Inson farzandi umri davomida uchraydigan turli voqea - hodisalarning ildizini izlashda va bir kun bahs, munozara, tahlil asosida shu voqea - hodisalarning xulosasini chiqarishda o‘tmish tadqiqotchisi sanalmish tarixiy fanlarning o‘rni beqiyosdir. Zero, o‘tmishimizda yuz bergan har bir hodisa ma’lum ma’naviy - ruhiy, tabiiy -ijtimoiy muhit ta’sirida yuz bergan. Unga nazar solganda, asrlar silsilasini varaqlash kerakki, voqealar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat, siyosat qo‘yingki, har bir davrning o‘ziga xos shukuhi-yu, tashvishlari, sevinchu iztiroblari ko‘zga yaxlitligicha yaqqol tashlansin. Ana shunda har bir hodisa kishini fikrlashga, aql yo‘rig‘i bilan belgilashga yordam beradi.