Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

YOSHLAR HUQUQBUZARLIGI PROFILAKTIKASI MASALALARI

Ushbu maqola yoshlar huquqbuzarligining oldini olish, profilaktikasi va uni kamaytirish yo'nalishidagi ilmiy taajribalarni o'rganishga bag’ishlangan. Yoshlar huquqbuzarligining sabablari va kamaytirish choralarini tadqiq etilgan. Yoshlarga huquqiy bilimlarni berish, ularni sport, ijodiy va ilmiy faoliyat bilan band qilish yoshlar huquqbuzarligiga qarshi kurashni mustahkamlashga yordam beradi. Yoshlarning ong va dunyoqarashini shakllantirishda qadriyatlarga asoslangan tarbiyadan foydalanish, ularga mehnatga oid ko'nikmalar berish muhim rol o'ynaydi. Maqolada yoshlar huquqbuzarligining oldini olishda ijtimoiy-psixologik amaliyot, o‘quv qo'llanmalar va dasturlar, ularning samaradorligi tahlil etilgan. Yoshlar huquqbuzarligining oldini olish masalalari dolzarb muammo sifatida o'rganilib, uni hal qilish yo'nalishlariga takliflar berilgan.

Axmadjonov Akmaljon Po‘latjon o‘g‘li

65-69

2023-06-10

SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATIDA YOSHLAR QANOTI FAOLIYATINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Ushbu maqolada siyosiy partiyalar faoliyatida yoshlar qanotining o‘ziga xos jihatlari tahlil etiladi. Yoshlar qanoti, siyosiy partiyalarning muhim tarkibiy qismi sifatida, yoshlarni siyosiy jarayonlarga jalb qilish, ularning manfaatlarini ifodalash va ta'lim berish vazifalarini bajaradi. Maqolada yoshlar qanotining innovatsion g‘oyalar, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, ijtimoiy mas'uliyat va partiya ichidagi qaror qabul qilish jarayonidagi ishtiroki kabi jihatlari yoritiladi. Yoshlar qanoti, zamonaviy ijtimoiy va siyosiy muammolarni yechishda yoshlarning fikrlarini hisobga olish va ularni partiya siyosatiga kiritishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, maqola yoshlar qanotining siyosiy partiyalarda ta'sirini oshirish va ularning faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Yoshlar qanotining faoliyatini kuchaytirish, kelajakda ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ta'minlashda muhim omil sifatida ko‘riladi. Ushbu maqola, siyosiy partiyalar, siyosatshunoslar, yoshlar va umuman jamoatchilik uchun muhim ilmiy va amaliy ma'lumotlar taqdim etadi, yoshlar qanotining siyosiy hayotdagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bozorboyev Eldorbek

100-107

2024-09-30

YOSHLAR TADBIRKORLIGI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Yoshlar tadbirkorligi ham iste’mol talabini oshirish, aholi daromadlarini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar hajmini oshirish, ish o‘rinlari yaratishdan manfaatdor. Rivojlangan mamlakatlar yoshlarga sarmoya kiritish raqobatbardosh iqtisodiyotning zaruriy sharti ekanligini amalda isbotladi. Vaholanki, sog‘lom, bilimli, yuksak ma’naviyatli, moddiy jihatdan ta’minlangan, baxtli yoshlargina mamlakatga maksimal foyda keltira oladilar, shuning uchun ham yoshlarga munosib shart-sharoit yaratish, ularning yanada kamol topishi uchun katta mas’uliyat yuklanadi. Maskur maqolada yoshlar tadbirkorligi va uning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha fikrlarni bildiriladi.

Feruza Raxmatullayeva

98-102

2025-01-31

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YOSHLAR ORASIDA HARBIY VATANPARVARLIK HARAKATINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

O‘zbekiston Respublikasida yoshlar orasida harbiy vatanparvarlik harakatining rivojlanish istiqbollarini muhim masaladir. Yosh avlodning vatanparvarlik ruhini shakllantirishda harbiy xizmatning, ta’lim tizimi va madaniy tadbirlarning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada, harbiy vatanparvarlikni rivojlantirish uchun davlat siyosatining ahamiyati va yoshlar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturlar, klub va tashkilotlar haqida ma'lumot berilgan. Maqolada, shuningdek, yoshlar o‘rtasida harbiy vatanparvarlikni targ‘ib qilishning samarali yo‘llari va istiqbollari haqida fikrlar bildiriladi.

Ikromov Xayrullo Orifjonovich

90-92

2025-05-20

YOSHLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN RETSIDIV JINOYATCHILIK PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

maqolada yoshlar tomonidan sodir etilayotgan retsidiv jinoyatchilikning profilaktika yo‘llari, yoshlar jinoyatchiligining dolzarb muammolari, shuningdek, mualliflarning yoshlar jinoyatchiligining erta oldini olishga oid zamonaviy yondashuvlari, yoshlarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, ta’lim va tarbiya, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalari va yoshlar siyosati haqida fikr, tahlil, taklif va tavsiyalar bayon etilgan. Bundan tashqari, yoshlar jinoyatchiligini erta oldini olishning ayrim yo‘nalishlari ishlab chiqildi, bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish bo‘yicha ayrim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

BABABEKOV NODIR DJURABAYEVICH

91-95

2024-10-30

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA YOSHLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada tez rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bilan bog'liq muammolar va imkoniyatlar ko'rib chiqiladi. Adabiyotlarni keng qamrovli tahlil qilish orqali maqola yoshlar tadbirkorligining hozirgi holatini o'rganadi, uning o'sishiga to'sqinlik qiladigan asosiy masalalarni aniqlaydi va ushbu muammolarni hal qilish usullarini taklif qiladi. Natijalar bo'limida muvaffaqiyatli tashabbuslar va ularning yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ta'siri ta'kidlangan bo'lsa, munozara bo'limida siyosat va ta'limga ta'siri tanqidiy ko'rib chiqilgan. Maqola raqamli asrda yoshlar tadbirkorligi uchun qulay muhit yaratish bo'yicha tushuncha va takliflar bilan yakunlanadi.

Umidjon Tolipov

520-522

2024-12-28

YOSHLAR VA VOYAGA YETMAGANLAR ORASIDA JINOYATCHILKA QARSHI KURASHISH

Ushbu maqolada yoshlar o’rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari tahlil etilgan.Yoshlar jinoyatchiligining xususiyati aniqlanadi va uning sabablari ochib beriladi. So’ngi yillardagi yoshlar o’rtasidagi jinoyatchilikni statistikasiga to’xtalib o’tiladi. Yoshlar o’rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish yo’nalishlariga alohida to’xtalib o’tiladi. Yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashishning dolzarb muammolari ochib beriladi.

Safarova SHahlo Nodir Qizi

85-88

2024-03-31

O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI VA YOSHLARNING HUQUQLARI

Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida yoshlarning huquqlari va erkinliklari ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratadi. Maqolada Konstitutsiyaning 36-42-moddalarida yoshlarning huquqlari, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, mehnat qilish, ijtimoiy himoya va davlat tomonidan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlil etiladi. Bundan tashqari, yoshlar siyosatidagi yangi yondashuvlar, 21-asrda yoshlar huquqlari masalalaridagi o‘zgarishlar va ularning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi ham ko‘rib chiqiladi. Maqola yoshlar huquqlarini himoya qilishda Konstitutsiyaning roli va uning jamiyatdagi ahamiyatini o‘rganadi.

Umaraliyeva Dilshoda Turob qizi

16-20

2024-11-30

YOSHLAR – KELAJAK POYDEVORI: VILOYAT HOKIMINING YOSHLARGA QARATGAN E’TIBORI

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati misolida yoshlar siyosatini amalga oshirish jarayonlari, xususan, viloyat hokimining yoshlar bilan ishlash borasidagi amaliy faoliyati tahlil qilinadi. Yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy faollik sohalaridagi tashabbuslarning natijalari yoritiladi. Maqolada viloyat hokimiyatining yoshlarni jamiyat hayotiga faol jalb etishdagi tutgan o‘rni va bu boradagi ijobiy tajriba tahlil asosida ko‘rib chiqiladi.

Bozorova Aziza

76-77

2025-07-31

YOSHLAR TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH VOSITALARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun zarur huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar hamda rag‘batlantirish vositalarini yaratish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi davlat siyosati amalga oshiriladi. Buning uchun ular tеgishli vositalardan foydalanadilar. Mavjud adabiyotlar har tomonlama ko‘rib chiqish orqali ushbu maqolada O‘zbekistondagi yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash vositalarini  takomillashtirish yo‘nalishlari haqida tushuncha berilgan va kelajakdagi siyosat yo‘nalishlari bo‘yicha fikrlarni bildiriladi.

Feruza Raxmatullayeva

204-208

2025-01-31

YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TALABA YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA INSTITUTSIONAL TIZIMLARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda institutsional tizimlarning ahamiyati tadqiq etilgan. Zamonaviy sharoitda ijtimoiy faollik jamiyat taraqqiyoti va mamlakat kelajagi uchun muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Maqolada yangi institutsional yondashuvlar asosida yoshlarning ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Institutsional tizimlarning rolini baholashda ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, davlat va jamiyat institutlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida talaba yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, ta’lim tizimi, yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va ijtimoiy ta’limotlarning o‘rni aniqlangan. Shuningdek, maqolada yangi institutsional yondashuvlar asosida talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oya va dasturlar taklif qilingan.

Abdullayeva Asila Abdulxodiyevna

110-113

2025-01-27

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA ISHSIZ YOSHLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI

Ushbu tezisda ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirishning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati tahlil qilingan. Mehnat bozori talablariga mos kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, yoshlarda tadbirkorlik ruhini uyg‘otish va innovatsion salohiyatni rivojlantirish orqali ularni iqtisodiy faol qatlamga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Komilova Sarvinoz Qayumjon qizi

141-143

2025-06-16

YOSHLAR BANDLIGINI TA'MINLASHDA RAQAMLI KOMPETENSIYALARNING ROLI VA ISTIQBOLLARI

Maqola O'zbekistonda yoshlar bandligini ta'minlashda raqamli kompetensiyalarning rolini va kelajakdagi istiqbollarini tahlil qiladi. Tadqiqot zamonaviy mehnat bozorida raqamli ko'nikmalarning ahamiyati, yoshlar o'rtasida bu kompetensiyalarning rivojlanish holati va bandlikka ta'sirini o'rganadi. "Bir million dasturchi" loyihasi kontekstida 18-29 yosh oralig'idagi yoshlarning raqamli savodxonlik darajasi va mehnat bozoriga integratsiya jarayoni tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, raqamli kompetensiyalarga ega yoshlarning bandlik darajasi 78% ni tashkil etsa, an'anaviy ko'nikmalarga ega yoshlarda bu ko'rsatkich 52% ni tashkil etadi. Maqolada yoshlar bandligini oshirish uchun raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish strategiyasi taklif etiladi.

Matvaliyeva Nodira Abdulhoshim qizi

21-24

2025-06-12

ZAMONAVIY MAUGLI SINDROMINING KLINIK DIAGNOSTIKASI VA PSIXOKORREKSIYA IMKONIYATLARI YOSHLAR PSIXOLOGIYASIDA

Ushbu maqola zamonaviy yoshlar orasida kuzatilayotgan “Maugli sindromi”ning psixologik-psixiatrik tabiatini klinik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Internetga haddan tashqari qaramlik, ijtimoiy izolyatsiya va oilaviy-emotsional beqarorlik natijasida shakllanayotgan mazkur sindrom, shaxsning identiteti, ijtimoiy rol va axloqiy qadriyatlarni qabul qilishida jiddiy buzilishlarga olib kelmoqda. Maqolada ushbu sindromning klinik simptomatikasi, diagnostika mezonlari, psixodinamik va nevropsixologik yondashuvlar asosida tavsifi beriladi. Shuningdek, yoshlar psixologiyasida bu holatga nisbatan qo‘llanilayotgan zamonaviy psixokorrektsion metodlar – kognitiv-xulqiy terapiya, art-terapiya va interaktiv guruh mashg‘ulotlari samaradorligi tajriba asosida baholanadi. Muallif, yoshlar ongida ijtimoiy moslashuv va axloqiy qadriyatlarni qayta shakllantirish orqali Maugli sindromini yumshatish, shaxsiy identitetni mustahkamlash va psixologik reabilitatsiya yo‘llarini asoslashga harakat qiladi. Mazkur tadqiqot psixologiya va ta’lim sohasi mutaxassislari, ijtimoiy ishchilar hamda ota-onalar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega.

Polvanov Rasulbek Baxtiyarovich

17-22

2025-08-05

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI "YOSHLAR VA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YILI" DA

Har qanday davlatning rivojlanishi, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, xalq farovonligi yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga qaratilgan e’tibor bilan chambarchas bog‘liq. Dunyo aholisining 2 milliarddan ziyodi, ya'ni 25 foizdan ortig‘ini, mamlakatimiz aholisining esa 60 foizdan  ziyodini yoshlar tashkil etadi. Balki shuning uchundir O‘zbekiston yoshlar mamlakati deya e’tirof etiladi. Yoshlar davlat va jamiyat rivojida hal qiluvchi kuchga ega bo‘lgan, shu sababdan ham ularning ta’lim-tarbiyasi, bilim olishi, hamda faol ijtimoiy hayotga kirishini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan qatlam, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Abduvohidova Shahribonu Akmalovna

22-23

2024-05-28

YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR DUNYOQARASHIGA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR BIRLIGIGA ERISHISHDAGI MUAMMOLAR

Yoshlar – har qanday jamiyatning kelajagi hisoblanadi va ularning dunyoqarashini   shakllantirishda   milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning birligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv jarayonlarida milliy qadriyatlar bilan umuminsoniy qadriyatlarning muvozanatini topish va bu jarayonda yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish – jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun zarurdir. Shuningdek, maqolada yoshlar orasida globallashuvning ta’siri, ularning milliy o‘zligini saqlab qolish muammolari hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan munosabatlari tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlarning yoshlar ongida mustahkam o‘rnatilishi uchun ta’lim va tarbiyaning o‘rni, oila, jamoatchilikning roli ham muhokama qilinadi

Ahmadov Muhammadali Nurali o’g’li

140-144

2024-11-25

YOSHLAR RETSIDIV JINOYATCHILIGINING MIQDOR VA SIFAT KO‘RSATKICHLARINING XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada yoshlar orasida retsidiv jinoyatchiligining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi. Retsidiv jinoyatlarning yoshlar orasida keng tarqalganligi, ularning xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy, psixologik va huquqiy sabablari ko‘rib chiqiladi. Jinoyatlarning statistik ko‘rsatkichlari, turlari va yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, yoshlar retsidiv jinoyatchiligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligi muhokama qilinadi. Tadqiqot zamonaviy kriminologik usullar va statistik ma’lumotlarga asoslanadi.

Xojibekov Ziyomiddin Nasriddinovich, Qurbonboev Asqarbek Abdukarim o‘g‘li

109-114

2025-06-17

OʻTKIR HOSHIMOV HIKOYALARIDA YOSHLAR TARBIYASINING DIDAKTIK JIHATLARI ("BAHOR QAYTMAYDI", "IKKI ESHIK ORASI" ASARLARI MISOLIDA)

Ushbu tadqiqot O'tkir Hoshimovning "Bahor qaytmaydi" qissasi va "Ikki eshik orasi" romanida yoshlar ma'naviy-axloqiy tarbiyasining didaktik jihatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada yozuvchining asarlarida aks etgan tarbiyaviy g'oyalar, axloqiy qadriyatlar va ularning zamonaviy yoshlar ta'limiga qo'llash imkoniyatlari o'rganilgan. Adabiyot tahlili usulidan foydalanib, asarlardagi didaktik elementlar, pedagogik tamoyillar va tarbiyaviy vositalar sistemali tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, O'tkir Hoshimov asarlarida yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy mas'uliyat, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi tarbiyaviy masalalar chuqur badiiy shaklda ifodalangan. Tadqiqot O'zbek adabiyotining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini va badiiy asarlarning didaktik salohiyatini namoyish etadi.

Sharipova Shahrizoda Zarif qizi

59-62

2025-09-18

YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR AXLOQINI ME’YORLASHTIRISHNING ASOSIY OMILLARI

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston davrida yoshlar axloqini me’yorlashtirish jarayonining asosiy omillari tizimli ravishda tahlil qilingan. Jumladan, davlatning yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, ta’lim va tarbiya tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning takomillashuvi, oilaning tarbiyaviy ta’siri, mahalla va fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi kabi omillarning axloqiy me’yorlarni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, global axborot maydonidagi tezkor o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri ham tahlil etilib, ularning ijobiy va salbiy jihatlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalarida yoshlar axloqini mustahkamlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish, ma’naviy immunitetni rivojlantirish, shuningdek, davlat va jamiyatning uzviy hamkorligini kuchaytirish zarurligi asoslab beriladi.

ABDUMALIK TOXIROV

571-575

2025-10-08

YOSHLAR O‘RTASIDA MAFKURAVIY PROFILAKTIKA OLIB BORISHNING MUHIM JIHATLARI

Ushbu maqolada yoshlar o‘rtasida mafkuraviy profilaktika olib borishning muhim jihatlari tahlil qilinadi. Mafkuraviy profilaktikaning yoshlar o‘rtasida axloqiy, ma'naviy va ijtimoiy tarbiyada qanday rol o‘ynashi, uni amalga oshirishda samarali usullar va yondashuvlar haqida so‘z yuritiladi. Shu bilan birga, zamonaviy mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda yoshlar o‘rtasida profilaktika olib borishning dolzarbligi yoritiladi.

Madraximov Jahongir

60-66

2024-04-30

BIZ YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ

Yoshlar tomonidan giyohvand moddalarni iste'mol qilish muammosi zamonaviy O'zbekiston uchun dolzarbligicha qolmoqda. Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish maqsadida uning mazmuniga ko‘ra tabaqalanmagan giyohvandlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish usullari, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik to‘g‘risida bir-biriga zid fikrlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Giyohvand moddalarni iste'mol qiladigan odamlarga nisbatan kuchli salbiy hissiy munosabat ko'pincha bunday moddalardan foydalanishga bo'lgan qiziqish bilan mos keladi. Samarali profilaktika dasturlarini yaratish uchun zamonaviy O‘zbekiston yoshlarining giyohvandlik haqidagi g‘oyalarini o‘rganish zarur.

Maripova Muslima Sharifjon qizi

433-436

2022-11-16

SIRDARYO VILOYATIDA ISHSIZ YOSHLAR RAQOBATBARDOSHLIGINING ASOSIY IJTIMOIY-IQTISODIY KO‘RSATKICHLARINI TAHLILI

Ushbu tezisda Sirdaryo viloyatida yoshlarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshlik darajasi ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilingan. Xususan, ishsizlik darajasi, bandlik ko‘rsatkichi, yoshlarning ta’lim darajasi, kasbiy tayyorgarligi va tadbirkorlik faoliyatidagi ishtiroki o‘rganilgan. Statistik ma’lumotlar va hududiy infratuzilma imkoniyatlari asosida tahliliy xulosalar ishlab chiqilgan.

Komilova Sarvinoz Qayumjon qizi

64-66

2025-06-30

MIGRATSIYA OQIBATIDA YOSHLAR ONGIDA MILLIY O‘ZLIKNING O‘ZGARISHI

Tezis migratsiya jarayonlari yoshlar orasida milliy o‘zlik tushunchasining transformatsiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ilmiy tahlil qiladi. Global migratsiya oqimlari va transmilliy madaniy almashinuv sharoitida yoshlarning madaniy identitetida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar, ijtimoiy ongdagi qayta shakllanishlar, shuningdek, milliy qadriyatlar bilan yangi madaniy kodlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganiladi. Tezisda yoshlarning ijtimoiy muhitga moslashuvi jarayonidagi psixologik va madaniy omillar, ularning milliy o‘zlikni qabul qilish va anglashidagi murakkabliklar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yoshlarning milliy identitetining global madaniy ta’sirlar ostida ham yangilanishi, ham saqlanishi jarayonlari o‘rtasidagi dinamikani ochib beradi. Ushbu ish ijtimoiy siyosat, madaniyatshunoslik va yoshlar sohasidagi tadqiqotchilar uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Mirzayev Buniyot Shokirjonovich

109-113

2025-08-13

INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada internet va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar psixologiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri har tomonlama tahlil qilinadi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ular nafaqat muloqot vositasi, balki shaxsiy indentifikatsiya, dunyoqarash va ijtimoiy me’yorlarning shakllanishida muhim rol o‘ynamoqda. Zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi yoshlarning ruhiy holati, ijtimoiylashuvi va shaxsiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, muloqotdagi o‘zgarishlar, yolg‘izlik hissi, depressiya, o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishi kabi psixologik holatlar o‘rganiladi.

Toshpo’latova Ra’no Abduvohidovna, Abdullayeva Ma’suma Habibullayevna

123-127

2025-05-31

KIBERXAVFSIZLIK VA YOSHLAR: RAQAMLI XAVFSIZLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqola yoshlar orasida raqamli xavfsizlik madaniyatini shakllantirish muammolarini tahlil qiladi. So‘nggi yillarda internet va raqamli texnologiyalardan foydalanish yoshlar hayotida keng tarqaldi, shu bilan birga, kiberxavfsizlik tahdidlari ham ortib bormoqda. Tadqiqot adabiyotlarni tahlil qilish, onlayn so‘rovnoma va amaliy kuzatuv usullaridan foydalangan holda olib borildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yoshlarning ko‘pchiligi oddiy parol ishlatadi, phishing xabarlarini aniqlay olmaydi va antivirus dasturlaridan muntazam foydalanmaydi. Maqolada yoshlar orasida raqamli xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish uchun ta’lim, ota-ona va jamiyatning roli, shuningdek, texnik vositalardan foydalanish zarurati ta’kidlanadi.

NOZIMJON SAYIDOV, A’ZAMJON DEHQONBOYEV , ZULHUMOR BURHANOVA

567-570

2025-10-08

1 - 25 из 495 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy