Mazkur maqolada vaqt tushunchasining o‘zbek va ingliz tillaridagi semantik tuzilishi tahlil qilinadi. Vaqt tilshunoslikda abstrakt, o‘zgaruvchan va o‘lchovli tushuncha sifatida qaraladi. O‘zbek tilida vaqt ko‘proq madaniy, tarixiy va ijtimoiy kontekstda ifodalanib, xalq maqollarida va idiomatik iboralarda o‘z aksini topadi. Ingliz tilida esa “time” so‘zi ko‘proq universal, o‘lchovli va metaforik tarzda ishlatiladi. Maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi vaqtga oid frazeologik birliklar, sinonimlar va antonimlar taqqoslanadi, shuningdek, vaqt tushunchasining har ikki tilda qiyosiy tahlili orqali madaniy va lingvistik xususiyatlar o‘rganiladi. Maqola vaqtning inson hayotidagi ahamiyatini, uning qadriyatlar va mehnat bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan leksik birliklar va iboralar tahlilini taqdim etadi.