Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

DORIVOR O‘SIMLIKLARNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Qadimdan dorivor o‘simliklardan insonlar salomatligini   saqlashda foydalanib kelishgan. Shifobaxsh o‘simliklar kasalliklarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi va ularni targ‘ib qilish va foydalanish barcha mavjud profilaktika strategiyalariga mos keladi. Kasalliklarni davolashda o‘simlik dori vositalarini tadqiq qilish va ulardan foydalanish kundan-kunga ortib bormoqda. Dorivor o‘simliklar tabiiy birikmalar mavjudligi sababli dorivor xususiyatlarga ega molekulalarning asosiy manbai hisoblanadi. Dorivor o‘simliklar inson kasalliklarini davolash uchun foydalidir va fitokimyoviy tarkibiy qismlar mavjudligi sababli davolanishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tadqiqot o‘simliklarning dorivor maqsadlarida foydalanish bo‘yicha bilimlarga va ularning shifobaxsh xususiyatlarini, shuningdek, dorivor o‘simliklarning aholi salomatligi uchun muhim bo‘lgan kasalliklarga qarshi kurashdagi roli, hissasi va foydaliligini tasdiqlash uchun ilmiy tadqiqotlarga qaratilgan.

Botirova F.T., Yaqubov T.B.

230-235

2024-05-20

O’ZBEKISTONDA O’SADIGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

O'zbekistonda o'sadigan dorivor o'simliklarni xalq tabobatida qo'llanilishi, inson organizmida paydo bo'lgan kasalliklarni oldini olishi hamda unlarni davolash, shuningdek, dorivor o'simlikar farmatsevtika, parfymeriya sanoatida o'rni beqiyosdir. Bundan tashqari dorivor o'simliklar, ziravor oziq-ovqat sanoatida ham o'rni sezilarli darajada beqiyosdir. Dorivor o'simliklardan farmatsevtikada foydalanish maqsadida O'zbekistonda farmatsevtika zavodlari sonini orttirish hamda kerakli dori vositakarini dorivor o'simliklarimizdan foydalangan holda o'zimiz ishlab chiqarishimiz lozim. Ushbu dorivor o'simliklardan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilish, ko'plab navlarini yaratish va orttirish maqsadida plantatsiyalar tashkil etish lozim.

Hamroeva Sarvinoz Azamat qizi

33-36

2022-06-06

QORAQALPOGʻISTON SHAROITIDA DORIVOR QASHQARBEDA (MELILOTUS OFFICINALIS (L.) PALL.) OʻSIMLIGINI INTRODUKSIYA QILISH VA DORIVOR XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISH

Ushbu maqolada dorivor Qashqarbeda (Melilotus officinalis (L.) Pall.) oʻsimligini Qoraqalpogʻiston sharoitida introduksiya qilishning ilmiy va amaliy ahamiyati tahlil qilindi. Oʻsimlikning biologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va dorivor taʼsir mexanizmlari haqida batafsil maʼlumotlar keltirildi. Jadval asosida Qashqarbedaning koʻp qirrali foydali tomonlari, jumladan qurgʻoqchilikka chidamliligi, tuproqni boyituvchi xususiyatlari hamda farmatsevtika va xalq tabobatidagi ahamiyati yoritildi. Tadqiqot natijalari Qashqarbedaning kelgusida Qoraqalpogʻiston ekologik sharoitida muhim dorivor xomashyo manbai sifatida oʻrganilishi zarurligini koʻrsatadi.

Gu'listan Eshanova

72-74

2025-08-23

DORIVOR O‘SIMLIKLARNI OCHIQ VA HIMOYALANGAN MAYDONLARDA YETISHTIRISHv

Ushbu maqola dorivor o‘simliklarni ochiq va himoyalangan maydonlarda yetishtirishning innovatsion texnologiyalari va samaradorligini o‘rganadi. Maqolada ochiq maydonlarda va himoyalangan maydonlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirishning afzalliklari, muammolari va texnologik yechimlari tahlil qilinadi. Ochiq maydonlarda iqlim sharoitlari va zararkunandalarga qarshi himoya masalalari, himoyalangan maydonlarda esa texnologik xarajatlar va samaradorlik o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari dorivor o‘simliklarni optimal sharoitlarda yetishtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

O.Abdurasulov

139-141

2024-10-14

DORIVOR O‘SIMLIK POLISAXARIDLARINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA FARMATSEVTIK AHAMIYATI

Polisaxaridlar tabiatda keng tarqalgan murakkab uglevodlar bo‘lib, ularning dorivor o‘simliklardan ajratib olingan shakllari tibbiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada polisaxaridlar saqlovchi dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, biologik faoliyati, farmakologik qo‘llanilishi va amaliy ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqot davomida xalqaro ilmiy manbalar, klinik sinov natijalari va farmatsevtik qo‘llanilish sohalari tahlil qilindi. Natijalar polisaxaridlarning immun tizimini faollashtiruvchi, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va adaptogen xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Dorivor o‘simlik polisaxaridlari farmatsevtika sanoatida yangi preparatlar yaratishda istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.

Usmonjonova Ozoda Komiljon qizi

24-26

2025-10-20

ВЫРАЩИВАНИЕ ЛЕКАРСТВЕННЫХ РАСТЕНИЙ В ТАШКЕНТСКОЙ ОБЛАСТИ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ЛЕКАРСТВЕННЫХ СВОЙСТВ

В Республике Узбекистан изучению биоразнообразия придается большое значение. В последние годы в нашей стране большое значение придается развитию лекарственных и пряных растений, особенно эффективному и продуктивному использованию природных ресурсов. В частности, Постановление Президента Республики Узбекистан № PQ-4670 от 10 апреля 2020 года «О мерах по охране дикорастущих лекарственных растений, выращиванию, переработке и рациональному использованию имеющихся ресурсов» создало правовую основу для радикального развитие отрасли. В результате реализации задач данного решения на территории Ташкентской области увеличилось количество фермеров и предпринимателей, которые занимаются не только сбором лекарственных растений в дикой природе, но и выращиванием их плантационным методом и организацией их переработки. значительно увеличивается.

Gavhar Xolova

83-86

2024-10-31

BUXORODА OZIQ-OVQАT SIFАTIDА ISHLАTILАDIGАN BА’ZI DORIVOR OʼSIMLIKLАR

Maqolada Buxoro viloyatining 12 tumanlari va shahrida yashovchi aholining oziq-ovqatda ishlatiladigan dorivor oʼsimliklari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar keltirildi. Bunda asosan qishloq oqsoqollari, yoshi keksa otaxonlar, uy bekalari, choʼponlar va tabiblar bilan suhbatlar uyushtirildi. Tadqiqot natijalarni qayd etish davomida dorivor oʼsimliklar toʼgʼrisidagi ilmiy adabiyotlardan ham foydalanildi. Izlanishlar davomida Buxoro viloyatida tarqalgan dorivor oʼsimliklarning mahalliy aholi tomonidan oziq – ovqat uchun istemol qilinadigan 12 turlaridan biri Portulaca oleracea–sabzavot semizoʼti toʼgʼrisidagi maʼlumotlar yoritildi.

Shukurova Sevara Ilkhomovna, Eshonkulov Аlijon Xaydarovich

146-148

2025-01-31

BUXORO VILOYATI DORIVOR O`SIMLIKLARNING EKOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

21-asrga kelib deyarli barcha kasalliklarni davolashda sun’iy ravishda tayyorlangan dori vositalaridan foydalanish bilan bir qatorda dorivor o’simliklarga bo’lgan talab ham yanada ortib bormoqda. Ushbu maqolamizda dorivor o’simliklar va ularning xususiyatlari haqida so’z boradi.

Rashidov Negmurod Elmurodovich, Amonova Gulshan

130-132

2023-11-20

O‘ZBЕKISTONDA O‘SADIGAN DORIVOR GENTIANA OLIVIERI GRISEB. NING ELЕMЕNTLAR TARKIBINI O‘RGANISH

Tadqiqotlar natijasida dorivor Gentiana Olivieri Griseb. Yer ustki qismida 61 ta elementlar aniqlangan. O‘rganilayotgan xomashyolar tarkibidagi zaharli og‘ir metallar (As, Pb, Cd) Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti, RF ning   XIV Davlat farmakopeyasi, dorivor o‘simlik xomashyosi va ular asosida tayyorlangan preparatlar, o‘simlik asosidagi biologik faol qo‘shimchalar uchun SanPin 1.10.7  tomonidan qabul qilingan ruxsat etilgan me’yorlar chegarasida ekanligi aniqlandi.  Shuningdek Hg element aniqlanmadi.Olingan natijalar xomashyolarning kimyoviy tavsifi va ularni keyinchalik standartlash uchun qo‘llaniladi.

Toshtemirova Charos Toshtemirovna, Normaxamatov Nodirali Soxobataliyevich

87-90

2024-10-14

DORIVOR O‘SIMLIKLARNI YIG‘IB OLISH VA ULARNING QO‘LLANILISH

Mazkur maqolada dorivor o‘simliklarning yig‘ib olinishi, saqlanishi va ularning tibbiyot hamda xalq tabobatidagi qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda dorivor o‘simliklarning farmakologik ahamiyati, ularni to‘g‘ri yig‘ish va saqlash texnologiyalari, shuningdek, turli kasalliklarni davolashdagi roli ilmiy asoslar bilan yoritilgan. Shuningdek, maqolada ekologik omillar va bioxilma-xillikni saqlab qolish tamoyillari ham ko‘rib chiqilgan.

Sadoqat Matyaqubova

32-36

2025-02-12

YURAK XASTALIKLARIGA DA’VO BO’LUVCHI DORIVOR OʻSIMLIKLARNING TASNIFI

yurak kasalliklariga shifo boʻluvchi dorivor oʻsimliklar, ularning morfologiyasi va ulardan  tayyorlanadigan damlamalar tayyorlash usullari haqida berilgan

Asrorov Akmal Aminjonovich

32-35

2025-09-17

SURXONDARYO HUDUDIDA, BEGONA O'TLARI ORASIDA UCHRAYDIGAN DORIVOR O'SIMLIKLAR:ACHCHIQ TORON(SUV QALAMPIRI),DORIVOR QOQIO’TNING AHAMYATI VA EKOBIOLOGIYASI

Ushbu maqolada Surxondaryo hududida, begona o'tlari orasida uchraydigan dorivor o’simliklarning dorivorlik xususiyati, o’simliklarning organizmdagi ahamyati va ularning o’sish sharoiti ( ekobiologiyasi) haqida malumot beriladi.

Ogʼiloy Shogʼdarovna Ummatova , Jahongir Olimjon Og’li Choriyev

120-123

2022-03-09

TARKIBIDA GLIKOZIDLAR BO’LGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR

Ushbu maqolada tarkibida glikozidlar bo’lgan dorivor o’simliklar to’g’risidagi bilimlarini boyitish, ulardan to’g’ri foydalanish usullarini o’rganish, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.Tarkibida glikozidlar bo’lgan dorivor o’simliklardan uy sharoitida damlama va qaynatmalar tayyorlashni o’rganib olish mumkin

Shukurova Shoxina Tuyg’unovna

217-222

2024-01-16

STEVIYA O’SIMLIGI (STEVIA REBAUDIANA BEXT) O’SIMLIGI ASOSIDA QURUQ EKSTRAKT OLISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika sanoatining jadal rivojlanishi bunday korxonalarning dorivor o'simliklar xomashyosiga bo‘lgan talabini keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy holda o‘suvchi dorivor o’simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati korxonalarining dorivor o‘simliklar xomashyosiga bo‘lgan talabni asosan, dorivor o'simliklar o‘stirish orqaligina qondirish mumkin.

Oxunjonova V.E., Azimova K.B

387-388

2024-06-30

RAYXON (OCIMUM BASILICUM) O‘SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI VA KIMYOVIY TARKIBI

Dorivor o‘simliklar qadim zamonlardan beri inson salomatligini tiklash va saqlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda. Ular nafaqat davolash vositasi, balki oziq-ovqat, kosmetika va atir-upa sanoatida ham keng qo‘llaniladi. Hozirgi kunda dunyoda dorivor o‘simliklarning 10 mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, shulardan 1000 dan ortig‘i ilmiy jihatdan o‘rganilgan. O‘zbekistonda esa 700 dan ziyod dorivor o‘simliklar aniqlangan va ularning 120 ga yaqin turi xalq tabobati hamda tibbiyotda faol qo‘llaniladi. Bugungi kunda dori vositalarining qariyb yarmi o‘simlik xom ashyosidan olinishi ham ushbu sohaning dolzarbligini ko‘rsatadi. O‘simliklar tarkibidagi murakkab organik birikmalar ularga turli biologik va farmakologik xususiyatlar baxsh etadi.

Maxmudova Aziza Alisher qizi

42-44

2025-08-18

ANDIJON VILOYATIDA DORIVOR OʻSIMLIKLAR MAXSULOTIGA EHTIYOJNING ORTIB BORISHI

Ushbu maqolada bugungi kunda dorivor oʻsimliklar sohasiga qaratilayotgan eʼtibor hamda shu dorivor oʻsimliklarni yurtimizdagi ehtiyojlarini ortib borishi, xususan Andijon viloyatidagi ehtiyojlarni ortib borishi haqida soʻz yuritiladi.

Ikromaliyeva Gulhayo

66-68

2023-01-30

CHELIDONIUM MAJUS L. O‘SIMLIGINING TAJRIBADA O‘RGANILGAN TAVSIFI

Oʻzbekiston farmatsevtika sanoatining dorivor oʻsimliklar xom-ashyosiga boʻlgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Bunday obektlarga tirnoqgul, moychechak, namatak, valeriana, doʻlana, zirk, va boshqalar oʻsimliklar kiradi. Bu muammolarni ijobiy hal etish bevosita dorivor oʻsimliklar xom-ashyosini yetishtirish bilan boshlanadi. Ushbu oʻsimliklardan biri dorivor Chelidonium Majus L. farmatsevtika, meditsina va parfyumeriya keng qamrovda ishlatilishi bilan alohida ajralib turadi. Mazkur oʻsimlik xom-ashyosini yetishtirish oʻz navbatida Oʻzbekistonda farmatsevtika sanoatini ushbu oʻsimlik xom-ashyosiga boʻlgan talabini maʼlum miqdorda qondiradi.

Mamatkulov Serobjon Erkinjon o`g`li, Nizomova Masuda Usmonkulovna, Sultanova Gulbaxor Аbdijalolovna

19-21

2023-10-10

SURXONDARYO HUDUDIDA, BEGONA O'TLARI ORASIDA UCHRAYDIGAN DORIVOR O'SIMLIKLAR:ACHCHIQ TORON(SUV QALAMPIRI),DORIVOR QOQIO’TNING AHAMYATI VA EKOBIOLOGIYASI

Ushbu maqolada Surxondaryo hududida, begona o'tlari orasida uchraydigan dorivor o’simliklarning dorivorlik xususiyati, o’simliklarning organizmdagi ahamyati va ularning o’sish sharoiti ( ekobiologiyasi) haqida malumot beriladi

Ummatova Ogʼiloy Shogʼdarovna, Choriyev Jahongir Olimjon Og’li

120-123

2022-03-12

MAXALLIY XOM ASHYOLARDAN IBORAT GIPOGLIKEMIK YIG’MANI O’RGANISH

Oxirgi paytlarda tibbiyotda muhim yutuqlarga qaramay dori vositalari kimyosi olamida dorivor o'simliklar katta ahamiyatiga ega bo'lmoqda. Xususan, qandli diabetni davolashda xalq va ilmiy tibbiyotda dorivor o'simliklar yig'malari asosida tayyorlangan dori vositalari qo'llanilmoqda. Dorivor o'simliklar ona tabiatni optimal balansda o'zida saqlagan biologik faol moddalari solishtirmasida nafaqat simptomatik balki patogenetik terapiya vositasi bo'lib qoladi. Shu munosabat bilan amaliy tibbiyotda qo'llanilib kelinayotgan dorivor o'simliklar va ularning yig'malari qand miqdorini pasaytiruvchi vositasi sifatida qo'llanilishi dolzarb  bo'lib qoladi, negaki faqatgina yig'malarda biologik faol moddalar o'zini eng qulay, kompleksli ta'sirini ko'rsatadi.

Aliyeva N. , Malikova G.Yu.

163-164

2024-06-30

O'ZBEKISTON FLORASIDA KENG TARQALGAN DORIVOR O'SIMLIKLAR

Dorivor o'simliklar tarkibida ma'lum kasalliklarga shifo bo'la oladigan, kishi organizmiga tasir korsatadigan biologik faol moddalar saqlaydi. O'zbekiston hududida ham ulardan bir qanchasi uchraydi xususan aloy, namatak, shirinmiya, isiriq, marmarak va shular kabilar. Ushbu maqolada ularning xusuyiyatlari batafsil bayon etilgan.

Shokirova Nozima Xayotbek qizi

16-19

2025-03-31

STELLARIA MEDIA L. MAHSULOTI TARKIBIDAGI OG’IR METALLARNI ANIQLASH

Stellaria media Linn. istiqbolli dorivor o’simliklardan biri bo’lib, tarkibida vitaminlar, flavonoidlar va mikroelementlarni saqlaydi, ammo ushbu o'simlik yetarlicha o'rganilmagan. Ilmiy tibbiyotga ushbu dorivor o’simlikni tadbiq etish uchun, uning tozaligi talabga javob berishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, kadmiy, qo'rg'oshin va simob kabi og'ir metallar tirik organizmi uchun zaharli hisoblanadi, ular inson organizmida turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan dorivor o'simliklarning ekologik tozaligi muammosi ayniqsa dolzarb bo'lib qoladi [1, 2].

Baxromova Y.I., Xalilova Sh.R.

158-159

2024-06-28

FARMASEVTIKA TEXNOLOGIYASIDA-EKSTRAKTLAR TURLARI

Zamonaviy farmasevtik texnologiyada tabiiy dorivor o‘simliklardan olingan ekstraktlar muhim o‘rin tutadi. Ekstraktlar — o‘simlik to‘qimalaridan organik eritkich yordamida ajratilgan, tarkibida ko‘p bioaktiv modda saqlovchi konsentrat shaklidagi moddalardir. Ularning farmatsevtik mahsulotlarda qo‘llanilishi — dori vositalarning samaradorligini oshirish, yon ta’sirlarni kamaytirish va yangi dorivor formulalarni yaratishda muhim manbadir. Ekstraktlar ishlatilishining bir qancha afzalliklari bor: ular tabiiy komponentlardan iborat bo‘lishi, ko‘p bioaktiv guruhlarni o‘z ichiga olishi (fitokimyoviy modda sinergetik ta’siri), shuningdek, formulalarda qo‘shimcha yordamchi vositalar sifatida ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga, ekstraktlar bilan ishlashda stabilik, fenolik oksidlanish, mikrobiologik tozaligi va sifat nazorati kabi muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada ekstraktlarning turlari, ekstraksiya usullari, farmatsevtika mahsulotlarida qo‘llanilishi, qiyinchiliklari va sifat nazorati masalalari tahlil qilinadi. Maqola farmatsevtik texnologiya fani doirasida yozilgan bo‘lib, farmatsevtika fakulteti talabalari va sohadagi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi maqsad qilingan.

Kocherova Umida Anvarovna

70-72

2025-09-26

DORIVOR LIMON O’TI O’SIMLIGI QURUQ EKSTRAKTINING FIZIK-KIMYOVIY VA TEXNOLOGIK XOSSALARINI O’RGANISH

Dorivor limon o’ti quruq extrakti asosida tabletka dori shaklini ishlab chiqarish ilmiy ishimizning maqsadi hisoblanadi. Tabletka dori shaklining tarkibi va texnologiyasini ilmiy asoslash uchun ushbu quruq extraktning fizik-kimyoviy va texnologik xossalari o'rganildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida tabletka tarkibiga yordamchi moddalar  qo’shish va nam donadorlash usulini qo'llash maqsadga muvofiqligi aniqlandi.

To’ychiyeva H.M., Raximova O.R.

226-228

2024-02-19

QIRQBO‘G‘IM HAQIQADA UMUMIY MA’LUMOT VA TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

ushbu maqolada qirqbo‘g‘im dorivor o‘simligi haqida umumiy maʼlumot keltirilgan. Maqolada o‘simlikning dorivor hususiyatlari tarqalishi shuningdek zamonaviy tibbiyotda farmakologik hususiyatlari; yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiya hususiyatlari alohida tariflab berilgan. Uning siydik yo‘llari buyrak kasalliklari va teri kasalliklariga ijobiy taʼsiri haqida umumiy bayonot keltirilgan Ushbu maqola tibbiyot talabalari va dorivor o‘simliklar bilan shug‘ullanuvchilar uchun ilmiy manba bo‘lib hizmat qiladi.

Bahodirova Mohichehra, Yusupova Sevinch

51-53

2025-06-23

DORIVOR MAVRAK ASOSIDA TAYYORLANGAN SURTMANING SIFATINI BAHOLASH

Tarkibida dorivor mavrak (Salvia officinalis L.) barglaridan 70% etil spirt yordamida tamomlangan siklli reperkolyatsiya usulida ajratma olingan, tozalangan va undan quyuq ekstrakt olinib tadqiqotlar asosida tanlangan metilselluloza (MS) gidrofil asosda gingivitga qarshi surtma texnologiyasi ishlab chiqilgan [1].

Shuhratova M.Sh., Nazarova Z.A.

23-24

2024-06-24

1 - 25 из 152 результатов 1 2 3 4 5 6 7 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy