Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

LINGVISTIK STEREOTIPLARNING NAZARIY ASOSLARI VA TIPOLOGIK TASNIFI

Ushbu maqolada lingvistik stereotip tushunchasi va uning tasnifi ko‘rib chiqiladi. Lingvistik stereotiplar muayyan til yoki dialektga ega bo‘lgan shaxslar haqidagi barqaror va umumlashtirilgan tasavvurlar bo‘lib, ular aksent, grammatik to‘g‘rilik, lug‘at boyligi kabi lingvistik belgilar asosida shakllanadi. Maqolada lingvistik stereotiplarning ijtimoiy, psixologik va madaniy jihatlari hamda ularning ijobiy va salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, lingvistik stereotiplarning O‘zbekistondagi holati, ayniqsa migrant bolalar uchun ularning ahamiyati muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari lingvistik stereotiplarning jamiyatdagi rolini chuqurroq tushunishga va ijtimoiy integratsiya jarayonlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Zuxra Sayibova

13-15

2025-03-28

LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYADA PSIXOLINGVISTIK TAHLIL MUNOSABATI

Amaliy filologik tadqiqotlarning bir bo’limi sifatida lingvistik ekspertologiyaning metodologiyasini belgilash masalasi dolzarb ahamioyat kasb etadi. Aytish joizki, lingvistik ekspertizaning qaysi fan sohalari bilan bog’liqligi va bunda qanday asoslarga tayanislishi masalasi hanuz tadqiq etilganicha yo’q. Lingvistik ekspertizada psixolingvistika alohida rol o’ynaydi. Maqolada lingvistik ekspertiza va psixolingvistika munosabati, aynan lingvistik ekspertizaning qaysi tarkibiy qismlariga taalluqli ekanligi masalasiga oydinlik kiritiladi.

K.X.Musulmonova

39-41

2023-06-13

ASSOTSIATIV MODELGA KO‘RA O‘QUV IZOHLI LUG‘ATLARNING LINGVISTIK DARAJALANISHI: TIPOLOGIK VA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)

Ushbu maqolada o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanish kontseptsiyasining tipologik va pedagogik yondashuvlari tahlil qilindi. Tadqiqot ingliz va oʻzbek tillarining lug‘atshunoslik amaliyotidagi lingvistik darajalanishning nazariy asoslari hamda amaliy ko‘rinishlarini oʻrganadi. Maqolada lingvistik darajalanish — til birliklarini morfologik, semantik, sintaktik va pragmatik murakkablik darajasiga qarab bosqichma-bosqich tizimlashtirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqildi. Ingliz va oʻzbek tillarining tipologik xususiyatlari, xususan ingliz tilining analitik, oʻzbek tilining esa agglutinativ til ekanligi, lug‘atlardagi lingvistik darajalanish mexanizmlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Tosheva Dilbar Muzaffar qizi

100-105

2025-07-17

KONFLIKTLI MATNLARNI LINGVISTIK EKSPERTIZA QILISHNING YURIDIK ASPEKTI

Lingvistik ekspertizada asosiy e’tibor ekspert oldiga qo‘yilgan savollarga javob topishga qaratiladi. Odatda masalaning yuridik jihatiga diqqat qaratilmaydi. Matnning yuridik aspekti ekspert e’tiboridan chetda qoladi. Biroq ayrim hollarda ekspert xulosalarini shakllantirishda yuridik va lingvistik jihatlar farqlanmaydi. Maqolada lingvistik ekspertizaning asosiy yuridik jihati, ekspert yonndashuviining o‘ziga xosligi masalasiga diqqat qaratiladi.

Musulmonova Kamola Xusniddin qizi

6-9

2024-06-05

DOʻSTLIK KONSEPSIYASINING LINGVISTIK IFODASI: METAFORIK VA METONIMIK TAHLIL (INGLIZ VA OʻZBEK TILLARI MISOLIDA)

Ushbu maqola ingliz va oʻzbek tillarida doʻstlik konsepsiyasining lingvistik ifodasini, xususan, metafora va metonimiya orqali tahlil qiladi. Doʻstlik insoniyatning universal qadriyatlaridan biri boʻlib, turli madaniy va til kontekstlarida oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Tadqiqot metaforalarning mavhum doʻstlik tushunchasini aniq va hissiy tasvirlar orqali ifodalashdagi rolini oʻrganadi. Jumladan, ingliz tilidagi “to cement a friendship” (doʻstlikni mustahkamlash) va oʻzbek tilidagi “doʻstlik daraxti” kabi iboralar doʻstlikning mustaxkamligi va oʻsishini taʼkidlaydi. Shuningdek, maqolada metonimiyaning doʻstlikning tashqi koʻrinishlari, sabab-oqibat munosabatlari va amaliyotlarini tasvirlashdagi ahamiyati yoritiladi. Misol uchun, ingliz tilidagi “shoulder to cry on” (ishonarli va hamdard) va oʻzbek tilidagi “molingga do‘st” kabi iboralar doʻstlikning hissiy va ijtimoiy jihatlarini aks ettiradi. Xulosa qilib aytganda, bu tahlil har ikki tilda ham doʻstlikning qadrliligi, ishonchliligi va inson hayotidagi muhim oʻrni boy lingvistik vositalar yordamida qanday ifodalanishini koʻrsatadi. Ushbu yondashuv madaniyatlararo muloqotda doʻstlikning lingvistik asoslarini chuqurroq anglashga yordam beradi.

G.K. Soatova

115-117

2025-06-30

KASBGA OID SO‘ZLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Lingvistik ma’lumotlar bazasi obyekt va ularning munosabatlari to’g’risida boshlang’ich, oraliq va yakuniy ma’lumotlarni saqlash va ulardan samarali foydalanishga xizmat qiladigan maxsus ma’lumotlar tuzilishidir. Lingvistik baza tuzilma bo’lib, uning uchun samarali optimallashtirish algoritmi mavjud bo’lib, ma’lumot qo’shish, o’zgartirish va qidirish muammolarini hal qilishni osonlashtiradi.

Xolmatova Muhayyo Abdugʻopporovna, Maʼmurjonova Ismigul Alisherjon qizi

42-44

2025-06-23

O’QUVCHILARNING CHET TILNI EGALLASH JARAYONIDA LINGVISTIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANISH JIHATLARI

Mazkur maqolada nodavlat ta’lim maktablari o‘quvchilarining chet tilni egallash jarayonida lingvistik kompetensiyasining tarkibiy qismlari, ularni rivojlantirishning metodik asoslari hamda samarali yondashuvlar tahlil etilgan. Lingvistik kompetensiya o‘quvchining tilni to‘g‘ri, mantiqan asoslangan va kontekstga mos tarzda qo‘llay olish qobiliyati hisoblanadi. Shuningdek, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari va interaktiv metodlar vositasida lingvistik kompetensiyani shakllantirish yo‘llari ham yoritib berilgan.

Sindarova Nargiza Abdumajidovna

34-35

2025-05-23

"ADABIYOTDA POSTMODERNIZM: LINGVISTIK ASOSLAR VA AMALGA OSHIRISHI"

Ushbu maqola adabiyotda postmodernizmining lingvistik asoslarini va uning adabiy asarlarga qo'llanilishini tahlil qiladi. Postmodernizmning lingvistik nuqtai nazardan qanday amalga oshirilgani, bu yondashuvlarning adabiy tahlilda qanday namoyon bo'lishi va adabiyotga ta'siri muhokama qilinadi. Maqola postmodernizmining asosiy prinsiplarini va ularning lingvistik kontekstda qanday qo'llanilishini ko'rsatadi.

Maksumova Inoyatxon Vahidulla qizi

101-102

2024-09-30

INGLIZ TILI O‘QITISHDA LINGVISTIK KOMPETENSIYA ATAMASINING TAVSIFI

Ushbu maqolada ingliz tili o‘qitish jarayonida “lingvistik kompetensiya” atamasining mazmun-mohiyati, uning tarkibiy qismlari va o‘quvchilarda shakllanish jarayoni tahlil qilingan. Til o‘qitishda lingvistik kompetensiyaning ahamiyati, uni boshqa kompetensiyalar bilan uzviy bog‘liqligi va nazariy asoslari yoritiladi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar asarlariga tayangan holda lingvistik kompetensiya atamasining pedagogik va metodik talqini ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.

Olimova Matluba Ravshanbek qizi

137-138

2025-09-24

“TO‘Y” NING QADRIYAT DOMINANTALARI VA ULARNING O‘ZBEK LINGVOMADANIYATIDA IFODALANISH USULLARI

Ushbu maqolada “to‘y” marosimining qadriyat dominantalari va ularning lingvistik madaniyatda ifodalanish usullari tahlil qilinadi. To‘y orqali oilaviy qadriyatlar, jamiyat bilan bog‘lanish, an’anaviylik va yaxshilik tilash kabi asosiy g‘oyalar o‘z ifodasini topadi. Maqolada to‘y bilan bog‘liq leksik birliklar, frazeologizmlar, marosimiy nutq va qo‘shiqlardagi qadriyatlarning lingvistik yondoshuvlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari to‘y mavzusidagi madaniy va lingvistik elementlarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini ochib beradi.

Rahimov Fayziddin Rustamovich

120-122

2025-06-16

O‘TKIR HOSHIMOVNING IKKI ESHIK ORASI ASARINING LINGVISTIK TAHLILI

Mazkur maqolada O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarining lingvistik jihatlari tahlil qilinadi. Asarning til xususiyatlari, badiiy tasvir vositalari, leksik-semantik tahlil, frazeologizmlar va stilistik vositalardan foydalanish uslubi o‘rganiladi. Shuningdek, asardagi dialoglar, qahramonlar nutqi va muallifning tilga bo‘lgan yondashuvi tahlil qilinib, uning milliy til taraqqiyotidagi o‘rni yoritiladi. Maqolada, shuningdek, adibning lingvistik mahorati va asar tilining o‘ziga xosligi bo‘yicha ilmiy fikrlar keltiriladi.

Barchinoy Zaripova

128-130

2025-02-19

“UZUKLAR HUKMDORI”NING LINGVISTIK POETIK XUSUSIYATLARI

Adabiy asarlarni kinoga moslashtirish kino ijodkorlari uchun asl asarning lingvistik poetik xususiyatlarini saqlab qolishda qiyinchilik tug‘diradi. J.R.R Tolkienning "Uzuklar hukmdori" trilogiyasi asarni kino muhitiga moslashtirishda lingvistik she'riy xususiyatlarni saqlab qolish muhimligi haqida ajoyib misol keltiradi. Ushbu maqolada "Uzuklar hukmdori" ning lingvistik poetik xususiyatlari va ular filmga moslashtirilganda qanday saqlanib qolganligi o'rganiladi.

Umrzoqov Rustam Mahamadovich, Toxirov Hojiakbar Ikromjon o‘g‘li

74-77

2023-05-16

BOSHLANGICH SINF ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA LINGVISTIK TUSHUNCHALARNI MODELLASHTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada boshlang’ich o'quvchilarining "Ona tili va o'qish savodxonligi" darslarida lingvistik tushunchalarni modellashtirish metodikasi, turli voqelarni o'z nutqida bayon qilishi, bo'g'in ko'chirish, bosh harflar imlosi, so'zlarga so'roq berish va shunga o'xshash grammatik tushunchalarni amaliydan, nazariy bilimlar sifatida o'rganishi, shuningdek, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish bo'yicha mulohazalar yuritilgan.

Rizayeva Maftuna Xolmurod qizi

69-71

2024-09-19

SENTIMENT TAHLILI UCHUN LINGVISTIK TA’MINOTNI ANNOTATSIYALASH SXEMASI VA KO‘RSATMALARI

Ushbu maqolada sentiment tahlili uchun lingvistik ta’minotni ishlab chiqishda annotatsiyalash sxemasi va ko‘rsatmalarni yaratish masalalari tahlil qilinadi. Taklif etilgan sxema matnlarning baholovchi xususiyatlarini aniqlash, ya’ni ijobiy, salbiy va neytral munosabatlarni belgilash imkonini beradi. Shuningdek, emotsional-ekspressiv birliklarning identifikatsiyasi ham ko‘zda tutiladi. Annotatsiyalash jarayonini standartlashtirish uchun ishlab chiqilgan ko‘rsatmalar annotatorlarning bir xil yondashuvni qo‘llashiga yordam beradi va izchillikni ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tili matnlarini sentiment tahlil qilishda samarali lingvistik resurslarni yaratishda qo‘llanishi mumkin.

Allanazarova Saboxat Yusupboyevna

107-111

2025-08-31

ANTROPONIMIK TIZIMNING SHAKLLANISHIGA TA’SIR QILUVCHI EKSTRALINGVISTIK VA LINGVISTIK OMILLAR

Mazkur maqolada antroponimik tizimning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar – lingvistik va ekstralingvistik omillar tahlil qilinadi. Ismlar tizimi har bir xalqning madaniyati, dini, tarixi va ijtimoiy tuzumini ifoda etuvchi muhim lingvomadaniy birliklardan biri sifatida ko‘riladi. Maqolada lingvistik omillarning fonetik, morfologik, semantik va sintaktik jihatlari hamda ekstralingvistik omillarning tarixiy, diniy, ijtimoiy, madaniy va hududiy ta’siri misollar orqali tahlil etiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, antroponimik tizim til va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni yoritib beruvchi ko‘zgudek xizmat qiladi.

Ergashev Ulug‘bek Akbarali o‘g‘li

50-51

2025-06-25

MUAMMOLI MATNLAR LINGVISTIK TAHLILI

Ushbu maqolada muammoli matnlarning lingvistik ekspertizadagi ahamiyati, o‘rganilishi, tahlil jarayoni, bosqichlari haqida fikr yuritiladi. Fonoskopik va lingvistik ekspertizadagi tahlil usullari xususida nazariy va amaliy xulosalar beriladi.

Oʻralov Elyor Normanovich

8-9

2024-09-06

TILSHUNОSLIKDА QАRАMА-QАRSHILIK MUNОSАBАTINING О‘RGАNILISHI VА LISОNIY ZIDDIYАT

Mazkur maqolada qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining lingvistik mohiyati, uning inson tafakkurida, til va nutq birliklari orasidagi ziddiyatlar orqali namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Falsafiy va lingvistik manbalarga tayangan holda antonimiyalik hodisasining tarixiy ildizlari, paradigmatik va sintagmatik bog‘lanishlardagi ifodalanishi, hamda struktural tilshunoslikda tutgan o‘rni yoritilgan. Shuningdek, turkiy tillarda antonim juftliklarning shakllanishi, ularning semantik xususiyatlari hamda funksional yuklamalari zamonaviy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi.

E.О‘Rinboyeva, M.Gaziyeva

23-28

2025-06-26

EVFEMIZMLARNING LINGVISTIK TASNIFLARI XUSUSIDA

Ushbu maqola ingliz va o’zbek tillarida evfemizmlarning lingvistik xususiyatlari hamda ularning klassifikatsiyasi xususida so’z boradi.

No’monova Zebiniso Usmonjon qizi

129-132

2023-11-11

AMALIY TILSHUNOSLIK: LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYA

Ushbu maqolada lingvistik ekspertologiyaning shakllanishi, huquqshunoslik va tilshunoslikdagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Lingvistik ekspertizadagi tahlil usullari, bosqichlari, jarayonlari xususida nazariy va amaliy xulosalar beriladi.

OʻRALOV ELYOR NORMANOVICH

22-26

2024-11-27

SINONIMIYA VA OMONIMIYANI LINGVISTIK HODISA SIFATIDA O‘RGANISHNING ASOSIY VAZIFALARI

Sinonomiya va omonimiyani   lingvistik hodisa sifatida o‘rganishning asosiy vazifalari. Sinonimiya muammosi tilshunoslar tomonidan filologiya fani mavjud  bo‘lgan davrda o‘rganib kelingan va uzoq vaqt o‘tganiga qaramay, haligacha o‘z yechimini topmagan. An’anaviy nuqtai nazardan, lingvistik   va   nutq sinonimiyasini farqlash odat tusiga kiradi. Lingvistik sinonimiya deganda izohli  va  sinonimik lug‘atlarda qayd etilgan so‘zlarning sinonimik munosabatlari tushuniladi.

Yusupjanova Feruza Qurbonovna, Abdulfayzova Orzigul Magamadaminovna

119-121

2023-05-15

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SAVDO TERMINOLOGIYASINI SHAKLLANTIRUVCHI TARIXIY VA LINGVISTIK OMILLAR

Ushbu maqola o‘zbek va ingliz tillarida savdo terminologiyasining etimologik rivojlanishini o‘rganib, ularning tijorat leksikasini shakllantiruvchi lingvistik ta’sirlarni ko‘rsatadi. Tarixiy o‘zaro ta’sirlar orqali ikkala til ham iqtisodiy o‘zgarishlar va globallashuvni aks ettiruvchi o‘zlashtirilgan atamalarni tilda aks ettiradi. Qiyosiy tahlil o‘zgarib borayotgan tijorat amaliyotlari va madaniyatlararo almashinuvlarga moslashish uchun savdo terminologiyasi qanday rivojlanishini ko‘rsatib, umumiy moslashuvchan jarayonlarni ochib beradi.

Bozorova Sevara Kamol qizi

13-19

2025-06-17

RAQAMLI MEDIA DISKURSINI O‘RGANISHDA LINGVISTIK METODOLOGIYALAR: NAZARIY VA AMALIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada zamonaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi natijasida shakllangan raqamli media diskursini lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilishga qaratilgan metodologiyalar tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, raqamli platformalarda yuzaga kelayotgan yangi til shakllari, multimodal vositalar va interaktiv nutqiy strategiyalar mavjud lingvistik metodlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Muallif diskurs tahlili, medialingvistika, sotsiopragmatika va multimodal tahlil kabi metodologik yondashuvlarni nazariy va amaliy jihatlarini o’rganadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu metodlarning integratsiyasi raqamli media matnlarini chuqur va kontekstual anglashda samarali bo‘lishi aniqlangan. Maqola raqamli tilshunoslik bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar va olimlar uchun amaliy metodik asos sifatida xizmat qiladi. Muallif tomonidan taklif etilgan metodlar kombinatsiyasi hozirgi va kelajakdagi raqamli media tadqiqotlari uchun nazariy va amaliy yo‘nalishlarni belgilaydi.

Ashurmatova Nasibaxon Abdumannovna, Abdumajidov Abdubosit Abdurahim o’g’li

38-42

2025-05-07

"ARAB TILI DIALEKTLARI: LINGVISTIK XILMA-XILLIK"

Maqolada arab tilining turli dialektlari va ularning lingvistik xilma-xilligi tahlil qilinadi. Arab tilining turli mintaqalardagi dialektlari bir-biridan sezilarli farqlanib, bu tillar mintaqaviy, madaniy va tarixiy omillarga bog'liq ravishda shakllangan. Maqolada dialektlarning rivojlanish jarayoni, asosiy dialekt guruhlari va ularga ta'sir qiluvchi omillar batafsil yoritilgan. Dialektal xilma-xillikni o'rganish arab tilining boy madaniy va lingvistik merosini ochib beradi.

Maksumova Inoyatxon Vahidulla qizi

47-48

2024-09-30

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING LINGVISTIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyasini shakllantirishda didaktik o‘yinlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Lingvistik kompetensiyaning fonetik, leksik va grammatik tarkibiy qismlari hamda ularni rivojlantirish usullari bayon etiladi. Shuningdek, maqolada konstruktiv, kommunikativ, individual va kooperativ yondashuvlar asosida tashkil etilgan o‘yinlar orqali o‘quvchilarning nutqiy faolligini oshirishga doir samarali usullar haqida so‘z boradi.

Salıiyeva Muslima Maxsetbay qizi

103-105

2025-10-09

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MAQOLLARDA GRADUONIMIK MUNOSABATLARNING LINGVOPARAGMATIK XUSUSIYATLARI

Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarda graduonimik munosabatlarning lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqollarning struktural va semantik tahlillari orqali ikki tilda mazkur munosabatlarning ifoda vositalari, funksional vazifalari va ma’no qatlamlari o‘rganiladi. Tadqiqotda mezon sifatida lingvistik pragmatika va gradatsiya nazariyalari qo‘llanilib, o‘zbek va ingliz maqollari orasidagi o‘xshashlik va farqlarga e’tibor qaratiladi. Natijada, har ikki tilning madaniy kontekstdagi milliy xususiyatlarini aks ettiruvchi lingvistik vositalar va ularning kommunikativ ahamiyati aniqlanadi. Ushbu tezis tarjimonlar, lingvistlar hamda o‘qituvchilar uchun foydali bo‘lib, turli tillararo taqqosiy tahlillarda qo‘llanilishi mumkin.

Atabayeva Muyassar

60-63

2024-12-11

1 - 25 из 421 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy