Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

ISLOM SHARIYATI VA ZAMONAVIY DAVLATDA AYOLLAR HUQUQLARINING QIYOSIY TAHLILI

Ayollar huquqi islom hamjamiyatining asosiy diqqat-markazida bo‘lgan masalalaridan biridir.  Butun dunyo va O‘zbekistonda musulmonlar idorasi, fatvo bo‘limlariga har yili ko‘plab ayol-qizlarning masalasiga doir savololar, taklif-mulohazalar yetib keladi. Ayollar huquqiga islom dinida erkaklarnikidan kam e’tibor qaratilgan emas.  Ayollarning oila va jamiyatdagi huquqi erkaklarnikidan deyarli farq qilmaydi. Ayollar oilada ona, rafiqa sifatida o‘rin topgan bo‘lsa, jamiyatning to‘laqonli bir qismi hisoblanadi.

Muxlisa Narimonova , Zarifa Mamazova

117-122

2025-04-24

RIM HUQUQINING TARIXIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada mulkiy munosabatlar, ashyoviy huquqlar, turli bitimlar, shartnomaga asoslangan va asoslanmagan majburiyatlar, meros huquqi va boshqa masalalarga asos boluvchi rim huquqining vujudga kelish asoslari haqida so‘z yuritib, mavzu doirasida bir necha takliflar ilgari surilgan.

Shoxruxxon Saidov , Go‘zal Qodirova

108-112

2024-05-21

OILA HUQUQI NORMALARINING HUQUQIY AHAMIYATI

mazkur maqolada oila huquqi normalarining huquqiy mohiyati va jamiyatdagi ahamiyati yoritib berilgan. Oila – jamiyatning asosiy ijtimoiy birligi sifatida davlat himoyasida bo‘lib, oila huquqi orqali uning barqarorligi, a’zolarining huquq va majburiyatlari, bolalarning manfaatlari va nikoh-huquqiy munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida oila huquqining tutgan o‘rni, xalqaro huquqiy hujjatlar bilan uyg‘unligi va dolzarb masalalar tahlil qilingan.

Surayyoxon Xusanova

100-102

2025-05-15

ISLOM MOLIYASINI ISLOM HUQUQI VA MILLIY HUQUQ (ROMANA-GERMAN) TIZIMLARI ORQALI TARTIBGA SOLISH

Ushbu tezisda islom moliyasiga asoslangan moliyaviy xizmatlarni islom huquqi qoidalari va milliy qonunchilik qoidalari orqali huquqiy tartibga solish haqida so’z yuritilgan. Shuningdek, mazkur tezisda islom moliyasi, moliya, islom huquqi, islom huquqi manbaalari haqida qisqacha yoritib o’tilgan.

Abbosbek Yo’ldashev

39-41

2024-01-26

MULK HUQUQI VA UNING VUJUDGA KELISHI

Ushbu maqolada mulk huquqi, uning elementlari – egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari hamda mulk huquqining vujudga kelish asoslari tahlil qilingan, qonunchiligimizda mavjud normalar asosida mulk huquqining huquqiy tartibga solinishi, mulk huquqi vujudga kelishining qonuniy asoslariga to‘xtalib o‘tilgan.

Go‘zal Qodirova

74-76

2024-06-21

TA’LIM OLISH HUQUQI INSONNING ASOSIY HUQUQ VA ERKINLIKLARI YIGʻINDISI SIFATIDA

Ta’lim olish huquqi insonning asosiy huquqi boʻlib, shaxs erkinligi va imkoniyatlarining asosiy tarkibiy qismidir. Shunday qilib, bu shaxslar va jamiyatlarning umumiy rivojlanishi va farovonligi uchun zarurdir. Ushbu baholashda biz asosiy inson huquqi sifatida ta’lim olish huquqining ahamiyatini va uning erkinlik va imkoniyatlarni rivojlantirishga ta’sirini oʻrganamiz.

Shuxrat Sharapov

53-55

2023-12-27

COPYRIGHT AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE

In the 21st century, as technology rapidly advances, artificial intelligence (AI) is driving innovation across various fields. From programming to art and creative work, AI-generated content can be nearly indistinguishable from human-created works. However, this raises important questions in the field of copyright law: Who owns the content created by AI? Can artificial intelligence be recognized as an author? This article explores the issues surrounding AI and copyright, different approaches taken by various countries, and potential legal challenges in the future.

Nilufar Sharipova

94-97

2025-03-31

SUN’IY INTELLEKT TOMONIDAN YARATILGAN MUALLIFLIK HUQUQI OBYEKTLARIGA NISBATAN SUBYEKTNI BELGILASH MUAMMOLARI

ushbu maqolada hozirgi texnologik rivojlanib borayotgan zamonda sun'iy intellektning mualliflik huquqi bilan o'zaro aloqasi, sun’iy intellekt tomonidan yaratilayotgan mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan huquq subyektini belgilash va muhofazaga olishda mavjud bir qator muammo va kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan eng dolzarb ilmiy yondashuvlar, normalarning asosli tahlil qilish orqali sohadagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator nazariy va amaliy takliflar keltirib o‘tilgan.

Zebiniso Sheraliyeva

86-92

2025-06-10

MUALLIFLIK HUQUQI MUDDATI VA IJTIMOIY BOYLIK TUCHUNCHASI

Tadqiqotning ahamiyati, shuningdek, mualliflik huquqi printsiplarining intellektual faoliyat natijalaridan erkin foydalanishga ta’sirini tushunish, asarlarning ijtimoiy mulkga aylanishi muddatini qisqartirish va natijada jamiyatdagi insonlar uchun foydali bo‘lgan ixtiro va asalarni ularning e’tiboriga yetarli darajada yetkazib berishni ta'minlash iqtisod va jamiyatning axloqiy jihatida o‘sishida muhim ahamiyat kasb etishi bilan izohlanadi.

Iroda Alimardanova

12-14

2024-02-19

FUQAROLIK HUQUQIDA SUN’IY INTELLEKTNING TUTGAN O‘RNI

Ushbu maqolada sun’iy intellektning fuqarolik huquqida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Sun’iy intellektning huquqiy shaxs maqomi, huquqiy javobgarlik masalalari va shartnoma huquqiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida sun’iy intellekt bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga solish usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt huquqiy subyekt sifatida tan olinishi, uning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki va javobgarligi borasidagi muammolarni yoritishga xizmat qiladi.

Akmal Pardayev

13-16

2025-03-06

NOSHIRLIK FAOLIYATIDA MUALLIFLIK SHARTNOMASI VA UNING HUQUQIY TABIATI AHAMIYATI

Ushbu ilmiy maqolada intellektual mulk tushunchasi, intellektual mulk obyektlarini topshirish bo‘yicha qanday shartnomalar va ularning turlari, noshirlik foliyatida mualliflik shartnomasining o‘rni ahamiyati o‘rganiladi.

Munavvar Abdug’affarova

132-136

2024-05-31

TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV JARAYONIDA SHAXSNI HIMOYA HUQUQI BILAN TA’MINLASH TUSHUNCHASINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Mazkur maqolada tergovga qadar tekshiruv jarayonida shaxsni himoya qilish huquqining vujudga kelishi va tarixiy shakllanishi bosqichlari yoritiladi. Qadimgi Sharq qonunchiligi, Rim huquqi, o‘rta asr sud tizimi, XVIII–XIX asrlardagi konstitutsiyaviy islohotlar hamda zamonaviy xalqaro standartlar asosida ushbu institutning rivojlanishi tahlil qilinadi. Shuningdek, shaxs huquqlarini himoya qilish mexanizmlarining huquqiy mohiyati, protsessual tamoyillari va ular asosidagi milliy qonunchilik bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada tarixiy izchillik asosida zamonaviy tergov amaliyotidagi himoya institutining huquqiy ildizlari ochib beriladi.

O‘lmasjon Sayfullayev , Sabina Kamolova

96-105

2025-04-30

FUQAROLARNING IJTIMOIY-HUQUQLARI KONSITUTSIYA DARAJASIDA TAMINLANISH ASOSLARI

Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari qanchalik darajada taminlanganlig bugungi kunga qadar yozilgan bir necha o’nlab darsliklardan bilib olishingiz mumkin, bularga yana qo’shimcha tarzda hozirgi rivojlangan texnalogiyalar yordamida dunyoning turli mintaqalarida joylashgan aholining, shu qatorda ushbu davlatlarga sayyohlik, mehnat, ta’lim, bilim olish va yana bir nechta sabablarga ko’ra bu davlatlarda bo’lib turgan insonlarning huquqlaridan foydalanishlariga qanday sharoitlar yaratib berilayotganligi hamda ularning bu huquqlaridan foydalanishida vujudga kelishi mukin bo’lgan qiyinchiliklardan qanday yo’sinda qutilish mumkinligi to’g’risida malumotlarni bilib olishingiz mumkin.

Faxriddin Boboyev

112-114

2023-10-31

INTELLEKTUAL MULK HUQUQIDA TOVON UNDIRISH MEXANIZMINING KAMCHILIKLARI YUZASIDAN MILLIY VA XORIJIY TAHLIL

Muallif asari — bu inson ijodiy faoliyatining turli sohalarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan original kreativ ijod mahsulidir. Mualliflik huquqi himoyasiga ega bo‘lishi uchun asar original bo‘lishi va tegishli shaklda ifodalangan bo‘lishi zarur. Mazmunan mualliflik huquqi — bu mutlaq va noyob huquq bo‘lib, u axloqiy-huquqiy va mulkiy-huquqiy vakolatlarni o‘zida birlashtiradi hamda muallif shaxsiyati va asarini himoya qilish imkonini beradi. Mualliflik huquqining subyektiv huquqlari har qanday ruxsatsiz foydalanilishi ularni buzish hisoblanadi va bu holat muallifga zararni qoplash huquqini beradi. Muallif, mualliflik huquqi buzilganda, moddiy va nomoddiy zarar uchun kompensatsiya talab qilish huquqiga egadir.

Azizbek Tursunaliyev

97-101

2025-06-12

TADBIRKORLIK HUQUQI SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAINNOVATSIYALARNING O’RNI

Maqolada raqamli texnologiyalarni tadbirkorlik huquqiga joriy etishning turli konsepsiyalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, iqtisodiyot rivojlanishining yangi tendensiyalari tahlil qilinadi, bu esa xo‘jalik yuritish sharoitlarining o‘zgarishi, davlat va jamiyat, davlat va biznes o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zgarishiga mos ravishda huquqiy tartibga solishni va nazariy yondashuvni talab qiladi.

Javohir Sattorov

108-112

2025-05-31

XİZMAT TARTİBİDA YARATİLGAN MUALLİFLİK HUQUQİ ASARLARİ – XORİJİY TAJRİBA

Xizmat tartibida yaratilgan mualliflik huquqi obyektlari — ish beruvchining ko‘rsatmasi yoki buyurtmasi asosida yaratilgan asarlardir. Bu asarlar, odatda, xodim tomonidan amalga oshiriladi, lekin ularning mualliflik huquqi ish beruvchiga tegishli bo‘lishi mumkin. Xizmat tartibida yaratilgan asarlarning huquqiy rejimi, asarlarning ijodiy faoliyat jarayonida kimning asosiy rol o‘ynaganiga, shuningdek, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuvlarga bog‘liq hisoblanadi. Odatda, mehnat shartnomasiga ko‘ra, xizmat tartibida yaratilgan asarlarning huquqlari ish beruvchiga o‘tadi. Bu holat ish beruvchining xodimga ishlash shartlarini belgilashda va ishlagan asarlardan foydalanishda to‘liq huquq berishiga imkon yaratadi, biroq, bunday tartibda yaratilgan asarlarda xodimning mualliflik huquqlari — shaxsiy nomulkiy huquqlari saqlanib qoladi. Shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifning asarini asliyatda saqlash, uning nomidan foydalanish va asarning o‘ziga xosligini himoya qilish huquqlarini o‘z ichiga oladi.

Sohiba Qahhorova

79-84

2025-04-18

DAVLAT, HUQUQ HAMDA DAVLAT HUQUQI

Ushbu maqola orqali bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar hamda unda o’z aksini topgan davlat, huquq, davlat huquqi sohasidagi yangilanayotgan tizimini joriy qilishning ahamiyati yoritildi.

Sohiba Dalaboyeva

51-55

2023-10-28

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLARNING BEPUL TIBBIY YORDAM OLISHGA BO‘LGAN KONSTITUTSIYAVIY HUQUQINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning bepul tibbiy yordam olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqi tahlil qilingan. Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, fuqarolarning sog‘liqni saqlash huquqini ta’minlash borasidagi konstitutsiyaviy qoidalar va ularning rivojlanishi, shuningdek, yangi tahrir etilgan Konstitutsiyada belgilangan bepul tibbiy yordamga bo‘lgan huquqning kafolatlari o‘rganilgan. Maqolada sog‘liqni saqlash sohasida qabul qilingan qonunlar, farmonlar va qarorlar tahlil qilinib, tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining huquqiy asoslari aniqlangan. Konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan tahlil asosida fuqarolarning bepul tibbiy yordam olish huquqini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Niginabonu Turobova

29-34

2025-04-17

MULK HUQUQI, UNING ELEMENTLARI VA VUJUDGA KELISH ASOSLARI

Ushbu maqolada mulk huquqi, uning elementlari – egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari hamda mulk huquqining vujudga kelish asoslari tahlil qilingan, qonunchiligimizda mavjud normalar asosida mulk huquqining huquqiy tartibga solinishi, mulk huquqi vujudga kelishining qonuniy asoslariga to‘xtalib o‘tilgan.

Shaxzod Xalilov

32-34

2022-11-18

BARQAROR RIVOJLANISH HUQUQI VA ESG STANDARTLARI

Maqolada barqaror rivojlanish huquqi tushunchasining mazmuni va mohiyati umumiy yondashuvdan kelib chiqqan holda yoritilishga harakat qilingan. Bunda, barqaror rivojlanish jarayonida vujudga keladigan murakkab ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar tizimini o‘zida aks ettiradigan barqaror rivojlanish huquqining shallanishi qayd etilgan. Kelajak avlodlar ehtiyojlarining qondirilishi imkoniyatiga to‘sqinlik qilmagan holda, hozirgi avlod ehtiyojlarining qondirilishini va jamiyat rivojlanishini ta’minlaydigan barqaror rivojlanish huquqining predmeti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangan ekologik, ijtimoiy hamda korporativ munosabatlarni tartibga soladigan barqaror rivojlanish huquqi shakllanish jarayonini tugatmoqda.

Dilshadbek Madaminov

114-121

2023-06-30

SUN’IY INTELLEKTNING INTELLEKTUAL MULKKA TA’SIRI: MUALLIFLIK HUQUQI, TOVAR BELGILARI VA PATENTLAR

Ushbu maqola mualliflik huquqi, savdo belgilari va patentlarga e’tibor qaratib, sun’iy intellektning (AI) intellektual mulk (IP) huquqlari sohasiga chuqur ta’sirini o`rganadi. AI texnologiyalari ijodiy asarlar yaratish, savdo belgilarini tahlil qilish va yangi konsepsiyalarni ixtiro qilishda tobora ko`proq malakaga ega bo`lib borar ekan, ular mualliflik, mulkchilik va innovatsiya haqidagi an’anaviy tushunchalarga qarshi chiqadi. Huquqiy, axloqiy va amaliy ta’sirlarni har tomonlama tahlil qilish orqali ushbu maqola AI davridagi IP qonunchiligining rivojlanayotgan o`ziga xos “manzara”sini o`rganadi. Maqolada sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan kontent va innovatsiyalarning nozik tomonlarini o`rganilib, mavjud qonunchilik bazasining muvofiqligini baholaydi va kelajakda o`zgarishlarga moslashish uchun potentsial yo`llarni ko`zda tutadi.

Azamat Ergashev

152-157

2023-08-29

MULK HUQUQI, UNING ELEMENTLARI VA VUJUDGA KELISH ASOSLARI

Ushbu maqolada mulk huquqi, uning elementlari – egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari hamda mulk huquqining vujudga kelish asoslari tahlil qilingan, qonunchiligimizda mavjud normalar asosida mulk huquqining huquqiy tartibga solinishi, mulk huquqi vujudga kelishining qonuniy asoslariga to‘xtalib o‘tilgan.

Shaxzod Xalilov

135-137

2022-11-21

INTELLEKTUAL MULK SOHASIDA SUNIY INTELLEKTING O’RNI

Mazkur maqolada intellektual mulk huquqi sohasida sun’iy intellektning o‘rni, dolzarbligi va huquqiy muammolari tahlil qilingan. Muallif sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan mualliflik huquqi, patentlar, savdo belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlariga oid masalalarni ko‘rib chiqqan. Shuningdek, xorijiy tajriba asosida O‘zbekiston qonunchiligi uchun takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – sun’iy intellekt mahsulotlarini intellektual mulk sifatida huquqiy tartibga solish zaruratini asoslab berishdan iborat.

Marjona Ochilova

5-7

2025-04-07

MUALLIFLIK HUQUQI VA UNING HIMOYASI

Mazkur maqolada ommaviy axborot vositalariga doir mualliflik huquqi haqida asosiy ma’lumotlar berildi va uning himoyasi borasida yurtimizda va jahon mamlakatlarida  qabul qilingan qonunlar va amaliy ishlar taqqoslash usuli bilan o’rganilib chiqildi. Xorij mamlakatlar tajribasi asosida O'zbekistonda mualliflik huquqiga oid muammolarni hal etish uchun kerakli talab va takliflar taqdim etildi.

Sabina Toxirova , M.B. Bahromova

115-119

2022-11-14

FUQOROLIK - HUQUQI MUNOSABATLARI

Fuqarolik-huquqiy munosabat tushunchasi va mohiyati. Fuqarolik_huquqiy munosabatlarning turlari (tasnifi). Fuqarolik huquqlari va burchla_rining kelib chiqish asoslari. Yuridik faktlar. Fuqarolik huquqlarining amalga oshirilishi va burchlarining bajarilishi. Fuqarolik huquqlarini  bitnoya qilish.

O'g'iloy Yuldasheva

31-32

2024-03-09

1 - 25 of 284 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy