Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TEZKORLIK VA KUCH JISMONIY SIFAT KO‘RSATKICH DARAJALARINING TAHLILI

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun gimnastika vositalarining o‘rganilishi, o‘yinlar va faoliyatlar orqali amalga oshiriladi, bu esa bolalarning qiziqishlarini uyg‘otadi va ularni jismoniy mashqlarga jalb qilishni osonlashtiradi. Shu bilan birga, pedagoglar bolalarning jismoniy faolligini oshirish uchun samarali treninglar va mashqlarni amalga oshirishi kerak.

Bekzod Qosimov

82-83

2025-05-31

TEXNIKA VA SAN’AT UYG‘UNLIGIDA ОVOZ REJISSORLIGINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada kino, televideniye, radio, teatr va ommaviy tadbirlarda “Ovoz rejissorligi”  sohasini rivojlantirish  va bu sohada yetuk kadrlar tayyorlash,  yangi texnologiyalarni tadbiq qilish, xorij tajribalarini o‘rganish kabi faoliyatlar e’tiborga olinadi.

Doniyor Agzamov

109-112

2023-01-05

QISHLOQ XO'JALIGIDA YER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

Yer munosabatlari – bu yerdan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardir. Ular fuqarolar, korxonalar, davlat organlari hamda boshqa xо‘jalik va о‘zga faoliyatlar subyektlari orasida kelib chiqadi. Qonun bilan tartibga solinib, ular yer huquqi munosabatlariga, ya’ni yerdan foydalanish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashning huquqiy shakliga aylanadi.

Yunus Yusupov

373-375

2022-10-12

BUXORODA XOTIN-QIZLAR SALOMATLIGI: MUAMMO VA YECHIMLAR (1991-2000-yillar)

Ushbu maqolada XX asr oxirlarida Buxoro viloyatida ayollar salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish yo‘lida amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, Qizil Yarim Oy jamiyati va boshqa tashkilotlar tashabbusi bilan ayollar va bolalar salomatligini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar, tibbiy yordam ko‘lamining kengaytirilishi, axborot-targ‘ibot vositalari orqali tibbiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha olib borilgan faoliyatlar ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada statistik ma’lumotlar asosida tibbiy-ijtimoiy holatlarning ijobiy siljishlari ko‘rsatilgan.

M.D. Kazakova

58-62

2025-04-09

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA INNOVASION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI

Ushbu  maqolada mustaqillik yillarida ta`lim-tarbiyaning sifat va samaradorligini zamon talablari darajasiga ko`tarish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylanganligi, bugungi kunda ilm-fan, texnika va axborot kommunikatsiya texnologiyalar sohalarining tez sur`atlarda jadallik bilan rivojlanishini  o`qituvchilar zimmasiga yanada yuksak ma`suliyat va vazifalarni yuklaganligi haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.

Gulbaxor Nomozova

118-120

2024-01-15

ILMIY METODLARNING ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI O’RNI

Ilm-fan nihoyatda muvaffaqiyatli inson faoliyati hisoblanadi. Ilmga xos deb hisoblangan faoliyatlar orasida tizimli kuzatuv va tajriba o’tkazish, induktiv va deduktiv fikrlash, gipotezalar va nazariyalarni shakllantirish va sinovdan o’tkazish ilmiy jarayonlarning asosi hisoblanadi. Ilm-fanning turli sohalarida “metod” so’zi juda keng qo’llaniladi va har bir sohaning o’z tadqiqotlari, metodlari mavjud. Odatda, metodlar, masalan, ilmiy tadqiqotlar yoki texnologik jarayonlar doirasida, muayyan maqsadga erishish uchun tizimli va aniq belgilangan usullar, qadamlar yig’indisi sifatida tushuniladi. Metod o’zi nima degan savolga bugungi kunda judayam ko’plab va xilma hil javoblar topish mumkin. Metodlar bu – bilim olish yoki ma’lum bir maqsadga erishish uchun tizimli tarzda belgilangan yondashuv va protseduralar to’plamidir.

Begoyim Karimova

134-136

2025-07-21

NOAN’ANAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHDAGI O‘RNI

Аннотация освещает значение нетрадиционных технологий обучения в организации внеурочной деятельности. Нетрадиционные методы обучения, такие как проектное обучение, исследования и интерактивные уроки, способствуют увеличению активности учащихся и развитию их навыков независимого мышления. Внеурочные занятия предоставляют ученикам возможность применять теоретические знания на практике, развивая навыки командной работы и коммуникации. Этот процесс становится еще более эффективным благодаря применению нетрадиционных технологий обучения. Интеграция технологий, таких как онлайн-платформы и образовательные программы, помогает повысить сотрудничество и мотивацию учащихся. Таким образом, нетрадиционные технологии обучения играют важную роль в том, чтобы сделать внеурочную деятельность более интересной и эффективной,обеспечивая саморазвитие учащихся и улучшая их личные качества. Это, в свою очередь, способствует достижению основных целей современного образовательного процесса.

Farrux Qodirov, Billura Qilichova, Madina Ziyotova

28-33

2024-10-17

RAQS, MASHQ QILISHNI YOQTIRMAYDIGAN BEMORLAR UCHUN MASHGʻULOT

Mazkur maqolada hozirgi kunda semiz odamlarning hayot sifati, funktsional imkoniyatlari (pastki oyoq-qo'llarining kuchi va chidamliligi) va jismoniy faollik darajasi bo'yicha raqs terapiyasining samaradorligini baholash  haqida sо‘z boradi. Shuningdek, bemorlarning hayot sifati, jismoniy funktsiyasi va jismoniy faollik darajasida xoreografik mashgʻulotlarni rivojlantirishning eng samarali usullari va ijtimoiy roli, hamda ritmik faoliyatlar orqali davolash jarayonida interfaol texnologiyalardan foydalanishning ijobiy samarasi atroflicha yoritib berilgan.

Ismoilova Muxlisa Shuhrat qizi

46-48

2025-03-25

INTERFAOL TA’LIM USLUBLARINI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu  maqolada  Ta’lim jarayonining asosiy maqsadi, interfaol uslublarini qo'llashning  samaradorligi, kasbiy bilim va insoniy fazilatlarini jahon andozalari darajasiga ko`tarish,  ilmiy asosga suyangan  holda “Musiqa madaniyati” fanini yangi pedagogic texnologiyalardan , texnik usul va vositalardan, milliy va evropa cho’lg’u  asboblardan  foydalanib, noan’anaviy dars usullarini sifatli va salohiyatli olib borish, , jarayonlari  bayon etilgan.

Dilnoza Asomova

121-123

2024-01-15

OG‘ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Nutq “turli kontekstlarda og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan belgilar yordamida ma’no yaratish va almashish jarayonidir. Nutq ikkinchi tilni o‘rganish va o‘rgatishning muhim  qismidir.  Uning ahamiyatiga qaramay, ko‘p  yillar  davomida  nutqni  o‘rgatish  yetarli darajada baholanmagan va ingliz tili o‘qituvchilari gapirish ko‘nikmasini mashqlarni takrorlash yoki dialoglarni yodlash kabi usullar orqali o‘rgatishda davom etishgan. Biroq, bugungi kunda har qanday tilni o‘qirish maqsadi o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini oshirishni talab  qiladi,  chunki  faqat  shu  tarzda  talabalar  o‘z  fikrlarini  ifoda  etishlari  va  har  bir kommunikativ vaziyatda ijtimoiy va madaniy qoidalarga mos ravishda muloqotga kirishishlari mumkin. Ikkinchi tilni oʻrganuvchilarga eng yaxshi tarzda gapirishni oʻrgatish maqsadida quyida ogʻzaki tilni oʻrgatuvchi oʻqituvchilar uchun takliflar bilan birga ingliz tili darslarida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan baʼzi nutqiy faoliyatlar taqdim etiladi

Nafisaxon Najimidinova

21-23

2024-10-07

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

Boshlang‘ich ta'limda ijodkorlikni rivojlantirish bolalarning intellektual va ijodiy salohiyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayon nafaqat o‘quvchilarning bilim olishiga, balki ularning shaxsiy rivojlanishiga, mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishlariga ham yordam beradi. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodkorligini rivojlantirish uchun ta'lim jarayonida foydalanilishi mumkin bo‘lgan innovatsion usullar, o‘yin elementlari, amaliy mashqlar va guruhli faoliyatlar haqida so‘z yuritiladi

Husniya Ergasheva

118-122

2025-02-17

MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYASI ASOSIDA BOLALAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda erta yoshdan boshlab tasavvurlarini boyitish, dunyoqarashini shakllantirish, faoliyatlar davomida interfaol usullardan foydalanish, ularni zamon bilan hamnafas yashash ruhida tarbiyalash haqidagi fikrlar bayon etilgan.

Muslima Ro‘zmetova

20-22

2023-04-17

MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KASB TANLASH MOTIVATSIYASI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

ushbu maqolada maktab o‘quvchilarida kasb tanlash jarayonining psixologik, ijtimoiy va madaniy omillar bilan bog‘liqligi tahlil qilingan. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar — oilaviy muhit, ijtimoiy stereotiplar, maktab muhitidagi yo‘naltiruvchi faoliyatlar, shaxsiy qiziqishlar va motivatsion omillar tadqiq etilgan. Maqolada tanlovda ishtirok etuvchi individual va ijtimoiy psixologik omillarning o‘zaro ta’siri va ularni boshqarish mexanizmlari yoritilgan.

Zulayho Ganiyeva

39-41

2025-05-31

INNOVASION MENEJMENT ASOSIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA BOSHQARUV XODIMLARINI TAYYORLANING SHART-SHAROITLARI

Ushbu maqolada innovasion menejment asosida oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv xodimlarini tayyorlashning  shart-sharoitlari yoritilgan. Bilimlarni rivojlantirish va tarqatish shaxslararo muloqot, yuzma-yuz hamkorlik va ijtimoiy faollikni talab qiladi. Bu faoliyatlar odatda o‘rganish, jarayonlarning rivojlanishini kuzatish (bajarish orqali o‘rganish), mashq qilish va boshqalar bilan muloqot qilishni o‘z ichiga oladi. Bunday vaziyatda «bilimlarni boshqarish» (KM) va «uzluksiz o‘rganish», «innovasiya», «muloqot», «hamkorlik» va «almashish madaniyati» atamalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Son Kimga ko‘ra, KM texnikasi odatda ochiq ifodalanganidan farqli o‘laroq, odamlarning yashirin bilimlarini, ya’ni ular o‘zlari bilan olib yuradigan, nimalarni ko‘rganlari va tajriba orqali qo‘lga kiritadigan narsalarni olishga intilishlar yoritilgan.

Dilmurod Sadullayev

20-27

2024-06-10

TURIZM SOHASINING IQTIDODIYOTDA TUTGAN O`RNI VA MOHIYATI

Turizm sohasining rivojlanishi mamlakatlar uchun iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy foyda keltiradi. U transport, mehmonxona xizmatlari, oziq-ovqat, san’at va madaniyat sohalariga ta’sir qiladi. O‘zi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, lekin shu bilan birga ekologik va madaniy ta’sirlar ham bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston kabi mamlakatlarda turizm sohasi rivojlanishi uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Yangi turistik infratuzilma, ekskursiyalar va madaniy tadbirlar orqali xalqaro sayyohlarni jalb qilish mumkin. Turizm sohasi – bu odamlarning dam olish, yangi joylar va madaniyatlarni o‘rganish, ish, tibbiy yordam yoki boshqa maqsadlar bilan sayohat qilishini o‘z ichiga olgan faoliyatlar majmuidir. U iqtisodiyotning muhim tarmog‘i bo‘lib, ko‘plab mamlakatlar uchun daromad manbai hisoblanadi.

Abdualimova Ziyodaxon Panjiyevna

88-90

2025-02-12

“ILK QADAM” O’QUV DASTURIDA PEDAGOGIK TALABLAR JORIY ETISHNING TIZIMLI MEXANIZMI

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam” o’quv dasturidagi pedagogik talablarni joriy etishning tizimli mexanizmini yaratishni shakllantirishda bolalar o’yini, o’yinchoqlar, ertaklar, she’rlar maqollar va ajdodlarimiz o’gitlari yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda, ta’lim berish hamda bola yoshiga mos bo‘lgan o’yinlarni o’ynatish maqsadga muvofiq.

Ilhomjon Soliyev, Inoyatbibi Yusufjonova

136-138

2023-06-16

STEM YONDASHUVI ASOSIDA ODAM ORGANIZMI HAQIDAGI BILIMLARNI CHUQURLASHTIRISH METODLARI

Ushbu ishda STЕM (fan, tеxnologiya, muhandislik va matеmatika) yondashuvi asosida odam organizmi haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish mеtodlari yoritilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarda tabiiy fanlarga nisbatan qiziqishni oshirish, tananing tuzilishi va funksiyalarini intеraktiv va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgatish yo‘llari tahlil qilingan. Anatomik modеllar, raqamli tеxnologiyalar va loyihaviy faoliyatlar asosida darslarni tashkil еtish o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal еtish va kasbiy yo‘nalishlarini aniqlashlariga yordam bеradi. Maqolada STЕM intеgratsiyasi orqali biologiya darslarining samaradorligini oshirishga oid tajribalar va tavsiyalar kеltirilgan.

Zafar Toshtemirov

17-21

2025-04-30

TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING ROLI

Hozirgi zamon maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachisi pedagogik mahoratini oshirishda pedagogik texnikaning rolini beqiyos. Chunki u tarbiyachiga mashg`ulot jarayonida o‘z gavdasini tuta bilishi (mimika, pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara olishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntiradi.

Durdona Choriyeva

101-103

2022-10-15

KIBERJINOYATLAR VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASI BO‘YICHA AYRIM MULOHAZALAR

Bugungi kunda jamiyatda, texnologiyaning tez rivojlanishi va internetning keng tarqalishi bilan kiberjinoyatlar ham o‘sib bormoqda. Kiberjinoyatlar, ya'ni internet orqali sodir etiladigan huquqbuzarliklar, turli shakllarda – o‘zaro axborotlar almashish, onlayn shaxsiy ma'lumotlarga hujumlar, firibgarliklar, hujumlar va boshqa turdagi zararli faoliyatlar orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu jinoyatlar nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki jabrlanuvchilarning psixologik va ijtimoiy farovonligiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Kiberjinoyatlardan jabrlanishni oldini olish, texnologiyalardan xavfsiz foydalanishni ta'minlash va kiberjinoyatchilikka qarshi samarali kurashish uchun kompleks yondashuvni talab etadi.

JURABEK SAFAROV

65-66

2025-01-31

MAQOLLAR ORQALI MILLIY MA'NAVIYATNI SHAKLLANTIRISH: METODIK YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada maqollar xalqning ko‘p asrlik tajribalari, axloqiy va falsafiy qarashlari, shuningdek, milliy madaniyatni ifodalashda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Maqollarning qisqacha va aniq shakli, ular ijtimoiy, axloqiy va tarbiyaviy vazifalarni bajarishda samarali vosita ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Maqolada, shuningdek, maqollarni o‘rgatishda qo‘llaniladigan metodlar, ularning bolalar ta’limi va tarbiyasidagi o‘rni muhokama qilinadi. Maqolalar nafaqat tilni rivojlantirish, balki axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Tushuntirish, misollar keltirish, o‘yinlar va faoliyatlar orqali maqollarni bolalarga o‘rgatishning samarali usullari taqdim etiladi. Bu maqola xalq maqollarining ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni, ular orqali bolalarga yuksak insoniy qadriyatlarni singdirishning ahamiyatini o‘rganishga undaydi.

Jozilova Marjona Mirzohid qizi

23-26

2025-04-26

MURAKKAB TA’LIMIY FAOLIYATLAR ASOSIDA BOLALARNING ATTRAKTIV MUNOSABATLARINI NAMOYON QILISHINI FAOLLASHTIRISH

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zini namoyon qilish jarayonining pedagogik shartlari va diagnostikasi haqida so‘z boradi. Muallif pedagogik ma’lumotlarga tayanib, mavjud ilmiy adabiyotlar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zini namoyon qilish jarayonining pedagogik shartlari va diagnostikasi bo‘yicha o‘ziga xos jihatlarni o‘rgangan va tahlil qilgan.

Muxriddin Uzoqov

4-8

2024-02-05

MONTESSORI SINFLARIDA INGLIZ TILIDA GAPIRISH VA ESHITISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Ushbu tezis Montessori ta’lim tizimi asosida ingliz tilida gapirish va eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari tahlil qilinadi. Montessori sinflarining o‘ziga xosligi, ya’ni bolalarning erkin faoliyati, mustaqil ta’lim olishi va tabiiy til muhiti orqali kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda amaliy faoliyatlar, audio-materiallardan foydalanish, til o‘yinlari va ingliz tili muhitini yaratish usullarining samaradorligi tahlil qilinadi. Montessori pedagogikasining asosiy tamoyillari til o‘rgatish jarayoniga moslashtirilgan holda, bolalarning muloqot va eshitish qobiliyatlarini takomillashtirish mexanizmlari ochib beriladi. Tadqiqot xulosalarida mazkur usullarning samaradorligi va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Makhbuba Yusupova

58-62

2024-12-17

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA MATEMATIKA FANINI O’QITISHDA AXBOROT TUSHUNCHASINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika fanini samarali o’qitishda axborot komukatsion texnologiyalaridan foydalanish haqida batafsil bayon qilingan. O’quvchilarning axborot tushunchasini mustahkamlash uchun turli interaktiv o’yinlar va faoliyatlar o’tkazish mumkinligi ularga axborot turini aniqlashga oid masalalar mazmuni yoritilgan va hayotga tayyorlashda qanday qo‘llanilishi mumkinligi muhokama qilinadi.

Davron Boboyorov

125-127

2025-04-17

ATROF-MUHIT IFLOSLANISHINING GEOGRAFIK OMILLARI

Ushbu maqolada atrof-muhit ifloslanishining asosiy geografik omillari tahlil qilingan. Xususan, tabiiy-geografik sharoitlar, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlar va texnogen jarayonlarning ifloslanish darajasiga ta’siri o‘rganilgan. Har bir omilning ekologik muhitga ko‘rsatgan bevosita va bilvosita ta’siri hududiy misollar asosida yoritilgan. Maqolada ifloslanish manbalarini aniqlashda geografik yondashuvning ahamiyati asoslab berilgan va ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun tavsiyalar berilgan.

O‘tkir Mamanov

148-149

2025-07-31

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING TASAVVUR QILISH, YANGICHA YECHIMLARNI TOPISH VA IJODIY ISHLASH KO‘NIKMALARINI OSHIRISH

Ushbu  maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tasavvur qilish, yangicha yechimlarni topish va ijodiy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari ko‘rib chiqiladi. Bu ko‘nikmalar bolalarda o‘ziga xos fikrlashni shakllantirib, ularning ijodiy va mustaqil fikrlash salohiyatini kengaytiradi. Tasavvur qilishni rivojlantirish uchun hikoyalar yaratish, chizmachilik va yarim tugallangan vazifalarni davom ettirish kabi usullar tavsiya etiladi. Yangicha yechimlarni topish o‘quvchilarning analitik va ijodiy fikrlashini kengaytiradi, bunda "Aqliy hujum" va "Nima bo‘lsa, agar..." kabi metodlar samarador hisoblanadi. Ijodiy ishlash esa o‘quvchilarning o‘z g‘oyalarini erkin ifoda etishiga yordam beruvchi faoliyatlar, masalan, san’at va qo‘l mehnati darslari orqali amalga oshiriladi. Ushbu usullar o‘quvchilarning umumiy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirib, kelajakda ularga o‘z salohiyatlarini kengroq ochishga imkon beradi.

Nilufar Ortiqova

208-211

2024-11-18

##navigation.items##

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy