Ushbu maqola Xitoyning ta'minot zanjirlarini boshqarish tajribasini o'rganadi va uning global va mahalliy iqtisodiyotlar uchun afzalliklarini tahlil qiladi. Xitoy, dunyodagi eng yirik ishlab chiqarish va eksport qiluvchi davlatlardan biri sifatida, ta'minot zanjirlarini boshqarishdagi innovatsion yondashuvlari bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada Xitoyning ta'minot zanjirlari boshqaruvidagi muvaffaqiyatlari, ularning samaradorligi, raqobatbardoshligi va barqarorligini oshirishda qanday rol o'ynashi ko'rib chiqiladi. Shuningdek, maqola Xitoy modelidan qanday qilib boshqa davlatlar foyda olishlari mumkinligini taqdim etadi.Kalit so'zlar: Aniqlik, Tezlik, Avtomatlashtirish, Xavfsizlik, Samaradorlik, Masofaviy identifikatsiya, Oson integratsiya, Real vaqt rejimida kuzatuv, Yo‘qotishlarning kamayishi.