Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

O‘SMIRLARDA GENDER IDENTIKLIGI SHAKLLANISHIDA TA’LIM, OILA MUHITI VA STEREOTIPLARNING ROLI

Mazkur maqolada o‘smirlarning gender identikligi shakllanishiga ta’lim tizimi, oila muhiti va gender stereotiplarining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, gender identiklikni shakllantirishda ota-onalarning farzandlar bilan muloqoti, maktab muhitidagi stereotiplar va jamiyat tomonidan o‘rnatilgan gender normalari katta ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida 100 nafar o‘smir va ularning ota-onalari ishtirokida so‘rov o‘tkazilib, ta’lim va oila muhitining gender identiklik shakllanishiga ta’siri tahlil qilindi. Gender stereotiplarining shaxsiy identiklikka qanday ta’sir qilishiga oid empirik natijalar keltirilgan hamda ushbu stereotiplarni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Daminova Manzura Salimovna

108-113

2025-02-24

GENDER TENGLIK: AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA SAMARALI TASHABBUSLAR VA ILG’OR TAJRIBALAR

Ushbu maqola “Ayollar huquqlarini himoya qilishda samarali tashabbuslar va ilg‘or tajribalar” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, ayollar huquqlarini himoya qilishda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli tashabbuslar va ilg‘or tajribalarni tahlil qiladi. Maqolada dunyo miqyosida gender tengligini ta’minlash uchun qilingan harakatlar, ayniqsa ayollarni siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ayollarga qarshi genderga asoslangan zo‘ravonlik, ayrim mamlakatlardagi mehnat bozoridagi tengsizliklar va huquqiy kiritishlar muhokama qilinadi. Ilg‘or tajribalarga e’tibor qaratilgan holda, ayollar huquqlarini himoya qilishning samarali yo‘llari va davlatlar tomonidan amalga oshirilgan samarali tashabbuslar, jumladan, qonunchilik, ta’lim, va ijtimoiy dasturlar orqali gender tenglikni ta’minlashda erishilgan yutuqlar yoritiladi. Maqola, shuningdek, gender tengligini ta’minlashda global hamkorlik va hukumatlarning faol ishtiroki zarurligini ta’kidlaydi. Maqolada Skandinaviya mamlakatlari (xususan, Shvetsiya va Norvegiya), Islandiya, Rwanda, Kanada va Shveysariya kabi davlatlarning tajribalari yoritiladi. Ular mehnat bozorida, siyosatda va ijtimoiy sohalarda gender tengligini ta’minlash uchun amalga oshirilgan siyosatlar va tashabbuslar asosida muvaffaqiyatlarga erishgan. Maqola, boshqa mamlakatlar uchun hamgender tengligini rivojlantirishda qanday o’rnak bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.

Taylakova Guli Bekmuratovna

624-629

2025-01-14

GENDER MUAMMOSINING NAZARIY-METADOLOGIK ASOSLARI

Mazkur maqola gender muammosining davlat siyosati va davlat tizimidagi o‘rnini o‘rganadi. Xalqaro va milliy adabiyotlar tahlili asosida gender tenglik muammosining siyosiy-mafkuraviy regulyatsiyadagi o‘rni ochib beriladi. Gender tenglikni ta’minlash, nafaqat, O‘zbekistonning balki butun dunyo davlatlari siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi ko‘rib chiqiladi.

Rustamova O. Sh.

27-34

2025-10-08

OILADA ER-XOTIN GENDER TENGLIGINI TA’MINLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK ASOSLARI

O‘zbek oilalarida gender tengligini ta’minlanishi xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham beradi, ijtimoiy-madaniy rivojlanishning barcha jarayonlarida ayollarning samarali ishtirok etish imkoniyatini ta’minlaydi. Gender tengsizligini saqlanib qolinishida gender stereotiplarining  ta’siri aniqlangan. Gender tengligini takomillashtirishda gender kompetentlikni oshirish imkoniyatlari, ijtimoiy-psixologik omillarning o‘rni va ahamiyati ko‘rsatilgan.

U.Saribayeva

632-635

2025-01-14

GENDER TENGLIKNING SHAXS BAXTLILIK DARAJASIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada gender tenglik jamiyat hayotiga uning rivojlanishiga va insonlar baxtlilik darajasiga, sub'ektiv farovonligiga ta'sir ko'rsatishi aks ettirilgan.Gender tenglik mavjud jamiyat va gender tenglik mavjud bo'lmagan jamiyat o'rtasidagi baxt indeksi solishtirilgan.Gender tenglik mavjud bo'lgan oilalar va ulardagi farzandlar dunyoqarashidagi differinsiallar yoritib berilgan.

Madina Xudoyorova

538-543

2022-12-17

GENDER TENGLIK: AYOLLAR HAR JABHADA FAOL

Maqolada gender tenglikni ta’minlash maqsadida, ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda faolligini oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yaratilayotgan
shart-sharoitlar o‛rganilgan.

G‛.A. Qurbonaliyev

83-87

2024-03-28

GENDER TUSHUNCHASINING ASOSIY MOHIYATI

Maqolamizda gender tushunchasi uning mohiyati, gender va jins tushunchalariga berilgan ta’riflar, dunyo va o`zbek olimlarining gender bilan bo`g`liq tadqiqotlari, genderning hozirgi kundagi ahamiyat kabi masalalar haqida so’z boradi.

Gulzoda Turobova

214-217

2024-05-23

GENDER YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHILARNI IJTIMOIYLASHTIRISH: XORIJ TAJRIBASI

Ushbu maqola gender yondashuv asosida o‘quvchilarni ijtimoiylashtirish jarayonining nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qiladi. Xorij tajribasida gender yondashuvning ijtimoiy tenglikni ta’minlash, o‘quvchilarni teng imkoniyatlar yaratishda faol ishtirok etishga undashdagi roli yoritilgan. Tadqiqotda gender ta’limining o‘quv dasturlariga integratsiyasi, o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlari hamda o‘quv muhitida gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha muvaffaqiyatli xorijiy modellar tahlil qilinadi. Xususan, Skandinaviya mamlakatlari, Kanada, Avstraliya va Yevropa Ittifoqi davlatlari tajribasi asosida olingan natijalar yoritilgan. Ushbu maqola gender yondashuvni amaliyotga joriy qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga ko‘maklashadigan tavsiyalarni taklif qiladi.

Sardorbek Sharifzoda

493-496

2024-11-29

GENDER TENGLIK BARCHA AYOLLAR HUQUQ VA IMKONIYATLARINING KAFOLATI SIFATIDA

Ushbu ilmiy maqolada gender tenglik tushunchasi uning ayollar huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashdagi o‘rni o‘rganilgan. Maqolada gender tenglikning nazariy asoslari, huquqiy bazasi, O‘zbekiston tajribasi tahlil qilinib, sohadagi mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar yoritiladi.

Sevara Shukurova, Gulnoza Suvonqulova

7-10

2025-06-16

SUD TIZIMIDA GENDER TENGLIK

Ushbu maqolada sud tizimida gender tenglik masalalari tahlil qilinadi. Sud tizimida erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglikni ta'minlash nafaqat inson huquqlari himoyasi, balki adolatli va teng huquqli jamiyatni barpo etishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqot davomida gender tenglikka erishish uchun mavjud muammolar, to'siqlar va imkoniyatlar hamda xalqaro va milliy me'yoriy hujjatlar ko'rib chiqiladi. Sud tizimida gender tenglikka erishish borasidagi tajribalar tahlil qilinib, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar va ular ta'siri muhokama qilinadi. Gender tenglikni ta'minlash sud tizimining adolatli faoliyat ko'rsatishi uchun zarur shart-sharoit yaratadi.

Abdiqayum Mahkamov

136-139

2024-09-30

MEHNAT MUNOSABATLARIDA GENDER TENGLIKNI TA’MINLASH MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH ISTIQBOLLARI

Mehnat munosabatlarida gender tenglikni ta’minlash zamonaviy jamiyatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillaridan biridir. Ushbu maqolada gender tenglikka erishishda yuzaga keladigan muammolar, ularning sabab va oqibatlari, shuningdek, xalqaro va milliy tajriba asosida ushbu muammolarni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinadi. Mehnat munosabatlarida gender tenglikni ta’minlash uchun huquqiy va institutsional mexanizmlarni takomillashtirish, gender auditi tizimini rivojlantirish va xalqaro standartlarga mos siyosat yuritish zarurligi ta’kidlanadi.

Aziza Ismoilova

139-142

2024-12-16

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI: TA’LIM TIZIMIDA GENDER TENGLIKNI TA’MINLASH IMKONIYATLARI

В данной статье анализируются возможности обеспечения гендерного равенства в системе образования в рамках Целей устойчивого развития. Образование рассматривается как главный фактор достижения гендерного равенства, рассматриваются вопросы расширения образовательных возможностей девушек и женщин, устранения гендерных стереотипов, совершенствования содержания и методики образования, основанного на равенстве. Также в статье анализируется влияние обеспечения гендерного равенства на систему образования, существующие трудности и пути их преодоления. Таким образом, будут подчеркнуты роль и важность образования для достижения устойчивого развития общества.

Diyora Madraximova

134-138

2024-09-16

GENDER TENGLIK MASALASINING YANGI O`ZBEKISTONDA HUQUQIY JIHATLARI

Bugungi kunda inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida ayollar huquqlari, erkak va ayol o`rtasidagi ijtimoiy va huquqiy tenglik masalasi ozining dolzarbligini ko`rsatmoqda. Chunki hozirgi kunda dunyoning ko`plab mintaqalari ayollarning jamiyatdagi mavqei, ular huquqlarining poymol etilayotganligi bilan bog`liq jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda. Mazkur maqolada gender tenglik masalasining yangi O`zbekistonda huquqiy jihatlari ko`rib chiqilgan.

Malika Uraimjonova

87-91

2023-04-27

OILADA GENDIR TENGLIK MUAMMOSI

Ushbu maqolada uzoq yillar befarq qaralgan gender tengligi, uning mazmuni va mohiyati, jamiyat hayotida ahamiyati keltirib oʻtilgan. Bundan tashqari gender tengligining Oʻzbekistonga kirib kelishi, asosiy qonunlar va oila hayotida tutgan roli xususida maʻlumotlar berib oʻtilgan.

Mirsidikova Aziza Mirvohidovna

630-631

2025-01-14

GЕNDЕR TENGLIKNING IJTIMOIY-HUQUQIY VA ANTROPOLOGIK JIHATLARI

Maqolada gender tenglikning ijtimoiy-falsafiy, huquqiy va antropologik jihatlari tahlil qilinib, ijtimoiy munosabatlar, huquqiy-mehnat munosabatlari va jinsiy-fiziologik jihatlarda gender tenglikning qo‘llanishiga doir mulohazalar keltirilgan. Ayollarning huquqlarini himoyalash, ayniqsa gender tenglikka amal qilish jamimyat taraqqiyotining muhim asosi ekani o‘rganilgan.

Dilorom Abdullayeva

8-12

2022-12-06

ZAMONAVIY OILALARDA XOTIN-QIZLAR IMTIYOZLARINI TA’MINLANISHI VA RO'LLAR TAQSIMOTI

zamonaviy o‘zbek oilalarida xotin-qizlar imtiyozlarini ta’minlanishi va rollar taqsimoti gender tengligini saqlanishida muhim sanaladi.  Gender tengligini saqlanishida gеndеr stеrеotiplarning хam ta’siri o‘rganilgan bo’lib, mazkur jamiyat uchun aynan shu tariхiy davrdagi erkaklar va ayollar o’rtasidagi farqliklar to’g’risidagi tasavvurlarni saqlanib kеlayotganligini izohlaydi.

Maqolada, gender tengsizligini saqlanib qolinishida gender stereotiplarining  ta’siri aniqlangan. Oilada xotin-qizlar imkoniyat va imtiyotlarini ta’minlanishi kamsitishlarning har qanday shakliga barham berishi asoslangan.

U.Saribayeva, F.Alimova, Turabekova Shahnoza Damirovna

650-654

2025-01-14

O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA GENDER TENGLIK

Ushbu maqolada ayollar huquqlarini himoya qilish va xotin-qizlarni kamsitilishiga barham berish shuningdek, O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari va gerder tenglik kabi masalalar yoritib berilgan.

Sevara Yo‘ldashova

124-126

2024-08-29

PEDAGOG KADRLAR MASALASI VA GENDER TENGLIK

Ushbu maqolada pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati, pedagogning jamiyat va yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni shuningdek pedagogic faoliyatda gender tenglik masalari ham  yoritib berilgan.

Sevara Yo‘ldashova

66-68

2024-11-18

YANGI O’ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKNI TA'MINLASHNING IJTIMOIY-HUQUQIY ASOSLARI

Ushbu tezisda Mamlakatimizda so’nggi yillarda gender tenglik atamasini erkin qo’llash imkoniyati yuzaga keishi bilan birgalikda, ushbu yo’nalishda mamlakat siyosatida keskin yangiliklar amalga oshrilgani hamda buning aholi turmush tarziga bo’lgan ahamiyati darajasi haqida so’z boradi.

Mohistara Muhammadyunusova

4-6

2024-11-05

GENDER TENGLIK VA JAMIYAT

Ushbu maqolada hozirgi kunda ko‘plab muammolar va muhokamalarga sabab bo‘layotgan Gender tenglik tushunchasi mohiyati va jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni haqida qisqacha bayon keltirib o‘tilgan. shuningdek, yoshlar va o‘rta yoshli aholi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan kichik so‘rovnoma natijalariga shaxsiy munosabat kabi xulosalar aytib o‘tilgan

Luqmonova Ruxsora Habibullo qizi, Ravshanov Umarbek Shavkat o‘g‘li

103-104

2022-02-19

DAVLAT XIZMATI SOHASIDA GENDER TENGLIKNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada O`zbekiston Respublikasida erkaklar va ayollarning  huquqlari, erkinliklari va imkoniyatlari teng bo`lishi va gender tenglik rivojlangan mamlakatlar singari yuqori darajaga olib chiqilishi hamda ko`plab sohalarda, misol uchun, davlat xizmatlari, saylov tizimi, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy sohalarda ayollarning o`rnini va imkoniyatlarini yanada oshirish borasida amalga oshirish kerak bo`lgan chora-tadbirlar haqida bayon etiladi.

Xumora Qurbonboyeva

89-92

2024-03-31

JAMIYATDA XOTIN-QIZLAR TENGLIGINI TA’MINLASH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston va jahon maydonida ayollarning jamiyat hayotida gender tenglik huquqlarining ta’minlanishi va qo‘llab-quvvatlanishi mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, davlatimiz tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda xotin-qizlar masalasiga karatilgan e’tibor va takliflar haqida so‘z yuritilgan.

Qurbanova Dilrabo Sheripbaevna

51-56

2025-02-14

SHARQ IJTIMOIY TAFAKKURIDA GENDER TENGLIK TO‘G‘RISIDAGI G‘OYALARNING SOTSIOLOGIK-RETROSPEKTIV TAHLILI

Ilmiy maqolada asosan, Sharq olimlari ta’sirining ijtimoiy tafakkur shakllanishidagi o’rniga urg’u bergan holda “gender tenglik” atamasining yuzaga kelishidan oldin uning mazmun mohiyati mavjud bo’lgani haqida g’oyaviy ma’lumotlar keltirilgan. Amalga oshirilgan sotsiologik-retrospektiv tahlillar orqali ilgari surilgan fikrlar asoslab berilgan.  

Mohistara Muhammadyunusova

5-9

2024-11-05

JAMIYATIMIZDA GENDER TENGLIKNI DOLZARB MASALALARI

Ushbu maqolada jamiyatimizda gender tenglik xususiyatlari va  xotin-qiz va ayollarrni ilm-fan va ta’limga faol jalb etish, yoshlarni salohiyatini yanada yuqori cho’qqilarga ko'tarish ilmiy va innovatsion faoliyatini kengaytirish, barchanin teng  huquqli ekanligini ta'minlashdan iborat.

S.T. Qalandarova

10-13

2024-05-22

JAMIYATDA XOTIN-QIZLARINING GENDER TENGLIGI PARADIGMASIDA OILA VA NIKOHNING ROLI

Mazkur maqolada jamiyatda gender tengligiga intilish sharoitida oila va nikohning roli muhokama etiladi. Shuningdek, oila institutiga nisbatan gender tenglashtirishni joriy etish muammolari va ularning an’anaviy muqobillari qiyosan o‘rganildi.

Ashirali Azimov

55-57

2023-02-28

##navigation.items## 1 2 3 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy