, parlament nazorati, mustaqil audit organlari, elektron nazorat tizimlari va boshqa texnologik vositalar mavjud. Ushbu maqolada qonun hujjatlari va uning ahamiyati, O’zbekiston qonun hujjatlarini ijrosini ta’minlash jarayoni, jahon miqyosida qonun hujjatlarini ta’minlash kabilar batafsil yoritilgan.

Umidjon Jo‘rayev

61-64

2024-12-09

SIRKONIY (IV) IONINI 1-(2-GIDROKSI-1-NAFTOYAZO)-2-NAFTOL-4-SULFOKISLOTA REAGENT BILAN ANIQLASH USULINI ISHLAB CHIQISH

Hozirgi kunda sirkoniy (IV) ionining mikromiqdorini aniqlash kimyo sohasida muhim ahamiyat kasb etadi. Sirkoniy tabiatda siyrak yer metallari bilan birgalikda uchraganligi sababli, uni ajratib olish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun uni ajratishda kompleks hosil qiluvchi organik reagentlarni qo`llash miuhimdir. Ushbu tadqiqotda, sirkoniy (IV) ionini yangi analitik reagent 1-(2-gidroksi-1-naftoyazo)-2-naftol-4-sulfokislota (GNNS) yordamida ekstraksion-spektrofotometrik usul yordamida aniqlashda optimal sharoitlar tanlandi.

Jasur Tursunkulov , Nigora Qutlimurotova, Samariddin Rahimov

266-267

2024-02-19

##navigation.items## 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy