Ushbu maqola XVII asrning boshlari ingliz madaniyatining, birinchi navbatda, adabiyot va she’riyatning ajoyib gullagan davri haqida. Bu asrning birinchi o‘n yilliklarida Shekspir o‘zining eng yaxshi dramalarini yaratdi; uning yosh zamondoshlari birin-ketin teatr faoliyatiga kelishdi; o’sha yillardagi falsafiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy nasri juda qiziqarli va o‘ziga xos xususiyatlarga ega, davrning lirikasi (she’riyati) esa juda boy va rang-barangdir. XVII asrda ingliz lirikasining kelib chiqishida so‘z san’ati ustalarining ikki yirik namoyondasi – Jon Donn va Ben Jonson o‘z she’riyatini Yelizaveta davrining she’riy uslubiga qarama-qarshi qo‘ygan vakillardir. Ammo shunday shoirlar ham borki, ularning ijodi har qanday o‘zgarishlarga qaramay, asrlar davomida o‘ziga xos yangilik lazzati va shoirlar saltanatida esa shon-sharaf poydevorini saqlab kelmoqda. Ingliz she’riyati tarixida shular orasida, shubhasiz, Jon Donn dir.