Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslik masalalarida realiya tushunchasi, uning ma’lum bir xalq madaniy me’rosida tutgan o’rni, milliy koloritning eng muhim jihatini ifodalashi hamda ularning tarjima qilishdagi muammolari alohida dolzarb ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, ingliz va o’zbek tillaridagi realiyalar tahlil qilingan bo’lib, har ikkala tilga xos misollar keltirilgan.