Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING AQLIY TARBIYASI

Zamonaviy ta`lim tizimi uchun aqliy tarbiya muammosi juda muhimdir. Olimlarning fikricha hozirgi ming yillik axborot inqilobi bilan nishonlanadi, bilim va bilimli insonlar haqiqiy milliy boylik sifatida qadrlanadi. Hozirgi vaqtda faol aqliy faoliyat qobiliyatini shakllantirish vazifasi birinchi o`ringa chiqadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy tarbiyasi sohasidagi yetakchi mutaxassislardan biri N.N. Poddyakov to`g`ri ta`kidlaydiki, hozirgi bosqichda bolalarga an`anaviy aqliy ta`lim tizimida bo`lgani kabi, to`liq bilimga intilmasdan, haqiqatni bilish kalitini berish kerak. Bola shaxsining har tomonlama rivojlanishi axloqiy, aqliy, estetik va jismoniy tarbiyaning birligi bilan ta`minlanadi. Aqliy ta`lim nafaqat bilim va aqliy faoliyat usullarini o`zlashtirish, balki bola shaxsining ma`lum fazilatlarini shakllantirish vazifasini ham bajaradi. Aqliy rivojlanish – bu fikrlash jarayonlarida yoshga qarab va atrof – muhit ta`sirida sodir bo`ladigan sifat va miqdor o`zgarishlar majmuidir.

Dildora Ravshanova, Iroda Qarshiyeva

129-132

2025-02-24

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI SO‘Z MA’NOSI USTIDA ISHLASH ORQALI AQLIY FAOLIYAT USULLARIGA O‘RGATISH YO‘LLARI

Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida  o‘quvchilarini aqliy faoliyat usullariga o‘rgatishning metodik shartlari quyidagicha:

Ismoilova Malika Erkin Qizi

58-60

2022-10-10

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TASVIRIY FAOLIYATGA O’RGATISH ORQALI TEVARAK-ATROFDAGI BORLIQNI TASAVVUR QILISHGA YORDAM BERISH USULLARI

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat turlari, ularning mazmuni, tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik tarbiya turlarini rivojlantirish, irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar haqida tushuncha, ko’rsatib berilgan.

Xafizova Umida Abralovna

142-144

2023-12-16

"STRESS, UYQU VA TURMUSH TARZINING XOTIRAGA TA’SIRI"

Ushbu maqolada xotira va uning samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Xotiraning zaiflashishi va buzilishi nafaqat kasalliklar, balki stress, noto‘g‘ri uyqu tartibi, zararli odatlar va turmush tarziga bog‘liq ekanligi yoritilgan. Shuningdek, maqolada xotira buzilishlariga sabab bo‘luvchi asosiy omillar, jumladan, miya patologiyalari, gipoksik holatlar, ruhiy buzilishlar, zararli odatlar va stressli vaziyatlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqolada xotirani yaxshilashning tabiiy usullari, jumladan, uyqu gigienasini saqlash, jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish va aqliy mashg‘ulotlar muhimligi ta’kidlangan. Xotira buzilishlarini oldini olish va samaradorligini oshirish uchun muntazam intellektual faoliyat bilan shug‘ullanish, stress omillarini kamaytirish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish tavsiya etiladi. Maqola xotiraning salomatlik va kundalik hayotdagi ahamiyatini tushunishga, uni yaxshilash yo‘llarini ko‘rsatishga qaratilgan.

Norqulova Y.R., Akramova Sh.R.

49-60

2025-04-28

MUSIQA FANING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Ushbu maqolada musiqa fanining pedagogik ahamiyati keng ko‘lamda tahlil qilinadi. Musiqa ta’limining o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, hissiy va aqliy rivojlanishini ta’minlash, ijtimoiy ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi roli yoritiladi. Maqolada musiqa orqali o‘quvchilarning tafakkur, diqqat, eslash kabi kognitiv jarayonlari rivojlantirilishi, shuningdek, o‘zini ifoda etish va madaniy merosga hurmat tuyg‘usining shakllanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Musiqa fanining maktab va oliy ta’limdagi o‘rni, uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi samaradorligini oshirish yo‘llari ham tahlil qilinadi. Ushbu ish pedagoglar, musiqa o‘qituvchilari va ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

Shahobiddinova Zilola Orif qizi

89-91

2025-09-15

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TURLI XIL RASM CHIZISH TEXNIKASI ORQALI IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu ilmiy maqolada tasviriy faoliyat orqali bolada dunyoni tushunish va estetik idrok etish bilimlarini rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biri bo‘lib u bolaning mustaqil, amaliy va ijodiy faoliyati bilan bog'liqligini o‘rganadi. Shuningdek, maqolada bolalarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda noan'anaviy tasvir faoliyat texnikasi kognitiv faolligini rivojlantirishga, aqliy jarayonlarni tuzatishga yordam berishi haqida so‘z boradi.

Fozilova Odina Nabiyevna, To‘ychiyeva Shoxidaxon Qaxramon qizi

154-157

2024-05-24

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KOMPOZITSION FAOLIYAT DARS MASHG‘ULOTLARI METODIKASINING USLUBIY JIHATLARI

Mazkur maqolada kompozitsion faoliyat dars mashg‘ulotlari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasviriy badiiy-ijodiy qobiliyatni, o‘z fikr va taassurotlarini ishlayotgan rasmlarida obrazli qilib tasvirlash malakalarini rivojlantirish uslublari hamda sohaga oid kerakli tavsiyalar bayon etilgan.

Buronov Rauf Burxon o‘g‘li

12-15

2023-12-15

INSON HAYOT FAOLIYATIDAGI XAVFLAR VA ULARDAN HIMOYALANISH

Mazkur maqolada inson hayot faoliyati uchun tashqi muhitda bo'ladigan o'zgarishlar, hayot faoliyati, hayot faoliyati xavfsizligi, hayot faoliyati xavfsizligida insonning hayotida sodir bo‘ladigan turli shakldagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish yo‘llar, aqliy mehnat shaklining bir necha turlari haqida batafsil bayon qilingan.

Turdiyeva Gavhar

53-55

2023-04-04

MUSIQA NAZARIYASI DARSLARIDA O'QUVCHILARINING MUSIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH

Tafakkur - bu insonning amaliy faoliyati asosida hissiy bilimlardan kelib chiqqan voqelikni umumlashtirilgan aks ettirish jarayoni. Musiqa bolani va aqliy jihatdan rivojlantiradi. Kognitiv ahamiyatga ega bo'lgan musiqa haqida turli xil ma'lumotlarga qo'shimcha ravishda, u haqida suhbat hissiy-majoziy tarkibning xususiyatlarini o'z ichiga oladi. Bolalar lug'ati musiqada yetkazilgan kayfiyat, his-tuyg'ularni tavsiflovchi majoziy so'zlar va iboralar bilan boyitilgan. Musiqiy faoliyat aqliy jarayonlarni o'z ichiga oladi: taqqoslash, tahlil qilish, yodlash va shu bilan nafaqat musiqiy, balki bolaning umumiy rivojlanishiga ham hissa qo'shadi.

Adinayeva Shoira Abdulaxatovna

117-119

2024-06-17

BOLALARNING AQLIY VA EMOTSIONAL RIVOJLANISHIGA IJTIMOIY TA’SIRLAR

Ushbu maqola maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda uchrab turadigan aqliy hamda emotsional rivojlanishida ro’y beradigan bir qancha ijtimoiy ta’sirlar ostida yuzaga keladigan muommolar va ularning yechimi haqida so’z yuritilgan.

Dilbar Odilova

209-211

2025-02-20

ILK O‘SPIRINLIK VA YOSHLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada ilk o‘spirinlik va yoshlik davrida kuzatiladigan psixik rivojlanishning asosiy xususiyatlari yoritilgan. Unda bu davrda yoshlarning shaxsiy o‘ziga xosligi, ijtimoiylashuvi, emotsional holati va aqliy faoliyatidagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, yoshga xos psixologik muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda ota-onalar va pedagoglarning bu jarayondagi roli haqida fikr yuritiladi. Maqola psixologiya sohasidagi mutaxassislar, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Xushmurodova Marhabo Sur’at qizi, Akberdiyeva Almira Akmal qizi, Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li

133-135

2025-05-31

SUN’IY INTELLEKTNING INSONNING AQLIY FAOLIYATIGA SALBIY TA’SIRLARI

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi inson aqliy faoliyatiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Mustaqil fikrlash, yodlash, e’tibor va ijodkorlik kabi psixologik-mental faoliyat shakllari SIga haddan ziyod bog‘liqlik natijasida pasayishi mumkinligi muhokama qilinadi. Shuningdek, muammoning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ham beriladi.

Allaniyazov Xurshid Maxsetovich

55-57

2025-04-26

BOSHLANG’İCH TA’LİM YOSHİDAGİ BOLALARNİ TABİAT BİLAN TANİSHTİRİSH JARAYONİDA DALİLLİ ASOSLASH KO‘NİKMASİNİ SHAKLLANTİRİSH YO‘LLARİ, METODLARİ.

Qadimgi Yunon tilidan “metod” so‘zi tadqiq qilish yoki bilish yo‘lini bildiradi. Falsafa fanida  metod - maqsadga erishish usuli, muayyan ravishda tartibga solingan faoliyat sifatida ko‘riladi. Pedagogik adabiyotlarda mazkur tushunchaga ta’rif berishda turli yondashuvlar mavjud. Masalan, “Ta’lim metodlari – ta’lim mazmunini o‘zlashtirishni, aqliy kuchlar va qobiliyatlarni rivojlantirishni, o‘ziga o‘zi ta’lim berish va o‘zini o‘zi o‘qitish vositalarini egalashni ta’minlovchi pedagoglar va bolalarning izchil, o‘zaro bog‘liq harakatlari tizimidir” deb ta’rif berilgan.

Turayev Yolqin Sherzod o‘g‘li

53-55

2023-01-25

AXBOROT TALIMI SHAROYITIDA BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH VA SAVODGA O‘RGATISH TEXNOLOGIYALARI

Bolalar nutqini ostirish nazariyasi va texnologiyalar moduli shaxsda nutqiy ta’lim jarayonida maktabgacha ta’lim-pedagogikasi kasbiga doir bilim, ko‘nikma, malakalarni, ulardagi majvud tushuncha, tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta’lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Bolalar maktabgacha ta’limda aniq bilimlarnigina emas,  fikrlash ko‘nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta,  ona tilida nutq o‘stirishning o‘rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o‘zaro  aloqa vositasi bo‘lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo‘lib, jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar tilda o‘z aksini topadi.

Pardayeva K.T.

79-83

2024-11-29

INGLIZ TILINI O’QITISHDA INTERAKTIV USULLAR

Mazkur maqolada ingliz tili fanini o‘qitishda yangi pedagogik metodlar, xususan, interaktiv metodlardan foydalanish va o‘quvchilarda bu tilni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish omillarining ilmiy-nazariy asoslari yuzasidan olim va pedagoglarning fikr mulohazalari, ilmiy qarashlari tahlil qilingan va ularga subyektiv munosabat bildirilgan.

Baxadirova Laylo Fazlitdinovna

8-12

2024-08-12

BOSHLANG’ICH SINFLARDA MASALALAR YECHISHGA INNOVATSION YONDASHUV

Boshlang’ich sinflarda harakatga doir masalalarni yangi va zamonaviy interfaol metodlar orqali tushuntirish va buning natijasida o’quvchilarda bo’ladigan ijobiy aqliy o’zgarishlar to’g’risida fikr yuritilgan.

Alijonova Sarvinoz

806-811

2022-05-10

TEXNOLOGIYA FANINI O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI

Ushbu maqolada texnologiya fanining vazifalari va o’qitish usullari haqida fikr yuritilgan . Undan tashqari ushbu fandan ko’zlangan maqsad hamda o’quvchi yoshlarga fanning tasiri haqida so’z ketadi . Bu fanni o’rganish davomida o’quvchi yoshlari hayotida sodir bo’lajak har qanday tasodifiy  hodisalarga  tayyorlov ko’zda tutilgan .

Qilicheva Muqaddas Arziqulovna , Abdullayeva Nafosat Raxmatovna

14-16

2023-01-09

“INTELLEKTUAL MULK TIZIMIDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI”

Ushbu maqolada intellektual mulk tizimida sun’iy intellektning o‘rni va uning ta’siri tahlil qilinadi. Intellektual mulk inson tafakkuri natijasida yaratilgan aqliy faoliyat mahsulotlarini huquqiy himoya qilish tizimi bo‘lib, patentlar, mualliflik huquqlari, tovar belgilari, sanoat namunasi va tijorat sirlari kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi. Sun’iy intellekt bu jarayonlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ixtirolarni yaratish, patentlash jarayonini tezlashtirish va mualliflik huquqlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqotda sun’iy intellektning patent hujjatlarini tahlil qilish, o‘xshashliklarni aniqlash, patentga layoqatlilik darajasini baholash hamda huquq buzilish holatlarini oldindan aniqlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, tovar belgilari  va mualliflik huquqlari sohasida sun’iy intellektning o‘rni, plagiat va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishdagi imkoniyatlari ochib bermoqda. Xalqaro tajriba asosida Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Xitoyda sun’iy intellektga oid qonunchilik tahlil qilinib, bu boradagi huquqiy noaniqliklar ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektning intellektual mulkni himoya qilish tizimidagi ahamiyatini ochib beradi va ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirish zaruriyatini asoslantiradi.

Abdujabborov Faryozbek Baxodirjon o‘g‘li

144-147

2025-03-26

ONG KONSPESIYASINING FALSAFIY ILDIZLARNING G’ARB AN’ANALARI DOIRASIDA RIVOJLANISH TARIXI

Ushbu ilmiy maqolada ong tushunchasining G‘arb falsafasidagi rivojlanish tarixi va uning falsafiy ildizlari kеngaytirilgan tarzda tahlil qilinadi. Maqola, ongni tushunish va izohlash jarayonidagi turli falsafiy maktablarning, xususan, Antik yunon falsafasidan boshlab, o‘rta asrlar, Yangi davr falsafasi, idеalizm va fеnomеnologiya kabi yo‘nalishlarning tarixiy o‘zgarishlarini ko‘rib chiqadi. Ong tushunchasining o‘zgarishi, uning aqliy faoliyat va ruhiyning shakllanishi, sub’еktiv tajriba, shuningdеk, ruh va tana o‘rtasidagi munosabatlar masalalari yoritiladi. Rеnе Dеkartning dualizm konsеpsiyasi, Hеgеl va Kantning idеalistik yondoshuvlari, Еdmund Hussеrlning fеnomеnologik mеtodologiyasi, shuningdеk, XX asrda nеvrofalsafa va kognitiv ilm-fanning rivojlanishi kabi zamonaviy yondoshuvlar ko‘rsatiladi. Ongning bugungi kunda ilmiy va falsafiy doiralarda qanday shakllanganligi, uning nеyrofiziologik asoslari, sun’iy ong va kognitiv jarayonlar tahlili ma’lumoti bеriladi. Maqola G‘arb falsafasida ong tushunchasining ilmiy, falsafiy va ijtimoiy o‘rni, uning rivojlanishidagi asosiy tamoyillarni ko‘rsatib bеradi.

Madinabonu Azimova

54-57

2025-04-11

TO‘G‘RI OVQATLANISH SALOMATLIK GAROVI

Ovqatlanish har bir tirik mavjudotning doimiy ehtiyoji bo‘lib, uning hayot kechirish bilan bog‘liq barcha hatti-harakatlari, jismoniy va aqliy mehnat qilishi hamda barcha tizim va a’zolarining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur energiya (quvvat) faqat oziq-ovqat mahsulotlari bilan qabul qilinadi. Bundan tashqari, to‘qima va hujayralarning doimiy yangilanib turishi, yosh organizmlarda esa yana o‘sish va rivojlanish uchun kerak bo‘lgan qurilish yoki plastik material ham ovqatlanish bilan vujudga kiradi. Masalaning yana bir tomoni shundan iboratki, iste’mol qilinadigan taomlar ayni olingan organizm uchun me’yoridan kam bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lsa ham tegishli holdagi xastaliklarni keltirib chiqaradi.

Ulug‘bekova Feruza Raxmatovna, Qosimov Sardorbek Boxodirjon o‘g‘li

50-52

2025-05-19

MUJASSAM NUQSONLI BOLALAR

Ushbu maqola Mujassam nuqsonli bolalar, jamiyatdagi ahamiyati va roli haqida fikr-mulohaza yuritadi. Shuningdek, Nuqsonli bolalar bilan ishlash haqida nazariy ma’lumotlar beradi. Mazkur maqoladan pedagogika sohasida faoliyat yurituvchi mutaxasislar, bu sohada tahsil olayotgan talaba va magistrlar hamda mustaqil tatqiqotchilar foydalanishlari mumkim.

Sug’diyonaxon Almatova

97-101

2025-02-28

BIOLOGIYA DARSLARINI O'QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida biologiya fanini o‘qitishda innovatsion mеtodlardan foydalanishning ahamiyati, imkoniyatlari va amaliy natijalari yoritilgan. An’anaviy ta’lim uslublaridan farqli ravishda, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar, axborot-kommunikatsiya vositalari va intеraktiv mеtodlar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mustaqil fikrlash, kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada konstruktiv yondashuv, klastеr, aqliy hujum, loyihaviy ishlar, STЕAM-ta’lim kabi innovatsion mеtodlar orqali biologik tushunchalarni chuqur o‘zlashtirishga еrishish yo‘llari misollar asosida tahlil еtilgan. Shu bilan birga, biologiya darslarini tashkil еtishda raqamli tеxnologiyalar – intеraktiv doskalar, еlеktron darsliklar va simulyatsiyalardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar ham kеltirilgan. Tadqiqot natijalari innovatsion mеtodlar o‘quvchilarning faolligini oshirishi, bilimlarini mustahkamlashi va fanga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishda samarali vosita еkanligini ko‘rsatadi.

Yusupova Gulmira

8-10

2025-05-10

BOLALAR INTELLEKTINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Katta yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishi kognitiv jarayonlar majmuasi bilan belgilanadi: diqqat, idrok, fikrlash, xotira, tasavvur. Katta maktabgacha yoshda bola boshlang'ich maktab yoshidagi etakchi faoliyatga - ta'limga tayyorlanishi kerak. Bunda aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish va bolalarda tegishli ko'nikmalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishi faqat uning uchun tabiiy, eng jozibali faoliyat shaklida - o'yinda amalga oshirilishi mumkin. O'yin g'oyasiga berilib ketgan bola, buni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelsa ham, "o'rganayotganini" sezmaydi.

Zulayxo Islom qizi Ismoilova

189-192

2022-03-26

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR RAVON NUTQNI RIVOJLANTIRISH.

Maktabgacha ta‘limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta‘lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Bolalar maktabgacha ta‘limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko‘nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o‘stirish fanining o‘rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi.

Nusratova Hamida Cho‘liboyevna, Abduvaxobova Feruza Baxtiyorovnа

40-43

2025-04-07

PEDAGOGIK TRENING BO‘LAJAK BOSHLANGʻICH TAʼLIM O‘QITUVCHILARINING TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH

Mazkur tezisda talabalarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan professional yo'naltirilgan pedagogik treningning ahamiyati ko'rib chiqiladi. Shuningdek, bo'lajak boshlang'ich ta’lim o'qituvchilarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish o'quv dasturining qisqacha mazmunini yoritib beriladi.

Sobirova Aziza Farxodovna

38-41

2024-04-24

1 - 25 из 28 результатов 1 2 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy