Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

MILLIY REALIYALARNI TARJIMADA AKS ETTIRISH VA ULARNI TARJIMA QILISH USULLARI

Mazkur maqolada tarjima jarayonida uchraydigan milliy realiyalarning ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, badiiy asar tarjimasida bu realiyalar qanday rol o‘ynashi va qanday xususiyatlarga ega ekani haqida misollar berilgan. Shuningdek, tarjima qilishda qo‘llaniladigan usullar va strategiyalarning zarurligi muhokama etiladi. Milliy realiyalar bir xalqning madaniyati, urf-odatlari va an’analarini o‘zida aks ettiruvchi jihatlar bo‘lib, ularni tarjima qilishda to‘g‘ri aks ettirish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon millatlararo tushunishni yaxshilash va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Tarjimonlar realiyalarni boshqa madaniyatga moslashtirishda ko‘plab qiyinchiliklarga duch keladi. Ushbu realiyalar til, urf-odatlar, atamalar va madaniy kontekstlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tarjimonlar ulardan qanday foydalanishni o‘ylab ko‘rishlari lozim.

Xolmaxmadova Munisa, Shoyqulova Mohizar, Ahrorova Nafisa, Bobohonova Gulhayo

164-167

2024-10-28

CHIROQ ORTIDAGI HAYOTIY TARBIYA

Ushbu hikoya adabiyotimiz janrida insonga ma’naviy ozuq beruvchi ijod mahsulidir. Hikoya janri davr va qahramon masalasi, insonlarning ijtimoiy hayoti va harakterlari aks etgan asar bo’lib, shu boisdan hikoya janri jahon va o’zbek adabiyotida badiiy saviyasi baland, real voqealar yoritilgan, didaktik ma’no aks etgan asardir. Ushbu maqola “Fanorchi ota” hikoyasida insonlarni vatanparvarlik, bag’rikenglik, zararli oqimlarga qarshi kurasha olish, hayotga bo’lgan qat’iylik, ishonch, mehr-oqibat asosida aks etgan.

Dilorom Toshpulatova , Mashhura Saydullayeva

77-80

2025-05-16

SOLIQ MAJBURIYATLARINI BYUDJET TASHKILOTLARIDA AKS ETTIRISH VA NAZORAT QILISH TARTIBI

Mazkur tezisda byudjet tashkilotlarida soliq majburiyatlarini to‘g‘ri hisobga olish, ularning buxgalteriya yozuvlarida aks ettirilishi va nazorat mexanizmlarining tashkil etilishi tahlil qilinadi. Soliqqa oid hujjatlarning yuritilishi, ularning hisobvaraqlar bo‘yicha qayd etilishi, hisobotlarda aks ettirilishi va bu jarayonlar ustidan ichki moliyaviy nazoratning ahamiyati chuqur yoritiladi.

Abdullayev Farxodbek Davronjon o‘g‘li

99-101

2025-05-19

DUNYO TAJRIBASIDA XARAKTER IFODALOVCHI BIRLIKLARNING O‘RGANILISHI

Inson va uni ta’riflash, xoh ijobiy bo‘lsin, xoh salbiy jihatlarini nozik ma’no tovlanishlari bilan yoki turli ramzlar orqali ishoraviy tarzda aks ettirish dunyo adabiyotida keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Ya’ni insonni ta’riflash xilma-xil asosda, turli rakurslarda aks etadi va bu tilning milliy lisoniy manzarasidan chuqur o‘rin oladi, paremiologik fondda turli hayvon, narsa-predmet, holat, kasallik, taom nomlari orqali ayni inosn obraziga ishora qilish bu jarayonga dalolat qiladi. Insonni aks ettirish uning tashqi yoki xususiyatlarini ta’riflash asosida kechishi mumkin. Insonning mazmuniy jihatlari, tabiiy ravishda, ijobiy yoki salbiy qatordan, yoki oraliqni tashkil qiluvchi birliklardan iborat bo‘ladi.

Abdullayeva Roxila Yusufjon qizi

52-54

2025-06-23

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MUSIQAGA VA MUSIQA FAOLIYATIGA IJODIY MUNOSABATLARNI O‘STIRISH

Musiqaning inson hissiyoti va intilishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqelikni to‘g‘ri aks ettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, musiqali obrazlarning shakllanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof dunyodagi go‘zallikni idrok etishga bevosita bog‘liqdir. Qadim zamonlardan beri inson qo‘shiqlarda yoki cholg‘u asboblari ijrosida o‘zi tinglagan qushlar ovozini, aks-sadolarini, suvlarning oqishini, hasharotlar navosini aks ettirish uchun harakat qilib kelgan. Musiqiy san’at uchun odamning fikrlash va ifodalash hissiyoti asos bo‘lib xizmat qilgan. Musiqa kishilar hissiyoti va tafakkuriga ta’sir o‘tkazib, yon-atrofdagi voqelikni emotsional idrok etadi hamda uni qayta tiklash va o‘zgarishga yordam beradi. O‘zining ilg‘or emotsional ifodasini aks ettiradigan musiqa kishi hissiyotiga, tafakkuriga, dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatib, uni ma’lum maqsad sari yo‘llaydi, yon-atrofga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi va hayrixohlik uyg‘otadi.

Xojimamatov Azimjon Fayzullo o‘g‘li

135-138

2025-08-31

DIALOG ORQALI MUALLIFGA XOS INDIVIDUAL DUNYO TASVIRINING NAMOYON BO‘LISHI

Darhaqiqat, muallifning individual tasvir uslubining tahlilida monolog qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, dialog ham muhim o‘rin tutadi. Monolog bevosita muallif tomonidan ifodalanib, asosan, estetik hamda kognitiv funksiyalarga ega bo‘lib, e’tiborni tortish, muallifning vaziyatga nisbatan munosabatini ifodalash, qahramonning psixologik holatini aks ettirish kabi bir qancha xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Biroq, dialog asardagi qahramonlar nutqi orqali muallifga xos xususiyatlarni ochib berishga xizmat qilish bilan birga monologdan farqli o‘laroq kommunikativ, ya’ni pragmatik va interpretativ funksiyalarni ham aks ettirishi mumkin. Zotan, monolog ham, dialog ham bir muallifning ijod mahsuli bo‘lib, ular asarning izchilligini ta’minlashga, qahramonlarning ichki olami, o‘y-fikrlari, xarakterini aks ettirish imkon beradi.

Abdulloyeva Kamola Mirxon qizi

132-134

2024-06-30

DIVIDENDLAR VA FOIZ DAROMADLARI HISOBINING MOLIYAVIY HISOBOTLARDAGI AKS ETTIRILISHI

Ushbu tezisda aksionerlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi dividendlar va foiz daromadlarining buxgalteriya hisobida yuritilishi hamda moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilishi masalalari yoritilgan. Foiz va dividend shaklidagi passiv daromadlar korxonaning investitsiya faoliyati natijasi sifatida shakllanib, umumiy daromad tuzilmasining ahamiyatli qismini tashkil etadi. Tezisda ularning buxgalteriyadagi aks ettirilish tartibi, hisobot shakllarida ifodalanishi, soliq hisobidagi o‘ziga xosliklari va ularning moliyaviy natijalarga ta’siri amaliy yondashuv asosida bayon qilingan.

O‘ktamjonov Javohir O‘tkir o‘g‘li

11-12

2025-05-19

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SAVDO TERMINOLOGIYASINI SHAKLLANTIRUVCHI TARIXIY VA LINGVISTIK OMILLAR

Ushbu maqola o‘zbek va ingliz tillarida savdo terminologiyasining etimologik rivojlanishini o‘rganib, ularning tijorat leksikasini shakllantiruvchi lingvistik ta’sirlarni ko‘rsatadi. Tarixiy o‘zaro ta’sirlar orqali ikkala til ham iqtisodiy o‘zgarishlar va globallashuvni aks ettiruvchi o‘zlashtirilgan atamalarni tilda aks ettiradi. Qiyosiy tahlil o‘zgarib borayotgan tijorat amaliyotlari va madaniyatlararo almashinuvlarga moslashish uchun savdo terminologiyasi qanday rivojlanishini ko‘rsatib, umumiy moslashuvchan jarayonlarni ochib beradi.

Sevara Bozorova

109-116

2025-06-18

SHUKUR XOLMIRZAYEVNING "BUKRI TOL"QISSASIDA PERSONAJLARDA TOʻGʻRILIK VA EGRILIK INʼIKOSI

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning bukri tol qissasida qahramonning ichki psixologik kechinmalarini obrazlarda ruhiy tasvir siyratini aks ettirish,oʻzaro zid xarakterlarda  oʻziga xoslik tasviri bilan birga personajlarda reaksiyalashgan tuygʻular ruhiyatda sintizlashgan yaxshilikdan yomonlikning filtrlanishi kabi bir qator falsafiy muammolar badiiy talqin qilinishi orqali ma'no va mohiyat ustuvorligini yoritib berishga harakat qildim.

Abdurahmonova Gulorom Iskandar qizi

88-89

2023-01-23

PARALLEL MATNLAR KORPUSINI YARATISHNING AMALIY VA NAZARIY AHAMIYATI

Korpuslar, birinchi navbatda, lingvistik tadqiqotlar uchun ma’lumotlar bazasidir. Tilning mavqeini oshirish, ijtimoiy funksiyalarini kengaytirish, kommunikatsiyadagi o‘rnini belgilash, axborot asri talablariga muvofiq ravishda takomillashtirishga doir tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi texnik imkoniyatlardan foydalangan holda milliy tillarning umumiy ma’lumotlar bazasini yaratish, shu asosda tilning  semantik imkoniyatlarini, mazmun ifodalash ko‘lamini belgilash global taraqqiyotning dolzarb masalalaridan biridir. Har bir tilda yaratilgan matnlar korpusi, birinchi navbatda, shu tilning lug‘at boyligini aks ettirishga xizmat qiladi.  Grammatik va uslubiy   xususiyatlarini aks ettiradi. Jumladan, Parallel matnlar korpusi tarjima qilinayotgan tillar o‘rtasidagi lakunar hamda realiya birliklarni to‘liq ifodalash imkonini beradi. Ushbu maqolada parallel matnlar korpusining ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

Akramdjanova Madina Ismatullayevna

34-37

2024-11-06

O‘ZBEK TILIDA DARAJALANISH HODISASINING TIL SATHLARIDAGI AKS ETISHI

Maqolada o‘zbek tilshunosligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan darajalanish hodisasi, uning barcha til sathlarida aks etishi tadqiq qilingan.

Ruziyeva Charos Dilmurod qizi

193-195

2024-01-31

NEMIS TILIDAGI ATOQLI OTLARNING TURG’UN BIRIKMALARIDA AKS ETTIRISHNING AYRIM MASALALARI VA ULARNI O‘ZBEK TILLARIGA TARJIMA QILISH MASALALARI

Ushbu maqolada nemis millatiga xos bo’lgan atoqli otlarning, turg’un birikmalarida qo’llanilib, nemis xalqi madaniyatigagina xos bo’lishini aks ettirishning ba’zi masalalari  va ularni o’zbek tiliga tarjima qilish masalalari muhokama qilinadi.

R. Allayarova , Kurbanova Bibijon, Kurbanova Zulayxo, Rahimova Malika, Gulimmatova Rashida, Jumanazarova Kamola

146-149

2023-02-20

CHO‘LPON SHE’RLARIDAGI OKKAZIONAL BIRLIKLARNING IFODALANISHI

Maqolada Cho‘lpon she’riyati qahramonlarining siymolarini, ularning davr ruhi bilan bog‘liq bo‘lgan tasvirini, ijtimoiy holatini aks ettirishda okkozional birliklarning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar aks ettirilgan. Cho‘lpon she’riyatining qarashlarida ozodlik, istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi yuksak axloqiy-estetik g‘oyalar mazkur birliklar orqali ifodalangan.

Sofiya Abdurahmonova

99-101

2025-05-20

AZIM HOJIYEVNING LEKSIKOGRAFIKAGA OID MEROSI

Maqolada akademik Azim Hojiyevning  XX asr o‘rtalarida yaratgan sinonimik lug‘atlari va sinonimik qatordagi so‘zlarning uslubiy ma’no aks ettirishi, shuningdek, lingvistik atamalarning to‘g‘ri qo‘llanishiga doir ilmiy qarashlari va leksikografik tadqiqotlari  bilan birgalikda istiqlol davrida yaratilgan o‘zbek  lotin  alifbosidagi  imlo lug‘atlarining tuzilishi va ushbu lug‘atlarda olimning lug‘atshunoslikka doir ilmiy qarashlarini aks ettiriladi.

Sharipov Fazliddin, Axrorov Alisher, Mamatqulov Azizbek, Xudoyqulova Shoxistaxon

30-33

2024-03-09

DINIY MANBALARDA YAXSHILIK QILISH FAZILATINING AKS ETTIRILISHI

mazkur maqolada Yaxshilik insonning ulug` fazilatlaridan biri sifatida  diniy ta`limot va manbalarIda ulug`lanishi aks ettirilgan rivoyat va oyatlar keltirilgan.

Feruza Aminovna Turakulova , Rayimberdiyeva Maxorat, Egamberdiyeva Ziroat

34-35

2023-11-28

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SAVDO TERMINOLOGIYASINI SHAKLLANTIRUVCHI TARIXIY VA LINGVISTIK OMILLAR

Ushbu maqola o‘zbek va ingliz tillarida savdo terminologiyasining etimologik rivojlanishini o‘rganib, ularning tijorat leksikasini shakllantiruvchi lingvistik ta’sirlarni ko‘rsatadi. Tarixiy o‘zaro ta’sirlar orqali ikkala til ham iqtisodiy o‘zgarishlar va globallashuvni aks ettiruvchi o‘zlashtirilgan atamalarni tilda aks ettiradi. Qiyosiy tahlil o‘zgarib borayotgan tijorat amaliyotlari va madaniyatlararo almashinuvlarga moslashish uchun savdo terminologiyasi qanday rivojlanishini ko‘rsatib, umumiy moslashuvchan jarayonlarni ochib beradi.

Bozorova Sevara Kamol qizi

13-19

2025-06-17

О’ZBЕK BОLАLАR АDАBIУОTIDА MILLIY RUHIYАTNING АKS ЕTTIRILISHI:ХUDОYBЕRDI TО’ХTАBОYЕVNING “SАRIQ DЕVNI MINIB” АSАRI MISОLIDА

Ushbu maqolada bolalar badiiy adabiyotida obrazlarning psixologik talqini,  milliy-ma’naviy  ruhiyati, milliy  tafakkur  tasnifi  ifodalangan bo’lib, unda Xudoyberdi To’xtaboyevning   “Sariq devni minib” asari misolida  badiiy obrazlarning  xarakter xususiyatlari va ichki kechinmalari  tahlili aks ettiriladi. Shuningdek,  milliy  ruhiyatni  aks ettiruvchi  jihatlari haqida so’z yuritiladi.

Navro’zova Gulrux O’ktamovna

325-329

2023-05-31

TIBBIYOT OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA AUTENTIK MATERIALLAR ORQALI MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqola oliy tibbiyot muassasalari talabalarining mantiqiy tafakkurini haqiqiy materiallardan foydalanish orqali rivojlantirishni o'rganadi. Haqiqiy materiallar tibbiy amaliyotning murakkabligi va qiyinchiliklarini aks ettiruvchi real hayot manbalari va stsenariylariga ishora qiladi. Tibbiy ta'limda haqiqiy materiallarning integratsiyalashuvi tanqidiy tahlil qilish, muammolarni hal qilish va dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini yaratib, talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshiradi. Maqolada haqiqiy materiallarni o'z ichiga olishning turli strategiyalari muhokama qilinadi, masalan, vaziyatga asoslangan fikrlash, real dunyo simulyatsiyalari, fanlararo yondashuvlar va aks ettiruvchi yozish. Bu mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yordam berishda murabbiylik, texnologiya integratsiyasi va doimiy baholashning muhimligini ta'kidlaydi. Topilmalar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi, ularni tibbiyot kasbining murakkabliklariga tayyorlaydigan qulay o‘quv muhitini yaratish muhimligini ta’kidlaydi.

Nematova Zebo Tursunboyevna

176-186

2024-06-20

LIZING ASOSIDA ASOSIY VOSITALAR HARAKATINI AKS ETTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI VA USLUBIY YONDASHUVI

Mazkur ilmiy tezisda lizing asosida asosiy vositalar harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirishning nazariy asoslari, xalqaro va milliy amaliyotda shakllangan uslubiy yondashuvlari chuqur tahlil etilgan. Ayniqsa, moliyaviy va operatsion lizing o‘rtasidagi farqlar, aktivlarning hisobga olinishi, amortizatsiya siyosatiga ta’siri va hisobotlarda ko‘rsatish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslangan. Lizing asosidagi asosiy vositalar harakati korxona resurslaridan samarali foydalanish, investitsion faollikni oshirish va buxgalteriya axborotining shaffofligini ta’minlashdagi o‘rni ko‘rsatilgan.

Ortiqov Abdulxafiz Xusanboy o‘g‘li

28-29

2025-05-19

BADIIY ASARLARDA MAFKURAVIY G’OYALARNING AKS ETTIRILISHI (A.L. QOZONCHINING “QAYNONA” ASARI MISOLIDA)

Mazkur maqolada badiiy asarlarning inson ma’naviyatiga ta’siri va ahamiyati, xususan Ahmad Lutfi Qozonchining  “Qaynona”  asarida odob , axloq, sofdillik va insoniylik g’oyalarining aks ettirilishi to’g’risida so’z boradi.

Bekmirzayeva Shohsanam Abdumalik qizi, Bozorova Umidaxon Inomjon qizi

92-93

2023-12-20

O’TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA URUSHGA BO’LGAN NAFRAT G’OYALARINING AKS ETTIRILISHI

Ushbu maqolada O’tkir Hoshimov asarlarida urushga bo’lgan nafrat g’oyalarining aks ettirilishi “Ikki eshik orasi” romaning tahlili misolida o‘rganiladi. O‘tkir Hoshimov ijodida “Ikki eshik orasi” romani alohida o‘rin tutadi. Yozuvchi nafaqat bugungi kunning dolzarb ijtimoiy muammolari, balki abadiy axloqiy muammolar, inson taqdiri, uning qalbi sirlari bilan ham ko‘proq shug‘ullanadi. U.Hoshimov romanning sarlavhasidan boshlab butun mazmunini urush haqidagi jiddiy falsafiy mazmun bilan yuklashga intilgan.

USMONOVA SHARIFA GULAMOVNA

908-911

2022-11-25

INGLIZ VA O‘ZBEK MAQOLLARIDAGI MADANIY TAFOVUTLAR

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollar madaniy, semantik va metaforik jihatdan tahlil qilinadi. Maqollar xalq tafakkuri va madaniy merosining ifodasi sifatida ikki xil til va madaniyatda qanday aks etishi ko‘rib chiqiladi. Taqqoslash asosida o‘zbek va ingliz maqollarida ustuvor g‘oyalar, axloqiy qadriyatlar, obrazlar tizimi, ifoda uslubi va lingvokulturologik farqlar yoritiladi. Maqolada ayniqsa metaforik vositalar, diniy va dunyoviy elementlar, vaqtdan foydalanish, shaxsiy mas’uliyat, jamiyatga munosabat kabi madaniy komponentlarning aks etishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari til o‘rganish va tarjima jarayonida madaniyatlararo farqlarning e’tiborga olinishi zarurligini ko‘rsatadi.

Anvarbekova Zuxro Farmonbekzoda

138-140

2025-05-21

“MUQADIMAT UL – ADAB” QIPCHOQ LAHJASIGA OID QAYDLAR AKS ETGAN MUMTOZ MANBA

Mazkur maqolada Mahmud az-Zamahshariyning mashhur asarlaridan biri bo‘lgan “Muqaddimat ul-adab” asari Qipchoq lahjasiga oid qaydlar aks etgan mumtoz manbadir. Shuningdek, “Muqaddimat ul-adab”ning juda muhim filologik, pedagogik, antropologik va didaktik ahamiyatga ega jihatlari tahlil qilingan.

Ashirov Odilbek Maxsudovich

164-167

2023-09-26

ABDULLA ORIPOVNING INSON KECHINMALARINI PEYZAJ VOSITASIDA BADIIY AKS ETTIRISH MAHORATI

Ushbu maqolada Abdulla Oripovning inson kechinmalarini peyzaj vositasida
badiiy aks ettirish mahorati haqida so`z boradi.

Аbduvalieva Madinabonu Nodirbek qizi

10-12

2023-04-27

FALSAFA FANI ORQALI TALABALAR AXBOROT SAVODHONLIGI RIVOJLANGANLIGINI BAHOLASHDA QO'LLANILADIGAN METODLAR

Axborot savodxonligi talabalar uchun muhim kompetentsiya bo'lib, tez rivojlanayotgan axborot jamiyatida muhim ahamiyatga ega bo'lgan tanqidiy fikrlash va mustaqil tahlilni rivojlantiradi. Axborot savodxonligini baholashda falsafani integratsiyalash o‘quvchilarning axborotga bo‘lgan munosabatini chuqurlashtirish uchun falsafiy savollar, bahs-munozaralar va axloqiy tahlillardan foydalangan holda o‘ziga xos yondashuvni taklif etadi. Ushbu maqola talabalarning axborot savodxonligini baholash uchun falsafada qo'llaniladigan turli usullar, jumladan, Sokratik so'rovlar, amaliy tadqiqotlar tahlillari, aks ettiruvchi jurnallar, bahslar va axloqiy tahlillarni o'rganadi. Ushbu usullar orqali o'qituvchilar nafaqat o'quvchilarning axborotni topish va baholash qobiliyatini, balki ularning oqibatlarini tanqidiy talqin qilish va axloqiy jihatdan aks ettirish qobiliyatini ham baholashlari mumkin. Natijalar shuni ko'rsatadiki, falsafiy baholash usullarini o'z ichiga olgan holda, tanqidiy fikrlash va axloqiy xabardorlikni ta'kidlab, o'quvchilarning axborot savodxonligini rivojlantirishni yanada to'liqroq tushunish mumkin.

Аbduxоlikоvа Nаsibа Аlijоnоvnа

65-67

2024-11-15

1 - 25 из 495 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy