Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

LINGVOKULTUROLOGIYA VA TIL TAVSIFIGA ANTROPOTSENTRIK YONDASHUV

Lingvokulturologiya – tilshunoslikning alohida sohasi hisoblanadi. Kishilar, xalqlar, mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy-siyosiy,  madaniy  kommunikativ  jarayonlar  tilshunoslik  sohasida  tillarning  o‘zaro  munosabati  va  til madaniyati hamda tilning milliy o‘ziga xos ko‘rinishi kabi qator masalalarni kun tartibiga qo‘yishmoqdalar. Bu esa tilshunoslik va madaniyatshunoslik o‘rtasida alohida, o‘z yo‘nalishi va predmetiga ega bo‘lgan yangi soha –lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘rmonova Maftuna Farhodjon qizi

112-116

2023-09-29

LINGVOKULTUROLOGIYA. FARIDA AFRO‘Z IJODIDA TIL VA MADANIYAT MASALALARI

Ushbu maqolada lingvokulturologiya haqida, til va madaniyat tadqiqi  masalalari to‘grisida ma’lumot berilgan, Farida Afro‘z she’riyati misolida yoritilgan.  Bundan tashqari, ilmiy maqolada lingvokulturologik birliklar, muqobilsiz leksika haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Topildiyeva Feruza Raximjonovna

50-54

2023-02-20

НАУЧНОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ АКСИОЛОГИЧЕСКОГО КОНЦЕПТА «ДРУГ-ВРАГ» В ЛИНГВИСТИКЕ

В современной передовой лингвистике важно анализировать взаимосвязи между науками.   Лингвокультурология — это также новая область, которая анализирует проблемы взаимоотношений языка и культуры.   В статье рассматривается лингвокультурологический анализ концепта «друг-враг» в языкознании.   Этот вопрос актуален в современном каракалпакском языке.  Цель статьи – выявить процесс анализа концепта «друг-враг» в языкознании и сравнить его с работами по каракалпакскому языку.  В статье также приводятся сведения об особенностях и сходствах работы над концептом «друг-враг» в русском, узбекском, киргизском, агульском и рутульском языках.  В статье использованы методы семантического и концептуального анализа.  Данная статья служит важным фактором создания научных трудов в области лингвокультурологии.

Dilfuza Asanova

72-77

2025-03-27

LINGVOKULTUROLOGIYANING TILSHUNOSLIKDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada lingvokulturologiya fani va uning tilshunoslikdagi o‘rni tahlil qilinadi. Til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, til orqali milliy tafakkur va qadriyatlarning aks etishi lingvokulturologik yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu sohani shakllantirgan va rivojlantirgan yetuk olimlarning ilmiy qarashlari hamda o‘zbek tilshunosligida olib borilayotgan lingvokulturologik tadqiqotlar tahlil qilinadi. Maqolada madaniy semantika, frazeologik birliklar, milliy obrazlar kabi tushunchalarning tilshunoslikdagi ahamiyati yoritiladi.

Dildora Jumaniyozova

21-23

2025-07-21

LINGVOKULTURALOGIYANING KELIB CHIQISH TARIXI

Inson o’zida mujassam bo’lgan madaniyati bilan birgalikda, konsept orqali boshqa xalqlarning, millatlarning madaniyatiga, mental dunyosiga murojaat qiladi va o’rganadi. Kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, adabiyotshunoslik kabi fanlarida konseptning izohi turlicha bo’ladi. O‘tgan asrning 80-yillariga qadar konsept va tushuncha so‘zlari bir-biriga sinonim sifatida ishlatilgan, ammo bugungi kunga kelib konsept tushuncha terminiga nisbatan kengaygan holda ishlatilishini ko‘rishimiz mumkin.

Sobirjonova Muxlisa , Qayumova Mohinur

379-383

2022-03-07

LINGVOKULTUROLOGIYA HÁM ONIŃ IZERTLENIWI

Til – mádeniyattıń ajıralmas bólegi bolıp sanaladı. Onı biliw, ózlestiriw milliy oylawdıń arnawlı belgilerin qáliplestirip jetistiriw arqalı ámelge asadı. Mádeniyat tilde, tekstte ómir súredi. Til menen mádeniyat bir-biri menen tıǵız baylanıslı bolǵanlıqtan, tildi mádeniyattan, mádeniyattı tilden ajıratıp bolmaydı. Lingvokulturologiya (mádeniyattanıw) insan sanasın tábiyat, jámiyet, kórkem óner, sociallıq hám mádeniy bolmıstıń basqa kórinisleri menen baylanıslı úyrense, til ilimi tilde dúnyanıń ózine tán ruwxıy modeli sıpatında kórinetuǵın dúnyatanımdı úyrenedi.  

Mámbetalieva Qızlargúl Amangeldiyevna

127-128

2024-12-18

ZARKENT SHEVASIDAGI SO‘ZLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI

Maqolada  lingvokulturologiya fani hamda dialektologiya fanlarining uzviy bog‘liqligi, o‘zbek tili shevalaridagi rang-barangligi haqidagi tushunchalar yoritilgan. Mazkur maqolada sheva vakillari nutqidan yozib olingan ayrim so‘zlar dialektologik jihatdan tahlilga tortildi.Maqolada Parkent tumani Zarkent qishlog‘i sheva leksikasini o‘rganish uchun tavsifiy, qiyosiy-tarixiy metodlardan foydalanildi. Shuningdek, shevaga xos so‘zlardan o‘rta maktab o‘quvchilari nutq vaziyatida qay darajada to‘g‘ri va faol qo‘llay bilishi xususida ham bir qator fikrlar berilgan.

Turdixo‘jayeva Muattarxon Ismailxuja qizi

262-266

2023-04-29

LINGVOKULTURALOGIYA – TIL VA MADANIYAT TARKIBIDAGI YANGI FAN

Ushbu maqolaga ko‘ra, til inson va jamiyat madaniyatini qanday aks ettirishini o‘rganish boshqa madaniyatlar va mentalitetlarni tushunishimizga, shuningdek, madaniyatlararo muloqotning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, tilshunoslikning yangi tarmog‘i bo‘lgan lingvokulturologiya tushunchasini umumlashtiriladi va qator olimlarning ishlari muhokama qilinadi.  Ushbu maqolada o‘quvchiga til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini  va ularning jamiyatdagi hayotiy rolini tushuntiriladi. 

Toshtemirova Sitora Ulug‘bek qizi

131-134

2022-10-12

JAHON VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQOTLAR

Ushbu maqolada jahon va o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologik tadqiqotlarning nazariy va metodologik asoslari, shuningdek, ularning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning lingvokulturologiya orqali o‘rganilishi jahon tilshunosligida muhim ilmiy yo‘nalish sifatida shakllangan. O‘zbek tilshunosligida esa lingvokulturologik yondashuvlar yangi imkoniyatlar ochmoqda. Tadqiqotda korpus lingvistikasi, matnshunoslik, so‘rovnoma va intervyu metodlari qo‘llanilib, madaniyatning til orqali ifodalanishi, madaniy kodlar va metaforalarning shakllanishi o‘rganildi. Natijalar til va madaniyatning murakkab o‘zaro ta’sirini, milliy madaniyatning lingvistik aks etishini ko‘rsatadi hamda lingvokulturologiyaning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini belgilaydi.

Mirzaahmedov Mirjalol Mansurjon o‘g‘li

29-31

2025-06-09

MILLIY-MADANIY STEREOTIPLARNING LISONIY IFODALANISHI VA MADANIYATLARARO MULOQOTDAGI ROLI

Mazkur maqolada milliy-madaniy stereotiplarning o‘zbek tilidagi lisoniy ifodalanishi, ularning lingvomadaniy talqini hamda madaniyatlararo muloqotdagi o‘rni ilmiy asosda tahlil qilinadi. Milliy stereotiplar tilning leksik-semantik, frazeologik va metaforik qatlamlarida mustahkamlanib, milliy mentalitet va madaniyatning uzviy ko‘zgusi sifatida namoyon bo‘ladi. Lingvokulturologiya va kognitiv lingvistika nazariyalari asosida stereotiplarning til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy aloqasi, ularning madaniyatlararo kommunikatsiyadagi funksiyalari yoritiladi. Zamonaviy globalizatsiya va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi milliy stereotiplarning yangilanishi va kommunikativ moslashuvchanligini ta’minlab, ularning madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyatini oshirmoqda. Maqola milliy-madaniy stereotiplarni til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi kontekstida tadqiq etib, ularning lingvistik kodlash va pragmatik jihatlarini chuqurroq anglashga hissa qo‘shadi

Tojiboyev Botir Rahimjonovich, Abdullayeva Gulnora Abdinabiyevna

7-11

2025-06-30

OʻZBEK VA QORAQALPOQ TILIDAGI MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI

Lingvokulturologiya fani, birinchi navbatda, maqollarning mazmun tomoniga e’tibor qaratadi hamda bu borada boshqa gumanitar fanlar ma’lumotlaridan foydalanadi. Maqolada qiyoslash uchun keltirilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilshunosligiga xos xususiyatlarni ifodalovchi maqollarni tahlil qilish madaniyatlar qiyosini oʻrganish imkonini beradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining nomlarini oʻz ichiga olgan oʻzbek va qoraqalpoq maqollari manba sifatida ishlatiladi.

Aytniyazova Nargiza Farxatovna

83-86

2024-06-24

LINGVOKULTUROLOGIYA SOHASIDA HAYVONLAR NOMI ORQALI YUZAGA KELUVCHI RAMZLARNING SEMANTIK TAHLILI.

Ushbu maqolada  lingvokulturologiya sohasi va shu sohaning muhim birliklaridan biri bo’lgan - ramz tushunchasi  haqida ma’lumotlar yoritilgan. Maqolada hayvonlar bilan bog’liq ramzlar semantikasi  o’zbek madaniyati, o’zbek xalq og’zaki ijodi va uning adabiyoti  asosida atroflicha ko’rib chiqiladi. Shuningdek, kerakli o’rinlarda madaniyatlararo    hayvon ramzlari qiyosiy tahlil qilinadi va ular yordamida zarur tushunchalar yoritib beriladi.

Turg’unova Marjonabonu Obidjon qizi

24-27

2024-09-25

O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA “TARBIYA” KONSEPTINING FRAZEOLOGIK IFODALANISHI: KOGNITIV TAHLIL

Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz tillaridagi “tarbiya” konseptini ifodalovchi frazeologik birliklarning kognitiv tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda axloqiy tarbiya bilan bog‘liq iboralar tanlanib, ularning ma'no ko‘lami, qo‘llanish doiralari va ekvivalentlari ikki til misolida tahlil qilindi. Har bir frazeologizmning ingliz tilidagi muqobillari, ularning qo‘llanish misollari hamda semantik yaqinligi asosida qiyosiy tahlil qilindi. Ushbu frazeologik birliklarning madaniy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirish va aks ettirishdagi roli ham alohida qayd etildi. Maqolada keltirilgan tahlillar orqali har ikki xalqning kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiya tushunchasining tillardagi ifodalanish xususiyatlari kognitiv lingvistika nuqtayi nazaridan ochib berilgan.

Karimova Muslimaxon Mirzohid qizi

74-77

2025-05-19

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA HAYOT/LIFE MAZMUNLI FRAZEMALARNING LINGVOMADANIY TAHLILI

Ushbu maqolada hayot/life mazmunli frazemalarning lingvomadaniy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, ushbu konseptga oid iboralar chog‘ishtirma planda o‘rganilgan. Tahlilga tortilgan iboralar ikki etnos  lingvomadaniyatidan, o‘sha xalqning qarashlaridan kelib chiqqan holda  tadqiq etilgan.Tillar orasidagi tafovut esa odatda bir xalq moddiy hayotida mavjud muayyan tushunchalar, voqea-hodisalar, urf-odatlarning ikkinchi xalq turmush tarzida uchramasligi, shu tufayli ular nomlarining ham ayni xalq tilida tabiiy ravishda yoʻqligi bilan izohlangan.

Jumaev Begali Khudoymurodovich

79-85

2023-09-28

O’ZBEK TILIDA LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLARNING NAMOYON BO’LISHI

Ushbu maqolada lingvokulturologiya fanining asosiy tushunchalari, til va madaniyat o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek Oʻzbek tilidagi aniq leksik, pragmatik va diskurs misollar orqali til-madaniyat munosabatlari tahlil qilinadi. Amaliy qismda tilning madaniy kodlari — murojaat shakllari, mezonlar (eufemism), kultural leksika va nutq janrlari misollar bilan koʻrsatib oʻtiladi. Maqsad — lingvokulturologik yondashuv yordamida tilshunoslik va amaliy til oʻqitish uchun foydali tavsiyalar berish.

G’ulomova Zilola Rafiqjon qizi

25-26

2025-09-22

JAHON TILSHUNOSLIGIDA O‘GAY KONSEPTINING LINGVOPRAGMATIK O‘RGANILISHI

Mazkur maqolada "o‘gay" konsepti jahon tilshunosligi nuqtai nazaridan lingvopragmatik jihatdan o‘rganilgan. "O‘gay" konsepti turli tillarda va madaniyatlarda o‘ziga xos semantik, pragmatik hamda lingvokulturologik yukga ega bo‘lib, uning mazmuni milliy va madaniy qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar hamda tarbiyaviy an’analarga mos ravishda shakllanadi. Maqolada ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi "o‘gay" tushunchasining ifodalanish xususiyatlari, ularning nutqiy aktlarda qo‘llanilishi va bu orqali beriladigan konnotativ ma’nolar tahlil qilingan.

Qayumova Mohinur Murodullayevna

131-134

2025-01-31

LINGVOPOETIKADA MILLAT RUHIYATI VA TIL

Ushbu maqolada  zamonaviy o‘zbek tilshunosligida  dolzarb mavzulardan  bo‘lgan   lingvopoetika, lingvokulturologiya, millat ruhiyati  va til, til va madaniyat masalalari borasida  fikr yuritiladi. Maqolada ijodkor yoki shoir badiiy ifodalarining  estetik ta’sirini til vositalari yordamida ifodalash imkoniyatlarini ochib beruvchi, tilshunoslik va adabiyotshunoslikning uyg‘unlikdagi yo‘nalishi mavzusi  yoritiladi. Shuningdek, maqolada  Iqbol Mirzo, Farida Afro‘z va Xosiyat Rustamovalarning badiiy ijod namunalaridan misollar  keltirildi va tahlil qilindi, ijodkorlarning nazmda o‘zlariga xos so‘z tanlash va qo‘llash mahoratlari  bayoni berildi.

Topildiyeva Feruza Raximjonovna, Inogamova Nargiza Shovkatovna

63-67

2023-10-23

KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA LINGVOMADANIYATDA KONSEPT TUSHUNCHASI

Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb mavzularidan biri bu –konseptdir. Bu termin kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiyaning muhim kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada konsept mavzusining ushbu ikki soha o’rganilishi tadqiqqa tortiladi. Konsept atamasi kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyat uchun ham umumit atama bo’lsada, ikkala fan uchun ham ikki xil tushunchani anglatadi.

Jumayeva Muhabbat Mustaqimovna

148-151

2025-06-23

TURG‘UN VA ERKIN O‘XSHATISHLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

O‘zbek tili o‘xshatishlarga boy tildir. Tilshunosligimizga o‘xshatishlarning ikki turi farqlanadi. Bular turg‘un va erkin o‘xshatishlardir. Ushbu maqolada tilimizdagi turg‘un va erkin o‘xshatishlar o‘ziga xos xususiyatlari  tahlil qilindi.

Xudayarova Solihaposhsho

29-33

2023-03-27

XALQ OG‘ZAKI IJODI MISOLIDA AKSIOLOGIK KONSEPTLARNING LISONIY TADQIQI

Tezisda o‘zbek xalq maqollarida aks etgan aksiologik konseptlarning lisoniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Qadriyatlar mazmunini ifodalovchi til vositalari, ularning semantik va konseptual qatlamlari o‘rganiladi. Maqollar xalq tafakkuri va ma’naviy dunyoqarashining tildagi ifodasi sifatida yoritiladi. Tadqiqot natijasida milliy qadriyatlarning til tizimidagi o‘rni va ularning lingvokulturologik ahamiyati ochib beriladi.

Zaynabutdinova Guzalxon Xatamovna

49-52

2025-10-23

INGLIZ VA O`ZBEK XALQLARIGA XOS LINGVO- KULTUROLOGIK HODISALARNING QIYOSIY TAHLILI

Ushbu maqolada chet til va madaniyatini chambarchas bog’liq xolda o’rganishning nazariy va amaliy asoslari haqida so’z yuritilib, madaniyatning tilda o`z ifodasini namoyon etuvchi elementlari turli misolar orqali ifodalab berilgan

Umaraliyeva Munojatxon , Tursunaliyeva Muyassar

164-167

2022-05-10

“KONSEPT NAZARIYASI” TARAQQIYOTI VA UNING JAHON TILSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHI

Maqolada konsept nazariyasiga oid ilmiy ishlar tahlili va nazariy talqinlar keltirilib, antroposentrik paradigma doirasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda konseptual yondashuvning ahamiyati borasida fikr yuritilgan. Jahon tilshunosligi, xususan, rus lingvistikasida konsept nazariyasining evolyutsiyasi ilmiy asosda tahlil qilingan.

Abduazizova Munisa Muzaffar qizi

148-150

2024-09-16

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QON QARINDOSHLIK KONSEPTINING MORFOLOGIK VA SINTAKTIK IFODASI

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qon-qarindoshlik” konseptining lisoniy ifoda vositalari morfologik, leksik, sintaktik va paremiologik sathlarda tahlil qilinadi. Maqolada struktur-semantik, lingvokulturologik va lingvopragmatik yondashuvlar asosida ikki til materiallari solishtirma jihatdan tadqiq etiladi. Statistik ma’lumotlar asosida qaysi til birliklari mazkur konseptni ifodalashda dominant bo‘lishi aniqlanadi.

Uliqova Mavudakhon Sotvoldiyevna

55-56

2025-04-30

YANGI PAYDO BO‘LGAN SO‘ZLARNING O‘ZBEK TILI LEKSIK SATHIGA MUNOSABATI

Maqolada o‘zbek tilidagi yangi paydo bo‘lgan so‘zlarning o‘zbek tili leksik qatlamiga munosabatini o‘rganish masalasi haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, tilda bunday birliklarning paydo boʻlish omillari, ularning oʻzbek xalqining milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettirishi, shuningdek, ayrim yangi soʻzlarni leksik jihatdan tadqiq qilish zarurligi kabi masalalar bayon qilingan.

Jumaboyeva Aziza Baxtiyor qizi

10-12

2023-10-10

PRAGMALINGVISTIK VA MADANIY INTERFERENSIYA (MASALAN: MUROJAAT SHAKLLARI, XUSHMUOMALALIK FORMASI)

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan madaniy interferensiya muammolari yoritiladi. O‘zbek va rus tillaridagi murojaat shakllari, xushmuomalalik formulalari hamda turmush odatlaridagi tafovutlar ingliz tilida muloqot qilishda kommunikativ to‘siq sifatida namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Turaeva (2024), Slabakova (2016), Rasulova (2022) hamda zamonaviy o‘zbek olimlari (Jabborov, Tursunova, Rahmonaliyeva) tadqiqotlari asosida madaniy interferensiyani kamaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.

Mohinur Ernazarova

7-10

2025-09-22

1 - 25 из 75 результатов 1 2 3 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy