Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi  potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi.  Iqtisodiy o‘sish haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi.  Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi - cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi.   Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan  o‘lchanadi. Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi. Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangiyangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.

Nodira Djumabayeva

773-777

2024-07-31

ERKIN IQTISODIY HUDUDLARDAGI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI INTEGRATSIYALASHUVINING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TAʼSIRI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy hududlarida tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro integratsiyalashuvi va uning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Navoiy, Jizzax va Angren erkin iqtisodiy hududlari misolida integratsiya jarayonlarining iqtisodiy natijalarga ijobiy ta’siri tahlil qilinadi. Natijalar tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash hamda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi muhim ahamiyatini ko‘rsatadi. Maqola yakunida erkin iqtisodiy hududlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar keltirilgan.

Nazar Nazarov

74-77

2024-12-28

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA IJTIMOIY VA IQTISODIY JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISHNING USULLARI

Raqamli texnologiyalar va ularning iqtisodiy, ijtimoiy tizimlarga ta'siri haqida so'nggi yillardagi o'zgarishlarni ko'rib chiqadi.  Raqamli iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, uning iqtisodiy rivojlanishga, ishchi kuchining yangi formatlarga moslashishiga, shuningdek, davlat siyosati va ijtimoiy tartibotdagi o'zgarishlarga qanday ta'sir qilishi tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali biznes jarayonlarini soddalashtirish, samaradorlikni oshirish va innovatsion iqtisodiy tizimlarni yaratishga qaratilgan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning yuksalishi bilan yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish bo'yicha tavsiyalarni ham o'z ichiga oladi. Ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni raqamli platformalar yordamida boshqarish va rivojlantirishning yangi usullari hamda bu jarayonlarga ta'sir qiluvchi global trendlar haqida ham muhokama qilinadi.         

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Abdimurodova Iqbol Muzaffar qizi

8-12

2024-12-16

EKONOMETRIKADA INNOVATSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMI.

Ushbu maqola innovatsiyalar va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'lanishni tahlil qiladi. Innovatsiyalar, yangi g'oya, mahsulot, xizmat yoki jarayonlarni yaratish jarayoni sifatida, iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantiruvchi asosiy omil sifatida ko'rib chiqiladi. Maqolada innovatsiyalarning iqtisodiy o'sishga ta'siri, ularning turli turlari (mahsulot, jarayon, marketing va tashkiliy innovatsiyalar) va iqtisodiy model va statistik ma'lumotlardan foydalanish orqali qanday o'rganilishi haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, maqolada innovatsiyalar yordamida mahsuldorlikni oshirish, yangi ish o'rinlari yaratish va iste'molchilar ehtiyojlarini qondirish kabi muhim jihatlar ko'rib chiqiladi. Ekonometrik tahlil usullari, jumladan regressiya tahlili va panel ma'lumotlar, innovatsiyalarning iqtisodiy ko'rsatkichlarga ta'sirini aniqlashda qo'llaniladi. Maqola davlat va xususiy sektorning innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlashdagi roli va innovatsiyalarni rag'batlantirish orqali iqtisodiy o'sishni kuchaytirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Umuman olganda, innovatsiyalar iqtisodiy o'sishni rag'batlantiruvchi kuch sifatida e'tirof etiladi va ularning rivojlanishini qo'llab-quvvatlash iqtisodiy barqarorlik va farovonlikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Fotima Kunakova

714-717

2024-12-28

EKONOMIKA SOHASIDA AYOLLAR O'RNI

Ushbu maqola iqtisodiyot sohasida ayollarning o'rnini va ularning iqtisodiy jarayonlarga qo'shgan hissalarini tahlil qilishga qaratilgan. Maqola jahon iqtisodiyoti va ishlab chiqarishdagi ayollarning roli, ular duch keladigan muammolar va ayollarga imkoniyat berishning iqtisodiy samaradorlikka ta'sirini o'rganadi. Ayollarning iqtisodiy faolligi va ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish orqali umumiy iqtisodiy o'sish va rivojlanishni tezlashtirish mumkinligi ta'kidlanadi. Shuningdek, maqolada ta'lim, ish haqi, rahbarlik lavozimlari va sog'liqni saqlash xizmatlariga kirish imkoniyatlari kabi ko'rsatkichlar ayollarga sharoit yaratishga erishishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko'rsatilib, ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratishning ijtimoiy va iqtisodiy foydalari yoritiladi.

Fattoyev Elbek Alisherovich

44-49

2024-05-23

XALQARO SAVDO VA JAHON IQTISODIYOTINING DOLZARB MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Xalqaro savdo XXI asrda iqtisodiy globalizatsiyaning asosiy elementlaridan biri bo‘lib qoldi. Mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti ko‘p jihatdan ularning savdo imkoniyatlari va global bozorlar bilan integratsiyalashishiga bog‘liq. Ushbu maqolada xalqaro savdoning ahamiyati, uning iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri va zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda savdo munosabatlarining rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi.

Sayfiddinov Javlonbek Baxriddin o‘g‘li

19-22

2025-09-16

XITOY XALQ RESPUBLIKASI IQTISODIYOTINING BARQAROR RIVOJLANISH OMILLARI, ERKIN IQTISODIY ZONALARNING O’RNI VA ULUSHI

Hozirgi kunga kelib dunyo iqtisodiyoti juda jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Iqtisodiy faollikning ortishi, ishlab chiqarish hajmining yildan-yilga o`sib borishi, shu bilan bir qatorda dunyo aholisining ko`payishi ham davlatlar kesimida ishlab chiqarishga, ijtimoiy-maishiy ehtiyoj va talablarning ko`payishiga sabab bo`lmoqda. Dunyo iqtisodiyotining yetakchi davlatidan bir bo`lgan Xitoy iqtisodiyoti kundan-kunga yangidan-yangi cho`qqilarni zabt etib bormoqda. Tovar aylanmasi ichki va tashqi yuzaga kelayotgan talabni to`laqonli ravishda qondirish hamda eksport salohiyatini ham kuchaytirishga o`z ta`sirini o`tkazib kelmoqda. Bu iqtisodiy barqaror iqtisodiy o`sishning asosiy omili sifatida mahalliy hududlar (provensiyalar) kesimida erkin iqtisodiy zonalar faoliyati ko`zda tutiladi. Mustaqil ishlab chiqarish va yetarlicha xom-ashyo bilan ta`minlash mexazmlarining o`rni muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Nosirbekov Kozimbek Sunnatbek o`g`li

93-96

2023-01-16

IQTISODIYOT TARAQQIYOTINI SOLIQLAR ORQALI TARTIBGA SOLISH VA RAG‘BATLANTIRISH SAMARALI TADBIRLARIGA YANGICHA YONDASHUV XUSUSIDA

Maqolada Yangi O‘zbekistonda soliq tizimi rivojiining hozirgi bosqichida iqtisodiyot taraqqiyotini soliqlar orqali tartibga solish va rag‘batlantirish samarali tadbirlariga yangicha yondoshuvning ustunliklari hamda o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy asoslab berilgan. Soliqlar jamiyatda iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish va rag'batlantirishda asosiy rol o'ynaydi. Soliqqa tortishning an'anaviy yondashuvlari ko'pincha iqtisodiy o'sish va jamiyat farovonligi uchun kengroq ta'sirlarni e'tiborsiz qoldirib, daromadlarni shakllantirishga qaratilgan. Ushbu maqola barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan daromad jihatini ham, kengroq iqtisodiy samaralarni ham hisobga oladigan soliqqa tortishning yangi yondashuvini taklif qiladi. Iqtisodiy nazariya va empirik dalillarga asoslanib, biz istalgan rivojlanish natijalariga erishishda soliqni loyihalash muhimligini ta'kidlaydigan asosni taqdim etamiz. Biz turli soliq vositalari va ularning investitsiyalar, innovatsiyalar, tengsizlik va umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlarga potentsial ta'sirini muhokama qilamiz. Bundan tashqari, biz rivojlanish maqsadlariga mos keladigan soliq tizimini shakllantirishda davlat siyosatining rolini o'rganamiz. Iqtisodiy tamoyillarni real dunyo siyosati mulohazalari bilan integratsiyalashgan holda, ushbu maqola mamlakatlar uzoq muddatli iqtisodiy o'sish va jamiyat farovonligini oshirish vositasi sifatida soliqqa tortishdan qanday foydalanishi mumkinligi haqida tushuncha beradi.

Dilafruz Jononmirzayeva

282-286

2024-12-28

TALABALARNING IQTISODIY AXBOROT KOMPOTENTLIGINI RIVOJLANTIRUVCHI OMILLAR

В данной статье рассматриваются педагогические, психологические, социальные и
экономические факторы, используемые в развитии экономической информационной компетентности
студентов-экономистов

Asliddin Rajabov

61-63

2025-01-04

RAQAMLI TO'LOV TIZIMLARINING IQTISODI SAMARADORLI

Ushbu maqola raqamli to'lov tizimlarining iqtisodiy samaradorligi haqida batafsil tahlil qiladi. Raqamli to'lov tizimlari, texnologiyalarning rivojlanishi va internetning keng tarqalishi bilan jahon miqyosida iqtisodiy aloqalar va operatsiyalarni samarali amalga oshirishda muhim vosita bo'lib bormoqda. Maqolada raqamli to'lovlar orqali xarajatlarni kamaytirish, iqtisodiy faollikni oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va iqtisodiy inkluzivlikni ta'minlash kabi ijobiy ta'sirlar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, bu tizimlarning xavfsizlik va shaffoflikni ta'minlashdagi o'rni ham yoritilgan. Umuman olganda, maqola raqamli to'lov tizimlarining iqtisodiy barqarorlik va o'sish uchun qanday muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.             

Nomozova Sevinch

144-147

2024-12-16

MAMLAKAT BANK TIZIMINING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH MASALALARI

Mazkur maqola bank xavfsizligini ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, bank biznesining iqtisodiy xavfsizligiga tashqi va ichki tahdidlar bank tizimining iqtisodiy xavfsizligi ko'rsatkichlari, Markaziy bank tomonidan banklarning moliyaviy manfaatlarning himoyalanganlik darajasi masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda mamlakatdagi bank bozoridagi raqobat darajasi, Markaziy bank tomonidan bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sifatining darajasi, davlat bank tizimining kapitallashuv darajasi, moliyaviy xavfsizlik indikatorlari, jumladan, byudjet defitsiti, mamlakat milliy valyutasining barqarorligi tahlil qilingan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida Markaziy bank tomonidan bank tizimining iqtisodiy xavfsizligini yaxshilash uchun amalga oshirilayotgan islohotlarga e'tibor qaratilgan.

Turopova Nigora Xolmurod qizi, Keldiyev Azizbek Panji og'li

76-78

2024-04-03

IQTISODIYOT TARAQQIYOTINI SOLIQLAR ORQALI TARTIBGA SOLISH VA RAG‘BATLANTIRISH SAMARALI TADBIRLARIGA YANGICHA YONDASHUV XUSUSIDA

Maqolada Yangi O‘zbekistonda soliq tizimi rivojiining hozirgi bosqichida iqtisodiyot taraqqiyotini soliqlar orqali tartibga solish va rag‘batlantirish samarali tadbirlariga yangicha yondoshuvning ustunliklari hamda o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy asoslab berilgan. Soliqlar jamiyatda iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish va rag'batlantirishda asosiy rol o'ynaydi. Soliqqa tortishning an'anaviy yondashuvlari ko'pincha iqtisodiy o'sish va jamiyat farovonligi uchun kengroq ta'sirlarni e'tiborsiz qoldirib, daromadlarni shakllantirishga qaratilgan. Ushbu maqola barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan daromad jihatini ham, kengroq iqtisodiy samaralarni ham hisobga oladigan soliqqa tortishning yangi yondashuvini taklif qiladi. Iqtisodiy nazariya va empirik dalillarga asoslanib, biz istalgan rivojlanish natijalariga erishishda soliqni loyihalash muhimligini ta'kidlaydigan asosni taqdim etamiz. Biz turli soliq vositalari va ularning investitsiyalar, innovatsiyalar, tengsizlik va umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlarga potentsial ta'sirini muhokama qilamiz. Bundan tashqari, biz rivojlanish maqsadlariga mos keladigan soliq tizimini shakllantirishda davlat siyosatining rolini o'rganamiz. Iqtisodiy tamoyillarni real dunyo siyosati mulohazalari bilan integratsiyalashgan holda, ushbu maqola mamlakatlar uzoq muddatli iqtisodiy o'sish va jamiyat farovonligini oshirish vositasi sifatida soliqqa tortishdan qanday foydalanishi mumkinligi haqida tushuncha beradi.

Dilafruz Jononmirzayeva

287-291

2025-01-08

EKSKLYUZIV HUQUQLARNI BARTARAF ETISHDA INKLYUZIV IQTISODIY USULLARNI QO'LLASH

Eksklyuziv huquqlar kontseptsiyasi jismoniy shaxslar va korporatsiyalarga resurslar, bozorlar va intellektual mulkni nazorat qilish va monopoliya qilish imkoniyatini beruvchi zamonaviy iqtisodiyotlarning asosi bo'lib kelgan. Biroq, ushbu huquqlar beradigan eksklyuzivlik imkoniyatlardan foydalanishni cheklashi, innovatsiyalarga to'sqinlik qilishi va ijtimoiy va iqtisodiy tengsizliklarni kuchaytirishi mumkin. So'nggi yillarda umumiy farovonlik, ijtimoiy adolat va ekologik barqarorlikni ta'minlaydigan yanada inklyuziv iqtisodiy modellarga o'tish zarurati tobora ortib bormoqda. Ushbu maqolada inklyuziv iqtisodiy usullarni qo'llash mutlaq huquqlarni bekor qilishda, yanada adolatli va barqaror iqtisodiy tizimni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o'ynashi mumkinligi ta'kidlanadi.

Shoxboz Zaripov

14-16

2024-09-23

ERKIN IQTISODIY ZONANING DAVLAT IQTISODIYOTI UCHUN AHAMIYATI

Ushbu ilmiy maqolada erkin iqtisodiy zonalarning davlat va jamiyat uchun ahamiyati tahlil qilingan. Bu ahamiyat faqat iqtisodiy ahamiyat bo‘lmasdan, hududning infrastrukturaviy salohiyatining oshirishga ham yo‘naltirilgan. Xususan hozirda O‘zbekiston Respublikasining hududida faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin erkin iqtisodiy zonalar Respublikasining iqtisodiy salohiyatining oshishiga qaratilganligi tadqiq etilgan. Jahon Bankining 2019–yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston “Doing business” ko‘rsatkichlari bo‘yicha 100 ballik reytingdan 69,9 ball jamg‘arib, dunyo miqyosida 69-o‘rinni egalladi va 2018-yildagi 76-o‘rindan 8 pog‘ona yuqoriladi. Mamlakatimiz Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa to‘rtta davlatlar qatori biznes iqlimi eng yaxshilangan 20 mamlakat tarkibiga kiritildi[1].  Undan tashqari, Jahon Banki tomonidan qayd etilishicha, O‘zbekistonda biznes yuritishning muayyan sohalarida erkinliklar taqdim etilayotganligi investorlarning e’tiborini tortmoqda. Xususan, o‘tgan yillarda aksiyadorlarning huquqlari va asosiy korporativ qarorlardagi rolini oshirish, mulkchilik va boshqaruv tuzilmalarini aniqlashtirish va korporativ shaffoflikni talab qilish orqali minoritar investorlarning himoyasini kuchaytirish sohasida jadal islahotlar amalga oshirilganligi ma’lumotlarda keltirib o‘tilgan.

Zoilboyev Javlon Karimjon o‘g‘li

1379-1385

2022-11-30

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI

Ushbu maqolada ilmiy tadqiqotda tadqiqotlar va innovatsiyalarning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri o‘rganiladi. Tahlillar ko‘rsatadiki, ilmiy tadqiqotlar iqtisodiy o‘sishni, samaradorlikni va raqobatbardoshlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari yangi texnologiyalarni yaratishga, mavjud bilimlarni yangilashga va iqtisodiy strategiyalarni takomillashtirishga yordam beradi. Shuningdek, tadqiqotlar innovatsion jarayonlarni rivojlantirishga va moliya sohasidagi ko‘plab muammolarni hal qilishga imkon beradi. Tadqiqotlar bilan birga davlat siyosati va investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta'siri o‘rgatiladi. Ushbu tadqiqot iqtisodiy rivojlanishda ilmiy tadqiqotlarning ahamiyatini va kerakligini ko‘rsatib beradi.

Shakhnoza Qudratova

888-890

2025-01-16

IQTISODIY KRIZISLAR: TARIXIY MISOLLAR VA SABOQLAR

Insoniyat tarixi iqtisodiy yuksalishlar va qulashlarning uzluksiz sikli bilan belgilangan. Iqtisodiy krizis – bu nafaqat iqtisodiy ko'rsatkichlarning keskin pasayishi, balki jamiyatning barcha qatlamlariga chuqur ta'sir ko'rsatadigan murakkab va ko'p qirrali hodisadir. Ushbu hodisaning oqibatlari nafaqat ishsizlik, qashshoqlik va ijtimoiy notinchliklarni keltirib chiqaradi, balki siyosiy beqarorlik va hatto davlatlarning qulashiga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun, iqtisodiy krizislarning sabablari, oqibatlari va ularga qarshi kurash strategiyasini chuqur tushunish juda muhimdir.

D. J. Ochilova, Xo`jamberdiyev Behruz

46-48

2025-10-08

IQTISODIY TARAQQIYOT, IQTISODIY O’SISH VA MILLIY BOYLIK

Ushbu tezisda iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o'sish va milliy boylikning o'zaro ta'siri tahlil qilingan Iqtisodiy siyosatni shakllantirishda innovatsiyalar, inson kapitalini rivojlantirish va barqaror iqtisodiyotga o'tish kabi masalalar muhim ahamiyatga egaligi ham ta’kidlab o’tilgan.

Ubaydullayev Shohjahon

36-38

2025-05-26

PUL-KREDIT SIYASATINING IQTISODIYOTI UCHUN IQTISODIY SAMARASI VA UNING IQTISODIYOTDAGI O‘RNI.

Ushbu maqolada pul-kredit iqtisodiyotidagi iqtisodiy siyosatning ahamiyati muhokama qilinadi. Bu barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish uchun samarali pul monitoringi va fiskal qo'llab-quvvatlash zarurligini ta'kidlaydi. Maqolada iqtisodiy siyosatning inflyatsiya, valyuta qadrsizlanishi, byudjet taqchilligi va moliya bozorlariga kirishga ta'siri alohida ta'kidlangan. Shuningdek, xalqaro sanksiyalar va neft narxining pasayishi iqtisodiy muammolarni shakllantirishdagi rolini o‘rganadi. Maqolada siyosatchilar ushbu muammolarni hal qilish uchun barqarorlikni tiklash, nizolarni hal qilish va uzoq muddatli tiklanish harakatlariga e'tibor qaratishlari kerakligini taklif qiladi.  

Musabekov Sherali Nazarali o‘g‘li

37-42

2023-07-10

DIFFERENSIAL TENGLAMALARNING IQTISODIYOTDAGI ROLI (ADABIYOTLAR SHARHI)

Ushbu ilmiy maqola "Differensial tenglamalarning iqtisodiyotdagi roli" mavzusida yozilgan bo'lib, differensial tenglamalarning iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishdagi ahamiyatini o'rganadi. Maqolada differensial tenglamalar yordamida ishlab chiqarish, talab va taklif o'zgarishlari kabi dinamik iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlil qilinadi. Maqola Harrod-Domar va Solow o'sish modellari kabi dinamik iqtisodiy modellarni ko'rib chiqadi hamda iqtisodiy tahlil va prognozlashda differensial tenglamalarning qo'llanilishini ta'kidlaydi. Shuningdek, mavjud tadqiqotlar orqali differensial tenglamalarning iqtisodiyotdagi roli va ularning samaradorligi haqida ma'lumotlar keltiriladi.

Mirxodjayeva Najibaxon Shaxsuvarovna

125-129

2025-05-14

BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING RAQOBATLIGINI OSHIRISHDA IQTISODIY KOMPETENSIYANING AHAMIYATI

Ushbu maqola zamonaviy sharoitlarda bo‘lajak mutaxassislarning iqtisodiy kompetentsiyalarini shakllantirish asosida ularning raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirishning dolzarb muammosiga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, maqolada iqtisodiy kompetentsiya tushunchasi, uning ma’nosini aniqlash, iqtisodiy malakali mutaxassisning imkoniyatlari va ularning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan. Iqtisodiy kompetensiyaga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligi batafsil yoritilgan.

Bozarov Dilmurod Uralovich

81-84

2023-12-16

TURIZMDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI BAHOLASH

Mazkur maqolada turizmda iqtisodiy samaradorlikni baholash masalalari yoritilgan. Turizm sektori mamlakat iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadigan soha bo‘lib, uning iqtisodiy samaradorligi valyuta tushumlari, ish o‘rinlari yaratish, mahalliy biznesni rivojlantirish kabi omillar orqali o‘lchanadi. Maqolada turizm sohasining iqtisodiy ahamiyati va samaradorlikni baholash mezonlari, shuningdek, turizmni rivojlantirishning samaradorligini oshirish yo‘llari keltirilgan. Turizmni rivojlantirishda marketing, infratuzilma, va xizmatlar sifatini yaxshilash kabi strategiyalar muhim ahamiyatga ega. Umuman olganda, turizmda iqtisodiy samaradorlikni oshirish mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga yordam beradi.

Djumaboyeva Nodira Yuldashevna

662-664

2024-11-29

O‘ZBEKISTON TASHQI IQTISODIY ALOQALARI MAVZUSINI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN TA’LIM METODLARI.

Maqolada O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari mamlakatning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlash va ichki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Geografiya fanini o‘rganishda, ayniqsa, “O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalari” mavzusining o‘rganilishi, o‘quvchilarda mamlakatning iqtisodiy geografiyasiga doir kengroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Ushbu mavzu nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni ham o‘z ichiga olgan murakkab tizim sifatida ko‘riladi.

Qobilova Muattar Shukurjon qizi

19-23

2025-10-20

EKONOMETRIK MODELLASHTIRISHNING IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA'SIRI

Ushbu maqola ekonometrika modellashtirishning iqtisodiy rivojlanishga ta'sirini o'rganishga qaratilgan. Ekonometrika modellarining turlari, jumladan, regressiya tahlili, zaman qatorlari tahlili va panel ma'lumotlar tahlili tahlil qilinadi. Ushbu usullar yordamida iqtisodiy ko'rsatkichlar aniqlanadi va prognozlar tuziladi. Maqolada ekonometrika modellashtirishning sanoat rivojlanishi, moliyaviy bozorlar prognozlari va davlat siyosatlarining samaradorligini oshirishdagi roli ko'rsatiladi. O'zbekiston va xalqaro misollar orqali ekonometrika modellashtirishning amaliy qo'llanishi yoritiladi. Maqolaning asosiy xulosasi shundan iboratki, ekonometrika modellashtirish iqtisodiy rivojlanishga muhim ta'sir ko'rsatadi va bu sohada keng imkoniyatlar mavjud.

I Qarshiyev

901-906

2025-01-16

EKONOMETRIKA NAZARIYASIDA DINAMIK MODELLAR VA ULARNING IQTISODIY MAZMUNI

Ekonometrika — bu iqtisodiy jarayonlarni matematik va statistik vositalar yordamida o‘rganadigan ilmiy soha bo‘lib, iqtisodiy nazariyani amaliy tahlil bilan uyg‘unlashtiradi. Ushbu fan yordamida iqtisodiy ma’lumotlardan foydalangan holda xulosalar chiqarish, prognozlar tuzish va siyosat tavsiyalarini shakllantirish mumkin bo‘ladi. Hozirgi kunda davlat siyosati, moliya va biznes strategiyalari, investitsiya rejalari va global iqtisodiy tahlilning ko‘plab sohalarida ekonometrik modellar keng qo‘llanilmoqda. Shu nuqtai nazardan, dinamik modellar ekonometrikaning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi, chunki ular iqtisodiy jarayonlarning vaqt bo‘yicha o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish, kechikishlarning ta’sirini aniqlash va kelajakdagi tendensiyalarni oldindan prognoz qilish imkonini beradi.

Samiyev Ulug‘bek Iskandarovich

142-144

2025-10-20

YASHIL IQTISODIYOT: EKOLOGIK BARQARORLIK VA IQTISODIY O'SISH O'RTASIDAGI MUVOZANATDIR

Bugungi kunda dunyo iqtisodiy o'sish bilan birga, ekologik barqarorlikni ta'minlash maqsadida yangi yondashuvlarni izlamoqda. Yashil iqtisodiyot — bu iqtisodiy o'sishni ekologik barqarorlik, ijtimoiy adolat va samarali resurslardan foydalanish orqali amalga oshirishni ta’minlaydigan iqtisodiy modeldir. Yashil iqtisodiyot, ayniqsa, iqlim o'zgarishi, tabiiy resurslarning tugashi va ekologik muammolarni bartaraf etishda muhim rol o'ynaydi. Uning maqsadi — barqaror rivojlanishni ta'minlash, tabiiy muhitni saqlash va iqtisodiy o'sishni davom ettirishdir. Shuningdek, "Yangi O'zbekiston" istiqboli uchun yashil iqtisodiyot rivoji alohida ahamiyat kasb etadi. O'zbekistonning barqaror rivojlanishiga, ekologik xavfsizligiga va iqtisodiy o'sishiga yordam beradigan yashil iqtisodiyot konsepsiyasi, mamlakatning uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta'minlashda muhim omil bo'lishi kutilmoqda.

Foziljon Manasidikov Maxammatyusufvich

90-91

2024-11-21

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy