Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

GENDER TENGLIKNING SHAXS BAXTLILIK DARAJASIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada gender tenglik jamiyat hayotiga uning rivojlanishiga va insonlar baxtlilik darajasiga, sub'ektiv farovonligiga ta'sir ko'rsatishi aks ettirilgan.Gender tenglik mavjud jamiyat va gender tenglik mavjud bo'lmagan jamiyat o'rtasidagi baxt indeksi solishtirilgan.Gender tenglik mavjud bo'lgan oilalar va ulardagi farzandlar dunyoqarashidagi differinsiallar yoritib berilgan.

Xudoyorova Madina Xolmo’min qizi

538-543

2022-12-17

JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA MILLIY G‘OYA MASALASINING DOLZARBLIGI

Mazkur maqolada jamiyat barqarorligini ta'minlashda milliy g‘oya masalasining dolzarbligi ilmiy-falsafiy ahamiyati ochib berilgan. Milliy g‘oya jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichida shaxs dunyoqarashining o‘zgarishini yangicha yuksalish zarurligi o‘rganilgan.
Jamiyatdagi milliy g‘oyaning jamiyat yuksalishidagi xususiyati barqarorlikni ta'minlashi ilmiy asoslangan.

Abbosova Shoxidaxon Turdalievna

138-141

2024-01-13

IKKI YOZUVCHINING DUNYOQARASHIDAGI FARQ TUFAYLI SHAXS VA JAMIYAT O’RTASIDAGI ZIDDIYAT MUAMMOSIGA YONDASHISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada ikki turli dunyoqarashga ega yozuvchilarning shaxs va jamiyat o’rtasidagi ziddiyat muammosiga yondashuvlari tahlil qilinadi. Bunda yozuvchilarning ijodiy uslubi, falsafiy qarashlari va shaxsiy tajribalari ularga qanday ta’sir ko’rsatgani o’rganiladi. Maqolada shaxs va jamiyat o’rtasidagi murakkab munosabatlar, individualizm va kollektivizm, ijtimoiy normaga qarshi kurashish kabi mavzular, shuningdek, yozuvchilarning turli uslubiy yondashuvlari orqali bu masalalarning o’ziga xos ifodasi ko’rib chiqiladi. Maqolada Kafkaning va Tolstoyning asarlaridagi shaxs va jamiyat o’rtasidagi ziddiyat muammosiga turlicha yondashishlari tahlil qilinadi.

Eshmamatov Rustam Toshtemirovich

98-100

2023-12-28

ZAMONAVIY O‘ZBEK NASRIDA SHAXS VA JAMIYAT MUAMMOSI

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek nasrida shaxs va jamiyat muammosining badiiy ifodasi tahlil qilingan. Asosiy e’tibor shaxsning ichki kechinmalari, erkinlikka intilishi, jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizliklarga qarshi kurashi va o‘zligini anglash jarayoniga qaratilgan. Shuningdek, Erkin A’zam, Tog‘ay Murod, Isajon Sulton, Xurshid Do‘stmuhammad kabi yozuvchilarning asarlaridan misollar keltirilib, ularning shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlarni qanday badiiy tasvirlagani ko‘rsatib berilgan. Maqola shaxsning jamiyat oldidagi mas’uliyati, axloqiy tanlovlari va insoniy qadr-qimmatini saqlash muammosini ham yoritadi.

Abdikarimov Jaloladdin

110-111

2025-08-28

AXBOROTLASHGAN JAMIYAT: IJTIMOIY ONG VA TARAQQIYOT NUQTAI NAZARIDAN FALSAFIY QARASHLAR

Maqolada axborotlashgan jamiyat fenomenining ijtimoiy ongga ta’siri va uning zamonaviy taraqqiyotdagi falsafiy mazmuni tahlil etiladi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan vujudga kelayotgan ijtimoiy transformatsiyalar, tafakkur paradigmasining o‘zgarishi, bilim va axborotning jamiyat taraqqiyotidagi asosiy resursga aylanishi ijtimoiy-falsafiy yondashuvlar asosida baholanadi. Maqolada inson kapitali, ongli subyekt sifatida shaxs, raqamli tafovut, axborot tengsizligi kabi kategoriyalar muhokama qilinadi.

Ismatov Abrorjon

64-67

2025-05-23

“DORUR-ROHAT MUSULMONLARI” ASARIDA IDEAL JAMIYAT TUSHUNCHASI

XIX asr oxiri-XX asrning boshlarida dunyo tamaddunida jiddiy siyosiy, ijtimoiy,madaniy o'zgarishlar ro'y berdi. Bu kabi o'zgarishlar azaldan, o'z dunyoqarashiga suyangan,ilmning barcha jabhalarida rivojlanishda bo'lgan, ammo keyinchalik, Sho'ro mustabid tuzumi ortidan yuksalishning har tomonidan ortda qola boshlagan Turkistonga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Bu davr Turkiston tarixiga jadidchilikning maydonga kelishi va shakllanishi davri bo'lib kirdi. Bu rivojning boshlanishida esa, jadid ma'rifatparvarlarining otasi Ismoilbek Gasprali turadi. U Rusiya musulmonlarining Sho'ro istibdodidan xalos bo'lishini urush, qo'zg'olonlar orqali bostirib bo'lmasligini anglagan ziyoli shaxs sifatida, ularni diniy ilmlari bilan mutanosib holda yangi dunyoviy bilimlarni egallash, ularga g'ayrat qilish, dunyo rivojidan ortda qolmaslik uchun Sharq va G'arb ilmini birday o'rganish tarafdori bo'ldi. Ushbu harakatlari amali o'laroq u gazeta va matbaachilik sohasida bir qator yangi jurnal va gazetalarga asos soldi. Tijorat bilan shug'ullanib, dunyoning yetakchi davlatlarida kechayotgan yangi o'zgarishlarni o'z ko'zi bilan ko'rib, ulardan xalqi manfaati uchun andoza oldi. O'zi asos solgan “Tarjimon” gazetasida ijtimoiy-ma'rifiy risolalar, maktublar va badiiy asarlaridan parchalar e'lon qildi. Gazetaning har bir sonini musulmonlar orasida tarqalishi, ularni uyg'otishga hissa qo'shishiga harakat qildi. Ushbu maqolada Ismoilbek Gaspralining nasriy asarlaridan biri “Dorur-rohat musulmonlari" asarida ideal inson va ideal jamiyat tushunchalarining mohiyati va ideal jamiyat tushunchasining badiiy adabiyotda aks ettirilish xususida so'z boradi.

Aliyeva Mohinur G’ani qizi

49-51

2024-11-06

HUQUQIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

Jamiyat huquqi bilimga ega, ijtimoiy jihatdan yetuk, erkin shaxsga muhtoj. Chunki jamiyat ichida ko‘p ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar, bolalarning huquqiy savodxonligini rivojlantirish uchun bo‘lgan e’tiborni kuchaytirmoqda. Jamiyat rivojining muhim talablaridan biri bu ijtimoiy taraqqiyotga qodir, shaxsning huquq va erkinliklarini hurmat qiladigan, demokratik davlat va jamiyat taraqqiyotiga ko‘maklashadigan yosh avlodni tarbiyalashdir. O‘quvchilarni huquq ongni rivojlantirishning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri,  huquq normalarini qanday qilib o‘rganish, ularni tushunish va amalda qo‘llay olishi bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada rivojlantirishda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda interfaol usullar va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishni talab qilmoqda.

Xasan Atamuradov

1153-1156

2025-01-07

HUQUQIY JAMIYAT TARAQQIYOT POYDEVORI

Bosh qomusimiz nafaqat qonun qoidalar yig`indisi hisoblanadi balki, ma`lum mamlakatning mustaqilligi, daxlsizligini ta`minlab beruvchi vosita ham hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolar manfaatlari asosida tashkil topgan bo`lib Konstitutsiyada jamiyat, shaxs tushunchasi katta ahamiyat kasb etadi va chuqur e`tibor berilgan. Ushbu maqolada Konstitutsiyada jamiyat, davlat va huquq masalalari haqida keng ma`noda bayon etiladi. Shuningdek maqolada mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyilini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish masalasi ham keng yoritilgan.

Rahmatova Vazirabonu Shermat qizi

128-130

2023-06-13

JANE AUSTEN VA CHARLOTTE BRONTË: XIX ASR INGLIZ ADABIYOTIDA AYOL OBRAZLARI VA JAMIYAT TANQIDI

XIX asr ingliz adabiyoti, xususan Jane Austen va Charlotte Brontë ijodi, ayol obrazlari orqali jamiyatdagi gender stereotiplari va ijtimoiy cheklovlarni tanqidiy tarzda yoritgan. Austen o‘z asarlarida nozik ijtimoiy satira orqali sinf tafovutlari va gender stereotiplarini tanqid qildi, Brontë esa kuchli ichki kechinmalar yordamida shaxsiy erkinlik va gender adolatsizligi masalalarini ochdi. Ikkala muallifning ayol qahramonlari jamiyatga tanqidiy munosabatni aks ettiradi. Austen yumshoq iroliyadan foydalansa, Brontë patriarxal tizimga qarshi ochiq norozilikni ifodalaydi. Ular ayollarning o‘zlikni anglash va erkinlikka intilishlarini kuchli ravishda ta’kidlaydi. Jane Austen va Charlotte Brontë asarlari XIX asr ingliz adabiyotida ayol obrazlari va jamiyat tanqidini chuqur yoritgan bo‘lib, zamonaviy feminist tadqiqotlar uchun mustahkam asos yaratadi hamda gender tengligi masalalarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi

Ziyodullayeva Yulduz Ilxom qizi

66-69

2025-05-22

BADIIY ADABIYOTNING JAMIYAT VA INSON RUHIYATIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada badiiy adabiyotning inson ruhiyatiga va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, adabiyot inson ma’naviyati va tafakkurini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Fayzulloyev Abramat

86-88

2025-04-08

SOTSIOLOGIYANING JAMIYATDAGI ROLI VA AHAMIYATI. NAZARIY VA AMALIY TAHLIL

Sotsiologiya — jamiyat hayotini, ijtimoiy munosabatlarni va insonlarning o‘zaro aloqalarini o‘rganadigan ilmiy soha hisoblanadi. Ushbu maqolada sotsiologiyaning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari va jamiyatdagi roli yoritiladi. Sotsiologiyaning rivojlanishi tarixiy jihatdan ko‘rib chiqilib, uning bugungi zamondagi dolzarbligi ta’kidlanadi. Tadqiqot metodologiyasi qismida asosiy ilmiy yondashuvlar, jumladan, anketalar, kuzatuvlar va statistik usullar ko‘rib chiqiladi. Maqola asosiy qismida sotsiologiyaning ijtimoiy institutlar, mehnat, oilaviy munosabatlar va madaniyat kabi sohalardagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari sotsiologiya fanining jamiyatni tushunishda, ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal qilishda muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi. Xulosa qismida sotsiologiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek, uning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida fikrlar bayon etiladi. Maqola 12 ta manbalar asosida yozilgan bo‘lib, zamonaviy va klassik adabiyotlar yoritilgan. Umuman olganda, sotsiologiya jamiyatni o‘rganish va rivojlantirishda muhim fan ekani tushuntiriladi.

Rafiqova Madinabonu Abdulhaxfiz qizi , Rafiqova Mubina Abdulaziz qizi

157-159

2025-07-21

MUSTAXKAM OILA-JAMIYAT FAROVONLIGI ASOSI

Oila – murakkab ijtimoiy xodisa, u er-xotin, ota-ona, farzandlar va oilaning boshqa a’zolari о‘rtasida о‘zaro munosabatlarning yig‘indisidan iborat bо‘lib, kishilik jamiyatida yeng muxum o‘rin egallab kelgan. Jamiyatda oilaning roli beqiyos. Xozirgi paytda jamiyat va davlatni mustaqil oilalarning yig‘indisisiz tasavvur qilib bо‘lmaydi. Shunday ekan, davlatning rivoji va mustaqilligi kup jixatdan jamiyatning asisiy bо‘g‘uni bо‘lish oilalargi bog‘liq. Oilalar qanchalik mustaxkam bо‘lsa jamiyat xamda davlat xam shunchalik mustaxka buladi. Oila jamiyat va davlvtning kelajagi ravnaqi va rivojlanishini ta’minlaydigin yosh avlodni komil inson qilib yetishtirib tarbiyalab beruvchi asosiy xamda muqaddas makon xisoblanadi.

Raxmonqulov Shoxrux Nabijon o‘g‘li

115-117

2024-08-24

OILA - BAXT QO’RG’ONI

Ushbu maqola Oila - baxt qo’rg’oni va jamiyatda oilaning tutgan o’rni  haqida bo’lib mavzu yuzasidan tadqiqotchi olimlarning fikr va mulohazalari chuqur o’rganib chiqildi. Oila ijtimoiy institut sifatida insonning shaxsiy hayoti uchun ham, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi uchun ham katta ahamiyatga ega. Zamonaviy jamiyat postindustrial jamiyat sifatida tavsiflanadi, unda yosh avlod o'zining o'ziga xos muammolari va afzalliklari bilan davlatning shakllantiruvchi manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan, yaqin kelajakda yoshlarimizning moslashuvi va ijtimoiylashuvining o'ziga xosligi muammosi mavjud.

Shukurova Saboxat Abdualimovna

61-64

2023-02-11

SHAXS IJTIMOIYLASHUVI VA IJTIMOIY HULQ-ATVOR

Ushbu tezisda shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy hulq-atvorining o'zaro bog'lanishi tahlil qilingan. Ijtimoiylashuv jarayoni shaxsning jamiyatdagi o'rnini belgilaydi, uning axloqiy va madaniy qadriyatlarni o'zlashtirishiga yordam beradi. Ijtimoiy hulq-atvor esa shaxsning jamiyat bilan aloqalarini va faoliyatini shakllantiradi. Tezisda ijtimoiylashuv bosqichlari, oila, maktab va tengdoshlarning roli hamda ijtimoiy normativlar va qadriyatlar ta'siri ko'rib chiqiladi. Bu jarayonlar shaxsning jamiyat bilan uyg'un ishlashiga yordam beradi.

Ikromova Gulsevar Elmurod qizi, Ibragimova Hurshida Husanboy qizi

105-107

2024-11-25

ABU NASR FOROBIYNING ILMIY MEROSIDA JAMIYAT VA AXLOQ HAQIDAGI QARASHLAR TALQINI

Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan mutafakkirlar, shular qatorida Forobiy yaratgan fan va madaniyatning barcha sohalariga taalluqli nodir asarlar, qimmatbaho fikr-mulohazalar hozirgi kunda ham jahon xalqlari ma'naviy dunyosini boyitib, ularning ma'naviy kamolotiga xizmat qilib kеlmoqda. Abu Nasr Forobiyning davlat va jamiyat, odob – axloq, siyosat va huquq haqidagi qarashlarini o’rganish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Forobiyning ilmiy merosini o’rganish orqali biz insoniyat tarixi davomida vujudga kelgan o’tkir ijtimoiy – axloqiy muommolarga javob topamiz. 

Shaymardanova Sof'ya Safaraliyevna

131-133

2023-06-17

XOTİN-QİZLARNİ İLMİY FAOLİYATGA JALB QİLİSHDA YANGİ O`ZBEKİSTON STRATEGİYASİ

O`zbekistonda mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq xotin-qizlarning jamiyat hayotida ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor berildi. Shu sababli mamlakatimiz olib borilayotgan xotin-qizlarga oid islohotlar hamda ijtimoiy faol ayol va uning axloqiy xatti-harakatlarining jamiyat ravnaqidagi o`rnini tahlil etish bugungi kunning dolzarb mavzularidan hisoblanadi. Davlat va jamiyat qurilishi, ishlab chiqarish, oila, mahalla, jamoat tashkilotlari, fuqarolik institutlari faoliyatida ayollarning ijtimoiy faolligi nihoyatda zarur bo`lib, ulardagi ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirish va kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.

Maftuna Xayrullayeva O`ktam qizi

31-35

2022-02-09

TABIATNI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISHNING UMUMIY MASALALARI

Atrof muhitni muhofaza qilish inson yashash faoliyatini ta'minlashga qaratilgan qator davlat va jamiyat tadbirlaridan iborat bo`lib, tabiat, inson va jamiyat o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik muammosi abadiy muammolardan biri hisoblanadi. Insoniyatni qurshab turgan tabiatni, haqiqatdan ham, onaga taqqoslash mumkin. Chunki u butun tirik mavjudotlarni hayotbaxsh nafasi bilan ta'minlab turadi, to`ydiradi, kiyintiradi va, albatta, ardoqlaydi. Ulug` ustoz M. Prishvin ham «Tabiatni qo`riqlash Vatanni qo`riqlash dеmakdir» dеb aytgan edi. Insonning ma'naviy, iqtisodiy, jismoniy, lozim bo`lsa, aqliy hayoti bеvosita tabiat musaffoligi bilan chambarchas bog`liq. Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida inson tabiatga turlicha ta'sir ko`rsatgan, natijada insonning atrof muhitga bo`lgan munosabati ham shunga mos ravishda o`zgarib borgan.

Karamatova Dilfuza Saidovna

50-52

2023-07-31

OILA - BAXT QO’RG’ONI

Ushbu maqola Oila - baxt qo’rg’oni va jamiyatda oilaning tutgan o’rni  haqida bo’lib mavzu yuzasidan tadqiqotchi olimlarning fikr va mulohazalari chuqur o’rganib chiqildi. Oila ijtimoiy institut sifatida insonning shaxsiy hayoti uchun ham, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi uchun ham katta ahamiyatga ega. Zamonaviy jamiyat postindustrial jamiyat sifatida tavsiflanadi, unda yosh avlod o'zining o'ziga xos muammolari va afzalliklari bilan davlatning shakllantiruvchi manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan, yaqin kelajakda yoshlarimizning moslashuvi va ijtimoiylashuvining o'ziga xosligi muammosi mavjud.

Shukurova Saboxat Abdualimovna

112-115

2023-02-11

SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI

Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Har bir inson tug’ilibdiki, u inson shaxs hisoblanadi. Bolaning o’sib rivojlanishi alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Yosh bolaga bir yoki ikki yoshlik paytidan unga tarbiya berish boshlanadi. Yetti yoki sakkiz yoshga yetganida esa uning yoniga ta’lim ham qo’shiladi. Har ikkalasi yillar davomida insonda shakllanadi. Bilmagan narsalari tushuntirilib, qiziqishlariga asoslanib unga biror kasb yoki hunar o’rgatiladi. Shu paytdan boshlab bola o’z kelajagi uchun ilk qadamini tashlagan bo’ladi. Bola jamiyat ichida o’zini qanday tutish kerakligi va qanday rivojlanishi kerakligi haqida fikr yurita boshlaydi. Agar bolani yoshlik paytidan jamiyat ichida ko’proq olib yurilsa u tez ijtimoiy aloqaga kirishishi oson bo’ladi va u katta shaxs bo’lib yetishadi.

Turdimatov Javohir Nurmatjon o’g’li , Bobayeva Ziyodaxon Maxamadjon qizi

120-123

2024-10-14

KORRUPSIYA – JAMIYAT TARAQQIYOTI KUSHANDASI

Ushbu maqolada korruptsiya illati, uning oqibatlari, uning jamiyat rivojiga salbiy ta'siri haqida so'z boradi

Jollibayeva Jayna Niyetbay Qizi

600-602

2022-06-30

O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYAT INSTUTLARINING IJTIMOIY HAYOTDAGI ROLI

O’zbekiston Respublikasida  Fuqarolik jamiyat instutlari jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida o’ziga xos o’rin egallashini ta’minlash.  Yangi O’bekiston sharoitida demokratik islohotlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda  fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini oshirish,  inson huquqlarini ta’minlashdagi rolini oshirish bo’yicha sezilarli chora-tadbirlar ko’rish.

Jumaboyev Doniyor Muratboy o’g’li, Tolibova Sevinch Orifjon qizi

107-110

2024-02-28

ISTEHZO USULINI SHAXS VA JAMIYAT MUAMMOLARINING BADIIY TALQINIDA KO'RINISHI

Shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatda ibratlilik tamoyiliga tayangan holda istehzoning roli, unig tabiati, muallif va obrazlarning asl maqsadini, ko’zlangan natijaning tub mohiyatini ochib berishdagi imkoniyatlari hamda istehzo usulining barcha asarlarda birdek qo’llana olish imkoniyati, uning shaxs va jamiyatda mavjud bo’lgan muammolarni ko’rsata olishdagi ahamiyati, badiiy asarda tutgan o’rni izohlab o’tilgan.

Saitov Suxrob Djumaydillayevich

19-24

2024-01-13

MADANIYATNING SHAKLLANTIRISHDA OILANING MUHIM AHAMIYATI

Ushbu maqolada muallif tomonidan oilaviy qadriyatlar tizimi aosida madaniyatning shakllantirishda uning muhim ahamiyati ko’rib chiqiladi va tahlil qilinad. Shuningdek, eng avvalo oila va nikoh munosabatlarini takomillashtirishning qonuniy bazasi yaratilib, oila jamiyatning ustivor yoʼnalishiga aylantirildi va uni muhofaza qilishga qaratilgan qator qonunlar va qonun osti hujjatlarni ham qabul qilinganligini, shu bilan bir qatorda oila maktablariga ham davlatimiz tomonidan katta etibor qaratilmoqda. Ko’p asrlar davomida oila har qanday tsivilizatsiyalashgan jamiyat ijtimoiy tuzilishining zaruriy tarkibiy qismi bo’lib kelgan. Jamiyat oiladan boshlanadi, shaxsning shakllanishi unda sodir bo’ladi.

Nosirova Dilfuza Nabiyevna

187-192

2022-12-10

MA'NAVIYAT JAMIYAT RIVOJLANISHINING MUHIM OMILI

Ushbu maqolada ma'naviyat jamiyat rivojlanishining muhim omili,      jamiyat tushunchasi inson tafakkuri, ma’naviyat bu ma'naviyat bog'liqlik, ma'no, qadriyatlar, ichki tinchlik tuyg'usini ta'minlash orqali inson tajribasini oshirish imkoniyatlari ekanligi haqida batafsil fikr yuritildi.

Yaxyobek Kamolov Jo'ramirza o'g'li

8-10

2023-05-10

IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING JAMIYATDAGI AHAMIYATI

Ushbu ishda ijtimoiy psixologiya fanining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Ijtimoiy psixologiya insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, guruhdagi xatti-harakatlar, shaxsning ijtimoiy muhitga moslashuvi kabi jarayonlarni o‘rganadi. Mazkur fan nafaqat psixologik bilimlar, balki sotsiologik va madaniy omillarni ham qamrab olgan holda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ishda ijtimoiy psixologiyaning turli sohalarda — ta’lim, sog‘liqni saqlash, ommaviy axborot vositalari, mehnat munosabatlari va yetakchilik kabi yo‘nalishlardagi roli yoritilgan. Annotatsiyada ijtimoiy psixologik bilimlarning jamiyatdagi barqarorlik, hamkorlik va o‘zaro tushunishni shakllantirishdagi ahamiyati ta’kidlangan

Narmetova Yulduzxan Karimovna, Normamatov Shaxboz

53-55

2025-06-09

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy