Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY MASHG’ULOTLAR VA O'YINLARGA MOSLASHUVI VA ULARNI O’ZLASHTIRISHI

Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy faoliyat va o'yinlarga moslashtirish va o'zlashtirish ularning umumiy rivojlanishining muhim jihatlaridir. Yoshga mos keladigan jismoniy mashg'ulotlar va o'yinlar bilan shug'ullanish ularning jismoniy salomatligi, motorli ko'nikmalari, kognitiv qobiliyatlari va ijtimoiy o'zaro munosabatlariga hissa qo'shishi mumkin. Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi jismoniy o'yinning ahamiyati va uning bolalar farovonligiga ta'sirini o'rganadi. Unda jismoniy faoliyat va oʻyinlarning qoʻpol va nozik motorli koʻnikmalarni, kognitiv funktsiyalarni, ijtimoiy oʻzaro taʼsirlarni, ishonchni va oʻzini oʻzi qadrlashni rivojlantirish kabi afzalliklari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, u maktabgacha yoshdagi bolalarni turli jismoniy faoliyat bilan shug'ullanishga undaydigan xavfsiz va rag'batlantiruvchi muhitni yaratish muhimligini ta'kidlaydi. Jismoniy o'yinning rolini tushunish va tegishli yordam ko'rsatish orqali o'qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy faoliyat va o'yinlarga optimal moslashishi va o'zlashtirilishiga yordam berishi mumkin.

Otasheva Oysanamxon Hamidulla qizi

84-86

2023-10-16

MAKTABDAGI O'QUVCHILARDA JISMONIY TARBIYANING AHAMIYATI

Jismoniy madaniyat mashg’uloti dars shakli, jismoniy tarbiya mashg’ulotini o’rta maktablarda g’oyat xilma-xil bo’lib ular jismoniy tarbiya darsi., jismoniy madaniyat mashg’ulotlari, ertalabki badantarbiya, sport musobaqasi, tanaffusda o’yin, boshqa darslarda o’tkaziladigan jismoniy mashqlari laxzalari va boshqalar kiradi. Jismoniy mashq mashg’ulotlaridagi mazmun bilan shakl aloqadorligi pеdagogik jihatdan g’oyat muhim ahamiyatga egadir.

Bazarov Komil

70-78

2023-01-17

BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARIDA KASBIY VA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH

Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi – bu nafaqat jismoniy faollikni targ‘ib qiluvchi, balki o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzini singdiradigan va ularning jismoniy rivojlanishini nazorat qiluvchi mutaxassisdir. Shu bois, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘zining kasbiy va jismoniy sifatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishi zarur. O‘qituvchining yuqori darajadagi professional kompetensiyalari, mustahkam jismoniy tayyorgarligi va yetuk shaxsiy sifatlari nafaqat uning o‘quvchilariga ta’sir qilish imkoniyatlarini kengaytiradi, balki o‘zining pedagogik muvaffaqiyatlarini ham ta’minlaydi.

Rustamov Lazizbek Xusanboyevich

110-112

2025-01-31

JISMONIY MASHQLAR AHAMIYATI VA PEDAGOGIK TURKUMLARI

Jismoniy mashqlar  kishi ning jismoniy taraqqiyot darajasini oshirish uchun maxsus tanlangan harakatlar. Muntazam va izchil bajariladigan Jismoniy mashqlar. jismoniy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya amaliyotida tarkib topgan jismoniy mashqlar (odamning mehnat, turmush, harbiy faoliyatidan olingan harakat va amallar asosida — yugurish, sakrash, irgʻitish, tosh koʻtarish, suvda suzish va b.) gimnastika, yengil atletika, ogʻir atletika, harakatli va sport oʻyinlari, sport turizmi va hokazolarni keltirib chiqardi. Ushbu maqolada jismoniy mashqlarning inson, bolalar, yoshlar, o’smirlar va kattalar hayotidagi ahamiyatii, uning pedagogik turkumlari, tarixi, xorijiy davlatlarda uning fan sifatida o’qitilishi kabi ma’lumotlar bayon qilingan.

Jabborov Umid Sotiboldiyevich

57-63

2023-02-06

JISMONIY MASHQLAR AHAMIYATI VA PEDAGOGIK TURKUMLARI

Jismoniy mashqlar  kishi ning jismoniy taraqqiyot darajasini oshirish uchun maxsus tanlangan harakatlar. Muntazam va izchil bajariladigan Jismoniy mashqlar. jismoniy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya amaliyotida tarkib topgan jismoniy mashqlar (odamning mehnat, turmush, harbiy faoliyatidan olingan harakat va amallar asosida — yugurish, sakrash, irgʻitish, tosh koʻtarish, suvda suzish va b.) gimnastika, yengil atletika, ogʻir atletika, harakatli va sport oʻyinlari, sport turizmi va hokazolarni keltirib chiqardi. Ushbu maqolada jismoniy mashqlarning inson, bolalar, yoshlar, o’smirlar va kattalar hayotidagi ahamiyatii, uning pedagogik turkumlari, tarixi, xorijiy davlatlarda uning fan sifatida o’qitilishi kabi ma’lumotlar bayon qilingan.

Jabborov Umid Sotiboldiyevich

57-62

2023-02-04

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O`QUVCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI SHAKILLANTIRISHNING PЕDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya darslarida o`quvchilarning jismoniy tayyorgarligini shakillantirishning pеdagogik asoslari, jismoniy madaniyat haqidagi ilmiy bilimlar tizimning har xil bo‘limlarini tiklanishi, jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida organizmning quvvat va funksional zaxiralari haqida to'liq bayon qilingan.  

Jurayev Sayidmurat Safarovich

61-64

2023-06-05

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA VA OILADA JISMONIY TARBIYALASH NAZARIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu –bola jismoniy
tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuniyatlaridan saboq beruvchi fandir. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi
bilan yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan
bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya
jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi. Bolalar
jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o‘rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy
tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini,
butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini,
maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi.

Ilesova Lazzat Asan qiz

4-6

2023-05-26

JISMONIY TARBIYADA QO‘LLANILADIGAN O‘RGATISH VA TARBIYALASH METODLARI

Mazkur maqolada jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan o‘rgatish va tarbiyalash metodlari, jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli, jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlari, jismoniy mashqlarning pedagogik turkumlar haqida batafsil bayon qilingan.  

Kamoliddin Hukimayev

37-39

2023-03-06

YOSH AVLODNI SOG’LOM ETIB TARBIYALASHDA SPORT VA JISMONIY TA’LIM-TARBIYA MUAMMOLARI

So’nggi yillarda bolalar va o’smirlarning salomatligi va jismoniy rivojlanishida sezilarli yaxshilanish kuzatilmayapti, shuning uchun bizning davrimizda jismoniy tarbiya muammolari ayniqsa dolzarbdir. Har qanday kasallikka chalingan yoki tez-tez va uzoq vaqt kasal bo’lgan bolalar, ayniqsa, tananing funktsional holatiga mos keladigan jismoniy faoliyatga muhtoj. Maktab o’quvchilarining jismoniy ta’lim-tarbiya masalalari jismoniy tarbiya muammolarini samarali hal qilish va uning maqsadiga erishish imkonini bermaydi.

Haydarova Zebogul Komiljon qizi

17-19

2023-10-10

CHAQIRIQQACHA YOSHDAGI O`SMIRLARNI JISMONIY TARBIYALASHDA TABAQALASHTIRILGAN VA INDIVIDUAL YONDASHUV

O`quvchi yoshlarning jismoniy tarbiyasi jarayonini tabaqalashtirish va individuallashtirish jarayonning samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega va  jismoniy tarbiya sohasida ham keng qo`llaniladi. Chaqiriqqacha yoshdagi o`smirlarni jismoniy tarbiyalashda tabaqalashtirilgan ta’limning o`ziga xos xususiyatlari, ularning jismoniy tayyorgarliklari darajalariga bog`liq holda jismoniy tayyorgarlik darajalari har xil bo`lgan yuqori sinf o`quvchilarini yuklamalarini o`zgartirish zarurati to`g`risida xulosaga kelgan.

Erkaboyev Oybek muhammadjonovich

84-89

2023-06-22

AHOLI YASHASH JOYLARIDA KEKSA YOSHDAGILAR UCHUN MILLIY HARAKATLI O‘YINLARNI TANLASH VA TASHKIL ETISH: JISMONIY SALOMATLIK VA MADANIY MEROSNI SAQLASHNING INTEGRATSION YONDASHUVI

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonning milliy harakatli o‘yinlarini keksa yoshdagi aholiga moslashtirish orqali jismoniy salomatlikni mustahkamlash va madaniy merosni saqlash imkoniyatlarini o‘rganadi. “Alpomish o‘yini”, “Chavandoz” va “Qo‘g‘irchoq o‘yini” kabi o‘yinlarning keksa yoshdagilar uchun fiziologik, psixologik va ijtimoiy foydalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘yinlarni tanlashda jismoniy imkoniyatlar, mahalliy sharoitlar va madaniy ahamiyatga asoslangan mezonlar ishlab chiqildi hamda ularni tashkil etishning besh bosqichli metodikasi taklif etildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu o‘yinlar nafaqat sog‘liqni yaxshilaydi, balki ijtimoiy integratsiya va avlodlar o‘rtasidagi madaniy bog‘lanishni mustahkamlaydi. Tadqiqot xavfsizlik, qulaylik va jamiyat ishtirokini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Qurbonov Doston Ilhom o‘g‘li, Sultanbayev Og‘abek Islambek o‘g‘li, G‘aniyev Suxrob Abduvali o‘g‘li

7-9

2025-03-31

MAKTABDA JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA BADIIY GİMNASTIKA ELEMENTLARINI QO‘LLANISHI

Maktabda jismoniy tarbiya darslarida badiiy gimnastika elementlaridan foydalanishning amaliy ahamiyati va foydali jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqolaning asosiy muammosi sifatida maktabda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishning zamonaviy uslublari va usullarini modernizatsiya qilish zarurati bo‘lib, uni maktab o‘quv dasturiga badiiy gimnastika elementlarini kiritish orqali hal qilish mumkin. Maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi bilan bog‘liq olti turdagi o‘quv materiali ko‘rib chiqiladi. Shuningdek maqolada badiiy gimnastika elementlarini o‘rgatishning asosiy metodlari ham keltirilgan bo‘lib, ular yaxlit metod va qismlarga ajratish metodini o‘z ichiga oladi.

Abatbaeva Barno

234-238

2024-06-12

HOZIRGI ZAMON SHAROITIDA TA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TA’LIM-TARBIYA MUAMMOLARI

So'nggi yillarda bolalar va o'smirlarning salomatligi va jismoniy rivojlanishida sezilarli yaxshilanish kuzatilmayapti, shuning uchun bizning davrimizda jismoniy tarbiya muammolari ayniqsa dolzarbdir. Har qanday kasallikka chalingan yoki tez-tez va uzoq vaqt kasal bo'lgan bolalar, ayniqsa, tananing funktsional holatiga mos keladigan jismoniy faoliyatga muhtoj. Maktab o'quvchilarining jismoniy ta’lim-tarbiya masalalari jismoniy tarbiya muammolarini samarali hal qilish va uning maqsadiga erishish imkonini bermaydi.

Tojiyeva Yoqutxon Baxromjon qizi

107-113

2022-06-06

YOSH BASKETBOLCHILARNING MAXSUS MASHQLAR ORQALI JISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

Maqola yosh basketbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan maxsus metodikalarni tahlil qiladi. Basketbol – yuqori tezlikda va katta jismoniy faollikni talab qiluvchi sport turi bo‘lib, sportchilarning kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik va koordinatsiya kabi fazilatlarini rivojlantirish zarur. Maqolada yosh basketbolchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan asosiy metodikalar va mashqlar yoritiladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik, shuningdek, umumiy jismoniy holatni yaxshilash, jarohatlarga qarshi kurashish va o‘yindagi samaradorlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Treninglar davomida sprintlar, agility mashqlari, interval treninglari, og‘irlik bilan ishlash va to‘p bilan bajariladigan maxsus mashqlar kabi metodikalar qo‘llaniladi. Ushbu tadqiqotda yosh basketbolchilarning sport mahoratini oshirishda jismoniy tayyorgarlikning o‘rni va ahamiyati, shuningdek, metodikalar asosida amalga oshiriladigan mashqlar va ularning samaradorligi ko‘rsatiladi.

Nodiraxon Komilova

87-94

2025-02-28

KURASH ELEMENTLARI VOSITALARIDA TALABALARNI JISMONIY QOBILIYATLARINI OSHIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada kurash elementlariga asoslangan mashg‘ulotlar vositasida talabalar jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish va unga oid metodikani takomillashtirish muammosi o‘rganilgan. Eksperimental tadqiqotlar orqali talabalar jismoniy holatini baholash va takomillashtirilgan mashg‘ulot dasturining samaradorligi tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kurash elementlari asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalarning kuch, chidamlilik, chaqqonlik va koordinatsiya kabi jismoniy sifatlarini sezilarli darajada rivojlantiradi.

Jo’rayev Alibek Botir o’g’li

46-47

2025-06-30

JISMONIY TARBIYA VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Jismoniy tarbiya inson salomatligini mustahkamlash, ruhiy va jismoniy barqarorlikni ta’minlash, kasalliklarning oldini olish hamda ijtimoiy faollikni oshirishda muhim omil sifatida ko‘riladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy mashqlar, sport faoliyati, to‘g‘ri ovqatlanish va psixologik farovonlik o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik ochib beriladi. Shuningdek, yosh avlodni sog‘lom hayotga yo‘naltirishda ta’lim tizimida jismoniy tarbiyaning tutgan o‘rni, metodik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar bayon etiladi. Maqola sog‘lom jamiyat qurish yo‘lida jismoniy tarbiyaning strategik ahamiyatini asoslashga qaratilgan.

Sirojiddin Ilyosboyev

26-29

2025-05-19

JISMONIY TARBIYA DARSINI O'QITISHDA ILG'OR METODLARDAN FOYDALANISH

Zamonaviy jamiyatda jismoniy tarbiya insonlarning salomatligi va jismoniy faolligini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Biroq, ushbu sohada talabalarni samarali o'qitish uchun eng yaxshi amaliyot va yondashuvlardan foydalanish kerak. Ushbu maqolada jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida ilg'or usullardan foydalanishning ahamiyati va afzalliklari ko'rib chiqiladi, shuningdek, bunday usullarning misollari va ularning ta'lim samaradorligiga ta'siri ko'rib chiqiladi. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

Bazarbaev Iskender Irkinovich

55-58

2024-02-22

BOKSCHI TALABA QIZLAR JISMONIY TAYYORGARLIGI

Ushbu maqolada bokschi talaba qizlarning jismoniy tayyorgarlik tizimi, uning nazariy asoslari va amaliy jihatlari o‘rganiladi. Maqola boks sportining talaba yoshidagi qizlar uchun ahamiyatini va uning jismoniy, psixologik hamda intellektual rivojlanishga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qiladi. Jismoniy tayyorgarlikning kuch, tezlik, chidamlilik va koordinatsiya kabi asosiy komponentlari, shuningdek, boksni o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan metodlar batafsil ko‘rib chiqilgan. Talaba qizlarning boks orqali nafaqat jismoniy salomatliklarini yaxshilash, balki ruhiy barqarorlik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishda qanday ijobiy natijalarga erishishlari mumkinligi ta’kidlanadi.

Kobiljon Abdullayev

106-108

2025-02-10

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA JISMONIY MADANIYAT DAQIQALARINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Maqolada maktabgacha yoshda bolalar kun tartibida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining xususan jismoniy madaniyat daqiqalarining  asosiy maqsadi, vazifalari va xususiyatlari ochib berilgan.

Muxitdinova Nigora Mexriddinovna, Saidmurodova Sabrina Navro’z qizi

58-62

2025-06-23

YOSHLARNI JISMONIY CHINIQTIRISHDA SPORT TADBIRLARINING O‘RNI

Muallif sport musobaqalari, sport kuni tadbirlari, sport o'yinlari va sport festivali kabi ko'plab sport tadbirlarining, yoshlarni sport bilan shug'ullanishga rag'batlantirish va jismoniy faoliyatga qiziqishni oshirish uchun samarali usullar sifatida ko'rsatilganiga ta'kidlaydi. Maqola, bu tadbirlarning yoshlarga turli jismoniy mashqlar o'rganishga yordam beradigan va ularni sportga qiziqishni oshirishga yordam beradigan yo'nalishlar yaratishga yordam beradigan asosiy vositalar sifatida xizmat qiladi. Muallif yoshlarning jismoniy tarbiyasiga zarur bo'lgan sharoit va infratuzilmani yaratishni ta'kidlaydi, shu bilan birga, tadbirlarning yoshlarga sportga qiziqishni oshirishga va ularni sport jangaralariga olib chiqishga rag'batlantirishga yordam beradigan roli yuqori baholangan.

Igor Bobomuratov Baxtiyorovich

100-102

2023-05-25

JISMONIY TARBIYA TA’LIMINING NAZARIY ASOSLARI VA SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya ta’limining nazariy asoslari, uning shakllanish bosqichlari va rivojlanish dinamikasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Jismoniy tarbiya qadimiy jamiyatlardan tortib to hozirgi zamon pedagogik tizimlarigacha ko‘plab tarixiy, madaniy, fiziologik va sotsiologik omillar ta’sirida rivojlanib borgan. Tadqiqotda jismoniy tarbiya metodikasining shakllanishiga ta’sir qilgan klassik yondashuvlar, sport pedagogikasi va zamonaviy integratsion metodlar o‘rganilgan.

Ilyosboyev Sirojiddin Baxtiyor oʻgʻli

135-138

2025-04-30

13-14 YOSHLI GANDBOLCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish bo’yicha bir qancha tavsiyalar ko’rsatilgan.

M.Sh.Jumaniyozova

111-112

2023-12-16

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA JISMONIY FAOLLIKNI RAG‘BATLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning jismoniy faolligini oshirishda samarali pedagogik yondashuvlar qo‘llanilishi muhokama qilinadi. Tadqiqot davomida kuzatuv, so‘rovnoma va eksperimental usullar yordamida mavjud holat o‘rganilib, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining faollashtiruvchi omillari tahlil qilindi. O‘yin texnologiyalari, integratsiyalashgan, individual va rag‘batlantiruvchi yondashuvlarning samaradorligi amaliy misollar asosida asoslab berilgan. Maqola natijalarida jismoniy faollikni oshirish bo‘yicha takliflar berilib, ularning maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom rivojlanishidagi o‘rni yoritilgan.

Muxitdinova Nigora Mexriddinovna, Saidova Zarnigor Urokovna

110-113

2025-06-18

OMMAVIY SPORT VA JISMONIY SALOMATLIKNI RIVOJLANTIRISHNING BUGUNGI MUAMMOLARI VA ECHISH YO‘LLARI

Maqolada O‘zbekiston aholisini ommaviy spotr va jismoniy salomatligi, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish yo‘llari aks ettirilgan.

Kayumova D.B., Tastanov N.A.

61-64

2023-01-26

UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARIDA INTERAKTIV TRENAJORLARNI QO’LLASH ORQALI JISMONIY MASHG’ULOTLARNI TAKOMILLASHTIRISH

Interfaol trenajyorlarni umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaga (PE) integratsiyalashuvi o‘quvchilarning faolligini, motivatsiyasini va jismoniy samaradorligini oshirish yo‘lidagi progressiv qadamdir. Ushbu texnologiyalar, jumladan virtual haqiqat (VR), harakat sensorlari va kengaytirilgan haqiqat (AR) an'anaviy PE yondashuvlarini to'ldiradigan immersiv va shaxsiylashtirilgan o'rganish tajribalarini taklif qiladi. Ushbu tezis jismoniy tarbiya bo'yicha interfaol simulyatorlarning tarbiyaviy ahamiyatini o'rganadi, ularning ko'nikmalarni rivojlantirish, inklyuzivlik va o'quvchilarning sog'lig'i haqida uzoq muddatli xabardorligini oshirish qobiliyatini ta'kidlaydi. Narxlar, o'qituvchilar malakasini oshirish va infratuzilma kabi muammolarni hal qilish kerak bo'lsa-da, ushbu vositalarning PE sifati va mavjudligini yaxshilash uchun salohiyati katta.

Uraimov Sanjarbek Ruzimatovich , Abdubannobov Muxammadyusuf Sherali o'g'li

79-81

2025-04-14

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy