Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

YADRO ENERGETIKASI: FOYDA VA XAVFLARI

Ushbu maqolada yadro energetikasining zamonaviy energiya tizimlaridagi o‘rni, uning afzalliklari va xavflari muhokama qilinadi. Yadro energiyasi, energiya ishlab chiqarishdagi yuqori samaradorligi va kam uglerod chiqindilari bilan ajralib turadi, shuningdek, energiya xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, yadro energetikasining xavflari, jumladan, radiatsion xavf, yadro chiqindilarini saqlash va uran yoki plutoniy ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolar hamda yadro reaktorlarining nosozliklariga qaratilgan xavf-xatarlar ko‘rib chiqiladi.

Ergashev Jamshid

105-107

2025-03-31

TOPOLOGIK MA’LUMOTLAR TAHLILI (TDA) ASOSIDA YADRO KOMPYUTERING ARXITEKTURALARINI OPTIMALLASHTIRISH

Maqolada topologik ma’lumotlar tahlili (TDA) usullaridan foydalangan holda yadro kompyuterlari arxitekturalarini optimallashtirish masalalari yoritilgan. TDA yondashuvi yordamida tizimdagi yadro, xotira va ma’lumot oqimlari o‘rtasidagi fazoviy bog‘lanishlar aniqlanadi. Persistent homologiya asosida tizimning ichki topologik tuzilmasi — bog‘lanish darajasi, halqalar va bo‘shliqlar tahlil qilinib, samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Natijada, energiya tejamkorligi va hisoblash tezligi yaxshilanadi.

Shomurodov Akmal Akbar o’g’li

73-76

2025-10-20

ERON YADROVIY DASTURI ERON AMERIKA MUNOSABATLARIDA.

Eron Islom Respublikasi, 1950-yillardan boshlab atom energiyasidan tinch maqsadlarda, energiya ishlab chiqarish uchun rivojlantirmoqdamiz deb aytib keladi. Dunyo hamjamiyati esa Eron atom quroli ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqmoqda deb, Eronning ushbu davolariga shubha bilan qaraydi. Eron rasmiylari ushbu yo'nalishda amalga oshirilayotgan faoliyatlarining maqsadi elektr energiyasi ishlab chiqarish va yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish ekanligini ta'kidlaydilar. Biroq, ko’p davlatlar ushbu bayonotga shubha bilan qaramoqda. Maqolada Eronning yadro dasturi bo’yicha ma’lumotlar va xulosalar berib o’tilgan.

Sardorbek O’lmasov

66-68

2025-02-10

ATOM PLANETAR MODELINING KLASSIK FIZIKA TASAVVURLARIGA MOS KELMASLIGI HAMDA YADRO ZARYADINI ANIQLASH

Ushbu maqola atomning planetar modeli va uning klassik fizika qonuniyatlariga mos kelmasligini tahlil qiladi. Atom tuzilishining rivojlanish tarixi, jumladan, yadro zaryadini aniqlash jarayonlari va ularning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, Nils Bor tomonidan taklif qilingan atom nazariyasi va Bor postulatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi. Maqolada Bor nazariyasining zamonaviy kvant mexanikasi asoslari bilan qanday bog‘liq ekanligi va uning atom tuzilishini tushunishga qo‘shgan hissasi o‘rganiladi.Ushbu yondashuvning ilmiy-texnologik rivojlanishdagi roli, xususan, spektroskopiya, kvant hisoblash va energiya tizimlaridagi amaliy ahamiyati ham tahlil qilinadi.

Karimov Abbos Abdulaziz õğli, Jumaeva Ra’no To‘ychi qizi

4-7

2024-12-06

ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI

Ushbu maqolada zamonaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanishi va ularning global ekologik va iqtisodiy ta’siri ko‘rib chiqiladi. An’anaviy energiya manbalari, qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari (quyosh, shamol, gidroenergetika, biomassa) va innovatsion usullar (yadro sintezi, vodorod energiyasi, geotermal energiya) tahlil qilinadi. Maqolada energiya ishlab chiqarishning ekologik tozaligini oshirish, uglerod chiqindilarini kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu texnologiyalarning kelajakdagi imkoniyatlari va ularni rivojlantirishning strategik ahamiyati ham yoritilgan.

Z Tursunova, N Sadikova, D Sunatova

755-757

2025-01-15

YADRO VA UNiNG TARKIBI MAVZUSIDA KO’RGAZMALI QUROLLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada biologiya xususan, sitologiya fanlarini oʻqitishda koʻrgazmali va amaliy uslublarning ahamiyati, samaradorligi va dars jarayonlarida qoʻllanilishi haqida batafsil fikr yuritilgan. Shuningdek, koʻrgazmali qurollarning turlari va ularning tasnifiga ham alohida toʻxtalib oʻtilgan.

Ro’ziqulova Zahro Qobiljon qizi, Murodova O’g’iloy Furqatbek qizi

121-122

2024-11-25

SEMANTIC OPPOSITION IN SYNONYMOUS PARADIGMS

В данной статье рассматриваются семантические оппозиционные отношения синонимических
парадигм. Рассматриваются научные взгляды по этому вопросу в узбекской и мировой лингвистике.
На основе примеров иллюстрируется проявление семантической оппозиции в синонимических
парадигмах, способность каждой лексической единицы в определенной синонимической парадигме
образовывать оппозиционные отношения с каждой лексической единицей в другом синонимическом
ряду, семантически противоположном ей. Поскольку в статье рассматривается противоречие
синонимических парадигм, относящихся к разным категориям, то внимание уделяется также вопросу
семантического ядра в синонимических парадигмах.

Dildora Abdullayeva

163-165

2025-01-06

MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN VA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING XOZIRGI KUNDAGI O‘RNI VA ISTIQBOLLARI

Maqolada bugungi kunda muqobil energiya manbalaridan foydalinish bo‘yicha dunyo amaliyoti va bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar katta ahamiyatga ega ekanligi, tabiiy resurslarning dunyo bo‘yicha zaxiralarining kamaiyb borayotganligi, shuningdek respublikamizda energiya samaradorligiga erishish maqsadida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Ermatov Valijon Abdivaitovich, Batirov Baxtiyar Ko‘nishovich, Jumanov Elbek Mamatqul o‘g‘li, Usmanov Abduqodir Xo‘jaqulovich

29-32

2023-03-09

HUJAYRA ORGANOIDLARI - RIBOSOMALAR, GOLJI KOMPLEKSI VA LIZOSOMALAR TUZILISHI

Ushbu tezisda hujayra organoidlari bo`lmish ribosomalar, golji kompleksi, va lizosomalar tuzilishi haqida so`z yuritiladi.

Hamidov Rustamjon, D.Usmonov

54-56

2024-11-30

FALSAFANING DOLZARB MUAMMOLARI

Mustaqillikning taraqqiyot yo’li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Fanning barcha sohalaridagi kabi falsafada tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Zero, eng qadimiy rivojlanish tarixiga ega bo’lgan falsafa o’zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini mujassamlashtirib, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashni, nafaqat anglash, balki ularga munosabat bildirishni shakllantiradi. Modomiki shunday ekan, bugungi kunda falsafani yanada rivojlantirish, yosh avlodni falsafiy dunyoqarash, zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, I.A. Karimov aytganlaridek, “Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko’proq kuchga ega”

Panjiyev Jamshid, Bobojonov Dilshod

4-8

2022-11-22

DUNYONING MAFKURAVIY MANZARASI

Dunyoning mafkuraviy manzarasi tushunchasi. Hozirgi davr – dunyo g’oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo’lib borayotgan davrdir.

D. M. Ergashev

154-156

2022-06-06

FIZIKA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

ushbu maqolamdan yozishdan maqsad  zamonaviy dunyoda amaliy fanlar  fizika nazarida tasavvur qilish , fizika balki o’quvchilarga va talabalariga kelajak  yutuqlarga erishish. Fizika (grekcha:  φύσις (physis) — „tabiat“) tabiiy borliq haqidagi fan boʻlib, tabiatning eng keng tarqalgan qonunlari, modda, uning tuzilishi, harakati va o'zgarish qoidalarini oʻrganadi. Fizika bu tabiiy fandir, lekin undagi qonuniyatlar va hisob-kitoblar aniqlikka asoslangan. izika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi maʼlumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi.

Ko'charova Sevara Ural qizi

48-53

2025-08-19

HUJAYRA SHAKLLARI VA EVOLYUTSIYASI. HUJAYRA NAZARIYASI

Ushbu tezisda hujayra shakllari va evolyutsiyasi, shuningdek, hujayra nazariyasining asosiy tamoyillari tahlil qilinadi. Hujayralar prokaryotik va eukaryotik turlarga bo‘linib, har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Hujayra nazariyasi tirik organizmlarning asosiy tuzilma birligi sifatida hujayraning rolini va uning rivojlanish jarayonlarini tushuntiradi.

Abdufattayeva Gulzoda Abdusalim qizi

21-22

2024-11-28

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA “RADIOFARMATSEVTIK PREPARATLARNING GAMMA TERAPIYADA QO‘LLANILISHI” MAVZUSINI “FIKR, SABAB, MISOL, UMUMLASHTIRISH (FSMU)” METODI YORDAMIDA YORITISH

Ushbu maqola ilg‘or ta’lim metodlarini amaliyotga joriy qilish hamda pedagogik jarayonga innovatsion yondashuv masalalariga bag‘ishlangan. Jumladan, yadro tibbiyoti fanidan “Radiofarmatsevtik preparatlar” mavzusini o‘qitishda “Fikr, sabab, misol, umumlashtirish (FSMU)” metodini qo‘llash orqali talabalarning mavzuga oid nazariy bilimlar va amliy ko‘nikma hamda malakalarni egalashlariga erishish bilan bir qatorda, ularning umumiy fikrlardan aniq xulosalar chiqarish, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan.

Ashurov Jasur Djo‘rayevich

175-181

2023-06-17

YASHIL ENERGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH

Ushbu maqolada yashil energiya texnologiyalarining barqaror rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Quyosh, shamol, gidroenergetika va biomassa kabi qayta tiklanadigan energiya manbalari iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash va uglerod chiqindilarini kamaytirish vositasi sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, yashil energiya iqtisodiyotga, xususan, yangi ish o‘rinlarini yaratishga va uzoq hududlarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga qo‘shayotgan hissasi yoritiladi. Kelajakda yadro sintezi, vodorod energiyasi va aqlli tarmoqlar (smart-grid) kabi innovatsion texnologiyalarning joriy qilinishi global energetika sohasidagi ekologik va iqtisodiy muammolarni hal qilishda asosiy rol o‘ynashi kutilmoqda. Maqola yashil energiyaning xalqaro va mahalliy miqyosda amalga oshirilayotgan strategiyalarini, shuningdek, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llarini ham qamrab oladi.

Z Tursunova, N Sadikova, D Sunatova

739-741

2025-01-15

YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARINI TARBIYALASHDA XALQ ASHULA VA RAQS ANSABLLARI REPERTUARINING AHAMIYATI

Hech birimizga sir emaski, ayni paytda butun dunyoda murakkab g‘oyaviy qarama-qarshiliklar tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib bormoqda. Mana shunday bir davrda yosh avlodni ilm-fan, texnika taraqqiyoti talablari darajasida, ya’ni yangicha fikrlaydigan, ijodiy tafakkur va qobiliyatga ega bо‘lgan barkamol shaxsni voyaga yetkazish, shu bilan bir qatorda, ularni milliy ong va milliy mafkura ruhida tarbiyalash eng muhim hamda dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.

Fazliddinov Zokirjon Xusniddin o'g'li

40-42

2023-03-02

INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA “FARZAND/CHILD” KONSEPTI VA UNI VOQEALANTIRUVCHI VOSITALAR MAYDONI.

Ushbu maqolada “farzand” konsepti tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilingan hamda uning turli darajadagi til birliklari: morfemalar, leksemalar, frazemalar, frazoemalar, sentensemalar va tekstemalar orqali ifodalanish xususiyatlari ochib berilgan. Farzand konsepti faqat semantik jihatdan emas, balki tizimli-lingvistik yondashuv asosida ham tahlil qilinib, konseptual maydon modeli asosida qatlamlarga ajratilgan..

Ergasheva Azizaxon Xayrulla qizi

51-58

2025-08-18

RAQAMLI MAMMOGRAFIYA VA RAQAMLI KO'KRAK TOMOSINTEZI NAZORATI OSTIDA STERIOTOKSIK BIOPSIYA

DBT nazorati ostida biopsiya o'tkazilishidan 2 yil oldin va 2 yil o'tgach, biopsiya maqsadlarining turlarini, patologik natijalarni va nomuvofiqlik chastotasini taqqoslang. 2021 yildan 2023 yilgacha stereotaktik raqamli mammografiya (DM) va 2021 yildan 2023 yilgacha DBT tomonidan boshqariladigan biopsiyadan foydalangan holda ko'krakning uchinchi markazidan 9 kalibrli vakuum yordamida barcha yadro biopsiyalari retrospektiv ravishda tahlil qilindi. Barcha mammografik tadqiqotlar DBT yordamida amalga oshirildi. Bemorlarning demografik ma'lumotlari, biopsiya uchun maqsad turi, patologik xulosalar, jarrohlik eksizyon namunalari, agar mavjud bo'lsa, ko'krak zichligi va keyingi ko'rish natijalari qayd etildi. Biopsiyaning maqsadlari va rentgen va patologik tadqiqotlar o'rtasidagi nomuvofiqlik darajasi ikki biopsiya guruhi o'rtasida taqqoslandi. DBT nazorati ostida biopsiyadan oldin va keyin natijalarni o'rganish uchun umumlashtirilgan aralash modellashtirish ishlatilgan.

Ahmadova Maftuna Amin qizi

114-121

2024-01-10

ZAMONAVIY PROTSESSORLAR, TURLARI VA XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada Protsessorlar turlari va xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Negmatova Nilufar Ergash qizi, Negmatova Sevinch Ergash qizi, M.Z. Muqumov, Qahramonova Nigina Qodir qizi

12-29

2023-03-10

O‘ZBEKISTON VA ERON ISLOM RESPUBLIKASI MUNOSABATLARI YANGI BOSQICHDA

Mazkur maqola “Yangi O‘zbekiston va Eron Islom Respublikasi munosabatlari yangi bosqichda” mavzusiga bag‘ishlanadi. Ushbu ilmiy ishda, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi diplomatik va iqtisodiy aloqalarning rivojlanish bosqichlari, mavjud imkoniyatlar va yangi shakllanayotgan hamkorlik tarmoqlari tahlil qilinadi. O‘zbekistonning mustaqillik yillarida Eron bilan aloqalarida o‘zgarishlar kuzatilgan bo ‘lib, 2020-yillarda ikki mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorliklarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilgan muhim tashabbuslar tahlil qilinadi. Maqolada Eronning yadro dasturi, Eron va AQSh o‘rtasidagi diplomatik mojaro, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalari kontekstida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlikning o‘rni va ahamiyati o‘rganiladi. Ishning maqsadi Eron Islom Respublikasi bilan O‘zbekistonning yangi tashqi siyosatini shakllantirish va mintaqaviy barqarorlikni ta‘minlashdagi o‘zgaruvchan dinamikalarni ko‘rsatishdir. Maqolada bu jarayonlarning tarixi, hozirgi holati va kelajakdagi istiqbollari ko ‘rib  chiqildi.

Quljonov Ixtiyor Baxtiyor o‘g‘li

4-7

2025-07-07

SITOLOGIYA FANINING MAQSADI, VAZIFALARI, MUAMMOLARI, TARIXI VA O‘RGANISH OBYEKTI

Ushbu tezisda sitologiya fanining asosiy maqsadi, vazifalari, muammolari, tarixi va o‘rganish obyekti haqida umumiy ma’lumotlar taqdim etilgan. Hujayra haqidagi fundamental bilimlarni rivojlantirishdan tortib, uning molekulyar jarayonlarini o‘rganishgacha bo‘lgan vazifalar batafsil yoritilgan.

Ikromova Gulsevar Elmurod qizi

110-111

2024-11-25

ATOM VA YADRO FIZIKASIGA DOIR ASOSIY TUSHUNCHALAR VA MASALALAR

Atomning Tomson modeliga ko‘ra atom shar shaklida bo‘lib, musbat zaryadga ega. Uning ichida elektronlar suzib yuradi.

A.S. Qosimov, S.A.Nabiyeva

26-37

2023-01-06

SKANDIY (III) IONINI 1-(2-GIDROKSI-1-NAFTOYAZO)-2-NAFTOL-4-SULFOKISLOTA REAGENTI YORDAMIDA TEXNOLOGIK ERITMALARDAN ANIQLASH USLUBINI ISHLAB CHIQISH

Skandiy metali va uning birikmalari yadro reaktorlarida, tibbiyot anjomlarini, xususan jaroxlik, tish, suyak plantlarini ishlab chiqarishda keng qo`llanib kelinadi. Skandiy (III) ionini tabiiy manbalardan aniqlash va uni ajratib olishning iqtisodiy jihatdan tejamkor yangi usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Skandiy (III) ionini tabiiy ob’ektlar tarkibidan aniqlash va ajratib olishda ekstragent va optimal sharoit tanlash [1] muhim hisoblanadi. Tadqiqot ishida, Sc3+ ionini tabiiy ob’ektlardan 1-(2-gidroksi-1-naftoyazo)-2-naftol-4-sulfokislota (GNNS) [2] yordamida ekstraksion-spektrofotometrik usul yordamida aniqlash usuli ishlab chiqishga qaratilgan.

Tursunqulov Jasur Baxtiyorovich

64-65

2024-02-26

BOSH MIYA METASTAZLARIDA QON TOMIRLARIDA KECHADIGAN O`ZGARISHLARNI KOMPYUTER TOMOGRAFIYA VA MAGNIT REZONANS TOMOGRAFIYA ORQALI TASHXISLASH DOLZARBLIGI

Bosh miya o`smalari va metastazlarda atipik hujayralar bosh miyaning ishlashini buzadi va undagi qon tomirlariga jiddiy zarar etkazadi. Natijada, bemorlarning ahvoli nafaqat o'simta yoki metastaz va uning asoratlari tufayli  yomonlashadi. Shu sababli, miya metastazlari natijasida kelib chiqadigan qon tomir o'zgarishlarini erta tashxislash va aniq prognoz qilish ushbu toifadagi bemorlarning hayot sifati va klinik natijalarini yaxshilash uchun juda muhim hisoblanadi. MRT va MSKT yuqori sezuvchanlik, aniqlik va mavjudlik tufayli miya o`simtalari tashxisida samarali hisoblanadi. Miyaning qon tomirlari haqida to'liq ma'lumotni kontrast  modda yuborib tekshirish usullari yordamida olish mumkin. Ushbu ma'lumotdan foydalanib, nafaqat bemorlarning hozirgi holati baholanadi, balki ularni davolash taktikasi ham rejalashtirilgan. O'z navbatida, aniq tashxis qo'yish va unga asoslangan to'g'ri davolash taktikasi miya shishi va metastazlari bo'lgan bemorlarda o'limning yordam beradi. Bu dolzarb muammolaridan biridir.

Nasriddinov Behruz Zayni o`g`li

96-99

2025-06-19

QADIMGI XORAZM SHAHARSOZLIGINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqola Qadimgi Xorazm shaharsozligining tarixi, o’rganilishi va o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish uchun xizmat qiladi. Xorazm vohasi Turon past tekisligining markazida Qoraqum va Qizilqum oralig‘ida, o‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy qismida, Amudaryo quyi oqimida joylashgan bo‘lib, Amudaryo keltirgan allyuvial yotqiziqlardan, tashkil topgan qadimiy madaniyat maskanlaridan biri hisoblanadi.

Xujaniyozova Madina Rustam qizi

173-176

2024-07-31

1 - 25 из 33 результатов 1 2 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy