Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

IQLIM O’ZGARISHIGA VA INSON FAOLIYATINING INSON EKOTIZM XIZMATLARI QIYMATIGA TA’SIRI

Ushbu maqola inson faoliyatining inson ekotizmi xizmatlari qiymatiga ta’siri va iqlim o’zgarishining ushbu jarayonga ta’sirini tahlil qiladi. Iqlim o’zgarishi ekosistemalarning barqarorligiga va ularning inson hayotidagi xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, inson faoliyati, xususan, sanoatlashuv, shaharsozlik va resurslardan noto‘g‘ri foydalanish iqlim o’zgarishini kuchaytirib, ekotizim xizmatlarining kamayishiga olib keladi. Maqolada iqlim o’zgarishi va inson faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning inson hayot sifati va iqtisodiyotiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijada, iqlim o’zgarishini kamaytirish va barqaror inson faoliyatini ta’minlash orqali ekotizim xizmatlarini saqlab qolish zarurligi ta’kidlanadi.

Olamgirova Gulshan Saidali qizi

118-121

2025-06-30

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI DOIRASIDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TIZIMINING SHAKLLANISHI

Mazkur maqolada Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida inson huquqlarini himoya qilish tizimining shakllanish tarixi, unga turtki bo‘lgan omillar hamda ahamiyati ko‘rib chiqiladi. BMTning asosiy maqsadlaridan biri inson huquqlarini himoya qilish va targ‘ib qilish ekanligidan kelib chiqqan holda BMTning bu boradagi asosiy institutlari va mexanizmlari, jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha kengash, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariat va boshqa muhim organlar yoritiladi. Shuningdek, BMTning xalqaro huquqiy hujjatlari va konvensiyalari, inson huquqlarini himoya qilishda ularning roli tahlil qilinadi.

Mingboyeva Sakinabonu Shuhrat qizi

5-9

2024-05-22

INSON HUQUQLARI ISLOMDA VA XALQARO HUQUQDA

Ushbu maqolada inson huquqlarining ahamiyati va ularning Islom hamda xalqaro huquqda qanday talqin qilinishi haqida so‘z boradi. Unda har ikki tizimda inson sha’ni va erkinligini himoya qilishga alohida e’tibor berilgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, Islomdagi adolat tamoyillari bilan xalqaro huquq me’yorlari o‘rtasidagi o‘xshashliklar ham yoritilgan. Inson huquqlariga bo‘lgan bunday yondashuv jamiyatda tenglik, erkinlik va mas’uliyatni qaror toptirishga xizmat qiladi. Islomda inson huquqlarini poymol etish katta gunoh sanaladi va  xalqaro huquqda esa bu harakatlar qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shu bois, ikki tizim ham insonning sha’nini oliy qadriyat sifatida e’tirof etadi.

Qozoqboyeva Nodira Abdurashid qizi

67-70

2025-10-15

INSON HUQUQLARIGA OID XALQARO QONUNCHILIK XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR

Mazkur maqolada inson huquqlariga oid xalqaro qonunchilik huquqiy jihatdan tahlil qilingan bo’lib, unda inson huquqlari umujahon deklaratsiyaning mazmun mohiyati xususida fikrlar ilgari surilgan. Shuningdek, Inson huquqlar umumjahon deklaratsiyasining inson huquqlarini ta`minlashdagi roli qay darajada ekanligi tahlil qilingan.

Abduganiyeva Gulrux Mansur qizi

74-77

2023-10-31

HOZIRGI ZAMON SHARQ FALSAFASIDA INSON MUAMMOSI

Ushbu maqola hozirgi zamon Sharq falsafasida inson muammosini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Maqolada Sharq falsafasining tarixiy va kontseptual asoslari, shuningdek, uning inson hayotiga, maqsadiga va axloqiy qarashlariga qanday ta’sir ko‘rsatganligi tahlil qilinadi. Hindiston, Xitoy va Fors falsafalaridagi asosiy yondashuvlar orqali insonning mavjudligi, ruhiy holati va maqsadlari muhokama qilinadi. Maqola, shuningdek, hozirgi zamon Sharq falsafasining ijtimoiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlarga qanday javob berayotganini, uning insonning ichki dunyosini va jamiyatdagi o‘rnini qanday tushunishini ko‘rsatadi. Hozirgi kunda Sharq falsafasining meditatsiya, yoga, mindfulness kabi amaliyotlar orqali insonning ruhiy muammolarini hal qilishdagi roli o‘rganiladi. Maqola, shu bilan birga, Sharq falsafasining inson muammosiga bo‘lgan yondashuvlarini zamonaviy dunyo sharoitida qadriyatlar, ekologik va ijtimoiy adolatga oid masalalar bilan bog‘laydi.

Mamurov Jasur Jo’rabek o’g’li

204-207

2024-11-25

AHMAD DONISH FALSAFIY MEROSIDA INSON FALSAFASIGA MUNOSABATI

Mazkur maqolada XIX asrning yirik mutafakkiri Ahmad Donishning falsafiy merosi tahlil qilinadi hamda uning inson, jamiyat va tafakkur masalalariga bo‘lgan munosabati ochib beriladi. Tadqiqot davomida muallif Ahmad Donish asarlaridagi antropologik yondashuvlarni o‘rganadi, u tomonidan ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar, insonning jamiyatdagi o‘rni, erkin fikrlash va ilmiy tafakkurga berilgan baho asosida inson falsafasi masalalari yoritiladi. Shuningdek, mutafakkirning g‘oyaviy qarashlari o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy muhitida tahlil qilinadi. Ahmad Donishning fikricha, inson kamoloti ilm va ma’rifat asosida shakllanadi. Uning inson haqidagi falsafiy qarashlari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Ushbu maqola Ahmad Donishning inson haqidagi qarashlarini hozirgi davr nuqtayi nazaridan tahlil etilgan.

Miltiqboyev Bobur Zokirovich

122-124

2025-06-24

TASHKILOTDA INSON KAPITALI SIFATINI BAHOLASHNING IQTISODIY AHAMIYATI

Inson kapitali tushunchasi jamiyatning zamonaviy ongida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Uning insonning ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish usuli, bilimlarni uzatish va boshqalar haqidagi savollar tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.

Maraimova Kamola Shuxratovna, Imamov Javoxir Fayozovich

190-194

2022-10-19

INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHNING MINTAQAVIY RIVOJLANISH ASOSLARINING ASOSIY OMILLARI TAHLILI

Ushbu maqolada inson kapitalini rivojlantirishning mintaqaviy rivojlanishdagi o‘rni va asosiy omillari tizimli tarzda tahlil qilinadi. Inson kapitali zamonaviy iqtisodiy taraqqiyotda strategik resurs sifatida qaralib, uning shakllanishi va rivojlanishi ta’lim sifati, sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy infratuzilma, mehnat bozori ehtiyojlari hamda hududiy boshqaruv siyosati bilan bevosita bog‘liq ekani asoslab beriladi. Maqolada G‘arb va Sharqiy Yevropa tajribalari asosida, xususan, Slovakiya, Italiya va Rossiya mintaqalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar tahlil qilinib, global tahdidlar sharoitida inson kapitalini rivojlantirishga bo‘lgan yangi yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Muallif tomonidan inson kapitalining hududiy migratsiyaga, innovatsion salohiyatga va iqtisodiy raqobatbardoshlikka ta’siri ochib berilgan. Tahlillar natijasida, mintaqaviy rivojlanish siyosatini inson kapitali bilan uyg‘unlashtirgan holda kompleks va barqaror rivojlanish strategiyalarini shakllantirish zarur degan xulosa beriladi.

Ruzmetova Gulira’no Atabekovna

100-102

2025-04-30

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH YO’LLARI

Maqolada inson resurslarining zamonaviy iqtisodiyotdagi o'rni va roli, ularning zamonaviy ishlab chiqarishga ta'siri va yangi innovatsion korxonalarni yaratishdagi ahamiyati muhokama qilinadi, shuningdek, mehnat bozori va inson kapitali ko'rib chiqiladi.

Kutbiddinov Ayubkhon Bosit o'g'li

37-43

2023-09-18

INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA NODAVLAT TASHKILOTLAR ROLINI OSHIRISH MEXANIZMLARI.

Ushbu maqolada inson huquqlarini himoya qilish va nodavlat tashkilotlar rolini oshirish mexanizmi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlarini himoya qilish shart sharoitlari, inson huquqlari va qadr qimmatining oliy ne’mat ekanligi, inson huquqlarini himoya qilishda mamlakatimizda nodavlat tashkilotlar bilan amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil bayon etilgan.

Kenjaev Jasur Omon o‘g‘li

188-192

2024-06-06

ODAM ORGANIZMINING NORMAL MIKROFLORASI

Inson mikroflorasi mikro va makroorganizmlarning o‘zaro moslashuvining natijasidir. Inson tanasining doimiy mikroflorasi bakteriyalarining aksariyati uning ayrim qismlarida hayotga moslashgan. Bundan tashqari, beqaror mikroflorani tashkil etuvchi mikroblar mavjud. Mikroorganizmlar inson tanasiga suv, oziq-ovqat bilan, har xil narsalardan, havodan kiradi. Oddiy inson mikroflorasi bola tug‘ilishining birinchi daqiqasidan boshlab shakllanadi. Uning shakllanishiga onaning mikroflorasi, bola joylashgan xonaning sanitariya holati, sun’iy yoki tabiiy oziqlantirish ta’sir qiladi. Oddiy inson mikroflorasi mikroorganizmlarning katta qismini tashkil qiladi. Bu inson barcha to‘qimalarining hujayralari sonidan ko‘p deganidir.

T.S.Axmedova, Rashidov Shamsiddin Sharofovich, Ro‘ziboyeva Mohinur G‘ayrat qizi, Ulashova Dildora Azamat qizi

349-352

2022-11-30

OʻZBEKISTONDA INSON HUQUQLARI KAFOLATLARI TO’G’RISIDA

Ushbu maqolada huquq tushunchasi paydo bo’lishi, insonlar o’z huquqlarini anglay boshlashi, inson huquqlarini amalda ko’rish, inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro va milliy mexanizmi haqida ma’lumot beriladi. Shu bilan bir qatorda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlarini muhofaza qilishdagi muhim ahamiyati va inson huquqlarini himoya qilish bilan shug’ullanuvchi davlat tashkilotlari haqida ma’lumot beriladi.

Qodirova Sevara To’lqin qizi

11-14

2023-09-06

YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON KAPITALI VA INSON QADRIYATLARI OʻRTASIDAGI MUNOSABATLARI VA ULARDAGI MUAMMOLAR

Inson kapitali — bu insonning bilimlari, malakalari, salomatligi va ijodkorlik qobiliyatlari majmui bo‘lib, ular iqtisodiy samaradorlikni oshirish va jamiyatning farovonligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Ushbu tushuncha iqtisodiyotda "inson resurslari" dan farq qiladi, chunki u faqat jismoniy mehnat emas, balki intellektual va innovatsion imkoniyatlarni ham o‘z ichiga oladi.

Asatov Asilbek Akbar oʻgʻli

156-159

2024-11-25

INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqola inson kapitalini, uning mazmun-mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, inson kapitalini o‘rganilganlik darajasi, inson kapitaliga ta’sir qiluvchi omillar va xalqaro maydonda inson kapitaliga doir tadqiqot markazalari kabi bir qator masalalarga bag‘ishlangan.

Saidkulov Nuriddin Akramkulovich

169-174

2023-11-30

INNOVATSION FAOLLIKNI OSHIRISHDA INSON KAPITALINING TUTGAN O’RNI

Maqolada innovatsiyalar tushunchasi,respublikamizning turli xil yo’nalishlarda subindeksdagi pog’onalari, tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyat bilan bog’liqligi hamda innovatsion faoliyatda inson kapitali investitsiyalari sarflanishini ko’rib chiqamiz.

Eshmuratova Iroda Shuxrat qizi

19-21

2023-04-05

ODAM ORGANIZMINING NORMAL MIKROFLORASI

Inson mikroflorasi mikro va makroorganizmlarning o‘zaro moslashuvining natijasidir. Inson tanasining doimiy mikroflorasi bakteriyalarining aksariyati uning ayrim qismlarida hayotga moslashgan. Bundan tashqari, beqaror mikroflorani tashkil etuvchi mikroblar mavjud. Mikroorganizmlar inson tanasiga suv, oziq-ovqat bilan, har xil narsalardan, havodan kiradi. Oddiy inson mikroflorasi bola tug‘ilishining birinchi daqiqasidan boshlab shakllanadi. Uning shakllanishiga onaning mikroflorasi, bola joylashgan xonaning sanitariya holati, sun’iy yoki tabiiy oziqlantirish ta’sir qiladi. Oddiy inson mikroflorasi mikroorganizmlarning katta qismini tashkil qiladi. Bu inson barcha to‘qimalarining hujayralari sonidan ko‘p deganidir.

T.S.Axmedova, Rashidov Shamsiddin Sharofovich, Ro‘ziboyeva Mohinur G‘ayrat qizi, Ulashova Dildora Azamat qizi

344-348

2022-10-25

KORXONA MENEJMENTIDA INSON RESURSLARINI BAHOLASH TIZIMI

Korxona menejmentida inson resurslarini baholash tizimi tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyatini ta'minlashda asosiy o'rin tutadi. Ushbu tizim xodimlarning malakasi, samaradorligi va tashkilotga qo'shayotgan hissasini aniqlash orqali strategik qaror qabul qilish jarayonlarini takomillashtiradi. Inson resurslarini samarali boshqarish korxona maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan kuchli kadrlar bazasini yaratishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Maqolada inson resurslarini baholash tizimining maqsadi, asosiy usullari va tizimni takomillashtirish yo'llari batafsil tahlil qilinadi. Baholashning asosiy maqsadlari qatoriga xodimlarning hozirgi vazifalariga mosligini aniqlash, ularning malaka darajasini oshirish zaruriyatini baholash, shuningdek, rag'batlantirish va mukofotlash tizimlarini adolatli tashkil etish kiradi.

Rustam Musaxonov

85-89

2024-12-28

O‘ZBEKISTONDA KADRLAR SAMARADORLIGI VA INSON KAPITALI SIFATINI YAXSHILASHDA UY XO‘JALIKLARINING TUTGAN O‘RNI

Maqolada uy xo‘jaliklari doirasida inson kapitalining shakllanishi va jamg‘arilishi keng yoritilgan. Uy xo‘jaliklarining  yaratilgan inson kapitalini doimo rivojlanib borishidagi roli va ahamiyatini yanada kengaytirish imkoniyatlariga alohida urg‘u berilgan. Maqolada berilgan takliflar istiqbolda mamlakatimiz uchun yuqori malakali kadrlar safining kengayishiga xizmat qiladi. 

Berdiev G‘ayrat Ibragimovich, Eshqulova Hilola Shoyimqul qizi, Safiyeva Nigora Nurmuhammadovna, To‘rayeva Gulizahro Qahhorovna, Isoxonova Go‘zal Ulug‘bek qizi

285-293

2022-10-11

INSON VA TABIAT

Mazkur maqolada inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar, ekologik madaniyat, ekologik xavflar va ularning inson organizmiga boʻlayotgan ta'siri, Orol fojeasi, atmosferadagi ozon qatlamining emirilishi, atmosfera havosining inson tomonidan ifloslanib borayotgani va uni oldini olish oʻz aksini topgan.

N.A. Tursunova, Z.O. Valiyeva

26-28

2025-02-24

INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MASALALARI

Mamlakatimizda inson huquqlari qay darajada olib borilayotganligi inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish adolatli jamiyatni barpo etishning muhim jihati hisoblanadi. Inson huquqlarini himoya qilish tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ro‘l o‘ynaydi. Inson huquqlarini himoya qilish hukumatlar va jamiyatlarning muhim burchidir.

O‘roqov Mardonbek Bobomurod o’g’li

67-68

2023-10-31

JAHON BANKI LOYIHALARINING RIVOJLANGAN VA RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARDA INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIRINI BAHOLASH: QIYOSIY TAHLIL

Ushbu maqola Jahon banki loyihalarining rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda inson kapitalini rivojlantirishga ta'sirini o'rganadi. Global iqtisodiy farovonlikning hal qiluvchi omili sifatida Jahon bankining tashabbuslari ta'lim, sog'liqni saqlash va malaka oshirishni o'z ichiga olgan mamlakatlarning inson kapitaliga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Empirik dalillar turlicha bo'lsa-da, ko'pchilik Bank loyihalari va inson kapitalini oshirish o'rtasida ijobiy bog'liqlikni ko'rsatadi. Ushbu maqola ushbu loyihalarning ta'sirini batafsil tahlil qiladi va ushbu mavzu bo'yicha tegishli adabiyotlarni ko'rib chiqadi.  

Rizakulov Nurali Sadritdinovich

268-271

2023-05-30

BADIIY ADABIYOTDA INSON KONSEPSIYASINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Ushbu tezisda inson deb atalmish mavjudotning ulug‘vorligi, badiiy adabiyotning asosiy vazifalaridan bo‘lmish inson konsepsiyasi, uning adabiyotda muhim ekanligi, ushbu atamaning adabiyotda paydo bo‘lishi, bugungi kungacha bo‘lgan davrda inson tasnifi asarlarda qay yo‘sinda aks etgani to‘g‘risida fikr yuritiladi.

Rahimova Bahora Shuhratjon qizi

114-116

2025-06-30

Ilm-fan ta'limi, ta'lim tizimining muammolari va istiqbollar

Ushbu maqolada inson kapitalining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va uning raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Inson kapitali tarkibi ta’lim, salomatlik, malaka va raqamli ko‘nikmalar kabi jihatlardan iborat bo‘lib, ularning rivoji iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. Ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, tibbiyot xizmatlarini yaxshilash va texnologik savodxonlikni oshirish inson kapitalini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatilgan. Innovatsion iqtisodiy modelga o‘tish va ishchi kuchini global talablar asosida moslashtirish orqali iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikka erishish mumkinligi ta’kidlangan. Mazkur maqola inson kapitalini rivojlantirishning milliy iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatini ko‘rsatadi.

Zebiniso Saidova

9-13

2025-01-02

INSON QADRI VA GO‘ZALLIKNI O‘ZARO UYG‘UNLASHTIRISHNING IJTIMOIY VA ESTETIK AHAMIYATI

Maqola "Inson qadri va go‘zallikni o‘zaro uyg‘unlashtirishning ijtimoiy va estetik ahamiyati" mavzusida inson qadri va go‘zallik tushunchalarining o‘zaro aloqasi, ularning ijtimoiy va estetik kontekstda ahamiyati tahlil qilinadi. Ushbu maqola, go‘zallikni faqat tashqi ko‘rinish bilan emas, balki ichki axloqiy fazilatlar bilan ham bog‘lash zarurligini ta’kidlaydi. Inson qadri va go‘zallikning uyg‘unligi, jamiyatda adolat, tenglik va etika me’yorlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada, shuningdek, go‘zallikni qadrlashdagi ijtimoiy me’yorlar va estetik qarashlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar ko‘rib chiqiladi.

Qaxorov Pulotjon Xursanmurodovich

32-34

2025-03-31

FAVQULODDA HOLATLARDA INSON HUQUQLARINI CHEKLASHNING NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI

Ushbu tezisda favqulodda holatlarda inson huquqlarini cheklashning asoslari muhokama qilingan. Shuningdek, inson huqulari eng oliy qadriyatligiga qaramasdan nima uchun ba’zi vaqtlarda cheklanishi va bu cheklovlar boshqa insonlarning huquqlariga zarar yetkazmaslik uchun qo’llanilishiga atforlicha to’xtalamiz.

Bobonazarov Muhammadjon Muzaffar o’g’li

122-124

2024-10-11

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy