Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA TABIIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH STRATEGIYALARI

Tabiiy resurslardan samarali foydalanish zamonaviy dunyoda asosiy muammolardan biridir. Aholi sonining o‘sishi, sanoat rivojlanishi va resurslarga bo‘lgan talabning ortishi tabiiy boyliklarni asrash va ulardan oqilona foydalanish strategiyalarini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Bu jarayonda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Quyida sun’iy intellekt yordamida tabiiy resurslardan samarali foydalanish strategiyalari haqida fikr yuritiladi.

Farrux Qodirov , Sabrina Turayeva

92-98

2025-04-08

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI VA ULARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI

Ushbu maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid bir qator muhim muammoli masalalar o‘rganilgan bo‘lib u: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qo‘llanilishi va kelajagi; Qishloq va suv xo‘jaligida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llanilishi; Kichik suv oqimlari energiyasidan foydalanish; Shamol energiyasi va undan foydalanish imkoniyatlari; Quyosh haroratidan energiya olish; Quyosh nuridan energiya olish; Energiya ta’minotida geotermal energiya resurslaridan foydalanish; Biomassa energiyasidan foydalanish; Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi qurilmalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash kabi boblarni qamrab olgan.

Farrux Qodirov, Bekzod Sharipov

81-85

2024-12-16

XARAKAT TAYANCH A’ZOLARIDA NUQSONI BOR O‘QUVCHI YOSHLARDA AXBOROT VOSITALARIDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKILLANTIRISH METODIKASI

Ushbu maqola, xarakat tayanch azolarida nuqsoni bor o‘quvchi yoshlarda axborot vositalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish metodikasini tahlil etadi. Maqolada, o‘quvchilarning axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqotlar va amaliy metodlar keltirilgan. Xarakat tayanch azolarida nuqsoni bor o‘quvchilarga axborot vositalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish va ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishga yordam beradi.

Behzodbek Eminov

128-134

2025-02-28

TASVIRIY SAN'AT SIRLARI! CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA YANGILIKLAR!

Maqolada, rassomlikning asosiy prinsiplari, tuzilishi, ranglarni qo'llash, chizmachilik vositalari va yangi texnologiyalardan foydalanish kabi ko'plab mavzular keltirilgan. Maqola, tasviriy san'at va chizmachilik fanlari bo'yicha o'quvchilarning rassomlikni o'rganish va o'zlashtirishiga yordam beruvchi ko'plab usullarni taqdim etadi. Maqolada, tasviriy san'at sirlari keltirilgan va ular o'quvchilarning rassomlikni o'rganish va o'zlashtirish uchun katta ahamiyatga ega. Tasviriy san'atning asosiy prinsiplari, masalan, proporsiya, perspektiva, tsvet i kompozitsiya haqida tushunchalar berilgan. Tasviriy san'atning tuzilishi, masalan, rassomlikda chizmachilik vositalaridan foydalanish, rassomlik materiallari va chizmachilik usullari haqida ham ma'lumotlar berilgan. Maqolada, ranglarni qo'llash, chizmachilik vositalari va yangi texnologiyalardan foydalanish kabi ko'plab mavzular ham keltirilgan. Maqolada, chizmachilik fanini o'qitishda yangiliklar ham keltirilgan. Bu, o'quvchilarning chizmachilikda keng yaxlitlashi, chizmachilik vositalaridan foydalanish, chizmachilik texnikalari va yangi texnologiyalardan foydalanish kabi ko'plab mavzularni o'z ichiga oladi.

Sapura Avezbayeva

27-30

2023-07-10

YERLARNI MUHOFAZA QILISH, YER UCHASTKALARINI AJRATISH, ULARDAN FOYDALANISH HAMDA ULARNI MUHOFAZA QILISH USTIDAN NAZORAT

Ushbu maqolada yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi, obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar, kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanisherlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish, yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari, yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati, yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazorati, yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartiblari yoritilgan.

Muxlisa Muminova

25-30

2024-01-03

XOTIRA TURLARIDAN QANDAY QILIB SAMARALI FOYDALANISH KERAK

Inson faoliyatida xotira muhim psixologik jarayonlardan biri hisoblanadi. U bilimlarni eslab qolish, saqlash va kerakli vaqtda qayta tiklash imkonini beradi. Xotira turlari – qisqa muddatli, uzoq muddatli, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira – har birining o‘ziga xos vazifasi va imkoniyatlari mavjud. Ushbu ilmiy ishda xotiraning mazkur turlari o‘rganilib, ulardan samarali foydalanish usullari yoritilgan. Ayniqsa, o‘quv jarayonida xotiraning o‘rni, bilimlarni mustahkamlashda takrorlash, guruhlash, assotsiatsiya va vizualizatsiya metodlarining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot davomida nazariy adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, so‘rovnoma va test metodlari qo‘llanilgan bo‘lib, natijada xotirani rivojlantirishga yordam beradigan omillar va usullar aniqlangan. Xotira turlaridan samarali foydalanish nafaqat ta’lim oluvchilarning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, balki shaxsning kasbiy va kundalik hayotidagi faoliyat samaradorligini ham oshiradi. Shu sababli, xotira ustida muntazam ishlash va uni rivojlantirish usullaridan foydalanish dolzarb masala sifatida qaraladi.

Abduqoxxor Sayfudinov

108-109

2025-09-30

MUSIQA FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’limda muhim rol o'ynaydi va o'quv jarayonini yanada interaktiv, qulay va samarali qilish imkonini beradi. Musiqashunoslikni o'qitishda bunday texnologiyalardan interfaol darslarni yaratish, eshitish va musiqiy idrokni rivojlantirish, shuningdek audio va video materiallar bilan ishlash uchun foydalanish mumkin. Masalan, o'quv dasturlari va onlayn kurslar talabalarga musiqa nazariyasi va musiqa san'ati tarixini qiziqarli tarzda o'rganish, munozaralar va loyihalarda faol ishtirok etish imkonini beradi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, o'qituvchilarga talabalarning yutuqlarini tahlil qilish, o'quv materiallarini ularning ehtiyojlariga moslashtirish va ular bilan doimiy aloqada bo'lishga yordam beradi. Shunday qilib, musiqashunoslikni o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yanada samarali va qiziqarli o'quv jarayoniga yordam beradi.

Baxadir Allaniyazov

21-24

2024-02-05

O‘QUVCHILARDA AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada o‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishning pedagogik va psixologik xususiyatlariga doir muhim ma’lumotlar berilgan. O‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishda axborot vositalari, jumladan televidenie, radio, gazeta va internetning o‘quvchi yoshlar ongiga ta’siri, ularning mazmuni, turli g‘oyalar va qarashlar, yoshlar ongida milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan yot g‘oyalarni paydo qilishga sabab bo‘lmoqda, shu sababdan, o‘quvchilarda axborotlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish zamon talabidir.

B.A. Eminov

61-66

2024-11-06

DEHQON XO‘JALIKLARIDA YER RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada dehqon xo‘jaliklarida yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning nazariy jihatlari tahlil qilinadi. Yer resurslarining iqtisodiy va ekologik ahamiyati, ularning maqbul taqsimoti hamda unumdorligini oshirishda zamonaviy yondashuvlarning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada yer resurslarini boshqarishning samarali usullari, ilmiy-nazariy yondashuvlar va ularni dehqon xo‘jaliklari sharoitida qo‘llashning ahamiyati yoritilgan. Muallif dehqon xo‘jaliklarida resurslardan oqilona foydalanish orqali barqaror qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ta'minlash yo‘llarini asoslab beradi.

Abutolibxon Axmatov

104-108

2025-07-29

O‘QUVChILARDA AXBOROTLARDAN FOYDALANISh MADANIYATINI ShAKLLANTIRIShNING TAShKILIY TUZILMASI.

Ushbu maqolada o‘quvchilarda axborotlardan foydalanish madaniyatini shakllantirishning tashkiliy tuzilmasi va ulardan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirishga doir muhim ma’lumotlar berilgan. Axborot vositalari, jumladan televidenie, radio, gazeta va internetning o‘quvchi yoshlar ongiga ta’siri, ularning mazmuni, turli g‘oyalar va qarashlar, yoshlar ongida milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan yot g‘oyalarni paydo qilishga sabab bo‘lmoqda, shu sababdan, o‘quvchilarda axborotlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish zamon talabidir.

B.A. Eminov

30-33

2024-11-06

ATROF- MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA TABBIY RESUSLARNI OQILONA FOYDALANISH

Inson hayoti va faolyati davomida tabiatdan foydalanadigan barcha turdagi tabiat ne’matlariga tabiiy resurslar deyiladi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Atrof muhitni ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol o‘ynaydi. Tabiiy omillar asosida atrof muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy o‘l bilan chaqmoq chaqishi, o‘t-olovlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada uzluksiz boradigan cherish (o‘simlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuzn beradi. Ushbu maqolada tabiiy resuslardan oqilona foydalanish metodlari hamda oqilona foydalanish usullari haqida ma’lumotlar berilgan.

Akobir Raximov

116-117

2023-11-30

INGLIZ TILI DARSLARIDA O‘YINLARNING AHAMIYATI XUSUSIDA

Ushbu maqola ingliz tilini o‘rgatishda o‘yinlardan foydalanish muhimligiga bag‘ishlangan. Maqolada ingliz tili darslarini o‘qitishda o‘yinlarning roli asoslanadi. Darslarni mashg‘ulotlar orqali o‘rgatish materiallar, buyumlar, rasmlar, o‘yinchoqlar, o‘yinlar, suhbat qismlari va boshqa rekvizitlarni qulay saqlash va osongina olishni talab qiladi. Maqolada ingliz tili darslarida foydalanish uchun o‘yinlarning bir nechta misollari keltirilgan. Ingliz tili darslarida ushbu interfaol usullardan foydalanish til o‘rganishni yanada foydali va mazmunli qiladi. Darslarda o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan faol o‘yinlardan foydalanish darsda qo‘yilgan maqsadga erishishga yordam beradi.    

Sabohatxon Yusupova , Zilola Teshaboyeva , Shukurullo Komoldinov

21-25

2023-01-14

TARBIYAVIY ISHLARDA IJOBIY PSIXOLOGIYA TAMOYILLARIDAN FOYDALANISH: IJOBIYLIKNI RAG’BATLANTIRISH USULLARI

O‘quv tarbiya jarayonida bilim berishning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan keng foydalanish, ularni doimiy ravishda takomillashtirib borish, rivojlangan davlatlar ta’lim tajribalaridan maqsadli foydalanish – ta’lim sifati va samaradorligini kafolatlaydi. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan fan, mavzu va uning mazmunida o‘rinli foydalanish ta’lim oluvchilarning qiziqishlarini orttiradi, bilish faoliyatini yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi.Bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan yoshlargina jamiyatni barqaror istiqbolli kelajagini ta’minlay oladi.

Layloxon Xamroqulova , Abduqunduz Xalimjanov

21-23

2025-09-30

Markaziy osiyoda suv tanqisligi muammosi: afg'on omili, suv resurslaridan foydalanish bo'yicha xalqaro hamkorlik

Ushbu maqolada xalqaro huquqiy tartibga solishga e'tibor qaratgan holda O'rta Osiyo mintaqasida transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari ko'rib chiqiladi. Hozirgi kunda global masala bo’lib turgan, Afg’onistonda qurilayotgan Qo’sh-tepa kanalining Markaziy Osiyoga ta’siri va ushbu suv resurslaridan foydalanishni tashkil etish kontekstida suv-siyosatining asosiy jihatlari, suv mojarolari va suv nizolarini hal qilish mexanizmlari yoritilgan. Mintaqadagi Amudaryo daryodan foydalanish masalalari tahlil qilinadi, davlatlarning suv huquqlari va majburiyatlari aniqlanadi. Suvdan foydalanishning ekologik va ijtimoiy jihatlari suvni barqaror boshqarish nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, xalqaro shartnomalar, iqlim o'zgarishlarining suv resurslariga ta'siri va suvdan foydalanish iqtisodiyoti ko'rib chiqiladi.

Dilmurod Iminov

17-21

2024-07-03

OILAVIY IJTIMOIY-IQTISODIY HOLAT VA BOLALARDA INTERNETDAN FOYDALANISH INTENSIVLIGI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK

Ushbu maqolada oilaviy ijtimoiy-iqtisodiy holat va maktabgacha yoshdagi bolalarda internetdan foydalanish intensivligi o'rtasidagi bog'liqlik o'rganilgan. Adabiyotlar tahlili natijasida oilaning ijtimoiy-iqtisodiy darajasi, ota-onalarning ta'lim saviyasi va moddiy ahvoli bolalarda internet foydalanish naqshlarini bevosita belgilashi aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy holatga ega oilalarda bolalar internetdan ko'proq, ammo sifatli foydalanadilar, past darajadagi oilalarda esa nazoratsiz va ko'pincha zararli kontentga kirish holatlari ko'proq kuzatiladi. Maqolada ijtimoiy tengsizlik va raqamli ajralish masalalari tahlil qilingan.

Sherzodbek Maxammadjonov

14-17

2025-06-07

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM SOHASIDAGI INQILOBIY O‘ZGARISHLARI VA KELAJAK ISTIQBOLLARI

Maqolaning maqsadi - umumiy ta'lim muassasalarida raqamli texnologiyalaridan foydalanish muammolarini ochib berish. Maqolada raqamlashtirishning ta'lim sifatiga ta'sirini ko'rib chiqishga alohida e'tibor qaratilgan, ta'limda axborot texnologiyalaridan foydalanish misollari ochib berilgan. Maqolada raqamli texnologiyalarining uchta asosiy komponenti texnik vositalar, dasturiy vositalar va tashkiliy-uslubiy ta’minot tizimi sifatida tavsiflanadi; Maqolada eng keng tarqalgan ko'p funksiyali ofis ilovalari va IT vositalarini sanab o'tadgan; o‘quv jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari yoritilgan. Maqolada ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’lim jarayonini takomillashtirishning zamonaviy usullaridan biri bo‘lgan o‘qitishning keng ko‘lamli shakl va usullarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi degan xulosaga kelishadi. Maqola faoliyat sohasi taʼlimda zamonaviy raqamli texnologiyalarini takomillashtirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan oʻqituvchilar va talabalar uchun moʻljallangan.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Ulug’murodova Shaxlo Shuhrat qizi

31-37

2025-03-24

TAʼLIM MUASSASALARINI BOSHQARISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI

XXI asr yangi tanlovlar, yangi texnologiyalarni oʻz ichiga olgan imkoniyatlar va hayotning barcha sohalarida texnologiyalarning keng tarqalganligi bilan bogʻliq muammolar: biznes va boshqaruv, hukumat, taʼlim va boshqa akademik sohada oʻtgan yangilik haqidagi fikrlar bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini boshqarishda raqamli texnologiyalardan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb muammolari boʻlib qolmoqda.

N.Sh. Mavlonov

84-86

2024-01-23

BUZILGAN YERLARNI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISHNING CHORA TADBIRLARINI.

Maqolada yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sharoitida qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni oqilona tashkil etish, foydalanish samaradorligini oshirish, sug‘oriladigan tuproqlarning unumdorligini saqlash, oshirish va ulardan oqilona foydalanish, ikkilamchi sho‘rlanish jarayonlariga qarshi kurashda resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish muammolari tahlil qilingan.

Otabek Nuriddinov

172-177

2024-06-30

O‘RMONLARDAN FOYDALANISH HUQUQI TURLARI VA VUJUDGA KELISH ASOSLARI

Ushbu maqolada o‘rmonlardan foydalanish huquqi, ushbu huquq turlariga umumiy tavsif  hamda o‘rmondan foydalanish huquqining vujudga kelish asoslari yuzasidan fikr yuritiladi.

Munira Berdikulova

142-149

2024-05-31

INFORMATIKA FANLARINI O‘QITISHDA AXBOROT MADANIYATI VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Maqolada informatika darslarida o‘quvchilarni internetdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha turli ma’lumotlar taqdim qilingan. Bugun dunyoda katta xavfga aylanib borayotgan kiberjinoyatlar-turli online qimorlar,o‘yinlar asosida pul ishlash kabi axborot hujumlari uchun mafkuraviy kurash olib boorish va internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish juda muhimdir.

Husanboy Sulaymonov , Shaxlo Bakirova

45-47

2023-12-19

MAMLAKATIMIZDA YAYLOV YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada yaylov yerlaridan samarali foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tahlil qilingan. Global oziq-ovqat xavfsizligi, resurslar tanqisligi va iqlim o‘zgarishi sharoitida yaylovlardan oqilona foydalanish chorvachilikni rivojlantirishda muhim omil sifatida ko‘rsatib berilgan. Naslchilikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yem-xashak bazasini mustahkamlash orqali soha samaradorligini oshirish yo‘llari asoslab berilgan. Yaylovlardan to‘g‘ri foydalanish iqtisodiy barqarorlik va aholi farovonligiga xizmat qiladi..

Erali Qudratov

114-117

2025-06-24

MILLIY IQTISODIYOTDA MEHNAT RESURSLARINING AHAMIYATI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI

Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotda mehnat resurslarining ahamiyati va ulardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi jarayonida mehnat resurslarining roli va ulardan foydalanish samaradorligi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim omil ekanligi ta’kidlanadi. Mehnat resurslari, ularning shakllanishi va tasniflanishi bo‘yicha nazariy qarashlar hamda iqtisodiy faol va nofaol aholining o‘zaro farqlari tahlil qilinadi. Mehnat resurslarining yosh, malaka, tajriba va boshqa jihatlarga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularni boshqarishning dolzarb vazifalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro standartlar va integratsiya jarayonlari sharoitida "iqtisodiy jihatdan faol aholi" tushunchasini qo‘llash zaruratiga e’tibor qaratilgan. Ushbu mavzu bo‘yicha berilgan tavsiyalar mamlakatda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Jumanov Eshmamat Turdiyevich

65-69

2024-12-28

BIG DATA TEXNOLOGIYALARINING FAN VA TA’LIMDA QO‘LLANILISHI

Ushbu maqolada Big Data texnologiyalarining fan va ta‟lim sohalarida, ayniqsa dasturlash fanida qo„llanilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Katta ma'lumotlardan foydalanish orqali ta‟lim jarayonlarining samaradorligini oshirish, shaxsga moslashtirilgan oqitish tizimlarini yaratish va ilmiy tadqiqotlarda yangi bilimlar ochilishi mumkinligi ko„rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada Big Data
texnologiyalarining O„zbekistonda raqamli ta‟lim va fan taraqqiyotiga ta‟siri batafsil yoritilgan. Tajriba sinovlari orqali bu texnologiyalarning dasturlash fanida amaliy qo„llanilishi tahlil qilinib, moslashtirilgan yondashuvlar taklif etilgan

Sodikova Nigora Irgashevna, Muxtorova Zilola Ziyoviddinovna

38-43

2025-01-04

SHAMOL VA QUYOSH ELEKTR STANSIYALARINI GIBRID TIZIM SIFATIDA BIRGALIKDA FOYDALANISH UCHUN KONTROLLERDAN FOYDALANISH

Quyosh va shamol elektr stansiyalaridan birgalikda foydalanish mumkin. Quyosh panellarining zaif tomonlari bor, ya'ni yomg'irli yoki bulutli ob-havo shaoitlarida ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi kamayadi. Shamol generatorlari uchun esa doimiy esadigan shamol mavjud bo’lishi kerak. Shunday qilib ularni birlashtirish orqali barqaror tizim sifatida foydalanishimiz mumkin, bu odatda gibrid tizim deb ataladi.

Usmonjon Ahmedov

1196-1198

2024-07-31

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISH JARAYONIDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA BOLALARNING O‘ZLASHTIRISH DARAJASINI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi, bolalarga ta’siri, multimedia texnologiyalaridan foydalanish tartibi, Maktabgacha ta’lim samaradorligida multimedia texnologiyasining ahamiyati,maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligida multimedia texnologiyalardan foydalanib bolalarning qiziqishini qo‘llab-quvvatlagan holda bilim olishga yo‘naltirish usullari yoritilgan.

Bonu Matrizayeva

279-282

2022-07-05

##navigation.items## 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy