Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

NEMIS TILI GRAMMATIKASINI O’RGANISHDA QO’SHIQLARNING AHAMIYATI

Maqolada nemis tili grammatikasini o'rgatishda nemis tilidagi qo'shiqlardan foydalanish usullari tasvirlangan, uning yordamida grammatik tuzilmalarni yaxshiroq faollashtirish va assimilyatsiya qilishga erishiladi. O'quv qo'shiqlari bilan ishlash metodikasi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: matnda qo`llanilgan grammatik material bilan tanishish; grammatik materialni tushuntirish; o’rganilgan grammatik materialni mustahkamlash; o'rganilgan grammatik materialni qo'llash; grammatik materialni egallash darajasini tekshirish. Misol tariqasida, nemis tilidagi qo'shiq materiallari bilan ishlashda foydalanish mumkin bo'lgan bir nechta turdagi topshiriqlar berilgan.

Polvonova Dilinur Alisherovna

143-145

2024-02-29

INGLIZ VA O‘ZBEK TILARIDA OT SO‘Z TURKUMIDA UCHROVCHI GRAMMATIK KATEGORIYALARNING QIYOSIY TAHLILI.

maqolada grammatik ma’no, grammatik shakl va grammatik kategoriya tushunchalari, ularning o‘zbek va ingliz tillarida ifodalanishi, avtomatik tarjima jarayoniga ta’sir etuvchi ingliz tilida mavjud, ammo o‘zbek tilida uchramaydigan grammatik kategoriyalarning lingvistik tahlili bayon etilgan.

Madinabonu Qodirova

136-139

2023-06-24

GRAMMATIK KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA O‘YINLI METODLARNING O‘RNI

Ushbu maqolada o‘zbek tili ta’limida grammatik ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida o‘yinli metodlardan foydalanishning samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — grammatik bilimlarni o‘quvchilarga qiziqarli va faol ishtirok asosida yetkazish, ularning nutqiy va grammatik kompetensiyasini rivojlantirishdir. Tadqiqot jarayonida umumta’lim maktabining 3–4-sinfida tahsil olayotgan 30 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Tajriba davomida “Grammatik domino”, “So‘z zanjiri”, “Top va javob ber”, “Kim chaqqon?” kabi interfaol va o‘yinli topshiriqlar qo‘llanildi. Natijada tajriba guruhi o‘quvchilarining grammatik qoida va shakllarni anglash, ularni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash ko‘rsatkichlari an’anaviy metod bilan taqqoslaganda sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Tadqiqot grammatik ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘yinli metodlar motivatsiyani kuchaytirishi, faol ishtirokni ta’minlashi va o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam berishini ko‘rsatdi. Ushbu natijalar o‘zbek tili ta’limida interfaol metodlarni keng joriy etish zarurligini asoslaydi.

Aytimbetova Dilbar Azirbaevna

69-72

2025-10-18

RUS TILI O‘QITISHDA GRAMMATIK VA LEKSIK TA’LIM METODIKASI: TILSHUNOSLIK NUQTAI NAZARIDAN

Ushbu maqolada rus tilini o‘qitishda grammatik va leksik ta’lim metodikasi tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilil qilinib,  tilning tuzilishi, uning grammatik va leksik jihatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, shuningdek, bu bilimlarni o‘quv jarayonida to‘g‘ri va samarali taqdim etish metodlari yoritiladi. Tilshunoslik nazariyasi asosida grammatik qoidalar va leksik birliklarni o‘rgatishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Rus tili o‘qitishda tilshunoslik yondashuvining ta’lim sifatini oshirishdagi roli va ahamiyati tahlil qilinadi.

Sarimsakova Nargis Kazbekovna, Islamova Dilyora

149-151

2025-06-16

TARJIMANING GRAMMATIK MUAMMOLAR

Ushbu maqola tarjima jaroyinida Grammatik muammolarni va Grammatik qismlarni o’z ichiga oladi. Bu maqolada tarjima qilishdagi asosiy grammatik  qiyinchiliklarni va uning shakllarini bir qancha olimlarning ilmiy ishlariga tayangan holda ko’rib chiqamiz. Ushbu maqolada tarjima jarayonida kelishik qo'shimchalari, strukturalarning mos kelmasligi, sintaktik qismlar, tarjimonning roli va grammatik muammolarning  yechimlarini  ko’rib chiqamiz.

Sodiqova Dinora Faxriddin qizi

130-132

2025-04-23

OT SOʻZ TURKUMIDA SON GRAMMATIK KATEGORIYASINING IFODALANISHI

Ot soʻz turkumining muhim grammatik kategoriyasi hisoblanadigan son shakli – soʻzlarning son jihatidan bitta yoki koʻp boʻlishini koʻrsatuvchi shakl boʻlib, otlarda ziddiyat holida boʻlgan birlik va koʻplik maʼnosi va bu maʼnoni ifodalovchi shakllar sistemasi grammatik son kategoriyasini tashkil qiladi.

Alimova Sarvinoz Sobirovna

4-6

2023-12-12

MUSTAQIL SÓZ TURKUMLARINING ÓZIGA XOS XUSUSIYATLARI

So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan o‘xshashligiga ko‘ra ayrim leksik - grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning grammatik ma’no-lari bilan bir qatorda, lug‘aviy ma’nosi ham asosiy belgilardan hisob-lanadi. Ham grammatik, ham leksik ma’nolarga ega bo‘lib, gapda mustaqil sintaktik bo‘lak sifatida ishtirok etadigan so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi.

Akmirzayeva Yulduz Xurramovna

27-28

2022-09-28

AYUB G'ULOMOVNING OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA GRAMMATIK KATEGORIYALARGA OID TADQIQI. (OTLARDA KOʻPLIK KATEGORIYASI MISOLIDA)

Mazkur maqolada oʻzbek tilshunosligida grammatik kategoriyalarning vositalar va usullari, Ayub Gʻulomovning oʻzbek tilshunosligida grammatik kategoriyalarga oid tadqiqi, otlarda koʻplik kategoriyasi va ularga doir keltirilgan bir qator misollar, xususiy hodisalar umumlashmasi haqida batafsil bayon qilingan.

Ernazarova Mahliyoxon Qobiljonovna

158-162

2023-01-07

SINXRON TARJIMADA GRAMMATIK TRANSFORMATSIYALARNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada sinxron tarjima jarayonida grammatik transformatsiyalarning tutgan o‘rni va ularning tarjima sifati va ma’no aniqligiga ta'siri tahlil qilinadi. Tarjima jarayonida sintaktik, morfologik va uslubiy o‘zgarishlarning zaruriyati, ularning turlari va qo‘llanish usullari haqida fikr yuritiladi. O‘zbekiston va xorijiy olimlar tadqiqotlari asosida grammatik transformatsiyalarning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi.

Raufov Miraziz Mustafaqulovich

176-178

2025-04-28

INGLIZ TILINI O'QITISHDAGI TOPSHIRIQLAR TIPOLOGIYASI (1-2-SINF DARSLIKLARI MISOLIDA)

Mazkur maqolada ingliz tilini o'qitishda foydalaniladigan 1-2-sinf darsliklarida grammatik topshiriqlar turli metodologik yondashuvlar va ta'lim usullariga asoslanishi yoritilgan. Shuningdek, darsliklar o`quvchilarga tilni o'rganishda yordam berish uchun turli mavzular, grammatika qoidalari, leksika, gapirish, tinglash, o'qish va yozish ko'nikmalarini rivojlantiradigan topshiriqlar va materiallar taqdim etilishi bayon etilgan.

Turakulova Lola Xamidjanovna

100-104

2025-01-15

TARJIMADA GRAMMATIK KATEGORIYALARNING IFODALANISHI

Ushbu maqolada tarjimada grammatik kategoriyalarning o‘rni va badiiy tarjimada qo‘llash funksiyalari masalariga bag‘ishlanadi. Bundan tashqari ushbu maqolada yozuvchi Johann Wolfgang Goethe tomonidan yozilgan Erkin Vohidov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan "Faust" asari ham bir muncha tahlil qilingan.

Madixonova Orasta Otabek qizi

61-63

2023-01-30

JAHON TILSHUNOSLIGIDA GRAMMATIK KATEGORIYALAR TADQIQI

Ushbu maqolada O’zbek, turk, fransuz, nemis va boshqa bir qancha tillar misolida har bir Grammatik kategoriyaga misollar keltirilib, jadval ko’rinishida qiyosiy tahlilga tortilgan. Maqola maqsadi dunyo tillari miqyosida Grammatik kategoriyalarni chuqurroq o’rganish va o’zbek tilining ilmiy boyligini oshirish.

Tursunova Durdona G’ulom qizi

37-39

2025-09-22

SINKRETIZM HODISASI TADQIQI XUSUSIDA

O`zbek tili morfologik jihatdan agglutinativ til boʻlganligi uchun undagi har bir grammatik maʼno ayrim morfemalar bilan ifodalanadi. Biroq ba’zi hollarda ma’lum grammatik formalarda bu qonuniyatga bo`ysunmaslik kuzatiladi. Ya’ni bir grammatik formada ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no birlashib, ma’no sinkretizmi yuzaga chiqadi. Sinkretizm soʻzi yunoncha synkretismus – “birlashish”, “bogʻlanish” degan ma’nolarni anglatadi. Lingvistik atama sifatida sinkretizm birinchi marta L.Yelmslev tomonidan taklif qilingan. Uning asarida sinkretizm tushunchasi tilning umumiy mulki sifatida keltirilgan. Bir guruh olimlar sinkretizning paydo bo`lishini “tilning tarixiy taraqqiyoti davomida funksional jihatdan turli kategoriya va shakllarning bir shaklga mos kelib qolishi” deb izohlaydilar

G. Jo‘raboyeva, F. Nosirova

136-138

2025-06-13

INGLIZ TILINI O'QITISHDAGI TOPSHIRIQLAR TIPOLOGIYASI (1-2-SINF DARSLIKLARI MISOLIDA)

Mazkur maqolada ingliz tilini o'qitishda foydalaniladigan 1-2-sinf darsliklarida grammatik topshiriqlar turli metodologik yondashuvlar va ta'lim usullariga asoslanishi yoritilgan. Shuningdek, darsliklar o`quvchilarga tilni o'rganishda yordam berish uchun turli mavzular, grammatika qoidalari, leksika, gapirish, tinglash, o'qish va yozish ko'nikmalarini rivojlantiradigan topshiriqlar va materiallar taqdim etilishi bayon etilgan.

Turakulova Lola Xamidjanovna

159-164

2025-03-31

ITALYAN TILIDAGI ANTONIMIK KORRELATSIYALI MAQOLLARNING LEKSIK GRAMMATIK TAHLILI

Mazkur maqola italyan tilidagi antonimik korrelatsiyali maqollarning leksik va grammatik jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ushbu maqollarning semantik tarkibi va sintaktik tuzilishi o‘rganilib, ularning ma’no va grammatik struktura jihatidan qanday shakllanishi aniqlanadi. Maqolada ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish usulidan foydalanilgan bo‘lib, italyan tilshunosligida maqollar tizimi va antonimiya hodisasi bo‘yicha ilgari olib borilgan tadqiqotlar ko‘rib chiqiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, antonimik korrelatsiyali maqollar til tizimida muhim semantik munosabatlarni aks ettirib, lingvistik va madaniy jihatdan ahamiyatli birliklar hisoblanadi.

B.M. Sadikova

95-98

2025-05-19

LEKSIK ANTONIMLAR VA ULARNI ANIQLASH MEZONLARI

Mazkur tezisda leksik antonimlarning til tizimidagi o‘rni, ularning semantik va grammatik xususiyatlari, hamda aniqlash mezonlari yoritiladi. Antonymiya hodisasiga oid turli olimlarning nazariy qarashlari tahlil qilinib, ilmiy yondashuvlar qiyosiy tarzda ko‘rib chiqiladi. Leksik antonimlarni aniqlashda semantik, grammatik, paradigmatik, kontekstual va lingvokulturologik mezonlarning uyg‘unligi asosiy talab sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.

X. Mamatkulova

38-39

2025-08-15

LOGOPEDIK TERMINLARNING GRAMMATIK-FONETIK JIHATLARI SHARHI

Mazkur maqolada logopedik terminlarning fonetik va grammatik tizimga moslashish xususiyatlari, ularning o‘zbek tili strukturasi bilan integratsiyasi, talaffuzdagi farqlanishlar, urg‘u va bo‘g‘in tuzilmasi hamda nutqiy muomala jarayonida grammatik funksiyasi tahlil qilinadi. Shuningdek, atamalarning professional va ommaviy muhitda ishlatilishidagi fonetik-grammatik sezgirlik masalalari ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi.

Kodirova Maftuna Zovkiyevna

182-184

2025-06-19

INGLIZ TILINI O'QITISH JARAYONIDA A2 DARAJADAGI O’QUVCHILARNING GRAMMATIK KOMPETENTSIYASINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSI

Maqolada ingliz tilini o'qitish jarayonida A2 darajadagi o’quvchilarning grammatik kompetentsiyasini shakllantirish muammosi, A2 darajaga qo’yilgan talablar, yurtimizdagi olimlarning grammatika haqidagi fikrlari, o’quv darsliklari haqida so’z yuritilgan.

M.B. Norqulova

24-26

2023-03-14

GRAMMATIK TUSHUNCHANI O‘ZLASHTIRISH USTIDA ISHLASH METODIKASI

O‘quvchining til materiali va vositalarini nutqda qo‘llay bilishi uchun yetarli bilimni o‘zlashtirishi, muayyan bir xabarni yoki ma’lumotni turli shakllarda bera olish, badiiy, ilmiy asarlarni o‘rganib, ular haqidagi fikr-mulohazalarini og‘zaki hamda yozma shakllarda to‘g‘ri bayon eta olish talab etiladi. Bu borada ona tili ta’limida kommunikativ yondashuvni qo‘llash, o‘z tiliga oid bilimlarni puxta egallash ona tili sohasi oldidagi zaruriy vazifa hisoblanadi. Maqolada o‘quvchilarning ona tili darslarida grammatik tushunchalarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar va buning natijasida yozma nutqiy xatoliklarning yuzaga kelishi, bunday kamchiliklarni oldini olish yo‘llari, o‘quv-topshiriqlarning o‘rni, qo‘llash usullari bo‘yicha metodik tavsiyalar berib o‘tilgan.

Nodira Masharipova Raxmanovna

458-460

2024-07-31

SO‘Z BIRIKMASI VA GAP O‘RTASIDAGI GRAMMATIK VA SEMANTIK FARQLAR

Tilshunoslikning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan sintaksis so‘zlar va gaplarning tuzilishi, ularning o‘zaro munosabati hamda nutqdagi funksiyasini o‘rganadi. So‘z birikmasi va gap sintaksisning ikki mustaqil, ammo uzviy bog‘liq birliklaridir. Ularning o‘rtasidagi grammatik va semantik farqlarni aniqlash masalasi nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhimdir. Mazkur tadqiqotning maqsadi — o‘zbek tilida so‘z birikmasi va gapning grammatik hamda semantik farqlarini aniqlash, ularning sintaktik tuzilishdagi o‘rnini ko‘rsatishdir.

Xayitova Muhabbat Abdurashidovna

11-12

2025-10-10

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA VIZUAL KOGNITIV FE’LLARNING GRAMMATIK SHAKLLARI VA YASALISH USULLARI

Maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi vizual kognitiv fe’llarning (VCV) grammatik shakllari hamda so‘z yasalishi modellarining qiyosiy tahlili taqdim etiladi. Tadqiqot, avvalo, har ikki tilning morfologik va sintaktik xususiyatlarini hisobga olgan holda, VCVlarni sodda (tub va yasama) va murakkab (qo‘shma, juft, takroriy, ko‘makchi fe’lli, iborali) turlarga ajratadi. Ingliz tilida frazeologik fe’llarning yuqori mahsuldorligi 93 ta ko‘plik birlik misolida ko‘rsatilib, o‘zbek tilida esa qo‘shma va ibora turidagi VCVlar semantik boylikni ta’minlashi aniqlanadi.

Karimjonova Shahlo Ravshanjonovna

29-31

2025-06-13

TURK TILIDA -DIYDI (-DI IDI) SHAKLLI FE’L VA UNING O‘ZBEK TILIDAGI MUQOBILI

Til taraqqiyotini nainki soʻzdan,balki grammatik birliklardan  ham ayri holda tasavvur etib boʻlmaydi, tilshunoslik fanining rivojini til sistemasining asosiy belgilaridan biri boʻlgan grammatik birliklarning ishtirokisiz tasavvur qila olmaymiz. Zero, grammatik birliklar birikma va gap konstruktsiyasida asosiy obyektlardan biri sanaladi. Shu nuqtayi nazardan har bir til birligining tub mohiyatini ochib berish va sharhlash zaruriyati mavjudki, uni hech boʻlmaganda ikki til hodisasi yoki bir lisoniy birligining ikki til (qardosh, noqardosh boʻlishidan qat’iy nazar) doirasida oʻganilishini taqozo etadi. Bu esa oʻz navbatida toʻgʻri nazariy xulosa chiqarishga asos boʻladi.

R.Shukuruv, S.Daripova

26-29

2023-10-05

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINING GRAMMATIK QURILISHINI SHAKLLANTIRISHGA DOIR ISHLAR MAZMUNI VA VAZIFALARI

Mazkur maqolada ona tilining grammatik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining nutqida grammatik qurilishning ahamiyati xususida fikr yuritilgan.

Muslima Nuriddinova Komiljon qizi, Fozilova Odina Nabiyevna

33-35

2023-03-23

YOZUVCHI ERKIN A`ZAMNING OG`ZAKI NUTQQA XOS LEKSIK VA GRAMMATIK VOSITALARDAN USLUBIY FOYDALANISH MAHORATI

Bu  maqolada Erkin A`zamning asarlarida uchrovchi og`zaki nutqqa xos leksik va grammatik vositalardan uslubiy foydalanishi haqida ma`lumotlar keltirilgan. Uslubda ishlatiladigan faol so‘zlar lug‘at tarkibining asosiy qismini tashkil etadi. Bunday so‘zlar uyda, ko'chada, ishxonada, bozorda, to‘y-tomoshada islilatiladi. So'zlashuv uslubda qo‘llanadigan asosiy so‘zlar; osh, non, suv, don, ovqat, tuz, shakar, go'sht, yer, osmon, quyosh, ona, bola, ota kabilar uslubiy bo‘yoqsiz bo'lgani  uchun neytral so‘z hisoblanadi. Lekin bu stilda yana shunday so‘zlar ishlatiladiki, ular yo ijobiy yoki salbiy bo'yoqqa ega bo‘ladi. Tilning leksikasi eng nozik ma'no va stilistik ottenka (tur)lar bilan informatsiya berishda juda katta imkoniyatlarga ega

Bo‘riyev Jamshid

169-174

2022-01-18

NEMIS VA O’ZBEK TILLARIDA FE’L SO’Z TURKUMINING QIYOSIY TAHLILI

Ushbu maqolada nemis va o’zbek tillarida fe’llarning vazifasi, aniq va noaniq shakllarining mavjudligi, ularning gapda tuslanib yoki tuslanmay kelishiga ko’ra bir-biridan  farq  qilishi,  shaxs-son, zamon hamda payt shakllarida o’zgarishi, gapda esa kesim  vazifasida  keluvchi  fe’l  shakllari,  fe’lning  aniq  ya’nikim  predikativ  shakllari deyilishi, harakatni ifodalovchi so’zlar turkumi, nemis va o’zbek tillarida grammatikasida “harakat” tushunchasi, fe’llarning lug’aviy ma’noga egaligi yoki ega emasligiga ko’ra  turlari,  yordamchi  fe’llarning  ingliz  tilidagi  ahamiyati,  fe’l  shakllarining  turli grammatik, modal va boshqa ma’nolarda ifodalanishi, fe’lning o’ziga xos Grammatik kategoriyalari haqidagi fikrlar yoritib berilgan.

Sobirova Mardona Bekchon qizi

49-51

2023-01-30

1 - 25 из 199 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy