Turizm jahon iqtisodiyotning barqaror rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanib, nafaqat rivojlangan, balki, rivojlanayotgan mamlakatlar va mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining qudratli katalizatoriga aylandi. Turizm, ayniqsa, XXI asrga kelib keng taraqqiy etmoqda. Turizm – zamonaviy iqtisodiyotning muhim faoliyat sohalaridan biri bo’lib, insonlarning ehtiyojlarini qondirishga va aholi turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan.