Oʻzbek xalq dostonlari xalqimizning paydo boʻlishi, ajdodlarimizning turmush tarzi, anʼanalari, maʼnaviy dunyoqarashi, boy tafakkuri borasida muhim maʼlumotlarni poetik ifodalagan ogʻzaki yodgorlik sanaladi. Dostonlarda, odatda, bosh qahramon yigitlar boʻlsa-da, baʼzi dostonlarda ayollarning oʻrni alohida eʼtirofga loyiq boʻladi. Biz bu tadqiqotimizda “Zevarxon” dostoni syujetining oʻzbeklar orasida tarqalgan versiyalari asosida ayollar obrazini tadqiq qildik.