Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tizimida mediatsiya institutining sudgacha va sud jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari va ilmiy adabiyotlarga asoslangan holda mediatsiyaning huquqiy asoslari, sudgacha va sud jarayonidagi xususiyatlari, afzalliklari va ayrim kamchiliklari yoritiladi hamda mediatsiyaning amalda qo‘llanilishi, muammolari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinib, mediatsiyaning sud tizimiga ta’siri, nizolarni muqobil hal etishning samaradorligi va jamiyatdagi huquqiy madaniyatni rivojlantirishdagi roli o‘rganiladi.