Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

KREDIT HAQIDA TUSHUNCHA

В статье отражены понятия о понятии кредита, видах кредита, принципах кредитования, субъектах кредита, функциях кредита, источниках кредитных ресурсов, сущности кредита, кредита и форм кредита.

Munisbek Saporboyev

46-49

2025-03-25

TIJORAT BANKLARINING MUAMMOLI KREDITLARINI OLDINI OLISH YO‘LLARINI TAKOMILASHTIRISH

Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar miqdori ko‘payib borayotganligi sababli ,muammoli kreditlar ham  kengayishda davom etmoqda.Banklar raqobatga qarshi kurashda qatnashish uchun xizmatlarining turini va sifatini rivojlantirishga,urg‘u kiritmoqdalar.Shunindek banklar kredit portfelini oshirish va muammoli kreditlarning miqdorini kamaytirish borasida yangi amaliyotlarni joriy etishga intilishmoqda.Bu, tijorat banklarining o‘z kapitalini milliy va xalqaro standartlarga yaqinlashganligi haqida ilmiy va amaliy maqbul tadqiqotlarni talab etmoqda. Kredit operatsiyalarini bajarishda muammoli kreditlarining paydo bo‘lishi, ularning moliyaviy hisobini xalqaro standartlar bo‘yicha to‘g‘ri tuzilishi zarur ekanligini bildirishmoqda. Mazkur maqolada, bank tizimidagi kredit portfellarini va muammoli kreditlarni o‘rganish bilan bog‘liq masalalar, shuningdek kredit berish va qaytarib olish tizimlarining samarali faoliyatini ta'minlash bo‘yicha qonunchilik doirasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va ularning tahlili mavjud. Bundan tashqari, ushbu sohada kredit berish va qaytarib olish tizimlarining samarali faoliyatini ta'minlash uchun ba'zi maslahatlar ham taklif etilgan..

Mamirov Shoxrux, Ergasheva Lobar

1281-1284

2024-07-31

TIJORAT BANKLARIDA KREDITLASH AMALIYOTINI TASHKIL QILISHDA KREDIT SIYOSATINI AHAMIYATI

Ushbu tezisda tijorat banklarida kredit siyosatining mazmuni, ahamiyati va amaliy jihatlari keng tahlil etilgan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda banklarning iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishdagi roli, xususan, kredit siyosati orqali moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tamoyillari, turlari hamda bank faoliyatining barqarorligi va foydaliligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda amal qilgan normativ hujjatlar asosida kredit siyosatining tartibga solinishi va zamonaviy texnologiyalarning bu jarayonga ta’siri ochib berilgan.

Shokirova Gulbahor Mo‘mindjanovna, Sobirov Luqmonbek Xabibullo o‘g‘li

20-22

2025-05-30

TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKINI MINIMALLASHTIRISHDA KAFOLAT VA TA’MINOT MEXANIZMLARINING ROLI

Tijorat banklarining asosiy faoliyati kreditlar berish bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayonda doimo kredit tavakkalchiligi (kredit xavfi) yuzaga keladi. Kredit tavakkalchiligi qarz oluvchining kredit bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligi natijasida bankning moliyaviy yo‘qotishlarga uchrashi xavfini anglatadi. Bunday risk banklarning barqaror ishlashi va daromadliligiga bevosita ta’sir qiladi, chunki olinadigan daromad miqdori qarz portfelidagi xavflar darajasiga bog‘liq. Shu bois, banklar faoliyatida risk va foyda o‘rtasidagi optimal muvozanatni saqlash va kredit siyosatini izchil boshqarish muhim masalalardan biridir. Umuman olganda, kredit tavakkalchiligini samarali boshqarish banklarning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Botirova Sadoqatxon

21-23

2025-08-31

O`ZBEKISTONDA KRIDIT BOZORINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYA VA ISTIQBOLI

O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun kredit bozorining ahamiyati beqiyosdir. Kredit tizimi nafaqat banklar va moliya institutlari o‘rtasida, balki iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasida samarali moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasida kredit bozorining rivojlanishi nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va investitsiyalarni jalb qilish uchun katta ahamiyatga ega. Ushbu tezisda O‘zbekiston kredit bozorining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari tahlil qilinadi. O‘zbekiston kredit bozorining rivojlanishining hozirgi holati, asosan, bank tizimiga bog‘liq bo‘lib, mamlakatda 30 dan ortiq tijorat banklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Kreditlash jarayoni turli sohalarda amalga oshirilmoqda: korporativ sektor, kichik va o‘rta biznes, ipoteka, shaxsiy kreditlar va boshqa.  O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari va bozordagi o‘zgarishlar, shuningdek, xalqaro integratsiya jarayonlari kredit bozorining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda kredit bozori iqtisodiyotni rag‘batlantirish, aholi va korxonalar ehtiyojlarini qondirish, yangi investitsiyalarni jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Sulaymonov Azamat Sodikovich

35-37

2025-06-10

AUDITORLIK TEKSHIRUVLARIDA KREDIT RISKLARINI BAHOLASH VA ULARNI KAMAYTIRISH USULLARI

Mazkur tezisda auditorlik tekshiruvlarida kredit risklarining mohiyati, ularni aniqlash va baholash mezonlari hamda ushbu risklarni minimallashtirish usullari yoritilgan. Kredit operatsiyalari bilan bog‘liq xatarlar tijorat banklari, moliyaviy tashkilotlar va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda auditorlik nazoratining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Tadqiqotda kredit risklarini aniqlashda auditorlik dalillari, tahliliy va funksional audit usullari, kredit tarixini o‘rganish, garov qiymatini aniqlash va shartnoma shartlarining bajarilishini tekshirishga urg‘u berilgan.

Eshonov Muhammad Ayyub Xoshimjon o‘g‘li, Botirova Odinaxon Nodirjon qizi

108-110

2025-05-19

KREDIT SHARTNOMALARINING SUDLOVLILIGI

Kredit shartnomalarning sudlovliligi zamonaviy fuqarolik huquqi va sud amaliyotining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomalari, ularning shartlari, bajarilmasligi yoki noto‘g‘ri bajarilishi oqibatida yuzaga keladigan nizolar ko‘plab sud ishlarining asosini tashkil etadi. Ushbu tezisda kredit shartnomalarining huquqiy tabiati, sudlovlilik mezonlari, hududiy va predmet bo‘yicha sud yurisdiksiyasi, xalqaro element mavjud bo‘lganda yuzaga keladigan kollizion masalalar hamda amaliyotda uchraydigan muammolar keng tahlil etiladi. Shuningdek, milliy qonunchilik va xalqaro tajriba asosida kredit shartnomalariga oid nizolar bo‘yicha sudlovlilik masalalarini hal qilishning samarali mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Murodov Muxlis Matnazar o‘g‘li

99-101

2025-08-19

KREDIT REYTING TIZIMINI JORIY ETISH ORQALI KREDITLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Ushbu maqolada kredit reyting tizimini joriy etish orqali kreditlash samaradorligini oshirish muammolari va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kredit reyting tizimining asosiy tamoyillari, uning tijorat banklari faoliyatidagi ahamiyati, banklarning kredit risklarini kamaytirishdagi roli va mijozlar bilan shaffof munosabatlarni ta’minlashdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.

Shokirova Gulbahor Mo‘mindjanovna, Sobirov Luqmonbek Xabibullo o‘g‘li

23-26

2025-05-30

OLIY TAʼLIMDA KREDIT MODUL TIZIMI

Ushbu maqolada kredit modul tizimini O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida, matematika fanlarini o’qitishda qo’llash nazariyalari va ularning ahamiyati tahlil etilgan bo’lib, unda kredit – modul sistemasining mazmun va mohiyati, ustuvor tomonlari, va respublikamiz OTM larini bu tizimga o’tkazishda bajariladigan ishlar hamda bu xususda muallifning tavsiya va fikrlari ilmiy asoslab ko’rsatilgan.Andijon Davlat Universitetida kredit modul va amalga oshirilayotgan ishlar yoritiladi.

Madaliyeva Begoyim

47-51

2024-05-13

O’ZBEKISTON TIJORRAT BANKLARIDA KREDIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu tezis O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida kredit siyosatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda mamlakat bank tizimining joriy holati tahlil qilinadi, kredit siyosatidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Xususan, kreditlash jarayonida risklarni boshqarish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, korporativ boshqaruvni yaxshilash va xalqaro tajribani qo‘llash masalalari o‘rganiladi. Tadqiqot O‘zbekiston bank sektorida davlat ishtirokini optimallashtirish, kredit portfeli sifatini oshirish va iqtisodiyotning real sektorini moliyalashtirishni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan. Ishda statistik tahlil, taqqoslash va xalqaro amaliyotni mahalliy sharoitga moslashtirish usullaridan foydalanilgan. Natijalar bank tizimining barqarorligini ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.

Eshonov Muhammad Ayyub Xoshimjon o‘g‘li, Olimov Hotamboy Farhodjon o’g’li

30-32

2025-05-19

TIJORAT BANKLARIDA KREDIT SIYOSATINING INNOVATSION MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR BILAN UYG‘UNLIGI

Ushbu maqolada tijorat banklarida kredit siyosatini takomillashtirishda innovatsion moliyaviy texnologiyalarning (fintech, blokcheyn, big data, sun’iy intellekt) o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Kredit siyosati jarayonlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali kreditlashning tezkorligi, shaffofligi va xavfsizligi oshishi, mijozlarga yo‘naltirilgan mahsulotlarni shakllantirish imkoniyati kengayishi asoslab beriladi. Tadqiqot O‘zbekiston tijorat banklari, xususan “Mikrokreditbank” ATB misolida olib borilib, kredit siyosatini innovatsion yechimlar bilan uyg‘unlashtirish amaliyotining afzalliklari va muammolari tahlil qilinadi. Natijalar kredit siyosatini takomillashtirish, banklarning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy barqarorlikka erishishda zamonaviy texnologiyalar hal qiluvchi omil ekanini ko‘rsatadi.

Juraboyev Shavkatjon Saydulla o‘g‘li

65-67

2025-09-17

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARINING KREDIT PORTFELIGA FOIZLAR O’ZGARISHINING TA’SIRI

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan tijorat banklarining kredit portfeli borasida tadqiqotlar, foizlarning o’zgarishga sabablar, o’rganilayotgan chora tadbirlar, izlanishlar, kredit portfeliga foizlar o’zgarishining ta’siri  maqolada aks ettirilgan.

Erqulov Qobulbek Davron o’g’li

7-11

2023-07-10

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI UCHUN LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISHDA BANK KREDITLARIDAN FOYDALANISH TAJRIBALARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Ushbu maqola tadbirkorlik subyektlari uchun loyihaviy moliyalashtirishda bank kreditlaridan foydalanish tajribalari va ularni takomillashtirish yo‘llari mavzusini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada, bank kreditlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati va ularning iqtisodiy tizimda o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, bank kreditlaridan foydalanishning amaliy tajribalari, kredit olish jarayonlaridagi to‘siqlar, risklarni boshqarish usullari va kredit siyosatini takomillashtirish yo‘llari muhokama qilinadi. Maqolada, O‘zbekistonning kichik va o‘rta biznesini qo‘llab-quvvatlash uchun banklar tomonidan taqdim etiladigan kreditlar, davlat subsidiyalari va kafolatlarining ahamiyati ko‘rsatilgan.

Azimov Feruz Ikromovich

147-153

2025-04-29

KREDIT TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNI O’ZBEKISTONNING TA’LIM TIZIMI SHAROITLARIGA MOSLASHTIRILGAN MODELI

Bu maqola O'zbekistonning oliy ta'lim tizimiga kredit modul tizimini joriy etish modelini ishlab chiqish ko’rsatkichlarini aniqlaydi. Unda oliy ta'lim kredit tizimida qanday o'zgarishlarga duch keldi va bu o'qituvchilar va talabalar uchun qanday muammolarga aylanishi haqida ma'lumot beriladi. Ushbu maqola O'zbekiston ta'lim tizimining yangi kredit tizimiga moslashishini va uni modellashtirishni tadqiq etadi.

Narbaeva Raziya Dawletbaevna

31-33

2023-12-18

O'ZBEKISTON KREDIT BOZORIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

Ushbu maqola O'zbekiston kredit bozorida amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya jarayonini tahlil qiladi. Tadqiqot "Raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasi va bank tizimini isloh qilish dasturining moliyaviy sektorga ta'sirini ko'rib chiqadi. Maqolada mamlakatning kredit bozoridagi zamonaviy raqamli yechimlar, fintech innovatsiyalari va elektron bank xizmatlarining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili natijasida O'zbekistonda raqamli transformatsiyaning asosiy yo'nalishlari, muammolari va istiqbollari aniqlanadi. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan raqamli transformatsiya kredit bozorining modernizatsiyasiga va moliyaviy xizmatlar sifatini oshirishga olib kelmoqda.

Abduxalilova Sokinabonu Abduxamid kizi

107-109

2025-09-12

BАNK INNOVАTSIYALАRI VА RАQАMLI IQTISODIYOT SHАROITIDА KREDIT SKORINGINING TАKOMILLАSHUVI

Bugun milliy rivojlanishning bosh maqsadi raqamli texnologiyalarni jadal suratlar bilan iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga joriy etishga qaratilgan. Bu jarayonga esa iqtisodiyotning muhim omili sanalmish bank sektori eng sezgir bir unsur hisoblanadi. Qolaversa, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va natijada isteʼmolchilarning xattiharakatlaridagi imtiyozlarning oʼzgarishi banklarning raqamli iqtisodiyotini shakllantirish uchun mezon boʼla oladi.  Mazkur maqolada raqamli Iqtisodiyot sharoitida kredit skoringining takomillashuvi hamda zamonaviy banklarni innovatsiyalari haqida maʼlumotlar keltirilgan.

Xolov Malikjon Yorboyevich

29-31

2023-01-16

O‘ZBEKISTONDA TIJORAT BANKLARIDA ISTE’MOL KREDITLARI BOZORINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Mazkur maqolada O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatida iste’mol kreditlari bozorining rivojlanish tendensiyalari chuqur tahlil qilinadi. So’ngi yillar davrida iste’mol kreditlari hajmining dinamikasi, bank kredit portfellarida ushbu segmentning o‘rni hamda foiz siyosatining aholi farovonligiga ta’siri o‘rganilgan. Normativ-huquqiy islohotlar, xususan, Markaziy bankning kreditlash bozorini tartibga solish bo‘yicha qarorlari, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari asosida bank tizimida yaratilgan yangi sharoitlar tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi, raqamli texnologiyalarning kreditlash jarayoniga tatbiqi hamda kredit riski boshqaruvining zamonaviy mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari iste’mol kreditlari aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, ichki bozorni faollashtirish va iqtisodiy barqarorlikka xizmat qilayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, tijorat banklari uchun kredit portfeli sifatini oshirish, risklarni minimallashtirish va zamonaviy moliyaviy instrumentlardan foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Azimov Oybek Toʻlqin oʻgʻli

53-55

2025-09-17

TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELINING MOHIYATI

Mazkur maqolada tijorat banklari kredit portfelining iqtisodiy mohiyati, uning tuzilmasi va sifat ko‘rsatkichlari yoritiladi. Kredit portfeli bank aktivlarining asosiy qismini tashkil etib, bankning daromad manbai hamda moliyaviy barqarorligini belgilovchi asosiy omildir. Maqolada kredit portfeli tarkibida foizli va foizsiz kreditlar, muddati, ta'minoti va mijozlar toifasiga ko‘ra farqlanishi tahlil qilinadi.

Avilov Nematjon, Komiljonov Abdulaziz Sherzodbek o‘g‘li

116-119

2025-05-14

KREDIT TASHKILОTLARINI SОLIQQA TОRTISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASОSLARI VA RIVОJLANISH BОSQICHLARI

экономические изменения в сегодняшних глобализированных кредитных организациях также приводят к увеличению размера налогов в их налоговой системе. Основной причиной этого являются имущество и доходы, занимаемые на стороне коммерческих банков и кредитных организаций. В данной статье освещены Теоретико-правовые основы налогообложения кредитных организаций.

L.R. Ergasheva, Sh. Chоriyeva

586-589

2024-12-28

HAMKORBANK ATBDA MUAMMOLI KREDITLAR ULUSHINI KAMAYTIRISH BO‘YICHA RISK-MENEJMENT YONDASHUVLARI

Maqolada Hamkorbank ATB faoliyatida muammoli kreditlarning shakllanish omillari, ularning bank barqarorligiga ta’siri hamda ulushini kamaytirish bo‘yicha risk-menejment yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida bankning so‘ngi yillardagi kredit portfeli dinamikasi, muammoli kreditlar ulushi va ularni kamaytirish bo‘yicha qo‘llanilgan mexanizmlar o‘rganildi. Statistik va qiyosiy tahlil natijalari asosida kredit skoringi, qarzdorlarni monitoring qilish, kreditlarni restrukturizatsiya qilish va Basel III tamoyillarini joriy etish bank faoliyatida muhim samaradorlik bergani aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Hamkorbank ATB risk-menejment tizimining mustahkamlanishi muammoli kreditlar ulushini pasaytirishga va kredit portfelining sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Sultonov Doniyor Ro’ziboyevich

68-70

2025-09-30

TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELI SIFATI TAHLILI

Ushbu maqolada tijorat banklarining kredit portfeli sifati tushunchasi, unga ta’sir etuvchi omillar, boshqaruv mexanizmlari va O‘zbekiston bank tizimidagi amaliy holatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida kredit portfeli sifatini oshirishga doir tavsiyalar ilgari suriladi.

Avilov Nematjon, Komiljonov Abdulaziz Sherzodbek o‘g‘li

61-64

2025-05-26

INVESTITSION LOYIHALAR KREDIT RISKLARINI MINIMALLLASHTIRISH YO’LLARI

Ushbu maqolada investitsion kredit risklarini minimallashtirish yo'llari ko'rib chiqiladi. Kredit risklari banklar va boshqariladigan institutlar uchun muhim bo'lishi mumkin, ayniqsa, katta moliyaviy mablag'lar uchun zarur. Kredit risklarini qo'shish uchun tahlil qilish, monitoring qilish va risklarni boshqarishning samarali strategiyalarini ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega.

Shoxakimova Safargul To’rakeldiyevna

110-111

2024-10-21

BANK TIZIMIDA MUAMMOLI AKTIVLARNI BOSHQARISHDA SUN’IY INTELLEKT VA ML TEXNOLOGIYALARINING SAMARADORLIGI

Bank sektorining transformatsiyasi sharoitida O‘zbekiston Respublikasida kredit risklarini boshqarish samaradorligini oshirish zarurati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, ayniqsa, muammoli qarzdorlik (non-performing loans, NPL) sohasida. Qarzdorlarning to‘lovga qobiliyatini baholash tizimini isloh qilish, IFRS 9 standartlari va Basel III tavsiyalarini joriy etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralariga qaramay, muddati o‘tgan qarzlar darajasi hanuzgacha ayrim kredit tashkilotlarining, ayniqsa chakana va mikro moliyaviy segmentlarda, moliyaviy barqarorligiga sezilarli bosim o‘tkazmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda umumiy kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi pasayish tendensiyasini namoyon qilmoqda, biroq bu ko‘rsatkich tashqi iqtisodiy silkinishlar va kredit anderrayting jarayonlari sifatiga nisbatan yuqori sezuvchanlikni saqlab qolmoqda.

Xodjayev Husniddin Mukammilovich

168-171

2025-07-25

BANKLAR TOMONIDAN INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA KREDIT PORTFELI SIFATINI BOSHQARISH STRATEGIYALARI

Mazkur maqolada banklar tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonida kredit portfeli sifatini boshqarishning zamonaviy strategiyalari yoritilgan. Investitsion kreditlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularga xos risklar va baholash mezonlari tahlil qilingan. Kredit portfeli sifatini aniqlovchi asosiy ko‘rsatkichlar – muammoli kreditlar darajasi (NPL), riskga zaxira ajratish, kredit reyting tizimlari hamda monitoring va nazorat mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Baxodir Sobirov

90-94

2025-04-30

KREDIT OPERATSIYALARI HISOBI VA UNI ICHKI AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada kredit operatsiyalari, auditorning ish hujjatlari, alohida to‘ldirilgan jadvallar va hujjatlar shaklida bo‘lishi, izohlar, kredit tashkiloti rahbarlarining arizalari, foto suratlari, kredit tashkiloti hujjatlariga takliflar, ma’lum ma’noga ega bo‘lgan hujjatlar va auditorlik tekshiruvi rahbarlarining talabi bo‘yicha unda ishtirok etuvchi auditorlar ro’yxati, ushbu standartga ko‘ra majburiyligiga qarab auditning ish hujjatlariga doir hujjatlar majburiy va opsion hujjatlar haqida yoritilgan.

To'rayev Mirshod Tuxtamuradovich

10-13

2024-06-20

1 - 25 из 172 результатов 1 2 3 4 5 6 7 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy