Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA IJTIMOIY VA IQTISODIY JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISHNING USULLARI

Raqamli texnologiyalar va ularning iqtisodiy, ijtimoiy tizimlarga ta'siri haqida so'nggi yillardagi o'zgarishlarni ko'rib chiqadi.  Raqamli iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, uning iqtisodiy rivojlanishga, ishchi kuchining yangi formatlarga moslashishiga, shuningdek, davlat siyosati va ijtimoiy tartibotdagi o'zgarishlarga qanday ta'sir qilishi tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali biznes jarayonlarini soddalashtirish, samaradorlikni oshirish va innovatsion iqtisodiy tizimlarni yaratishga qaratilgan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning yuksalishi bilan yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish bo'yicha tavsiyalarni ham o'z ichiga oladi. Ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni raqamli platformalar yordamida boshqarish va rivojlantirishning yangi usullari hamda bu jarayonlarga ta'sir qiluvchi global trendlar haqida ham muhokama qilinadi.         

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Abdimurodova Iqbol Muzaffar qizi

8-12

2024-12-16

IQTISODIYOT TARAQQIYOTINI SOLIQLAR ORQALI TARTIBGA SOLISH VA RAG‘BATLANTIRISH SAMARALI TADBIRLARIGA YANGICHA YONDASHUV XUSUSIDA

Maqolada Yangi O‘zbekistonda soliq tizimi rivojiining hozirgi bosqichida iqtisodiyot taraqqiyotini soliqlar orqali tartibga solish va rag‘batlantirish samarali tadbirlariga yangicha yondoshuvning ustunliklari hamda o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy asoslab berilgan. Soliqlar jamiyatda iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish va rag'batlantirishda asosiy rol o'ynaydi. Soliqqa tortishning an'anaviy yondashuvlari ko'pincha iqtisodiy o'sish va jamiyat farovonligi uchun kengroq ta'sirlarni e'tiborsiz qoldirib, daromadlarni shakllantirishga qaratilgan. Ushbu maqola barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan daromad jihatini ham, kengroq iqtisodiy samaralarni ham hisobga oladigan soliqqa tortishning yangi yondashuvini taklif qiladi. Iqtisodiy nazariya va empirik dalillarga asoslanib, biz istalgan rivojlanish natijalariga erishishda soliqni loyihalash muhimligini ta'kidlaydigan asosni taqdim etamiz. Biz turli soliq vositalari va ularning investitsiyalar, innovatsiyalar, tengsizlik va umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlarga potentsial ta'sirini muhokama qilamiz. Bundan tashqari, biz rivojlanish maqsadlariga mos keladigan soliq tizimini shakllantirishda davlat siyosatining rolini o'rganamiz. Iqtisodiy tamoyillarni real dunyo siyosati mulohazalari bilan integratsiyalashgan holda, ushbu maqola mamlakatlar uzoq muddatli iqtisodiy o'sish va jamiyat farovonligini oshirish vositasi sifatida soliqqa tortishdan qanday foydalanishi mumkinligi haqida tushuncha beradi.

Dilafruz Jononmirzayeva

287-291

2025-01-08

282-286

2024-12-28

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMI VA UNING TARKIBI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi, rivojlanish
bosqichlari, mavjud muammolar va ularning yechimlari tahlil qilinadi. Bank tizimining asosiy tuzilmalari,
Markaziy bank va tijorat banklarining funksiyalari hamda xalqaro banklar bilan aloqalar ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonuni" va "Markaziy bank
to‘g‘risidagi qonun" ning yangi tahrirlaridagi o‘zgarishlar va Prezident farmonlari tahlil etiladi. Maqolada
shuningdek, O‘zbekiston bank tizimining global iqtisodiyot bilan integratsiyasining ahamiyati va istiqbollari
keltiriladi.

Shohjahon Abduvohidov , Barno Yuldasheva

85-87

2025-01-04

BARQAROR RIVOJLANISH LOYIHALARI: IQTISODIY VA EKALOGIK MAQSADLARNI MUVOZANATLASH (O’ZBEKISTON MISOLIDA)

Bugungi kunda dunyo mamlakatlari uchun barqaror rivojlanish konsepsiyasi eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Barqaror rivojlanish nafaqat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish, balki tabiiy resurslarni muhofaza qilish, atrof-muhitni saqlash, shuningdek ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashni ham nazarda tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi tabiiy resurslarga boy, ammo ekologik muammolari mavjud bo‘lgan mamlakatlar uchun barqaror rivojlanish loyihalarini amalga oshirish eng muhim vazifalardan biridir. Ushbu tezisda O‘zbekiston misolida iqtisodiy va ekologik maqsadlarni muvozanatlash orqali barqaror rivojlanish loyihalarining mohiyati, amaliyoti, muammolari hamda istiqbolli yo‘nalishlari batafsil tahlil qilinadi.

Raxmatova Maftuna Mirshod qizi

152-154

2025-06-30

АHОLINING TАDBIRKОRLIK QОBILIYАTINI RIVОJLАNTIRISHDА IQTISОDIY SАVОDXОNLIKNING RОLI

Mazkur maqola aholi orasida tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirishda iqtisodiy savodxonlikning o‘rni va ahamiyatini o‘rganadi. Tadqiqotda iqtisodiy savodxonlikni oshirish orqali tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini qanday yaxshilash mumkinligi tahlil qilinadi. Iqtisodiy savodxonlikning tadbirkorlar uchun zaruriy bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirishda qanday rol o‘ynashi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola iqtisodiy rivojlanish uchun aholini savodli qilishda davlat va xususiy sektorning hamkorlikda ishlashining muhimligini ta'kidlaydi.

Diyora Ismatova Sirojiddin qizi

42-47

2025-04-15

BO‘LAJAK KADRLARNING IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI

Ushbu maqolada bo'lajak kadrlarning iqtisodiy rivojlanishga ta'siri tahlil etiladi. Kadrlar, ularning malakasi va kasbiy kompetensiyalari iqtisodiy o'sishni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Maqola kadrlar tayyorlash jarayonining o'zgarishlari, ta'lim tizimidagi innovatsiyalar va iqtisodiy rivojlanish o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganadi. Shuningdek, maqolada kadrlar yetishmasligi va ularning malakasini oshirish masalalari ham muhokama qilinadi. Olingan natijalar, iqtisodiy siyosatni shakllantirish va kadrlar tayyorlash dasturlarini takomillashtirishda foydali bo'ladi.

Xudarganov Toxirjon Otabek o‘g‘li

90-93

2024-10-28

IQTISODIY O‘SISH AHOLI FAROVONLIGINING OMILI SIFATIDA

Jamiyatning farovonligi ko‘p jihatdan uning imkoniyatlari yoki milliy boylik deb ataladigan salohiyati bilan belgilanadi. U turli xil xarakter va ta’sir darajasiga ega bo‘lgan ko‘plab omillar ta’sirida shakllanadi. Bu omillar hayotiy zarur ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishga ta’sir ko‘rsatadi, insonning ehtiyojlari qondiriladigan tabiiy va ijtimoiy muhitning holatini belgilaydi. Ammo iqtisodiy o‘sish farovonlikning yagona omili emas. Ijtimoiy va ekologik omillar ham muhim ahamiyatga ega. Insoniyat resurslarini, ya’ni real boyliklarni, shu jumladan tabiiy resurslarni baholash barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tish uchun siyosatdagi qanday o‘zgarishlar zarurligini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Maqolada aynan shu haqda bayon etilgan.

Eshqulov Bahodir Karimberdi o‘g‘li

94-95

2024-10-17

IQTISODIY TARAQQIYOT, IQTISODIY O’SISH VA MILLIY BOYLIK

Ushbu tezisda iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o'sish va milliy boylikning o'zaro ta'siri tahlil qilingan Iqtisodiy siyosatni shakllantirishda innovatsiyalar, inson kapitalini rivojlantirish va barqaror iqtisodiyotga o'tish kabi masalalar muhim ahamiyatga egaligi ham ta’kidlab o’tilgan.

Ubaydullayev Shohjahon

36-38

2025-05-26

O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY RIVOJLANISHIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’SIRI

Bu maqola O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi va raqamli texnologiyalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan. Raqamli texnologiyalar global iqtisodiyotda katta o‘zgarishlarni olib kelmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekistonning iqtisodiyotidagi rivojlanish jarayonida raqamli texnologiyalar va ularning o‘rnini o‘rganish, ularning o‘zgaruvchanlikni qabul qilish va O‘zbekiston iqtisodiyotida ularning joriy holati muhokama qilinadi. Maqola raqamli texnologiyalar va sarmoyalar orasidagi munosabatlarni tahlil qiladi, shuningdek raqamli texnologiyalar va korxona sohasidagi innovatsiyalar, bozor rivojlanishi, elektron tijorat va markaziy banklar sohasidagi raqamli texnologiyalar va ularning ta’siri ham tahlil qilinadi. Ushbu maqola O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini shakllantirishda muhimdir va raqamli texnologiyalar sohasidagi so‘nggi ilmiy izlanishlarni va ularning O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘rni haqida yangiliklar ko‘rsatadi.

Lazizbek Ablazov , Ozodbek Baxriyev

441-443

Boymirzayeva Maftuna Islom qizi, Yusupova Marjona Avaz qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

27-31

2024-03-31

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI

Ushbu maqola ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy rivojlanishga ta'sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ilmiy izlanishlar innovatsiyalarni shakllantirish, texnologik rivojlanishni tezlashtirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishdagi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada ilmiy tadqiqotlarning turli sohalar, jumladan, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va sanoat sektorlariga ta'siri o‘rganilgan. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning natijalarini iqtisodiyotda amaliyotga joriy etishning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ilmiy izlanishlarning innovatsion faoliyat va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi ahamiyatini tasdiqlaydi hamda ilm-fan va texnologiyaga investitsiyalarni oshirish zarurligini ta'kidlaydi. Maqola iqtisodiyotda ilmiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan strategik qarorlar uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Gulruxsor Sharifova

797-799

2025-01-15

XITOY-POKISTON IQTISODIY KORIDORI, UNING POKISTON IQTISODIYOTI VA LOGISTIKASI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori logistika bilan bog'liq o'zgarishlarning Pokistonning iqtisodiy o'sishiga ta'sirini tahlil qilishga qaratilgan. Мақолада Kob-Duglas funksiyasidan foydalanilgan, unda mamlakatning real daromad darajasi to'rtta omilga tayangan holda o’rganilgan (band bo'lgan ishchi kuchi, logistikani rivojlantirish, moliyaviy rivojlanish, energiya iste'moli). Мақолада 1972-2018 yillar oralig’idagi ma'lumotlaridan foydalangan.

Fayzixodjaeva Mavluda Lutfullayevna, Tohirov Mahmudjon Murodjon o’g’li

178-184

2022-08-27

HUDUDIY IQTISODIY RIVOJLANISHDA YASHIL IQTISODIYOTNING O‘RNI VA AHAMIYATI: GIS TAHLILI ASOSIDA YONDASHUV

Mazkur tadqiqot hududiy iqtisodiy rivojlanishda yashil iqtisodiyotning o‘rni va ahamiyatini ilmiy asosda tahlil qiladi. Yashil iqtisodiyot tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yo‘naltirilgan innovatsion model sifatida qaraladi. Tadqiqot davomida yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, uning sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va turizm sohalariga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Shuningdek, yashil iqtisodiyotni hududiy rivojlanishda joriy etishning strategik yo‘nalishlari, innovatsion texnologiyalar, yashil investitsiyalar va ekologik ta’limning roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil iqtisodiyot hududiy iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lib, ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Abduraxmanova Xilola Lutfillaxanovna

15-18

2025-05-22

MINTAQADA MILLIY TURIZM BRENDINI SHAKLLANTIRISHDA IQTISODIY INNOVASION RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA BARQARORLIGI TAHLILI

Ushbu maqolada milliy turizm brendini shakllantirishda iqtisodiy innovasion rivojlanish tendensiyalariuning barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi o‘rni juda muhimdir. Bugungi kunda turizm sohasida barqarorlik va atrof-muhitni muhofaza qilishga e’tibor qaratish, nafaqat ekologik jihatdan toza turizmni rivojlantirish, balki milliy brendning global miqyosda raqobatbardoshligini oshirish uchun ham zarurdir. Bugungi kunda turizm sohasida yashil iqtisodiyotning roli tobora ortib bormoqda. Bu, ayniqsa, atrof-muhitni himoya qilish, tabiiy resurslarni tejash va barqaror rivojlanishni ta’minlashni istagan mamlakatlar uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda mintaqalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, hududlarni innovasion iqtisodiy rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bozorov Samar Safarovich

64-66

2024-12-23

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI

Ushbu maqola ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy rivojlanishga ta'sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ilmiy izlanishlar innovatsiyalarni shakllantirish, texnologik rivojlanishni tezlashtirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishdagi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada ilmiy tadqiqotlarning turli sohalar, jumladan, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va sanoat sektorlariga ta'siri o‘rganilgan. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning natijalarini iqtisodiyotda amaliyotga joriy etishning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ilmiy izlanishlarning innovatsion faoliyat va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi ahamiyatini tasdiqlaydi hamda ilm-fan va texnologiyaga investitsiyalarni oshirish zarurligini ta'kidlaydi. Maqola iqtisodiyotda ilmiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan strategik qarorlar uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Gulruxsor Sharifova

854-856

2025-01-16

“AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH IQTISODIY RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA”

Ushbu tadqiqotda aholining ijtimoiy himoya tizimi va uning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni chuqur tahlil qilingan. Aholini ijtimoiy himoya qilish — bu jamiyatdagi ijtimoiy tenglikni saqlash, kambag‘allikni kamaytirish, inson kapitalini rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimi, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarining natijalari tahlil etilib, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri baholangan.

Almardonova Feruza Fazliddinovna

45-48

2025-10-22

GLOBALLASHUV DAVRIDA IQTISODIY TEBRANISHLAR

Ushbu maqola global iqtisodiy taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini, ularning falsafiy asoslarini va jamiyatga ta'sirini o'rganadi. Maqolada globalizatsiya, texnologik o'zgarishlar, tengsizlik va barqaror rivojlanish kabi muhim masalalar tahlil qilinadi. Shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning axloqiy va falsafiy oqibatlari ham ko'rib chiqiladi. Maqola postmodernizm va boshqa falsafiy yondashuvlar orqali iqtisodiy o'zgarishlarni tushunishga intiladi.

Xolov Sherali Axrorboyevich

82-84

2025-10-08

EKONOMETRIK MODELLASHTIRISHNING IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA'SIRI

Ushbu maqola ekonometrika modellashtirishning iqtisodiy rivojlanishga ta'sirini o'rganishga qaratilgan. Ekonometrika modellarining turlari, jumladan, regressiya tahlili, zaman qatorlari tahlili va panel ma'lumotlar tahlili tahlil qilinadi. Ushbu usullar yordamida iqtisodiy ko'rsatkichlar aniqlanadi va prognozlar tuziladi. Maqolada ekonometrika modellashtirishning sanoat rivojlanishi, moliyaviy bozorlar prognozlari va davlat siyosatlarining samaradorligini oshirishdagi roli ko'rsatiladi. O'zbekiston va xalqaro misollar orqali ekonometrika modellashtirishning amaliy qo'llanishi yoritiladi. Maqolaning asosiy xulosasi shundan iboratki, ekonometrika modellashtirish iqtisodiy rivojlanishga muhim ta'sir ko'rsatadi va bu sohada keng imkoniyatlar mavjud.

I Qarshiyev

901-906

2025-01-16

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA YO‘NALTIRILGAN ILMIY TADQIQOTLAR TAHLILI

Mazkur tezisda barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarning holati, dolzarbligi va ahamiyati tahlil qilinadi. BRM 2030 yilga qadar global barqarorlikka erishish uchun BMT tomonidan belgilangan muhim ko‘rsatkichlar to‘plami hisoblanadi. Tezis doirasida ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy omillarni muvozanatlashgan tarzda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlarning yo‘nalishlari va ularning zamonaviy muammolarni hal etishdagi roli o‘rganiladi. Shuningdek, tezisda ilmiy tadqiqotlarning BRMga erishishda qanchalik samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi va ularning natijalari jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Ismailov Tohirjon Xushnudbek o‘g‘li

94-96

2024-09-20

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYA-KREDIT MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Iqtisodiy rivojlanish ko'plab omillar ta'sirida murakkab va ko'p qirrali jarayondir. Bular orasida moliya va kredit olish imkoniyati iqtisodiy o'sishni ta'minlash va turmush darajasini oshirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Moliyaviy-kredit mexanizmlari iqtisodiyotning arteriyasi bo'lib xizmat qiladi, resurslarni tejamkorlardan qarz oluvchilarga yo'naltiradi, investitsiyalarni osonlashtiradi va tadbirkorlikni ta'minlaydi. Ushbu maqola iqtisodiy rivojlanishga hissa qo'shadigan turli xil moliyaviy-kredit mexanizmlarini ko'rib chiqadi, ularning funktsiyalari, afzalliklari va cheklovlarini o'rganadi.

Toshanov Shuxrat Jontemir o’gli

86-89

2024-06-19

HUDUDLARDA INVESTITSION IMKONIYATLARNI OSHIRISH YO’LLARI

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hududiy rivojlanish va investitsiyalarni jalb etish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdan iborat. Bugungi globallashuv va iqtisodiy raqobat muhitida hududlarning investitsion salohiyatini oshirish nafaqat iqtisodiy o‘sishning, balki ijtimoiy farovonlikni ta’minlashning ham muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidentining tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, “Har bir hudud – rivojlanish nuqtasi” tamoyili asosida olib borilayotgan faoliyat natijasida respublikaning barcha hududlarida investitsiya muhiti yaxshilanmoqda, infratuzilma rivojlanmoqda, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Muxamatov Shukurllo Ulug’bek o’g’li

94-96

2025-08-26

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MILLIY IQTISODIYOTNI YASHIL RIVOJLANTIRISHNING EKOLOGIK VA IJTIMOIY SHART-SHAROITLARI

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotning ekologik va ijtimoiy shart-sharoitlarini o’rganish va uning mamlakatimiz iqtisodiyotida qanday o’rin egallashini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Yashil iqtisodiyot atamasi ekologik xavflarni kamaytirishga va atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy model sifatida ko’rsatiladi. Mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda ekologik va ijtimoiy jihatlar, tabiiy resurslarning samarali va barqaror ishlatilishi, shuningdek, yangi iqtisodiy modelga o’tish zarurati ta’kidlanadi. Maqolada ekologik omilni iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari tizimiga kiritish zarurati, an’anaviy iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan ekologik ta’sirning hisobga olinmasligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlar, shuningdek, barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyotga o’tishning istiqbollari yoritiladi.

Murodbek Usmonov , Ruxshona Ilxomova

108-110

2024-12-10

FAROVON HAYOT: MAZMUNI, MEZONLARI VA IJTIMOIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada farovon hayotning mazmuni, uning mezonlari va jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyati batafsil tahlil qilinadi. Maqola orqali farovon hayot tushunchasining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, shuningdek, bu tushunchaning jamiyatning ijtimoiy barqarorlik va adolatga bo‘lgan ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, farovon hayot tushunchasi faqat iqtisodiy rivojlanish bilan cheklanmaydi, balki insonning ijtimoiy, ma'naviy va ekologik ehtiyojlarini ham o‘z ichiga oladi. Farovonlikning asosiy mezonlari sifatida iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy tenglik, ta'lim, sog‘liqni saqlash, ma'naviy qadriyatlar va ekologik barqarorlik ko‘rsatilgan. Shuningdek,  farovon hayotning jamiyatdagi roli va uning ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashdagi o‘rni ham o‘rganilgan. Maqolada jamiyatda farovonlikni ta'minlashning ahamiyatini va bu jarayonda ilmiy, madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy omillarni birgalikda rivojlantirish zarurligini ta'kidlanadi.

Dilafruza Vafayeva

5-12

2025-02-11

HUDUDLARDA INVESTITSION IMKONIYATLARNI OSHIRISH YO’LLARI

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hududiy rivojlanish va investitsiyalarni jalb etish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdan iborat. Bugungi globallashuv va iqtisodiy raqobat muhitida hududlarning investitsion salohiyatini oshirish nafaqat iqtisodiy o‘sishning, balki ijtimoiy farovonlikni ta’minlashning ham muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidentining tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, “Har bir hudud – rivojlanish nuqtasi” tamoyili asosida olib borilayotgan faoliyat natijasida respublikaning barcha hududlarida investitsiya muhiti yaxshilanmoqda, infratuzilma rivojlanmoqda, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Muxamatov Shukurllo Ulug’bek o’g’li

164-166

2025-07-31

1 - 25 из 60 результатов 1 2 3 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017

(+998) 935692306

info@in-academy.uz

© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy