Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

KIMYO DARSLARIDA DIFFERENSIAL YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISHNING METODIK ASOSLARI

Mazkur maqolada kimyo darslarida differensial yondashuvni amalga oshirishning nazariy asoslari, amaliy yo‘llari va metodik tavsiyalari yoritilgan. Differensial yondashuv har bir o‘quvchining individual imkoniyatlarini, bilim darajasini va qiziqishlarini hisobga olib, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi. Maqolada guruhlash asosida ishni tashkil etish, individual o‘quv rejalarini ishlab chiqish, interfaol metodlardan foydalanish, moslashtirilgan didaktik materiallar va differensial baholash tizimining afzalliklari keng tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy tajribalar misolida differensial yondashuvning samaradorligi yoritilgan va o‘qituvchilarga amaliy tavsiyalar berilgan.

Sultanova Shohsanam

155-157

2025-06-13

DIFFERENSIAL TENGLAMALARNING IQTISODIYOTDAGI ROLI (ADABIYOTLAR SHARHI)

Ushbu ilmiy maqola "Differensial tenglamalarning iqtisodiyotdagi roli" mavzusida yozilgan bo'lib, differensial tenglamalarning iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishdagi ahamiyatini o'rganadi. Maqolada differensial tenglamalar yordamida ishlab chiqarish, talab va taklif o'zgarishlari kabi dinamik iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlil qilinadi. Maqola Harrod-Domar va Solow o'sish modellari kabi dinamik iqtisodiy modellarni ko'rib chiqadi hamda iqtisodiy tahlil va prognozlashda differensial tenglamalarning qo'llanilishini ta'kidlaydi. Shuningdek, mavjud tadqiqotlar orqali differensial tenglamalarning iqtisodiyotdagi roli va ularning samaradorligi haqida ma'lumotlar keltiriladi.

Mirxodjayeva Najibaxon Shaxsuvarovna

125-129

2025-05-14

DIFFERENSIAL TENGLAMALARNING IQTISODIYOTDAGI ROLI (ADABIYOTLAR SHARHI)

Ushbu ilmiy maqola "Differensial tenglamalarning iqtisodiyotdagi roli" mavzusida yozilgan bo'lib, differensial tenglamalarning iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishdagi ahamiyatini o'rganadi. Maqolada differensial tenglamalar yordamida ishlab chiqarish, talab va taklif o'zgarishlari kabi dinamik iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlil qilinadi. Maqola Harrod-Domar va Solow o'sish modellari kabi dinamik iqtisodiy modellarni ko'rib chiqadi hamda iqtisodiy tahlil va prognozlashda differensial tenglamalarning qo'llanilishini ta'kidlaydi. Shuningdek, mavjud tadqiqotlar orqali differensial tenglamalarning iqtisodiyotdagi roli va ularning samaradorligi haqida ma'lumotlar keltiriladi.

Ushbu maqola iqtisodiy tadqiqotlar va amaliyotlar uchun muhim manba ekanligini va kelajakda bu sohada yanada chuqur tadqiqotlar o'tkazilishi zarurligini ko'rsatadi.

Najibaxon Mirxodjayeva

84-87

2025-05-14

MAGNITLOVCHI CHULG‘AMLARI BO‘YLAMA TARQOQ JOYLASHGAN DIFFERENSIAL MAGNIT ZANJIRLARINING MATEMATIK MODELLARI

Ushbu maqolada siljishlarni o‘lchashga mo‘ljallangan sezgirligi butun o‘lchash diapazonida yuqori va mo‘tadil hamda statik xarakteristikasi chiziqli bo‘lgan magnit zanjirlari oddiy va maxsus strukturaga ega bo‘lgan ikkita differensial transformator datchigining nochiziq magnit zanjirlari tadqiq etilgan. Oddiy va maxsus strukturaga ega bo‘lgan nochiziq differensial magnit zanjirlarida ishchi magnit oqimining zanjir uzunligi bo‘ylab chiziqli taqsimlanishini ta’minlash uchun magnit o‘tkazgich uzunligi bo‘ylab ko‘ndalang tarqoq holda o‘ralgan qo‘zg‘atish chulg‘amlari magnit yurituvchi kuch(MYuK)larini zanjir uzunligi bo‘ylab o‘zgarish qonuniyatining ifodasi shu strukturadagi chiziqli magnit zanjiri magnit MYuKning qiymatining zanjir uzunligi bo‘ylab o‘zgarish qonuniyati ifodasidan magnit zanjiridagi nochiziqlikni ifodalovchi koeffitsientlar hisobiga farq qilishi aniqlangan.

Amirov Sulton Fayzullaevich, Sharapov Shuxrat Azamatovich, Sattorov Toshpo‘lot Ahmad o‘g‘li

129-137

2023-02-13

BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA DIFFERENSIAL BAHOLASHNING IMKONIYATLARI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf darslarida differensial baholashning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Differensial baholashning mazmuni, asosiy tamoyillari va baholash mezonlari yoritilgan. Shuningdek, differensial baholashni o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos ravishda tashkil etish usullari, o‘qituvchining baholash jarayonidagi roli, zamonaviy baholash vositalari va baholashda individual yondashuvning afzalliklari batafsil ko‘rib chiqilgan. Maqolada ilg‘or tajribalar va amaliy misollar asosida baholash jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham berilgan. Tadqiqot natijalari differensial baholash boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilim olishga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani oshirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.

Bekbo‘sinova Laylo Xayrulla qizi

61-63

2025-06-16

SOBOLEV SINFIDA YUQORI TARTIBLI KASR HOSILALI DIFFERENSIAL TENGLAMALAR UCHUN BOSHLANG’ICH-CHEGARAVIY MASALA

Kasr tartibli tenglamalarning fizik, texnik va biologik jarayonlarga tadbiqi katta boʻlgani uchun butun dunyo olimlari tomonidan kasr tartibli hosila qatnashgan yuqori tartibli tenglamalarni oʻrganishga boʻlgan qiziqish ortib bormoqda. Bugungi kunda kasr tartibli hosila qatnashgan yuqori tartibli aralash tipdagi tenglamalar uchun boshlang’ich chegaraviy masalalarni oʻrganish va yechish dolzarb masalaga aylandi. Ushbu ishida Miller-Ross ma’nosidagi kasr tartibli hosila qatnashgan ayrim xususiy hosilali differensial tenglama uchun silindrik sohadagi boshlang’ich – chegaraviy masala va Sobolev sinfida yuqori tartibli kasr hosilali differensial tenglama uchun boshlang’ich – chegaraviy masalalar oʻrganilgan. Sferik funksiyalar bizga matematik fizika masalalarining yechimlarini soddaroq, oson va tezroq topishga imkon yaratadigan usuldir. Bu funksiyalar orqali bir muncha murakkab boʻlgan masalalarni ham osongina yechimini topish mumkin.

Gulayim Daniyarova

7-12

2025-08-21

DIFFERENSIAL TA’LIM STRATEGIYALARI: MAHSULOT, JARAYON VA MATERIAL ASOSIDA O’QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada differensial ta’lim strategiyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi o’rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, mahsulot, jarayon va material asosida o’qitishni takomillashtirish mexanizmlari yoritilgan. Differensial yondashuv o’quvchilarning individual imkoniyatlari, qiziqishlari va bilish sur’atlarini hisobga olish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ilmiy asosda isbotlanadi. Maqolada ta’lim jarayonida o’quv materialini tanlash, uni o’zlashtirish jarayonini moslashtirish va natijaviy mahsulotni baholashning innovatsion usullari ko’rsatib beriladi. Shuningdek, mahalliy va xorijiy tajribalar taqqoslanib, ta’lim jarayonida differensial strategiyalardan foydalanishning afzalliklari, mavjud muammolari va istiqbollari tahlil etiladi.

Zebeniso Xasanova

77-81

2025-08-31

MUSIQA FANLARIDA DIFFERENSIAL YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISHNING METODIK ASOSLARI

Mazkur maqolada musiqa ta’limida differensial yondashuvni amalga oshirishning metodik asoslari yoritilgan. Unda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularning musiqiy salohiyatini ochish, qiziqishlari va tayyorgarlik darajasiga moslashtirilgan o‘qitish metodlari tavsiflangan. Shuningdek, differensial yondashuvning zamonaviy musiqiy ta’limdagi o‘rni, pedagogik samaradorligi va musiqiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi metodik vositalar tahlil qilingan. Maqolada musiqiy nazariy fanlar, ijrochilik va eshituv madaniyatini rivojlantirish jarayonida differensial yondashuvni qo‘llash mexanizmlari ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan.

Davletov Mayliboy Yusupovich

42-46

2025-04-21

BIRINCHI TARTIBLI CHIZIQLI DIFFERENSIAL TENGLAMALAR. BERNULLI DIFFERENSIAL TENGLAMASI

Birinchi tartibli chiziqli differensial tenglama va ularni yechish yo'lini keltiring chiqariladi.Differensial tenglamada Bernulli differensial tenglamalarini va ularga o'zgartiruvchi kiritish bilan ko'rinishini o'zgartirib chiziqli tenglamaga keltiriladi va uni chiziqli tenglamasi yechiladi

Hojiakbar Ahmadzoda Aminov

34-36

2022-03-17

KO‘P O‘ZGARUVCHILI FUNKSIYALARNI DIFFERENSIALLASH

Ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalarni differensiallash matematik analizning muhim bo‘limlaridan biri bo‘lib, ko‘p o‘zgaruvchili argumentli funksiyalarning o‘zgarish tezligini va lokal xususiyatlarini o‘rganishga xizmat qiladi. Ushbu mavzuda qisman hosilalar, gradient, differensial va ularning geometrik hamda fizik talqinlari tahlil qilinadi. Shuningdek, differensiallashning zanjir qoidasi, yo‘nalishli hosila va to‘la differensial tushunchalari kiritilib, ularning amaliy masalalarni yechishda qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Bu bilimlar matematik modellashtirish, optimallashtirish, fizik jarayonlarni tahlil qilish va muhandislik hisoblarida muhim ahamiyatga ega.

Ismailov Asqar Jaxangirovich

90-91

2025-08-13

MUSIQA PEDAGOGIKASIDA DIFFERENSIAL YONDASHUVLARNING NAZARIY ASOSLARI

Mazkur maqolada musiqa pedagogikasida differensial yondashuvlarning nazariy asoslari tahlil qilingan. Differensial yondashuv o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, musiqiy tafakkur darajasi hamda estetik ehtiyojlarini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etishga qaratilgan metodik yo‘nalish sifatida yoritiladi. Unda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyalari, psixologik-pedagogik tamoyillar hamda musiqiy tarbiya jarayonida individuallashtirishning ilmiy asoslari o‘rganilgan.

Allayarova Nargiza Narimanovna

79-83

2025-09-15

TA’LIMDA DIFFERENSIAL YONDASHUVLAR, TALABALAR EHTIYOJLARIGA MOSLASHTIRILGAN O‘QITISH USULLARI

Ushbu maqolada ta'lim jarayonida differensial yondashuvlar va ularning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Differensial yondashuvlar orqali har bir talabaning bilim darajasi, qobiliyati va qiziqishlariga mos o'quv usullari ishlab chiqiladi. Maqolada talabalarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘qitishning afzalliklari, o‘quv materiallarini moslashtirish, mustaqil o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish va individual yondashuvning ta'lim sifatini oshirishga qanday hissa qo‘shishi batafsil yoritilgan.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Fayzullayeva Dilnura Husan qizi

9-13

2024-11-06

INKLYUZIV SINFLARDA DARSLARNI REJALASHTIRISHDA DIFFERENSIAL YONDASHUV

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tizimida darslarni rejalashtirishda differensial yondashuvning o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil etilgan. Muallif har xil o‘quv ehtiyojlari va individual imkoniyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchining metodik yondashuvi qanday shakllanishi kerakligini ko‘rsatadi. Dars rejalashtirishda o‘quvchilarning psixologik, kognitiv va ijtimoiy xususiyatlari inobatga olingan holda, samarali ta’limni tashkil etish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasidan misollar keltirilib, differensial yondashuvning pedagogik jarayondagi afzalliklari ochib beriladi. Maqolada o‘qituvchining roli, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, monitoring tizimi va baholash metodlari asosida dars mazmunining moslashtirilishi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.

Bekbo‘sinova Laylo Xayrulla qizi

47-49

2025-06-16

DIFFERENSIAL VA INDIVIDUAL YONDASHUVLAR ASOSIDA INGLIZ TILINI O‘QITISH

Mazkur tezisda ingliz tilini o‘qitishda differensial va individual yondashuvlardan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Har bir o‘quvchining o‘ziga xos qobiliyatlari, bilim darajasi, o‘rganish uslubi va psixologik xususiyatlariga asoslangan holda ta’lim jarayonini tashkil etish zamonaviy pedagogik yondashuvlardan biri sifatida qaraladi. Tezisda differensial va individual yondashuvlarning ta’lim jarayonidagi samaradorligi, o‘quvchilarning ingliz tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishdagi roli, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi haqida so‘z boradi.

Nodir Xakimxodjayev

93-96

2025-03-17

DIFFERENSIAL TENGLAMALARNI KIMYO FANIGA TADBIQI

Ushu maqolada Biz ba'zi kimyoviy moddalar uchun aniq analitik echimlarni ko'rsatamiz. Differensial aylantirish usuli yordamida muammolarni izlash mumkin. Aslida hisoblash jarayonida, differensial konvertatsiyaga asoslangan holda, asl farq- entsial tenglamalar birinchi navbatda bir qator algebraik tenglamalarga aylantiriladi, ular bo'lishi mumkin ramziy hisoblash dasturi orqali, keyin esa differentsial yordamida osonlikcha hal qilinadi teskari konvertatsiya bularning aniq analitik echimlarini to'g'ri izlashi mumkin.

Xasanova Dildora Oʻktam qizi

75-77

2022-05-10

MATEMATIK ANALIZNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI

Ushbu tezisda matematik analizning zamonaviy muammolari ko'rib chiqiladi. Matematik analiz, ayniqsa, uning zamonaviy rivojlanishida, sezilarli darajada kengayib, yangi sohalarga kirib bormoqda. Muammoning asosiy qismlari sifatida funktsiyalarni tadqiq qilish, limit, differensial va integral hisoblarining amaliy qo'llanilishi, shuningdek, matematik analizning operatsion va fazoviy yondashuvlari o'rganiladi.

Madadjon O‘ktamov , Ravshan Toshmuhammedov

16-19

2025-03-10

UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA DIFFERENSIAL YONDASHUVNING UCH ASOSIY TURI VA ULARNING AMALIY TATBIQI

Mazkur tezisda umumiy o‘rta ta’limda differensial yondashuvning uch asosiy turi — mahsulot, jarayon va material asosida tabaqalashtirish — nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Har bir yondashuv o‘quvchilarning individual qobiliyatlari va bilish sur’atlarini inobatga olgan holda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi yoritiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida ushbu strategiyalardan foydalanishning afzalliklari va ularni tatbiq etishda uchraydigan muammolar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Xasanova Zebeniso Sa’dullayevna

82-84

2025-08-31

IKKINCHI TARTIBLI DIFFERENSIAL TENGLAMALAR VA ULARNI YECHISHNING O’ZGARMASNI VARIATSIYALASH USULI. OSTROGRADSKIY-LIUVILL FORMULASI

Ushbu maqola orqali yuqori darajali tenglamalarning yechilish usullari bilan tanishasiz. Hamda asosan Ikkinchi tartibli differensial tenglamalar va ularni yehishning ozgarmasni variatsiyalash usuli bilan to'liq tanishasiz. Ostrogradskiy-Liuvill formulasi bilan ishlashni ham ko‘rib chiqiladi.

Abrorbek Toxirov, Malika G‘aniyeva , Zulxumor Alijonova

29-34

2025-02-24

HARBIY MASALALARNI DIFFERENSIAL TENGLAMALAR ORQALI YECHISH

Ushbu maqola harbiy masalalarni differensial tenglamalar orqali yechishga qaratilgan bo‘lib, snaryadning harakati bo‘yicha ikki xil shart asosidagi masalalar qarab chiqilgan.

Israilov M.

18-22

2025-10-11

ZAMONAVIY TAʼLIMDA DIFFERENSIAL TAʼLIMNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada differensal ta’limning mazmuni va  zamonaviy ta’limdagi ahamiyati  yoritilgan.

Shodmonova Sevara Muxtor qizi

27-29

2025-08-31

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA DIFFERENSIAL YONDASHUV ASOSIDA INDIVIDUAL RIVOJLANISH TRAYEKTORIYASINI BELGILASH

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya darslarida differensial yondashuvni qo‘llash orqali o‘quvchilarning individual rivojlanish trayektoriyasini belgilashning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilinadi. O‘quvchilarning yosh, jins, jismoniy tayyorgarlik darajasi, sog‘liq holati va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini individuallashtirishning afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, individual rivojlanish trayektoriyasini rejalashtirish va monitoring qilish usullari ham bayon etiladi.

Duysenbaev Jaxangir Qonısbaevich

75-77

2025-08-18

MAXSUS EHTIYOJLI BOLALARGA CHET TILLARINI O‘RGATISH METODIKASI

Ushbu maqolada maxsus ehtiyojli bolalarga chet tillarini o‘rgatish jarayonining metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda turli toifadagi maxsus ehtiyojli bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari hisobga olingan holda, ularning individual rivojlanish darajasiga moslashtirilgan o‘quv strategiyalari va interfaol uslublar tahlil qilingan. Chet tilini o‘zlashtirish jarayonida multimodal yondashuv, differensial va inkluziv ta’lim metodlari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi ilmiy asoslab berilgan.

Matchanova Diloram Karimovna

80-86

2025-08-11

TURKIYANING BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINING O'QITILISH USULLARI

Ushbu maqolada Turkiyaning boshlang‘ich sinflarida matematika fanini o‘qitish usullari tahlil qilinib, an’anaviy va zamonaviy metodlarning uyg‘unligi, interfaol texnologiyalardan foydalanish, muammoli va differensial yondashuvlarning o‘quvchilarga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida faol ishtirok, amaliy mashg‘ulotlar va raqamli texnologiyalarning o‘rni yoritilib. Turkiya ta’lim tajribasi asosida o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan usullar va ularni boshqa mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston ta’lim tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Gùlziya Berdibaeva

76-78

2025-02-10

IKKINCHI TARTIBLI AYIRMALI TENGLAMALAR UCHUN CHEGARAVIY MASALALAR

Mazkur maqolada ikkinchi tartibli ayirmali tenglamalar asosida tuzilgan chegaraviy masalalarni yechish usullari tahlil qilinadi. Ayirmali tenglamalar differensial tenglamalarning sonli analogi bo‘lib, ularni yechishda cheklangan oraliqda funktsiyalarning qiymatlarini aniqlash mumkin. Chegaraviy masalalar bu tenglamalarning amaliy qo‘llanilishi bo‘lib, ular fizikaviy, muhandislik va boshqa texnik sohalarda keng qo‘llaniladi. Maqolada ayirmali tenglamalar, ularning turlari, chegaraviy shartlar, sonli yechimlarni topish usullari va algoritmlari bayon etiladi.

To‘rayev Jo‘rabek Nurbek o‘g‘li

45-48

2025-05-27

“ANIQ FANLARDA AYOL OLIMALARNING ILMIY IZLANISHLARI VA YUTUQLARI (BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TAJRIBASI)”

Mazkur maqolada O‘zbekiston mustaqilligi yillarida aniq fanlar – matematika, fizika va axborot texnologiyalari rivojida ayol olimalarning o‘rni va ilmiy hissasi yoritilgan. Unda differensial tenglamalar, matematik fizika, dasturlash metodikasi va axborot tizimlari sohalarida faoliyat yuritayotgan olimalarning ilmiy izlanishlari tahlil qilingan. Maqolada ayol olimalarning mustaqillik yillarida amalga oshirgan ilmiy ishlari mamlakatimizda fan taraqqiyoti va ta’lim sifatining oshishiga qo‘shgan hissasi sifatida baholangan.

Teshayeva Yulduz Hakim qizi

111-113

2025-09-29

1 - 25 из 89 результатов 1 2 3 4 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy