Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARI BOSHQARUV TIZIMI: NAZARIY YONDASHUVLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada davlat oliy ta’lim muassasalarida (DOTM) boshqaruv jarayonining nazariy asoslari, uning tarixiy rivojlanishi hamda zamonaviy menejment yondashuvlari tahlil etiladi. Qadimgi davrlardan tortib, sanoat inqilobi, ilmiy boshqaruv maktabi, ma’muriy boshqaruv maktabi va byurokratik boshqaruv nazariyasi keltirgan g‘oyalarining oliy ta’lim muassasalari uchun tutgan o‘rni yoritiladi. Shuningdek, tizimli, miqdoriy, xulq-atvor yondashuvlari va zamonaviy innovatsion boshqaruv tamoyillarining DOTM faoliyatiga tatbiqi ko‘rib chiqiladi. Maqola yakunida DOTMda raqamli texnologiyalar, xalqaro standartlar va ilg‘or menejment usullaridan foydalanishning ahamiyati haqida xulosalar keltiriladi.

Umarova Aziza Sabirovna

135-138

2025-03-17

BOSHQARUVDA GENDER MUNOSABATLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada boshqaruv tizimida gender munosabatlarning psixologik xususiyatlari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Jamiyatda erkak va ayol rahbarlarning boshqaruv jarayonida tutgan o‘rni, ularning qaror qabul qilish uslublari, kommunikativ malakalari hamda shaxslararo munosabatlarga ta’siri psixologik jihatdan yoritilgan. Maqolada gender yondashuvning boshqaruv samaradorligiga ta’siri, rahbarlikda hissiy-intellektual muvozanatni saqlashning ahamiyati, shuningdek, gender stereotiplari va ularning boshqaruv psixologiyasiga ta’siri ilmiy asoslangan holda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari rahbarlik faoliyatida gender tengligi va psixologik muvozanatni ta’minlash orqali boshqaruvning sifatini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Umid Qalandarov

23-26

2025-09-11

DAVLAT XIZMATCHILARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASIGA OID ZAMONAVIY VA KLASSIK DAVR KONSEPSIYALARINING DIALEKTIKASI

Mazkur maqolada davlat boshqaruvida davlat xizmatchilarining boshqaruv kompetensiyasiga oid bo‘lgan klassik va zamonaviy nazariyalarning va ilmiy-tadqiqot ishlarining dialektik aloqalari va natijalari tahlil qilinadi va bir qator ma’lumotlar asosida mazkur mavzu yoritib beriladi. Mavzuning dolzarblik nuqtalari va asoslari turli davrda faoliyat ko‘rsatgan bir qator olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlar tomonidan boshqaruv kompetensiyasi sifatida ochib beriladi. Maqolada institutsional, tarixiy, deduktiv, mantiqiy, funksional, kontent tahlillar va metodologiyalar qo‘llanilgan. Maqolada hozirgi vaqtdagi davlat boshqaruvida davlat xizmati munosabatlarini ta’minlashda davlat xizmatchilarining boshqaruv kompetensiyalarining roli va ahamiyatli tomonlari ham keltirilib o‘tiladi. Maqolada siyosiy definitsiyalar sharhi va ularni uchratish mumkin bo‘lgan ilmiy manbalar va izohlar ham berilgan. Maqola keng ilmiy jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.

Mardanov Sardorbek Zafar o‘g‘li

47-54

2025-02-18

TASHKILOT RIVOJLANISHIDA RAHBAR BOSHQARUVINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Fanda boshqaruv tushunchasi  tizimning o‘z hayot faoliyatini ta'minlash jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday  tizimlar qatoriga biologik texniq ijtimoiy tuzilmalar kiradi. Boshqaruv tuzilma  sifatida boshqaruvchi va boshqariluvchi bulaklarga ajratiladi. Boshqaruv o‘z tasarrufidagi boshqariluvchi bulakka muntazam, rejali va  maqsadga yo‘nalgan tarzdagi ta'sir kuchiga ega. Bunday o‘zaro faoliyat tizimning  ishchanlik qobiliyatini ta'minlaydi. Boshqaruvdagi tadqiqotlar kibernetika fani  yuzaga kelishi tufayli jadal sur'atlar bilan rivojlanib, murakkab tuzilmani  boshqarishning ilmiy asoslangan tavsiyalari amaliyotga tatbiq etila boshlandi. 

Mohira Umurova

19-21

2022-10-05

SHARQDA BOSHQARUVCHILIK FAOLIYATIGA OID ILMIY QARASHLAR

Ushbu maqolada Sharq sivilizatsiyasida shakllangan boshqaruvchilik falsafasi va uning tarixiy-ilmiy asoslari tahlil qilingan. Xususan, Amir Temur, Forobiy, Ibn Sino, Nizomulmulk kabi buyuk mutafakkir va davlat arboblarining davlat boshqaruvi to‘g‘risidagi qarashlari, ularning amaldagi islohotlari va tajribalari o‘rganiladi. Maqolada boshqaruv prinsiplari, adolat, meritokratiya, intizom va siyosiy ustuvorlik kabi tushunchalar Sharq an’anaviy davlatchilik modellari misolida yoritilgan. Shuningdek, bu ilmiy qarashlarning zamonaviy boshqaruv nazariyasiga ta’siri va ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Maqolada ilmiy manbalar tahlili orqali sharqona boshqaruv maktabiga xos xususiyatlar ochib berilgan hamda ularning bugungi kun uchun dolzarb jihatlari qayd etilgan.

MAHMUDOV SHERALI KOMILOVICH, OYTO‘RAYEVA SAYYORA ASQAR QIZI

656-660

2025-10-08

TEYLORIZM ORQALI ZAMONAVIY MENEJMENTNING EVOLYUTSIYASI: XULQ-ATVOR FANINI OʻZ ICHIGA OLGAN ILMIY BOSHQARUVNI TUZATISH

An’anaviy yondashuvdan ilmiy yondashuvga, soʻng esa ilmiy boshqaruvdan zamonaviy bosqichga oʻtish metodologiyasi, tamoyillari va yondashuvlari hozirda ayni yuqori bosqichiga yetdi.

Javoxir Fayozovich Imamov , Umida Adxamovna Sharipova

526-530

2022-03-15

YO’L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDANALISH: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR YECHIMLAR

Tadqiqot mavzusi yo’l harakati xavfsizligi sohasida Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni tavsiflovchi qonun normalari va ilmiy manbalardir. Tadqiqot ob’ekti - yo’l harakati xavfsizligi sohasida Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish asoslarini belgilovchi ijtimoiy munosabatlar. Normativ-huquqiy hujjatlar va ilmiy adabiyotlarni o’rganish natijasida muallif yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yo’nalishlarini har tomonlama tahlil qiladi, ko’rib chiqilayotgan sohani qonunchilik bilan tartibga solishning ayrim ilmiy muammolarini belgilaydi. Tadqiqotning metodologik asosini bilishning umumiy ilmiy va xususiy ilmiy usullari (formal-huquqiy, analitik, tizimli metod, tahlil, sintez, modellashtirish, taqqoslash va boshqalar) majmuasi tashkil etdi. Natijada muallif, bir tomondan, yo’l harakati sohasida Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada izchil joriy etish va rivojlantirishni hamda uning xavfsizligini ta’minlaydigan qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish zarur, degan xulosaga keladi.

Asror Karimov

122-128

2023-05-24

TASHKILOT RIVOJLANISHIDA RAHBAR BOSHQARUVINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Fanda boshqaruv tushunchasi  tizimning o‘z hayot faoliyatini ta'minlash jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday  tizimlar qatoriga biologik texniq ijtimoiy tuzilmalar kiradi. Boshqaruv tuzilma  sifatida boshqaruvchi va boshqariluvchi bulaklarga ajratiladi. Boshqaruv o‘z tasarrufidagi boshqariluvchi bulakka muntazam, rejali va  maqsadga yo‘nalgan tarzdagi ta'sir kuchiga ega. Bunday o‘zaro faoliyat tizimning  ishchanlik qobiliyatini ta'minlaydi. Boshqaruvdagi tadqiqotlar kibernetika fani  yuzaga kelishi tufayli jadal sur'atlar bilan rivojlanib, murakkab tuzilmani  boshqarishning ilmiy asoslangan tavsiyalari amaliyotga tatbiq etila boshlandi. 

Mohira Umurova

39-41

2022-10-07

TARMOQ TEXNOLOGIYALARI VA ULARDAGI YANGI TENDENSIYALAR

Ushbu maqolada zamonaviy tarmoq texnologiyalarining asosiy tamoyillari, ularning rivojlanish bosqichlari va yangi tendensiyalari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Xususan, 5G va 6G texnologiyalarining joriy etilishi, sun’iy intellekt (AI) asosida optimallashtirilgan tarmoqlar, bulutli hisoblash, Internet of Things (IoT), kiberxavfsizlik, kvant tarmoqlari, chekka hisoblash (Edge Computing) va blokcheyn texnologiyalarining tarmoq infratuzilmasiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, tarmoq texnologiyalarining sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga ta’siri va ular bilan bog‘liq xavfsizlik muammolari  ko‘rib chiqiladi. Maqolada fan va texnologiya sohasidagi yetakchi tadqiqot ishlari, ilmiy maqolalar va ekspertlarning fikrlari asosida tahlillar beriladi.

Farrux Qodirov , Diyora Usmonova

10-14

2025-03-31

MINTAQA TURISTIK AGLOMERATSIYALARI SAYYOHLIK INDUSTRIYASI OB'EKTLARINING ILMIY USLUBIY NAZARIYLARI

Ushbu maqolada turizm sohasidagi ob'ektlar va ularning boshqaruvini o'rganish va takomillashtirishda qo'llaniladigan ilmiy-uslubiy nazariylar haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Mintaqa turistik aglomeratsiyalari sayyohlik industriyasi ob'ektlarining ilmiy-uslubiy nazariylari, turizm sektoriidagi ob'ektlarni, ularning menejerlik, boshqaruv, va marketingini o'rganish uchun amaliy va teorik prinsiplarni tushuntiradi. Bu nazariyalar ob'ektlarning turizmga qiziqishi, ularning maqsadlari, xususiyatlari, va turli turdagi sayyohlar uchun mos maqsadlarni qondirishida yordam beradi.

Nurbek Toshev

11-16

2024-02-19

MARKAZIY OSIYODAGI ANKLAV VA EKSKLAV HUDUDLARNING MINTAQA DAVLATLARI DIPLOMATIK MUNOSABATLARIGA TA‘SIRI

Mazkur ilmiy maqola Markaziy Osiyodagi anklav va eksklav hududlarining shakllanish jarayoni, ularning paydo bo‘lish sabablari hamda mintaqa davlatlari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarga ta’sirini ilmiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqola doirasida asosan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi asosiy anklav hududlari tahlil qilinib, ularning transchegaraviy boshqaruv, resurslardan foydalanish, harbiy-siyosiy vaziyat va diplomatik jarayonlarga ta’siri yoritiladi..

Jamshid Abdullayev

18-22

2025-04-17

LOYIHALARDA RISK XAVFINI ANIQLASH VA BOSHQARISH

Ushbu  ilmiy  maqolada loyihalar  va risklarni  boshqarish  va  risk  xavfini  aniqlash  bo’yicha ilmiy  fikrlar  va qarashlar  bayon etilib , ularning  ilmiy  va nazariy  manbalariga alohida  urg’u  berilgan , taklif  va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Farrux Qodirov , Madina Qodirova

74-79

2025-05-12

DUKCHI ESHON QO‘ZG‘ALONI: TURKISTONDA MUSTAMLAKACHILIKKA QARSHI DINIY-SIYOSIY HARAKAT

Ushbu ilmiy maqola 1898-yilda Andijonda yuz bergan Dukchi Eshon boshchiligidagi qo‘zg‘alonni tarixiy, siyosiy va diniy nuqtai nazardan keng tahlil qiladi. Maqolada Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati, uning mahalliy boshqaruv, soliq tizimi, diniy hayotga aralashuvi natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy norozilik holati batafsil yoritiladi. Dukchi Eshon – Muhammad Ali Madalining shaxsiyati, diniy qarashlari, naqshbandiylik tariqati bilan bog‘liq faoliyati, uning tarafdorlari safining shakllanishi va bu harakatning Boburiylar sulolasini tiklash g‘oyasi asosidagi siyosiy dasturi tarixiy hujjatlar va ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan. Maqolada qo‘zg‘alonning borishi, ishtirokchilarning harakatlari, Rossiya harbiy kuchlarining munosabati, qo‘zg‘alonning tezda bostirilish sabablari va oqibatlari xronologik asosda yoritiladi.

Anvarjon Abduqahorov

196-199

2025-06-16

TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATIDAGI IJTIMOIY-HUQUQIY MUNOSABATLARNING ILMIY TAHLILI

Maqolada tezkor-qidiruv faoliyatidagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tushunchasini ilmiy tahlil qilish asosida TQF ishtirochilari uch guruhga ajratilgan. Huquqshunos olimlarning fikrlari bilan ilmiy bahsga kirishib, “tezkor-qidiruv munosabatlari” tushunchasiga ilmiy-nazariy ta’rif ishlab chiqilgan.

Farxod Bobomurodov

72-80

2024-05-14

O‘ZBEKISTON PSIXOLOGIYASIDA TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISH MUAMMOSINING O‘RGANILISHI

Maqolada mamlakatimiz psixolog olimlari tomonidan ta’lim muassasasini boshqarish muammosi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari o‘rganilgan. Unda mazkur muammoning nazariy va amaliy jihatlari, bu borada mamlakatimiz olimlari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek ta’lim muassasasi rahbarlarining bugungi kundagi faoliyati mazmun-mohiyati, uni samarali tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar bayon etilgan.

U. Nurmatov

104-106

2024-10-31

XALQARO INVESTITSIYALAR VA ULARNING MAMLAKAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada xalqaro investitsiyalarning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Globalizatsiya sharoitida investitsiya oqimlari nafaqat moliyaviy resurslarni, balki zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va boshqaruv tajribasini olib kirishi bilan milliy iqtisodiyotning modernizatsiyasida muhim o‘rin tutadi. Maqolada xalqaro investitsiyalarning nazariy asoslari, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi, O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning tutgan o‘rni hamda mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalar ko‘rib chiqilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xalqaro investitsiyalar barqaror iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish va mamlakatning global bozorlar bilan integratsiyasini chuqurlashtirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shu bilan birga, investitsion muhitni yanada yaxshilash, huquqiy barqarorlikni mustahkamlash va innovatsion sohalarda qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sifatida ta’kidlanadi.

Dildora Abdinabiyeva, Jasurbek Kurbanov

28-31

2025-09-29

QISHLOQ XO‘JALIGI MAXSULOTLARINI INFRA QIZIL NURLARI YORDAMIDA QURITISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Bugungi kunda dunyo miqyosida meva-sabzavotlarning quritish davomida kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari, strukturasi, biologik faol moddalarini va ta’mini saqlaydigan resurstejamkor texnika, texnologiya va boshqaruv sistemalarini innovasion modellarining ilmiy asoslarini takomillashtirish, ularni joriy etilishida quritish jarayonni hisoblashning yangi usullari va matematik modellarini ishlab chiqish, nam jismdagi issiqlik va massa almashinuv jarayonlarini o’rganish hamda apparatning konstruktiv o’lchamlarini hisoblash borasidagi ilmiy tadqiqotlarni bajarish dolzarb muammodir.

Azizbek Ungarov, Ozoda To‘raqulova

38-40

2023-10-07

TA’LIM VA BILIMLARNI O’ZLASHTIRISHNI BOSHQARISH MUAMMOLARI HAMDA IMKONIYATLARI

Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish  dasturi o‘z kelajagini ta’lim va pedagogika sohalari bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan insonlarga mo‘ljallangan. Mazkur dasturning maqsadi keng doiradagi ta’lim tashkilotlarida kasbiy faoliyatni olib boradigan yuqori malakali mutaxassilarni tayyorlash uchun ta’lim menejmenti sohasi bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish hamda pedagogik kompetentsiyalarni rivojlantirishdan iborat. «Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» sohasidagi bakalavriat dasturining o‘quv, uslubiy va ilmiy mazmuni ta’lim tashkilotining samarali faoliyatini ta’minlash uchun ta’lim va o‘quv jarayonlari analitikasi va ekspertizasi, rejalashtirish va boshqarish sohasidagi bilimlar va ko‘nikmalarni o‘stirishga yo‘naltirilgan turli modullarni o‘z ichiga oladi.

Go’zal Xudoyberdiyeva , Navro’za Ashurmatova , Olimjon Ozodqulov

140-142

2025-05-31

O’RTA OSIYODA ILK SHAHARLAR VA DAVLATLAR SHAKLLANISHINING O’ZIGA XOS TARIXIY JARAYONLARI

Mazkur maqolada Qadimgi O’zbekiston hududida ilk davlatlar paydo bo’lishining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiyasoslari hamda boshqaruv tizimining shakllanishi haqida ma’lumotlar beriladi.  Shuningdek, O’rta Osiyoda vujudga kelgan ilk davlatlar va shaharlarning shakllanishi tarixini chuqur ilmiy tadqiq qilgan olimlar – Ya.G’.G’ulomov, S.P.Tolstov, M.A.Itina, A.A.Asqarov,  Y.A.Zadneprovskiy, N.A.Avanesova, T.Sh.Shirinov, B.Matboboyev, U.V.Raxmonov va Sh.B.Shaydullayev kabi olimlarning olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijalari va erishilgan yutuqlari haqida ma’lumotlar beriladi. 

Ixtiyor Poyonov

78-83

2025-04-18

##navigation.items##

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy