Mazkur maqolada badiiy matnning mazmunli tarkibi bo`lgan badiiy dialoglar haqida so`z yuritiladi. Badiiy dialogik nutq va jonli dialogik nutqning farqli xususiyatlari to`g`risida fikrlar bayon etilgan. Dialoglar badiiy matnda qahramonlarning o‘zaro fikr almashish jarayonigina emas, balki qahramonlar dunyoqarashini aks ettiruvchi, kitobxonda ularga nisbatan salbiy yoki ijobiy fikrni uyg`otuvchi, muallif niyatini ro‘yobga chiqaruvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa sifatida tadqiq qilingan.
2024-04-16