Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIDA IJTIMOIY HIMOYANING MOHIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Davlatimiz tabiati tobora ijtimoiy mazmun kasb etib, o’z faoliyat mazmuniga ko’ra, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sari odimlab bormoqda. Maqolada ushbu fikrlarning dalili o’laroq faktlar keltiriladi. Shuningdek, ushbu maqolada  ijtimoiy himoyaning  mazmun-mohiyati ochib beriladi. Yangilanayotgan O’zbekiston sharoitida ijtimoiy sohada amalga oshirilib  kelinayotgan islohotlar, ayniqsa kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish  haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, jamiyat a’zolarini ijtimoiy muhofaza qilish, mamlakatda barqarorlikni ta’minlash,  inson qadrini  ulug’lash borasida olib borilayotgan say - harakatlarga doir fikr-mulohazalar berilgan.  Maqolada davlatimizning rahbari Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan   insonparvarlik va ijtimoiy adolat ustivorligiga intilishga doir  oqilona siyosatiga  eʼtibor berilgan.

Quramboyev Alisher Maxsudovich

37-42

2024-04-08

O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O'ZGARISHLAR MAZMUNI VA MOHIYATI

Mazkur maqola O'zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o'zgarishlar mazmuni va mohiyatiga bag'ishlangan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan so'ng, ijtimoiy sohada olib borilgan islohotlar aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va jamiyatning har bir qatlamini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Maqolada, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy sohadagi farmonlari va qarorlari, xususan, ta'lim, sog'liqni saqlash, gender tengligi, mehnat bozori va ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu islohotlarning mamlakatda jamiyat barqarorligini ta'minlashdagi o'rni, fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratishdagi ahamiyati hamda kelajakdagi istiqbollari tahlil qilinadi. Maqola ijtimoiy sohadagi o'zgarishlarning umumiy ko'rinishini va ularning O'zbekistonning rivojlanishiga qo'shgan hissasini ifodalaydi.

Azimov Adhamjon, Hasanboyev Niyozbek

130-134

2025-04-29

YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TALABA YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA INSTITUTSIONAL TIZIMLARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda institutsional tizimlarning ahamiyati tadqiq etilgan. Zamonaviy sharoitda ijtimoiy faollik jamiyat taraqqiyoti va mamlakat kelajagi uchun muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Maqolada yangi institutsional yondashuvlar asosida yoshlarning ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Institutsional tizimlarning rolini baholashda ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, davlat va jamiyat institutlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida talaba yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, ta’lim tizimi, yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va ijtimoiy ta’limotlarning o‘rni aniqlangan. Shuningdek, maqolada yangi institutsional yondashuvlar asosida talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oya va dasturlar taklif qilingan.

Abdullayeva Asila Abdulxodiyevna

110-113

2025-01-27

“AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH IQTISODIY RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA”

Ushbu tadqiqotda aholining ijtimoiy himoya tizimi va uning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni chuqur tahlil qilingan. Aholini ijtimoiy himoya qilish — bu jamiyatdagi ijtimoiy tenglikni saqlash, kambag‘allikni kamaytirish, inson kapitalini rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimi, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarining natijalari tahlil etilib, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri baholangan.

Almardonova Feruza Fazliddinovna

45-48

2025-10-22

OMMAVIY IJTIMOIY HODISALARDA SHAXSNING ROLI: LIDERLIK, KUZATUVCHI EFFEKTI VA IJTIMOIY LOQAYDLIK

Mazkur maqolada ommaviy ijtimoiy hodisalarda shaxsning psixologik va ijtimoiy pozitsiyasi, ayniqsa liderlik, kuzatuvchi effekti (bystander effect) va ijtimoiy loqaydlik fenomenlari tahlil etiladi. Ushbu hodisalarning ijtimoiy ong, jamiyatda faollik va fuqarolik mas’uliyatiga ta’siri yoritilgan. Nazariy va empirik tadqiqotlar asosida shaxsning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Jo’rayeva Kaniza Akbarali qizi

56-58

2025-09-11

NOGIRON BOLALARNI IJTIMOIY HAYOTGA MOSLASHTIRISHDA IJTIMOIY MADANIY FAOLIYATNING AHAMIYATI

Ushbu maqola nogiron bolalarning ijtimoiy hayotga integratsiyasi jarayonida madaniy va ijtimoiy faoliyatlarning ahamiyatini ilmiy nuqtai nazardan yoritadi. Tadqiqot nogiron bolalarning shaxsiy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishida madaniy va ijtimoiy tadbirlarning rolini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, ularning jamiyatdagi uyg‘unlashuvini, kommunikativ va ijodiy qobiliyatlarini oshirishdagi strategik ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardagi ilmiy tadqiqotlar, amaliy loyihalar va normativ-huquqiy hujjatlar asosida nogiron bolalarni inklyuziv ijtimoiy muhitga jalb qilishning samarali metodlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari pedagogik va ijtimoiy dasturlarni takomillashtirish, davlat siyosati va jamiyatda inklyuziv ongni rivojlantirish uchun ilmiy asos yaratadi.

Toshkanboyeva Muazzam Qo’qonoy qizi

46-51

2025-09-10

IJTIMOIY ISHNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Maqolada ijtimoiy ishning keng yoyilib borishi, ijtimoiy ishning jamiyat hayotidan keng oʻrin olib borishi, ijtimoiy himoya, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy xizmatlar turlari haqida fikr yuritilgan.

Rahmatullayev Fayzullo Xayrullo oʻgʻli

52-55

2023-09-23

INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada internet va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar psixologiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri har tomonlama tahlil qilinadi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ular nafaqat muloqot vositasi, balki shaxsiy indentifikatsiya, dunyoqarash va ijtimoiy me’yorlarning shakllanishida muhim rol o‘ynamoqda. Zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi yoshlarning ruhiy holati, ijtimoiylashuvi va shaxsiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, muloqotdagi o‘zgarishlar, yolg‘izlik hissi, depressiya, o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishi kabi psixologik holatlar o‘rganiladi.

Toshpo’latova Ra’no Abduvohidovna, Abdullayeva Ma’suma Habibullayevna

123-127

2025-05-31

TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA IJTIMOIY FALSAFANING PEDAGOGIK ASPEKTLARI

Mazkur maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy falsafaning pedagogik aspektlari tahlil qilingan. Ijtimoiy falsafaning asosiy tushunchalari va tamoyillari pedagogik jarayonlarda inson shaxsini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy ongni rivojlantirish, ijtimoiy qadriyatlarni o‘zlashtirish hamda shaxsni har tomonlama kamol topishiga xizmat qiluvchi falsafiy yondashuvlarning pedagogik mexanizmlari o‘rganilgan. Muallif, pedagogik jarayonda ijtimoiy falsafaning g‘oyaviy-metodologik asoslarini amaliy qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar bergan. Maqolada ta’lim va tarbiya jarayonida ijtimoiy ong va mas’uliyatni shakllantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Ergasheva G.M.

30-34

2024-11-18

IJTIMOIY ISHCHINING O`Z OLDIDAGI BURCHI

Ushbu maqolada  Ijtimoiy ishchining o`z oldiga qo`ygan burchlari va majburiyatlari haqida ma`lumotlar berib o`tilgan har bir ijtimoiy hodim o`z oldiga maqsad qilgan holda ish olib borsagina har bir jamiyatda ijtimoiy ko`makka muhtojlar qatlami kamayib borishiga guvoh bo`lishimiz mumkin. Ijtimoiy ish tushunchasi juda qadimiy shakillari ham keltirib o`tilgan. Ijtimoiy ishda mutaxassisning o‘z mijozi bilan aloqasi haqida ham ma`lumotlar keltirib o`tilgan. O`zbekistonda ijtimoiy ishchilar haqida va boshqa davlatlar tajtibasi haqida ham ma`lumotlar berib o`tilgan. Yana bu ma`lumotlardan tashqari takliflar ham keltirib o`tilgan.

Xolmanova Oyro’zi

55-58

2024-12-13

ZAIF ESHITUVCHI O‘SPIRINLARNING SOTSIAL INTELLEKT DINAMIKASI

Ushbu izoh eshitish qobiliyati past o‘smirlar o‘rtasidagi ijtimoiy intellekt dinamikasining murakkab sohasini o‘rganadi, ularning ijtimoiy o‘zaro ta'siri va hissiy intellekt o‘rtasidagi nozik o‘zaro ta'sirni o‘rganadi. Tekshiruv eshitish buzilishi kontekstida ijtimoiy aqlni rivojlantirish bilan bog'liq qiyinchiliklar va kuchli tomonlarni o‘z ichiga oladi. Empirik tadqiqotlar va psixologik tushunchalarga tayangan holda, izoh eshitish qobiliyati zaif o‘smirlarning ijtimoiy vaziyatlarni qanday boshqarishi, munosabatlarni shakllantirishi va muhim ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishi haqida yaxlit tushuncha berishga qaratilgan. Topilmalar ushbu noyob demografiya uchun ijobiy ijtimoiy razvedka natijalarini qo‘llab-quvvatlash uchun moslashtirilgan aralashuvlar va inklyuziv muhitlarning ahamiyatini ta'kidlaydi.

Ravshanova Xanifa Akmaljonovna

139-141

2023-11-28

IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING JAMIYATDAGI AHAMIYATI

Ushbu ishda ijtimoiy psixologiya fanining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Ijtimoiy psixologiya insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, guruhdagi xatti-harakatlar, shaxsning ijtimoiy muhitga moslashuvi kabi jarayonlarni o‘rganadi. Mazkur fan nafaqat psixologik bilimlar, balki sotsiologik va madaniy omillarni ham qamrab olgan holda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ishda ijtimoiy psixologiyaning turli sohalarda — ta’lim, sog‘liqni saqlash, ommaviy axborot vositalari, mehnat munosabatlari va yetakchilik kabi yo‘nalishlardagi roli yoritilgan. Annotatsiyada ijtimoiy psixologik bilimlarning jamiyatdagi barqarorlik, hamkorlik va o‘zaro tushunishni shakllantirishdagi ahamiyati ta’kidlangan

Narmetova Yulduzxan Karimovna, Normamatov Shaxboz

53-55

2025-06-09

FAROVON HAYOT: MAZMUNI, MEZONLARI VA IJTIMOIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada farovon hayotning mazmuni, uning mezonlari va jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyati batafsil tahlil qilinadi. Maqola orqali farovon hayot tushunchasining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, shuningdek, bu tushunchaning jamiyatning ijtimoiy barqarorlik va adolatga bo‘lgan ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, farovon hayot tushunchasi faqat iqtisodiy rivojlanish bilan cheklanmaydi, balki insonning ijtimoiy, ma'naviy va ekologik ehtiyojlarini ham o‘z ichiga oladi. Farovonlikning asosiy mezonlari sifatida iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy tenglik, ta'lim, sog‘liqni saqlash, ma'naviy qadriyatlar va ekologik barqarorlik ko‘rsatilgan. Shuningdek,  farovon hayotning jamiyatdagi roli va uning ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashdagi o‘rni ham o‘rganilgan. Maqolada jamiyatda farovonlikni ta'minlashning ahamiyatini va bu jarayonda ilmiy, madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy omillarni birgalikda rivojlantirish zarurligini ta'kidlanadi.

Dilafruza Vafayeva

5-12

2025-02-11

SHAXS IJTIMOIYLASHUVI VA IJTIMOIY HULQ-ATVOR

Ushbu tezisda shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy hulq-atvorining o'zaro bog'lanishi tahlil qilingan. Ijtimoiylashuv jarayoni shaxsning jamiyatdagi o'rnini belgilaydi, uning axloqiy va madaniy qadriyatlarni o'zlashtirishiga yordam beradi. Ijtimoiy hulq-atvor esa shaxsning jamiyat bilan aloqalarini va faoliyatini shakllantiradi. Tezisda ijtimoiylashuv bosqichlari, oila, maktab va tengdoshlarning roli hamda ijtimoiy normativlar va qadriyatlar ta'siri ko'rib chiqiladi. Bu jarayonlar shaxsning jamiyat bilan uyg'un ishlashiga yordam beradi.

Ikromova Gulsevar Elmurod qizi, Ibragimova Hurshida Husanboy qizi

105-107

2024-11-25

REABILITATSIYA INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH

Reabilitatsiya institutini takomillashtirish, zamonaviy ijtimoiy va psixologik ehtiyojlani inobatga olgan holda, insonlarning ijtimoiy hayotga qaytish jarayonini yanada samarali tashkil etishni talab etadi. Bu jarayon nafaqat mahkumlarni, balki ijtimoiy muammolar bilan yuzlashayotgan barcha shaxslarni qamrab oladi. Ushbu tadqiqotda reabilitatsiya institutlarining mavjud tizimlari, metodologiyalari va amaliyotlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, ijtimoiy integratsiya va reabilitatsiya jarayonlarida qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin, bularning barchasi murakkab ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillar bilan bog'liq.MBundan tashqari, reabilitatsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan ta'lim dasturlari va treninglar ishlab chiqilishi zarur. Individual yondashuvlar asosida har bir shaxsning ehtiyojlarini hisobga olish, reabilitatsiya jarayonini yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga, reabilitatsiya institutlarini rivojlantirish uchun davlat va jamoatchilik o'rtasida hamkorlikni kuchaytirish zarur. Reabilitatsiya dasturlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion yondashuvlar, masalan, psixologik maslahatlar, guruh terapiyasi va ijtimoiy tayyorgarlik dasturlarini joriy etish zarurdir. Ushbu tadqiqot natijalari reabilitatsiya institutlarining sifatini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga yordam berishi mumkin.

Agoyev Shukrullo Safarboyevich, Rahmatullayev Shohrux Baxrom o'g'li

9-15

2025-06-23

IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING JAMIYATDAGI AHAMIYATI

Ushbu ishda ijtimoiy psixologiya fanining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Ijtimoiy psixologiya insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, guruhdagi xatti-harakatlar, shaxsning ijtimoiy muhitga moslashuvi kabi jarayonlarni o‘rganadi. Mazkur fan nafaqat psixologik bilimlar, balki sotsiologik va madaniy omillarni ham qamrab olgan holda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ishda ijtimoiy psixologiyaning turli sohalarda — ta’lim, sog‘liqni saqlash, ommaviy axborot vositalari, mehnat munosabatlari va yetakchilik kabi yo‘nalishlardagi roli yoritilgan. Annotatsiyada ijtimoiy psixologik bilimlarning jamiyatdagi barqarorlik, hamkorlik va o‘zaro tushunishni shakllantirishdagi ahamiyati ta’kidlangan.

Narmetova Yulduzxan Karimovna, Normamatov Shaxboz

15-17

2025-06-13

INNOVATSION IQTISODIYOT VA IJTIMOIY SIYOSATNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Mazkur maqolada innovatsion iqtisodiyot va ijtimoiy siyosat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Innovatsion iqtisodiyotning ijtimoiy rivojlanishga ta’siri, davlatning ijtimoiy siyosatini shakllantirish va modernizatsiya qilishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Mehnat bozori, ta’lim tizimi, ijtimoiy himoya va aholi farovonligini oshirish jarayonlarida innovatsion texnologiyalarning o‘rni aniqlanadi. Shuningdek, davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli transformatsiya va ijtimoiy muhofaza tizimini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Maqola innovatsion iqtisodiyot va ijtimoiy siyosatni uyg‘un rivojlantirishning ahamiyatini yoritib, ilmiy-amaliy tavsiyalar beradi.

Kozimbek Kommunarov

141-145

2025-03-19

INGLIZ TILINI O’QITISHDA IJTIMOIY TARMOQLARDAN SAMARALI FOYDALANISH

Texnologiyadan foydalanish o'qitish va o'rganishni osonlashtirishi aniqlangan eng samarali usuldir. Texnologiyaning rivojlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlar veb-saytlar ham paydo bo'ldi. Ijtimoiy tarmoq saytlari turli xil saytlar orasida juda mashhur bo'lgan ayniqsa, yosh internet foydalanuvchilari orasida keng tarqaldi. So'nggi o'n yillikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi tufayli ta'lim jarayonida ko'plab o'zgarishlar ro'y berdi. Onlayn ijtimoiy guruhlar odatda o'qituvchilar va talabalar tomonidan rasmiy (o'qish) va norasmiy (shaxsiy muloqot) maqsadlarida foydalanildi. Samarali o'qituvchi ijtimoiy tarmoqlarni samarali vositaga aylantirib, talabalarni maqsadli tilda muloqot qilishga undashi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida o'qituvchi o'quvchilarni o'rganish jarayonida faollashtirishi, materialni yaxshiroq tushunish va idrok etish uchun vaziyatlar yaratishi mumkin. Aralashtirilgan ta'lim, korporativ ta'lim va faol o'rganish kabi yondashuvlardan foydalanish darslarni yanada jozibador va samarali qilishga yordam bermoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, fikr-mulohazalarni ta'minlashga va hamkorlikda o'rganishga yordam beryapdi

Xoldarova Fariza Tuxtabayevna

182-185

2024-05-27

IJTIMOIY TARMOQ TURLARI VA IJTIMOIY TARMOQ YOZISHMALARIGA NEYROLINGVISTIK YONDASHUV

Xo'sh, ijtimoiy tarmoq nima o'zi, uning qanday turlarini bilamiz? Olib borilgan axborot-tahliliy natijalar va statistik ma'lumotlarga ko'ra, Facebook hozirgi vaqtda dunyoda eng mashhur ijtimoiy tarmoq sifatida etakchi o'rinda bormoqda. Bugungi kunga kelib, Facebook tarmog'ida ro'yxatdan o'tganlar soni bir necha milliard kishidan ortganligi ma'lum qilingan. Undan keyingi o'rinlarni esa Twitter, Instagram, LinkedIn, Google+, Pinterest, Snapchat, YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo egallab kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar hozirgi kunda muhim ahamiyatga ega bo`lgan sayt hisoblanib, bu saytlar har bir sohada yetakchilik qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda aks etayotgan yozishmalarni tahlil qilish ya`ni lingvistik ekspertiza qilish sud-huquq tizimida turli kirminalistik vaziyatlarni aniqlashda qo`l kelmoqda. Insoniyat ijtimoiy tarmoq, internet tarmoqlari bilan yaqindan tanishgani va ko`proq foydalangani sayin kriminalistik holatlar va turli ma`muriy  jinoyatlar ijtimoiy tarmoqlar orqali ko`proq sodir etilmoqda.

Rahimqulova Lobar Hamro qizi, Xolmurodova Shaxzoda G`ayrat qizi

142-146

2025-05-29

SOTSIOLOGIYANING JAMIYATDAGI ROLI VA AHAMIYATI. NAZARIY VA AMALIY TAHLIL

Sotsiologiya — jamiyat hayotini, ijtimoiy munosabatlarni va insonlarning o‘zaro aloqalarini o‘rganadigan ilmiy soha hisoblanadi. Ushbu maqolada sotsiologiyaning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari va jamiyatdagi roli yoritiladi. Sotsiologiyaning rivojlanishi tarixiy jihatdan ko‘rib chiqilib, uning bugungi zamondagi dolzarbligi ta’kidlanadi. Tadqiqot metodologiyasi qismida asosiy ilmiy yondashuvlar, jumladan, anketalar, kuzatuvlar va statistik usullar ko‘rib chiqiladi. Maqola asosiy qismida sotsiologiyaning ijtimoiy institutlar, mehnat, oilaviy munosabatlar va madaniyat kabi sohalardagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari sotsiologiya fanining jamiyatni tushunishda, ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal qilishda muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi. Xulosa qismida sotsiologiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek, uning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida fikrlar bayon etiladi. Maqola 12 ta manbalar asosida yozilgan bo‘lib, zamonaviy va klassik adabiyotlar yoritilgan. Umuman olganda, sotsiologiya jamiyatni o‘rganish va rivojlantirishda muhim fan ekani tushuntiriladi.

Rafiqova Madinabonu Abdulhaxfiz qizi , Rafiqova Mubina Abdulaziz qizi

157-159

2025-07-21

IJTIMOIY TARMOQLAR BIZNING YOSHLARIMIZ UCHUN NEGA JOZIBALI

Bugungi axborot maydonida axborotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali qabul qilish keng tarqalmoqda. Ijtimoiy tarmoq - bu qiziqishlari oʻxshash yoki oflayn-aloqaga ega boʻlgan odamlar oʻrtasida muloqot qilish, tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, shuningdek, koʻngilochar (musiqa va filmlar) va ish maqsadlarida ishlatiladigan onlayn platformasi, ijtimoiy tarmoq tobeylikning ijobiy va salbiy oqibatlari haqida.

Abduvali Lutfullayev

174-179

2023-03-30

XALQARO INVESTITSIYA HUQUQIDA TOG`-KON SANOATIGA IJTIMOIY MAS`ULIYATLI INVESTITSIYALAR TO`G`RISIDA

Mazkur maqola tog`-kon sanoatiga ijtimoiy mas`uliyatli investitsiyalar kiritish,tog`-kon kompaniyalari tomonidan qabul qilingan korporativ ijtimoiy mas`uliyatga zamonaviy yondashuvlarni,shuningdek, ijtimoiy mas`uliyatning to`rtta asosiy yo`nalishi:atrof-muhitni muhofaza qilish,salomatlik va xavfsizlik bo`yicha konchilik kompaniyalarining amaliyotlarini, xodimlar bilan munosabatlar va jamiyatning rivojlanishini baholaydi.Mazkur maqolada ijtimoiy mas`uliyat tushunchasining kelib chiqishi va evolyutsiyasi hamda uning tog`-kon sanoati uchun ahamiyatini,shuningdek,tog`-kon sanoatining atrof-muhitga tasirini va tog`-kon sanoatida ijtimoiy mas`uliyatning o`ziga xos xususiyatlarini va bir qator tegishli masalalarni ko`rib chiqadi.

Usmonov Shohijahon Ulug`bek o`g`li

202-207

2023-04-22

NOGIRON BOLALARNI IJTIMOIYLASHIDA MADANIY VA IJTIMOIY TADBIRLARNING ROLI

Tezis nogiron bolalarning ijtimoiy hayotga integratsiyasi jarayonida madaniy va ijtimoiy tadbirlarning o‘rni va ahamiyatini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qiladi. Tadqiqot jarayonida nogiron bolalarning ijtimoiy faoliyatda ishtiroki, madaniy va sport tadbirlari orqali ularning o‘z-o‘zini ifoda qilish, kommunikatsion va interaktiv qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, xalqaro va mahalliy tajribalar solishtirildi, pedagogik va psixologik yondashuvlar orqali ijtimoiy moslashuv mexanizmlari ilmiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy va madaniy tadbirlar orqali nogiron bolalarning jamiyat bilan uyg‘unlashuvi va ularning hayot sifatini oshirishga xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Toshkanboyeva Muazzam Qo’qonoy qizi

88-93

2025-09-10

ZAMONAVIY DUNYODA IJTIMOIY JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISHDA INTELEKTUAL YOSHLARNING OʻRNI

Ushbu maqola intellektual yoshlarning zamonaviy dunyoda ijtimoiy jarayonlarni shakllantirish va boshqarishdagi hal qiluvchi rolini o'rganadi. O‘zgarishlar va innovatsiyalar agenti sifatida yosh ziyolilar ijtimoiy muammolarni hal qilishda, ijtimoiy adolatni targ‘ib qilishda, madaniy xilma-xillikni rag‘batlantirishda va jamiyatning turli sohalarida progressiv o‘zgarishlarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Intellektual qiziqish, ijodkorlik va ijobiy o‘zgarishlarga bo‘lgan ishtiyoqdan foydalangan holda, intellektual yoshlar ijtimoiy o‘zgarishlarni jadallashtirish, siyosiy qarorlarga ta’sir ko‘rsatish va yanada adolatli va barqaror kelajak sari jamoaviy harakatlarni ilhomlantirish salohiyatiga ega. Ushbu maqola zamonaviy dunyoda intellektual yoshlarning ahamiyati va ularning ijtimoiy taraqqiyot va taraqqiyotda muhim rol o'ynashini ta'kidlaydi.

Mavlonova Muxlisa Nizomiddin qizi, Negmatova Sevinch Ergash qizi

63-66

2024-04-23

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy konsepsiyaning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  ijtimoiy  himoya  va  manzilli  ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki o‘rganilib, uning rivojlanish tendensiyalari yoritilgan.

Sotvoldiyeva Zarnigor Sirojiddin qizi

4-7

2024-05-03

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy