Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

INGLIZ VA QORAQALPOQ TILLARIDA MEHNAT FAOLIYATINI VERBALLASHTIRUVCHI MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI

Insoniyat tarixi davomida mehnat faoliyati doimo jamiyat hayotining ajralmas qismi bo'lib kelgan. Har bir millat o'z madaniyatida mehnatning turli jihatlarini ifoda etuvchi maqollarni yaratgan. Ushbu maqollar nafaqat mehnatning o'zini, balki insonlarning mehnatga bo'lgan munosabatini, qadriyatlarini va hayotiy tajribalarini aks ettiradi. Ingliz va qoraqalpoq tillarida mehnat faoliyatiga oid maqollarni lingvokulturologik jihatdan tahlil qilish, ushbu tillardagi mehnat haqidagi tasavvurlar va ularga taalluqli madaniy elementlarni qiyoslash imkonini beradi. Ushbu tadqiqot mavzusi dolzarb, chunki u turli madaniyatlar o'rtasidagi mehnat tushunchasidagi farqlar va o'xshashliklarni aniqlashga yordam beradi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ingliz va o'zbek tillarida mehnat faoliyatini ifodalovchi maqollarning lingvokulturologik tahlilini o'tkazishdir. Ushbu tadqiqotda lingvokulturologik yondashuv qo'llaniladi. Tadqiqot usullari sifatida deskriptiv usul, qiyosiy usul, kontekstual tahlil qo'llanildi.

Aysulıu Kutlımuratova

96-98

2024-06-21

“NON/BREAD” KONSEPTINI LINGVOKOGNITIV VA LINGVOKULTUROLOGIK NUQTAI NAZARDAN O‘RGANISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada “non/bread” konsepti o‘zbek xalqining lingvokognitiv va lingvokulturologik xususiyatlari nuqtai nazaridan o‘rganilgan. “Non” so‘zi o‘zbek milliy mentaliteti, turmush tarzi va urf-odatlarida muhim o‘rin tutib, nafaqat oziq-ovqat, balki baraka, farovonlik va birdamlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Lingvokognitiv yondashuvda “non” konsepti asosidagi metafora va semantik qatlamlar, nutqiy birikmalar orqali milliy ongda shakllangan umumiy tasavvurlar ochib beriladi. Lingvokulturologik tahlilda esa “non”ning urf-odat, marosim va an’analardagi, shuningdek, ijtimoiy-madaniy munosabatlardagi beqiyos roli yoritiladi. Natijada, “non” konsepti milliy qadriyatlar tizimida chuqur ildiz otgan, hayot manbai va ma’naviy negiz sifatida shakllanganligi namoyon bo‘ladi. Ushbu tadqiqot til, tafakkur va madaniyat o‘zaro uyg‘unlashib ketgan murakkab jarayon ekani hamda milliy merosni chuqurroq anglash uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Buzurxanova Kamola Sanjarovna

78-80

2025-02-14

OILA TARBIYASIGA OID KONSEPTLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi oila tarbiyasiga oid konseptlar – xususan, “parenting”, “discipline”, “nurture” va ularning o‘zbek tilidagi muqobillari “tarbiya”, “odob”, “parvarish” – lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu atamalarning semantik, madaniy va pragmatik xususiyatlari, ularning tarixiy ildizlari va jamiyatdagi funksional roli o‘rganildi. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu konseptlar har ikkala til va madaniyatda o‘ziga xos madaniy yuklama va ijtimoiy qadriyatlarni ifodalaydi. Tadqiqot natijalari madaniyatlararo muloqotda til va madaniyat uyg‘unligini ta’minlashda lingvokulturologik tahlilning ahamiyatini ochib beradi.

Sarvinoz Rashidova

49-52

2025-05-23

JAHON VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQOTLAR

Ushbu maqolada jahon va o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologik tadqiqotlarning nazariy va metodologik asoslari, shuningdek, ularning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning lingvokulturologiya orqali o‘rganilishi jahon tilshunosligida muhim ilmiy yo‘nalish sifatida shakllangan. O‘zbek tilshunosligida esa lingvokulturologik yondashuvlar yangi imkoniyatlar ochmoqda. Tadqiqotda korpus lingvistikasi, matnshunoslik, so‘rovnoma va intervyu metodlari qo‘llanilib, madaniyatning til orqali ifodalanishi, madaniy kodlar va metaforalarning shakllanishi o‘rganildi. Natijalar til va madaniyatning murakkab o‘zaro ta’sirini, milliy madaniyatning lingvistik aks etishini ko‘rsatadi hamda lingvokulturologiyaning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini belgilaydi.

Mirjalol Mirzaahmedov

29-31

2025-06-09

BOYLIK LEKSEMALARINI IFODALAGAN INGLIZ VA O`ZBEK MAQOLLARINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu tezisda ingliz va o‘zbek tillarida “boylik” konseptining lingvokulturologik jihatdan ifodalanishi tahlil qilinadi. Maqollar orqali xalq dunyoqarashi, qadriyatlari hamda iqtisodiy va axloqiy tushunchalarning til orqali aks etishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilda boylik nafaqat moddiy ne’mat, balki ma’naviy to‘kislik timsoli sifatida ham qaraladi.

Guzal Maxamadiyeva

116

2025-10-13

XORAZM XALQ QO‘SHIQLARI LINGVOKULTUROLOGIK, LEKSIK TAHLILI

Mazkur maqolada Xorazm xalq qo‘shiqlarining lingvokulturologik va leksik xususiyatlari tahlil etilgan. Xalq qo‘shiqlari milliy madaniyat va an’analarni aks ettiruvchi muhim manbalardan biri bo‘lib, ular orqali xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va tarixiy tafakkuri ifodalanadi. Maqolada Xorazm xalq qo‘shiqlarida uchraydigan asosiy leksik birliklar, ularning semantik guruhlari hamda lingvokulturologik jihatlari o‘rganiladi. Shuningdek, qo‘shiqlardagi archaik so‘zlar, metaforalar va poetik tasvir vositalari tahlil qilinib, ularning kommunikativ va estetik ahamiyati yoritiladi.

Ozadova Ma’mura Ergashevna

24-28

2025-02-28

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA AKSIOLOGIK LEKSIKANING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Mazkur tadqiqot o‘zbek va ingliz tillarida aksiologik leksikaning lingvokulturologik xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Aksiologik birliklar til orqali xalqning ijtimoiy, axloqiy va estetik qadriyatlarini ifodalaydi. Tadqiqot davomida har ikki tildagi ijobiy va salbiy baho yuklangan leksik birliklar semantik, frazeologik va madaniy kontekstda o‘rganiladi. Ularning xalq tafakkuri, milliy dunyoqarashi va madaniy qadriyatlar tizimidagi o‘rni aniqlanadi. Bu esa til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib beradi hamda lingvokulturologik yondashuvga asoslangan qiyosiy tahlilga ilmiy asos yaratadi.

Zahro Islomova , Nilufar Yuldosheva

116-118

2025-04-21

FRАZEOLOGIK BIRLIKLАRDA RАNG KOMPONENTINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATI

Ushbu maqolada frazeologik birliklarda rang komponentining lingvokulturologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ranglar madaniyatda muhim ramziy ma’no kasb etadi va turli tillarda ular ifodalash doirasi va ma’nosi bilan farqlanadi. O‘zbek madaniyatida qora rang ulug‘vorlik va yomonlik ramzi sifatida ishlatilsa, oq rang poklik va ezgulikni bildiradi. Qizil, ko‘k va yashil ranglarning ham madaniy kontekstda o‘ziga xos ramziy ma’nolari mavjud. Frazeologik birliklarda rang komponentlari ijtimoiy va madaniy qatlamlarni aks ettiradi, shu bilan birga til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

Gullola Qorabekova

36-40

2025-10-20

LINGVOKULTUROLOGIYANING TILSHUNOSLIKDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada lingvokulturologiya fani va uning tilshunoslikdagi o‘rni tahlil qilinadi. Til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, til orqali milliy tafakkur va qadriyatlarning aks etishi lingvokulturologik yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu sohani shakllantirgan va rivojlantirgan yetuk olimlarning ilmiy qarashlari hamda o‘zbek tilshunosligida olib borilayotgan lingvokulturologik tadqiqotlar tahlil qilinadi. Maqolada madaniy semantika, frazeologik birliklar, milliy obrazlar kabi tushunchalarning tilshunoslikdagi ahamiyati yoritiladi.

Dildora Jumaniyozova

21-23

2025-07-21

HAYVON VA O'SIMLIK NOMLARI ISHTIROK ETGAN MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK JIHATLARI

Ushbu maqolada o'zbek va nemis tillaridagi hayvon va o'simlik nomlari ishtirok etgan maqollarning lingvokulturologik jihatlari o'rganiladi. Tadqiqot jarayonida ikki tildagi maqollar tahlil qilinib, ularning o'xshash va farqli tomonlari, madaniy xususiyatlari va til egalarining dunyoqarashini aks ettiruvchi jihatlari ochib beriladi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, har ikki tildagi maqollarda hayvon va o'simlik nomlari keng qo'llanilgan bo'lib, ular orqali xalqlarning turmush tarzi, qadriyatlari va an'analari ifodalangan.

Malika Raximova, M.B. Tillayeva

6-9

2024-12-17

“MEHROBDAN CHAYON” ROMANINING AYRIM LINGVOKULTUROLOGIK JIHATLARI

Til – jamiyat a’zolari uchun xizmat qiluvchi ijtimoiy aloqa vositasi. Shu bilan birga, tilning shu aloqani o‘rnatish, bilimlarni saqlash, ta’sir etish kabi yuzga yaqin vazifalari borki,  uning asrori cheksiz. Til orqali biz har bir xalqning yashash tarzi, ijtimoiy tutumlari, eng asosiysi madaniyati va qadriyatlarini o'rganamiz. Ushbu holatni faqatgina kundalik faoliyatimizdagina emas, balki shu xalqning vakili o'laroq, o'z davri ijtimoiy hayotini qisman bo'lsa ham o'z asarlarida namoyon etuvchi ijodkorlarning asarlarida ham kuzatishimiz mumkin. Mazkur maqolada atoqli o‘zbek adibi A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanining ayrim lingvokulturologik jihatlari yoritilgan.

Xurshidabonu Ahmadjonova

135-138

2023-12-21

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA VAQT KONSEPTINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi vaqt tushunchasini qiyosiy tipologik, lingvokulturologik tadqiq qilish, ham nazariy ham amaliy jihatlarini qiyosiy tahlil qilishga qaratilgan. Til taraqqiyotining umumiy va o‘ziga xos an’analarini aniqlashning nazariy asoslarini o‘rganishga qaratilgan.Vaqtning nutq vaziyati bilan aloqadorligi temporallikka oid masalalarni hal etish, ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatida vaqtning lisoniy konseptuallashuvidagi tabiat hodisalari o‘rganilgan.

Iroda Rahmanova, Xurshidabonu Mamatkulova

47-50

2022-11-07

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA “NON/BREAD” TUSHUNCHASINING KONSEPTUAL TASVIRI

Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz tillarida “non/bread” tushunchasining konseptual tasviri lingvokognitiv hamda lingvokulturologik nuqtai nazardan tadqiq etiladi. “Non” va “bread” so‘zlari nafaqat lug‘aviy ma’no, balki milliy tafakkur, urf-odatlar, qadriyatlar, metaforik talqinlar va ramziy mazmun jihatidan ham chuqur ko‘rib chiqiladi. O‘zbek mentalitetida “non” baraka, farovonlik va ma’naviy yuksalish timsoli sifatida e’zoz qilinsa, ingliz madaniy doirasida “bread” ko‘proq tirikchilik, kundalik hayot ta’minotiga ishora qiluvchi semantik maydon yaratadi. Ushbu tadqiqot til va madaniyat o‘zaro uzviy bog‘liq jarayon ekanini hamda milliy merosni saqlash va zamonaviy ilm-fan talablari doirasida uni anglash zarurligini ko‘rsatadi.

Buzurxanova Kamola Sanjarovna

127-129

2025-02-14

NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA SUBYEKTGA XOS RANG-TUS SIFAT LEKSEMALARINING SEMANTIK VA LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Nemis va o‘zbek tillaridagi sifatlarning kategoriyasini ilmiy tahliliga bag‘ishlangan mazkur maqolada subyektga xos rang-tus sifatlarning umumiy xarakteristikasi, uning semantik turlari ilmiy asosda o‘rganiladi. Shuningdek maqolada rang-tusni bildiruvchi sifatlarning qo‘llanishi va ularning tahlili haqida ma’lumotlar berilgan.  Aynan, mazkur maqola subyektga xos rang-tus  sifat leksemalarning tavsiflanishi, yasalishi, inventari, leksik-semantik tasniflari, boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishda semantik-sintaktik, nominativ so‘z birikmalari tarkibidagi funksiyalari ilmiy jihatdan tadqiq qilinishga qaratilgan..

Rahimjon Shodiyev

103-109

2024-05-28

SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayev asarlari va undagi obrazlar hamda uning lingvokulturologik tadqiqi haqida ma'lumotlar berilgan.  

Nuriddin Yakubjanov

61-64

2023-04-08

O’ZBEK TILIDA LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLARNING NAMOYON BO’LISHI

Ushbu maqolada lingvokulturologiya fanining asosiy tushunchalari, til va madaniyat o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek Oʻzbek tilidagi aniq leksik, pragmatik va diskurs misollar orqali til-madaniyat munosabatlari tahlil qilinadi. Amaliy qismda tilning madaniy kodlari — murojaat shakllari, mezonlar (eufemism), kultural leksika va nutq janrlari misollar bilan koʻrsatib oʻtiladi. Maqsad — lingvokulturologik yondashuv yordamida tilshunoslik va amaliy til oʻqitish uchun foydali tavsiyalar berish.

Zilola G’ulomova

25-26

2025-09-22

NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA SUBYEKTGA XOS RANG-TUS SIFAT LEKSEMALARINING SEMANTIK VA LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Nemis va o‘zbek tillaridagi sifatlarning kategoriyasini ilmiy tahliliga bag‘ishlangan mazkur maqolada subyektga xos rang-tus sifatlarning umumiy xarakteristikasi, uning semantik turlari ilmiy asosda o‘rganiladi. Shuningdek maqolada rang-tusni bildiruvchi sifatlarning qo‘llanishi va ularning tahlili haqida ma’lumotlar berilgan.  Aynan, mazkur maqola subyektga xos rang-tus  sifat leksemalarning tavsiflanishi, yasalishi, inventari, leksik-semantik tasniflari, boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishda semantik-sintaktik, nominativ so‘z birikmalari tarkibidagi funksiyalari ilmiy jihatdan tadqiq qilinishga qaratilgan.

Rahimjon Shodiyev

81-87

2024-05-27

LEKSIK ANTONIMLAR VA ULARNI ANIQLASH MEZONLARI

Mazkur tezisda leksik antonimlarning til tizimidagi o‘rni, ularning semantik va grammatik xususiyatlari, hamda aniqlash mezonlari yoritiladi. Antonymiya hodisasiga oid turli olimlarning nazariy qarashlari tahlil qilinib, ilmiy yondashuvlar qiyosiy tarzda ko‘rib chiqiladi. Leksik antonimlarni aniqlashda semantik, grammatik, paradigmatik, kontekstual va lingvokulturologik mezonlarning uyg‘unligi asosiy talab sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.

X. Mamatkulova

38-39

2025-08-15

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA TO‘Y BILAN BOG‘LIQ LEKSIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI: BADIIY ASARLARDA TO‘Y BILAN BO‘GLIQ BIRLIKLAR TAHLILI

Ushbu maqolada badiiyasarlarda to‘y bilan bog‘liq leksik vositalarning chog‘ishtirma tadqiqi o‘rganilishi umumiy tasnifi berilgan. O’zbek va ingliz tillaridagi badiiy asarlardan parchalarda to’y so‘zi lingvokulturologik tahlil va muhokama qilingan. Shuningdek, to’y bilan bog’liq leksik vositalarning ishlatilishlarining o’xshash va qarama qarshiliklari ko’rib chiqilgan. Tо‘y bilаn bоg‘liq mаrоsimlаrning nоmlаri, tо‘y mаrоsimi nоmlаrining pаydо bо‘lishi, tо‘y etnоgrаfiyаsi, tо‘y bilаn bоq‘liq urf-оdаt udumlаrini оnоmоsiоlоgik tаdqiqi, tо‘y leksemаsini mа‘nо vа etimоlоgiyаsi hаqidа tаriхiy yоzmа mаnbаlаrdа аnсhаginа qiziqаrli fikrlаr mаvjud.

Lola Uzakova

121-125

2024-02-29

THE LINGUISTIC SPECIFICITY OF UZBEK AND ENGLISH PAREMIAS IN A COMPARATIVE ASPECT

Ushbu maqolada ingliz va o'zbek tillarining qarindoshlik munosabatlari tizimidagi
paremiyalarning semantik, miqdoriy va lingvokulturologik tahlili keltirilgan bo'lib, bu turli
tilshunosliklardagi obrazlarning xulq-atvori, aqliy va hissiy xususiyatlaridagi farqlarni tushuntirishga imkon
beradi. Ushbu izlanish tadqiqotning ilmiy yangiligini hisobga olgan holda ikki xil tuzilgan bir-biriga bog'liq
bo'lmagan tillardan paroemiya materiallari asosida stereotiplarning madaniy-milliy xususiyatlarini aniqlash
va tavsiflashga qaratilgan birinchi urinishni anglatadi.

Luiza Djumaniyazova

70-71

2025-01-04

O’ZBEK TILIDАGI “MEHMONDO’STLIK” KONSEPTLI MАQOLLАRNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYАTLАRI

Ushbu mаqolаdа o’zbek tilidаgi “mehmondo’stlik” tushunchаsi birliklаrini lingvomаdаniy tаhlil qilingаn vа lingvokulturologik xususiyаtlаri keltirilgаn.

Shohistа Eshаnkulovа

184-187

2024-05-25

FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR ORQALI YOSHGA BO‘LGAN MADANIY MUNOSABAT: MILLIY MENTALITET TALQINI

Mazkur maqolada turli tillardagi frazeologik birliklar asosida inson yoshiga nisbatan bo‘lgan madaniy va ijtimoiy munosabatlar tahlil qilinadi. Jumladan, o‘zbek tilidagi “sakkizda sakkizlik”, “o‘ttizdagi o‘zbek”, “qirqqa kirgan” kabi birikmalar, rus, ingliz va boshqa tillardagi ekvivalentlar bilan qiyoslab, milliy mentalitetdagi yoshga bo‘lgan qarashlar o‘rganiladi. Tadqiqotda yosh tushunchasining ijtimoiy qadriyatlar, urf-odatlar va jamiyatdagi mavqe bilan bog‘liqligi frazeologik misollar orqali yoritilgan. Maqolada madaniyatlararo tafovutlar va umumiyliklar aniqlanib, frazeologizmlar lingvokulturologik yondashuv asosida tahlil etiladi.

Sabina Xamrakulova

103-104

2025-08-15

O‘ZBEK XALQ MAQOLLARINING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI

Jahon tilshunosligi tilda har bir millatning milliy-madaniy o‘ziga xosligi, dunyoqarashi, turmush tarzi hamda diniy tasavvurlarini o‘zida aks etishi masalasiga doimo qiziqib kelgan. Shuning uchun tilshunoslikning har bir sohasida bu masalaga doir bir qator tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Etnomadaniy qadriyatlarning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lgan til birliklarini lingvokulturologik jihatdan o‘rganish zamonaviy tilshunoslikning asosiy muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon tilshunosligida lingvokulturologiyaga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. Zamonaviy antroposentrik lingvistikada maqollar millatning milliy-madaniy o‘ziga xosligini ochib berishda katta o‘rin tutishi va ularning muayyan lingvomadaniy jamoaga xos xususiyatlarini o‘zida yorqin ifodalashi alohida qayd etiladi. Xalqlarning milliy o‘zligini anglashi, til va madaniyatning o‘zaro munosabati masalalari jahon tilshunosligida inson omilini lingvomadaniy jihatdan o‘rganishda katta ilmiy qiymatga ega. Til va madaniyat munosabatini “inson+til+madaniyat” ning o‘zaro aloqasi va ta’siri doirasida tushunish hamda tahlil qilish mumkin. O‘zbek tilshunosligida tilning milliy madaniyat va ma’naviyatini, diniy tasavvur va turmush tajribalarini til birliklarida saqlash hamda namoyon qilish muammolari markaziy o‘rinlarni egallamoqda

Orasta Yuldasheva

263-266

2024-07-31

BADIIY ADABIYOTNING LINGVOKULTUROLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada o`zbek va chet el olіmlarіnіng lіngvokulturologіya sohasіga olіb borgan іshlarіga tayangan holda o'zbek badііy adabіyotі hamda tіlshunoslіgіda lіngvokulturologіyanіng o'rnі, ahamіyatі va іshlatіlіshі borasіda gap boradі.

Nilufar Raimjanova

63-65

2024-03-18

ETNOTOPONIMLARNING LINGVOMADANIY QIMMATI

Ushbu maqolada etnotoponimlarning lingvokulturologik asoslari  ilmiy jihatdan yoritilib, ularning xalq tarixiy xotirasi va madaniy qadriyatlarining shakllanishidagi o’rni ko’rsatib berilgan.

Maftuna Qurbonova

43-45

2025-09-12

##navigation.items## 1 2 3 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy