Ushbu maqolada elektron ish hujjatlari matni tili tahlil qilinib, uning an’anaviy (qog‘ozli) ish yuritish uslubidan farqli jihatlari yoritiladi. Matn strukturasidagi ixchamlik, leksik tanlov, pragmatik funksiyalar va diskurs strategiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli kommunikatsiya vositalarining (elektron pochta, onlayn shakllar, tizim generatsiyasidagi matnlar) rasmiy yozishmalardagi til o‘zgarishiga ta’siri ko‘rib chiqiladi.