Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

TURLI YOSHDAGI BOLALARNI BARCHA KRITERIYLARDA RIVOJLANISHIDAGI KO'RSATKICHLAR MUVOFIQLIGI

Mazkur maqola turli yoshdagi bolalarning barcha rivojlanish kriteriyalaridagi ko‘rsatkichlar muvofiqligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada bolaning jismoniy, psixologik, intellektual va ijtimoiy rivojlanishining o‘zaro ta’siri va muvofiqligi tahlil qilinadi. Har bir yosh davrida bolalarning rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkichlarning uyg‘unligi bola salomatligi, ta'limi va jamiyatdagi muvaffaqiyati uchun muhimdir.

Mahmudova Saidaxon Zuhriddin qizi

98-101

2025-01-27

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR PSIXOLOGIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

mazkur maqola maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar psixologiyasining rivojlanish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot beradi. Bolalarning hissiy, ijtimoiy va kognitiv rivojlanishida muhim bosqichlar va ularning kelajakdagi shaxsiy va akademik muvaffaqiyatlariga qanday asos solishini tahlil qiladi. Shu bilan bir qatorda maktabgacha ta’lim muassasalaridagi pedagoglar, psixologlar va ota-onalar uchun bolalarning turli rivojlanish bosqichlarini tushunish va ularni qo‘llab-quvvatlashda foydali bo‘lishi mumkin. Bolalarning to‘liq rivojlanishini ta’minlashda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining roli beqiyosdir.

Shoimqulova Moxira Abdumuxtorovna

95-98

2024-06-10

BARQAROR RIVOJLANISH HUQUQI VA ESG STANDARTLARI

Maqolada barqaror rivojlanish huquqi tushunchasining mazmuni va mohiyati umumiy yondashuvdan kelib chiqqan holda yoritilishga harakat qilingan. Bunda, barqaror rivojlanish jarayonida vujudga keladigan murakkab ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar tizimini o‘zida aks ettiradigan barqaror rivojlanish huquqining shallanishi qayd etilgan. Kelajak avlodlar ehtiyojlarining qondirilishi imkoniyatiga to‘sqinlik qilmagan holda, hozirgi avlod ehtiyojlarining qondirilishini va jamiyat rivojlanishini ta’minlaydigan barqaror rivojlanish huquqining predmeti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangan ekologik, ijtimoiy hamda korporativ munosabatlarni tartibga soladigan barqaror rivojlanish huquqi shakllanish jarayonini tugatmoqda.

Madaminov Dilshadbek

114-121

2023-06-30

INFORMATIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI

Mazkur maqolada informatika fanining rivojlanish tarixi, uning dastlabki shakllanish bosqichlari, rivojlanish jarayonlari va zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyasi tahlil qilinadi. Informatika fanining paydo bo‘lishi matematika, mantiq va hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, XX asrning ikkinchi yarmida axborot texnologiyalarining taraqqiy etishi natijasida mustaqil fan sifatida shakllangan. Maqolada informatikaning ilk rivojlanish bosqichlari, dasturiy va apparat vositalarining evolyutsiyasi, algoritmik fikrlash va sun’iy intellektning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, informatikaning bugungi kundagi holati, ta’lim tizimiga ta’siri va kelajakdagi istiqbollari haqida ham fikr yuritiladi. Ushbu maqola informatika fanining tarixiy rivojlanish bosqichlarini o‘rganish orqali kelajakdagi innovatsion yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi, informatika fanining nafaqat texnologik, balki ilmiy va ijtimoiy jihatdan ham muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Abdurahmonova Sevinch Olimjonovna

84-90

2025-03-31

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMI VA UNING TARKIBI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi, rivojlanish
bosqichlari, mavjud muammolar va ularning yechimlari tahlil qilinadi. Bank tizimining asosiy tuzilmalari,
Markaziy bank va tijorat banklarining funksiyalari hamda xalqaro banklar bilan aloqalar ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonuni" va "Markaziy bank
to‘g‘risidagi qonun" ning yangi tahrirlaridagi o‘zgarishlar va Prezident farmonlari tahlil etiladi. Maqolada
shuningdek, O‘zbekiston bank tizimining global iqtisodiyot bilan integratsiyasining ahamiyati va istiqbollari
keltiriladi.

Shohjahon Abduvohidov , Barno Yuldasheva

85-87

2025-01-04

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Maktabgacha yosh davri bolaning psixik rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Ushbu davrda kognitiv, emotsional, ijtimoiy va nutqiy rivojlanish jarayonlari jadallashadi. Bolalar tafakkuri konkret-obrazli shaklda bo‘lib, xotira, diqqat va tasavvur kabi psixik jarayonlar shakllanadi hamda takomillashadi. Emotsional holatlar va ijtimoiy munosabatlar rivojlanib, bola kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi. Mazkur bosqichdagi psixik rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish pedagog va psixologlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etishga yordam beradi.

Ulug‘bek Shomurotov , Nurbek Ishxujayev , Nodirbek Bekbo‘tayev

80-81

2025-03-17

KUYDIRGI KASALLIGIGA TASHXIS QO’YISH USULLARI

Kuydirgi kasalligining kasallik septik kechishi, Bakteriologik diagnoz qo’yish, Mikroskopiya, Bac. anthracis ning Sof  kulturasini oziq muhitida ajratish, Serologik tekshirish usullari, аllergik usul va tekshirish muddatlar.

Mengliyev Ali Saykonovich, O`rolov Odilbek Oybek o`g`li, Daliyev Dilshodbek Anvar o`g`li, Xolto’raev Anvar, Nurmatov Sardor, Xasanov Elshod

1001-1004

2022-12-22

BARQAROR RIVOJLANISH LOYIHALARI: IQTISODIY VA EKALOGIK MAQSADLARNI MUVOZANATLASH (O’ZBEKISTON MISOLIDA)

Bugungi kunda dunyo mamlakatlari uchun barqaror rivojlanish konsepsiyasi eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Barqaror rivojlanish nafaqat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish, balki tabiiy resurslarni muhofaza qilish, atrof-muhitni saqlash, shuningdek ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashni ham nazarda tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi tabiiy resurslarga boy, ammo ekologik muammolari mavjud bo‘lgan mamlakatlar uchun barqaror rivojlanish loyihalarini amalga oshirish eng muhim vazifalardan biridir. Ushbu tezisda O‘zbekiston misolida iqtisodiy va ekologik maqsadlarni muvozanatlash orqali barqaror rivojlanish loyihalarining mohiyati, amaliyoti, muammolari hamda istiqbolli yo‘nalishlari batafsil tahlil qilinadi.

Raxmatova Maftuna Mirshod qizi

152-154

2025-06-30

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA RIVOJLANISH MARKAZLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH BO‘YICHA METODIK TAVSIYALAR

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda rivojlanish markazlarini tashkil etishning asosiy sharti pedagogdan tayyor bilim olishdan ko‘ra, bolaga rivojlanish markazlarida faoliyatni tanlash imkoniyatini berish, bunda u atrofdagi dunyo haqida bilimlarni mustaqil ravishda egallashi, ko‘nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaga qiziquvchanlik, mustaqil izlanish, tadqiqot jarayoniga qo‘shilish imkoniyatini berishdir.

M.E.Xallokova, N.R.Omonjonova (Xaydaraliyeva)

5-7

2023-06-16

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA LOYIHA BOSHQARUVI

Barqaror rivojlanish va loyiha boshqaruvining integratsiyasi. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda loyiha boshqaruvining integratsiyasi juda muhimdir. Loyiha boshqaruvchilari, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarni birgalikda boshqarish orqali loyiha natijalarining barqarorligini ta'minlashlari kerak. Bu jarayonlarni samarali boshqarish uchun, loyiha boshqaruvchilari ko'plab ilg'or yondashuvlar va texnologiyalardan foydalanishlari mumkin. Masalan, barqaror loyiha boshqaruvi uchun yangi texnologiyalar va raqamli vositalar yordamida ekologik va iqtisodiy natijalarni aniq o'lchash mumkin. Bu texnologiyalar orqali loyiha boshqaruvchilari yanada samarali qarorlar qabul qilishlari mumkin. Loyiha boshqaruvchilari uchun barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi chaqiriqlar. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda loyiha boshqaruvchilari turli chaqiriqlarga duch kelishadi. Eng katta chaqiriqlardan biri — resurslarning cheklanganligi va global o'zgarishlarga tezkor javob berishdir.

Xalmatova Munojat Yarashovna

85-87

2025-03-24

BARGLI SALATNING YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI, RAYONLASHTIRILGAN VA KENG TARQALGAN NAVLARI

Salatbarg turli xil ozuqa moddalarga boy bo‘lgan tuproqda yaxshi rivojlanadi. Salatbarg organik va mineral o‘g‘itlar solingan tuproqlarni xush ko‘radi. Agar yer maydoniga yetarli miqdorda go‘ng solingan bo‘lsa, salatbargni kartoshka, bodring, no‘xat va pomidordan keyin ham ekish mumkin. Agar yerga rediska, turpga o‘xshash ekinlar ekilgan bo‘lsa, ulardan so‘ng salatbarg ekish yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Salatbarg ko‘chatlarini yetishtirish uchun bir qism chirindi yoki kompost, ikki qism chirindiga boy bo‘lgan tuproq va bir qism qumdan iborat substrat tayyorlanadi.

Abdumalik Boymirov, Raximjon Utayev, Abdishukurov Sherzod, Tursunov Jasur, Humoyun Abdug’aniyev

120-125

2024-06-10

HUDUDLARNI MUTANOSIB RIVOJLANISHINI TAʼMINLASHDAGI GLOBAL YONDASHUV VA STRATEGIYALAR

Hududlarni mutanosib rivojlantirish global miqyosda dolzarb masalalardan biri bo‘lib, mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada hududiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda qo‘llanilayotgan global yondashuv va strategiyalar tahlil qilingan. Dunyoda qo‘llanilayotgan zamonaviy konsepsiyalar, jumladan, barqaror rivojlanish, klasterlash, innovatsion infratuzilma yaratish hamda hududlararo integratsiyani kuchaytirish tamoyillari atroflicha o‘rganilgan. Maqolada turli mamlakatlar tajribasi asosida hududiy tafovutlarni kamaytirish strategiyalari va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Xususan, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarining hududiy rivojlanish modellariga alohida e’tibor qaratilgan. Globalizatsiya sharoitida hududiy rivojlanishning innovatsion mexanizmlarini qo‘llash, jumladan, raqamli texnologiyalar va aqlli shaharlar konsepsiyasining hududiy rivojlanishga ta’siri muhokama qilingan. Shuningdek, rivojlanayotgan davlatlarda hududiy rivojlanish strategiyalarining moslashuvchanligi va ularning mahalliy sharoitga moslashtirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Mahalliy resurslardan samarali foydalanish, davlat va xususiy sektor hamkorligi, barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun investitsiyalar jalb qilish masalalari yoritilgan. Maqola hududiy muvozanatni ta’minlashga qaratilgan ilg‘or yondashuvlarni o‘rganishga xizmat qiladi va hududlarni samarali rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Mirsaidov Shuxrat Raxmatovich, Murtazaev.I.B

110-117

2025-02-17

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI: TA’LIM TIZIMIDA GENDER TENGLIKNI TA’MINLASH IMKONIYATLARI

Ushbu tezisda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida ta’lim tizimida gender tenglikni ta’minlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ta’lim gender tenglikka erishishning asosiy omili sifatida qaralib, qizlar va ayollar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, gender stereotiplarini bartaraf etish va ta’lim mazmuni hamda metodologiyasini tenglikka asoslangan holda takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada gender tenglikni ta’minlashning ta’lim tizimiga ta’siri, mavjud qiyinchiliklar va ularni yengish yo‘llari ham tahlil qilinadi. Shu orqali jamiyatda barqaror rivojlanishga erishish uchun ta’limning o‘rni va ahamiyati yoritib beriladi.

Madraximova Diyora Egambergan qizi

134-138

2024-09-16

BARQAROR RIVOJLANISH TUSHUNCHASI VA UNING SANOAT SOHASIDAGI O‘RNI

Ushbu maqolada barqaror rivojlanish tushunchasining mazmuni va uning sanoat sohasidagi o‘rni tahlil qilingan. Barqaror rivojlanish — iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy farovonlik va ekologik xavfsizlik o‘rtasida muvozanatni ta’minlashga qaratilgan yondashuv sifatida talqin etiladi. Sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishiga erishishda resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish zarurligi asoslab berilgan. O‘zbekiston tajribasi misolida milliy strategiyalarning ushbu yo‘nalishdagi roli ochib berilgan.

Sadriddinov Baxtiyor Shamshiddin o‘g‘li

4-7

2025-08-06

BARQAROR RIVOJLANISHGA ERISHISHDA TA’LIM METODOLOGIYALARINI QIYOSIY-TAHLILIY O‘RGANISHNING AHAMIYATI

Barqaror rivojlanishning asosiy negizi inson kapitali hisoblanadi. Ta’lim insonning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy ongni oshirish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim vosita sifatida qaraladi. Ushbu maqolada turli ta’lim metodologiyalari va ularning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qo‘shadigan hissasi qiyosiy-tahliliy jihatdan o‘rganiladi. Ta’lim metodologiyalarining mazkur maqsadlarga erishishdagi roli va ularning zamonaviy ta’lim jarayonida qo‘llanilishi haqida fikr yuritiladi.

Xudaynazarov Egambergan Madraximovich

133-137

2024-09-16

O‘SMIR QIZLARNING JISMONIY RIVOJLANISHI VA REPRODUKTIV YETILISH JARAYONINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

O‘smirlik davri — qizlar jismoniy rivojlanishi va reproduktiv yetilish bosqichlari jihatidan keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lgan murakkab hamda bir-biriga bog‘liq jarayonlardir. Ushbu tezisda qiz o‘smirlarda jismoniy rivojlanish, pubertal bosqichlari, reproduktiv tizimning yetilishi va ularning o‘zaro munosabati tahlil qilinadi. So‘nggi yillar tadqiqotlari asosida jismoniy o‘sishning tezligi, reproduktiv funktsiyalarning ochilishi (masalan, menarxe) va bu jarayonlarga ta’sir qiluvchi omillar yoritiladi. Tezis ilmiy adabiyotlar tahliliga tayangan bo‘lib, o‘smirlikdagi sog‘lom rivojlanish nazariyasi hamda amaliy jihatlari bo‘yicha xulosa chiqaradi.

Xudoykulova Zuxra Sobir qizi

112-115

2025-10-20

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA YO‘NALTIRILGAN ILMIY TADQIQOTLAR TAHLILI

Mazkur tezisda barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarning holati, dolzarbligi va ahamiyati tahlil qilinadi. BRM 2030 yilga qadar global barqarorlikka erishish uchun BMT tomonidan belgilangan muhim ko‘rsatkichlar to‘plami hisoblanadi. Tezis doirasida ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy omillarni muvozanatlashgan tarzda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlarning yo‘nalishlari va ularning zamonaviy muammolarni hal etishdagi roli o‘rganiladi. Shuningdek, tezisda ilmiy tadqiqotlarning BRMga erishishda qanchalik samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi va ularning natijalari jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Ismailov Tohirjon Xushnudbek o‘g‘li

94-96

2024-09-20

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARNING RIVOJLANTIRISH MARKAZLARIDA BILISH JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda rivojlanish markazlarini tashkil etishning asosiy sharti pedagogdan tayyor bilim olishdan ko‘ra, bolaga rivojlanish markazlarida faoliyatni tanlash imkoniyatini berish, bunda u atrofdagi dunyo haqida bilimlarni mustaqil ravishda egallashi, ko‘nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaga qiziquvchanlik, mustaqil izlanish, tadqiqot jarayoniga qo‘shilish imkoniyatini berishdir. Kalit sozlar: markaz, gurux, tarbiyalanuvchi, tarbiyachi, jihoz.  

M.E.Xallokova, N.R.Omonjonova (Xaydaraliyeva)

119-121

2023-06-16

BARKAMOL SHAXS TARBIYASIDA OILA, MAKTAB VA MAHALLANING O‘RNI: BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLALAR MISOLIDA

Ushbu maqolada barkamol shaxs tarbiyasida oila, maktabgacha ta’lim muassasalari va mahalla o‘rnining bog‘cha yoshidagi bolalar (3–7 yosh) misolida ilmiy tahlili berilgan. Ilk bolalik davri psixologiyada shaxs rivojining hal qiluvchi bosqichi sifatida e’tirof etiladi. Shu davrda bola nutqi, tafakkuri, hissiy olami va ijtimoiy xulqi intensiv rivojlanadi. Maqolada J. Piajening kognitiv rivojlanish nazariyasi, L.S. Vygotskiyning yaqin rivojlanish zonasi konsepsiyasi, M. Montessorining “Menga o‘zim qilishga imkon ber!” tamoyili hamda E. Eriksonning psixososial rivojlanish nazariyalari asosida tahliliy yondashuv berilgan. Oila, bog‘cha va mahalla hamkorligi orqali bolada mustaqillik, tashabbuskorlik, qadriyatlarga hurmat va ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanishining ahamiyati yoritilgan.

Tursunboyeva N.A.

179-181

2025-08-31

TUG‘ILISHDAN MAKTAB YOSHIGACHA BO‘LGAN PSIXOLOGIK RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Ushbu maqolada inson tug’ilgandan boshlab, maktab yoshigacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Mazkur vaqt mobaynida bola dunyoni tanishi, o‘zini anglashi, yosh inqiroz davrlari, asosiy psixologik xususiyatlarni shakllanishi yoritib beriladi.

G‘anisher Xukumov

8-12

2025-03-17

AKMEOLOGIYA FANINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA USLUBIY YO’NALISHLARI

Mazkur tezisda akmeologiya fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari hamda uning uslubiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, shaxsning kasbiy va shaxsiy kamolotini ta’minlovchi metodologik yondashuvlar, jumladan, shaxsiy, kasbiy, ijtimoiy, innovatsion va integrativ yo‘nalishlarning o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan. Natijada akmeologiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati, uning ta’lim va professional faoliyatdagi o‘rni asoslab berilgan.

Aralova Dilafruz Dushaboy qizi

11-13

2025-08-21

O‘SMIRLIK, ILK O‘SPIRINLIK VA YOSHLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada o‘smirlik va yoshlik davrlarida psixik rivojlanishning xususiyatlari tahlil qilinadi, bu davrlarda yuzaga keladigan o‘zgarishlar, emotsional va ijtimoiy jarayonlar, shuningdek, yoshlar rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar ko‘rib chiqiladi.

Toxirjonova Mubina Azamatjon qizi, Zaylobiddinova Mohlaroy Ahrorbek qizi, Ibragimova Hurshida, Abdurahimova Shaxnoza

28-31

2024-12-12

FIZIK TADQIQOTLARNING HOZIRGI MUAMMOLARI: NAZARIYA, AMALIYOT VA RIVOJLANISH

So'nggi yillarda fizik tadqiqotlar sohasida bir nechta muammolar, shu jumladan nazariya, amaliyot va rivojlanish bilan bog'liq muammolar yuzaga keldi. Ushbu maqola fizik tadqiqotlardagi dolzarb muammolar haqida umumiy ma'lumot beradi va kelajakdagi yo'nalishlar bo'yicha takliflar beradi. Ushbu maqola bilan bog'liq kalit so'zlarga fizik tadqiqotlar, nazariya, amaliyot, rivojlanish, muammolar va takliflar kiradi.

Begmuradov Shokhzod Dilmurod o'g'li, Nurmatov Kamol Jurakulovich

35-37

2023-04-11

“BARQAROR TARAQQIYOT-2030” DASTURI VA UNING YANGI MAQSADLARI, BARQAROR RIVOJLANISH OMILLARI

Maqolada O’zbekiston Respublikasidagi barqaror rivojlanish jarayonlari, mingyillik taraqqiyot maqsadlari BMTning 2000 yilda qabul qilingan va qashshoqlikka qarshi kurashish masalalarini yechimi, “Barqaror taraqqiyot -2030” dasturining yangi 17 ta Barqaror taraqqiyot maqsadlari va ekologik, iqtisodiy vaaaijtimoiy rivojlanish tamoyillariga e’tibor qaratilgandir.

Shamsidinova Gulchexra Do'stmurodovna

126-131

2024-12-20

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA DIFFERENSIAL YONDASHUV ASOSIDA INDIVIDUAL RIVOJLANISH TRAYEKTORIYASINI BELGILASH

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya darslarida differensial yondashuvni qo‘llash orqali o‘quvchilarning individual rivojlanish trayektoriyasini belgilashning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilinadi. O‘quvchilarning yosh, jins, jismoniy tayyorgarlik darajasi, sog‘liq holati va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini individuallashtirishning afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, individual rivojlanish trayektoriyasini rejalashtirish va monitoring qilish usullari ham bayon etiladi.

Duysenbaev Jaxangir Qonısbaevich

75-77

2025-08-18

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy