Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

RAQAMLI LOYIHA BOSHQARISH VOSITALARI: LOYIHA SAMARADORLIGI VA MUVAFFAQIYAT KO'RSATKICHLARIGA TA'SIRI TAHLILI

Ushbu tadqiqot raqamli loyiha boshqarish vositalarining zamonaviy tashkilotlarda loyiha samaradorligi va muvaffaqiyat ko'rsatkichlariga ta'sirini tahlil qilishga qaratilgan. Adabiyiyotlar tahlili va nazariy yondashuvlar orqali raqamli texnologiyalarning loyiha boshqarishidagi roli, afzalliklari va cheklovlari o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, raqamli loyiha boshqarish vositalari loyiha davomiyligi, resurs samaradorligi, jamoaviy hamkorlik va kommunikatsiya sifatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi. Biroq, texnologiya joriy etish jarayoni va xodimlarni o'rgatish masalasi muhim qiyinchiliklar sifatida namoyon bo'ladi.

Shahzodaxon Soipova

15-18

2025-08-28

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA LOYIHA BOSHQARUVI

Barqaror rivojlanish va loyiha boshqaruvining integratsiyasi. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda loyiha boshqaruvining integratsiyasi juda muhimdir. Loyiha boshqaruvchilari, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarni birgalikda boshqarish orqali loyiha natijalarining barqarorligini ta'minlashlari kerak. Bu jarayonlarni samarali boshqarish uchun, loyiha boshqaruvchilari ko'plab ilg'or yondashuvlar va texnologiyalardan foydalanishlari mumkin. Masalan, barqaror loyiha boshqaruvi uchun yangi texnologiyalar va raqamli vositalar yordamida ekologik va iqtisodiy natijalarni aniq o'lchash mumkin. Bu texnologiyalar orqali loyiha boshqaruvchilari yanada samarali qarorlar qabul qilishlari mumkin. Loyiha boshqaruvchilari uchun barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi chaqiriqlar. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda loyiha boshqaruvchilari turli chaqiriqlarga duch kelishadi. Eng katta chaqiriqlardan biri — resurslarning cheklanganligi va global o'zgarishlarga tezkor javob berishdir.

Munojat Xalmatova

85-87

2025-03-24

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA LOYIHA BOSHQARUVIDA RISK-MENEJMENT TIZIMLARINING EVOLYUTSIYASI VA SAMARADORLIK KO'RSATKICHLARI

Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida loyiha boshqaruvida risk-menejment tizimlarining evolyutsiyasi va samaradorlik ko'rsatkichlari tadqiq etilgan. Maqolada risk-menejment tizimlarining rivojlanish jarayoni, ularning loyiha boshqaruvidagi o'rni va ahamiyati, shuningdek raqamli texnologiyalar ta'sirida risk-menejment kontseptsiyalarining o'zgarishi masalalari tahlil qilingan. Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida loyiha boshqaruvi samaradorligini baholash usullari hamda mezonlari ham ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida risk-menejment tizimlarining evolyutsiyasi raqamli texnologiyalardan foydalanish, ma'lumotlar analitikasi va sun'iy intellekt vositalarini qo'llash orqali samaradorlikni oshirish imkoniyatlari aniqlangan.

Kaxramon Shamsiyev

111-114

2025-05-13

MUSIQA FANLARNI O‘QITISHDA LOYIHA USLUBIDAN FOYDALANISHNING ILMIY PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada musiqa fanlarini o‘qitish jarayonida loyiha uslubidan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari yoritib berilgan. Loyiha uslubi talabalarda mustaqil fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ijodiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali metod sifatida tahlil qilingan. Unda loyiha asosida o‘quvchilarning musiqiy bilimlarni chuqur egallashi, jamoada ishlash malakasi va sahna madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, maqolada loyiha uslubining musiqiy savodxonlikni oshirish, individual yondashuvni ta'minlash va innovatsion pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unligi ilmiy asosda bayon etilgan.

Raximov Alisher Egamberganovich

5-8

2025-04-07

LOYIHA BOSHQARUVIDA QAROR QABUL QILISH MODELLARI

Hozirgi globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida loyiha boshqaruvi tizimining samaradorligi bevosita qabul qilinayotgan qarorlarning aniqligi, tezligi va moslashuvchanligiga bog‘liq. Loyiha boshqaruvi murakkab va ko‘p omilli tizim bo‘lib, unda qaror qabul qilish turli bosqichlarda va turli usullarda amalga oshiriladi. Qaror qabul qilish jarayoni loyiha manfaatdor tomonlarining ehtiyojlari, tashqi va ichki muhit omillari, resurs cheklovlari va vaqt talablari bilan bevosita bog‘liqdir. Shu bois, loyiha boshqaruvida qo‘llaniladigan qaror qabul qilish modellari nazariy asoslari, amaliy mexanizmlari va texnologik yechimlari bilan alohida tadqiq etilishi muhim sanaladi.

Ma’rufjon Dusmanov

106-108

2025-08-26

LOYIHALAR BOSHQARUVINING LOYIHA MUVAFFAQIYATIGA TA’SIRI

O’zgarishlar va rivojlanishlar har bir vazifani ma’lum bir proyekt asosida olib borishni taqozo etadi. Proyekt, ya’ni loyihalar  bugungi kunda har bir sohada keng qo’llanilmoqda. Loyiha boshqaruvi esa uning muvaffaqiyatining muhim omili hisoblanadi. Bu maqola asosida esa loyihaning mohiyati va uning boshqaruvi haqida ma’lumotlar beriladi.

Sevara Qodirova

96-97

2023-08-25

STRATEGIK LOYIHALARNI BOSHQARISHNING ASOSIY TUSHUNCHALAR VA KONSEPTUAL ASOSLARI

В этой статье раскрывается эффективная реализация проекта      основана на последовательной реализации всех процессов управления. процесс управления проектом освещается как качество совокупности действий, дающих измеримый результат, в то время как процесс   управления проектом формирует прямые и обратные отношения между субъектами и объектами управления. Субъекты управления проектом определяются как основные участники проекта, объектами рассматриваются проект, ряд взаимосвязанных проектов, проектно-ориентированные предприятия, а также этапы проектного цикла.

A.A. Botirov, Feruza Ахmedova

92-94

2024-11-09

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHDA XATARLARNI KAMAYTIRISH: KICHIK BIZNES UCHUN LOYIHA BOSHQARUVI YONDASHUVI

Ushbu maqola kichik biznes korxonalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonida yuzaga keladigan xatarlarni kamaytirish uchun loyiha boshqaruvi yondashuvlarini o'rganadi. Tadqiqot adabiyotlar tahlili asosida amalga oshirilgan bo'lib, kichik korxonalar uchun maxsus xatar boshqaruv strategiyalarini tahlil qiladi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, samarali loyiha boshqaruvi metodologiyalari yordamida kichik biznes korxonalari raqamli transformatsiya xatarlarini sezilarli darajada kamaytirib, muvaffaqiyatli texnologik o'zgarishlarni amalga oshirishlari mumkin.

Mirzohid Mirzaxmedov

90-92

2025-05-26

LOYIHALARDA RISK XAVFINI ANIQLASH VA BOSHQARISH

Ushbu maqolada loyihani himoya qilish, o’z loyihasini yaratgan yoki uni amalga oshirgan xodimlardan ma’sulyat talab qilinishi hamda yaratilgan loyiha tizimiga bog’langan bo’lsa uni tizimdagi havflar, viruslar yoki loyihani oson va harajatsiz qo’lga kiritishga uringan shaxslardan himoya qilish haqida ma’lumot berilgan. Xavfni boshqarish rejalari (metodlari) bu-ish faoliyatidagi xavfni boshqarish va loyihalarni rejalashtirishdagi muammolarni yechish jarayonini hal qilish ,bundan tashqari jarayonning asosiy ishlab chiqarish hajmi (kompyuterda qayta ishlanib foydalanuvchiga ma’lumot yetkazish) bu xavfni boshqarish rejasi kabi ma’lumotlar keng yoritib berilgan

Farrux Qodirov , E’zoza Xaitova

33-37

2025-05-12

MOLIYAVIY INSTITUTLARDA LOYIHA RISKLARINI BOSHQARISH

Moliyaviy institutlarda loyiha risklarini boshqarish jarayoni nafaqat xavflarni kamaytirishga, balki iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta'minlashga yordam beradi. Diversifikatsiya, monitoring, texnologik yangiliklar va samarali qarorlar qabul qilish orqali risklarni boshqarish, moliyaviy institutlarga global bozorlar va o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarga moslashish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, sanoat diversifikatsiyasi va eksport strategiyalarining samaradorligi, moliyaviy institutlar uchun muvaffaqiyatli loyiha amalga oshirishda asosiy omil bo‘ladi Loyiha risklarini boshqarishda diversifikatsiya strategiyasining o‘rni katta.

Hayitxol Qorjovova

29-31

2025-03-31

ADABIYOT DARSLARIDA LOYIHA ASOSIDA O‘QITISH USULLARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada adabiyot darslarida loyiha asosida o‘qitish usullaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Loyiha asosida o‘qitish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, adabiy asarlarni chuqur tahlil qilish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Maqolada loyihaviy ta’limning asosiy prinsiplari, samaradorligini oshirish yo‘llari hamda adabiyot darslariga moslashtirish metodlari yoritiladi.

Jazira Nurullayeva

66-68

2025-04-14

LOYIHA BOSHQARUVIDA NIZOLI VAZIYATLAR VA ULARNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI

Ushbu maqolada loyiha boshqaruvi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar va ularni kamaytirish yo‘llari haqida so‘z boradi. Ushbu maqola loyiha boshqaruvchilariga nizolarni boshqarish va ularni samarali tarzda hal qilish uchun foydali maslahatlar beradi.

Xurriyat Primqulova

42-44

2025-01-27

LOYIHALARNI BOSHQARISHNING RIVOJLANISH HAQIDA

Ushbu maqolada Loyiha tuzish va uni boshqarish xizmatlarining ilmiy-nazariy asoslari va Loyiha boshqaruvining rivojlangan xorij amaliyoti o'rganib chiqilgan..

B.F. Ganixodjaev , Hakimjon Dolimov

187-190

2025-05-12

LOYIHA JAMOALARIDA SAMARALI MULOQOT STRATEGIYALARI QO’LLANILISHI

Zamonaviy jamiyatda axborot almashinuvi va o‘zaro tushunish har qanday guruh faoliyatining muvaffaqiyatini ta'minlaydigan asosiy omillardan biridir. Ayniqsa, loyiha jamoalarida samarali muloqot strategiyalarining mavjudligi loyiha maqsadlariga erishishda, resurslardan oqilona foydalanishda va konfliktlarning oldini olishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Loyiha asosida ishlovchi jamoalarda a'zolar orasidagi o‘zaro muloqotning sifati nafaqat individual ish samaradorligiga, balki butun guruh faoliyatiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, bugungi kunda samarali muloqot strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash masalasi dolzarb ilmiy-amaliy muammolardan biri sanaladi.

Zamira Xolbayeva

4-6

2025-08-05

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA LOYIHA TEXNOLOGIYASI

Ushbu maqola o'qituvchilarni tayyorlash jarayoniga loyiha texnologiyasidan foydalanish omillarini o'rganadi. U bo'lajak o'qituvchilarda bilim ko’nikma va malakalarini shakllantirish jarayoniga ushbu yondashuvni kiritish bilan bog'liq bo'lgan ijobiy tomonlarni va muammolarni o'rganadi. Adabiyot va tadqiqotlarni keng ko'lamli tahlil qilish orqali ushbu tadqiqot bo'lajak o'qituvchilarni o'qitish amaliyotida loyiha texnologiyasidan foydalanishga tayyorlashda samarali strategiyalarni ishlab chiqishga hissa qo'shishga qaratilgan.

Shakir Eshpulatov

21-23

2023-07-28

FIZIKADAN SODDA MEXANIK USULLARDAN FOYDALANIB LOYIHA ISHI TAYYORLASH

Ushbu tadqiqot fizika fanidan sodda mexanik usullardan foydalangan holda loyiha ishlarini tayyorlash metodologiyasini o‘rganadi. Maqolada STEM ta’limida amaliy yondashuvning ahamiyati, mexanik tizimlarning pedagogik potentsiali va talabalarning bilim olish samaradorligini oshirishda sodda mexanik qurilmalarning roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalarida ko‘rsatilgan loyiha ishlarining tuzilishi va baholash mezonlari fizika ta’limida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga yordam beradi.

MELIYEVA LOLA ESHBOYEVNA

189-195

2025-10-07

LOYIHALARGA RISK XAVFINI ANIQLASH VA BOSHQARISH

Ushbu maqolada loyihalarga risk xavfini aniqlash va boshqarish  buyicha muammo ko'rib chiqiladi hamda uning yechimiga qaratilgan ilg‘or usullar, jumladan, sun’iy intellekt, prediktiv tahlil va Monte-Karlo simulyatsiyasi kabi zamonaviy yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy tadqiqotlar asosida loyiha xavflarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.  

Farrux Qodirov , Yulduz Ortiqova

38-43

2025-05-12

BOSHLANG`ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARIDA LOYIHA FAOIYATINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI

Ushbu maqola boshlang`ich sinflarda matematika darslarida loyiha faoliyatini tashkil etish texnologiyasi orqali o`quvchilarni mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv hamda jamoaviy ish ko`nikmalarini rivojlantirish masalasiga qaratilgan.

Raximova Dilshoda Xoliqberdiyevna

47-50

2025-03-14

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING LOYIHA BOSHQARUVIDA IJTIMOIY TA'SIRINI BAHOLASH

Ushbu maqola korrupsiyaga qarshi kurashning loyiha boshqaruvidagi ijtimoiy ta'sirini baholash masalalari, xususan korrupsiyaning loyihalarga ta'siri, korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy ta'sirini baholashning asosiy ko'rsatkichlari, baholash usullari va baholashda yuzaga keladigan muammolar tahlil qilinadi.

Raimjan Tulyaganov

112-115

2025-04-18

“BIR MAKON, BIR YO‘L” LOYIHASINING MARKAZIY OSIYOGA MANFAATLI VA SALBIY TA’SIRI

BRI, ya’ni Belt and Road Initiative, ingliz tilidan tarjima qilganda Kamar va Yo‘l loyihasi, ko‘pincha One Belt One Road ( Bir makon, bir yo‘l loyihasi ) deb ataladi. Loyiha Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, Osiyo davlatlarini Afrika va Yevropa davlatlari bilan bog‘laydigan, a’zo davlatlar iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy birdamligini qo‘llab-quvvatlaydigan loyiha hisoblanadi. Loyihani tashkil qilish g‘oyasi birinchi marotaba 2013-yilda Xitoy Prezidenti Xi Jinping tomonidan Qozog‘istonga qilgan tashrifi davomida taklif qilingan.  Osiyo davlatlari “Bir makon, bir yo‘l” loyihasining muhim va ajralmas qismi sifatida qaraladi. Loyihaga Xi Jinping 2000 yil avval Xitoyda Xan sulolasi tomonidan qurilgan, bir necha asrlar mobaynida Xitoyni Yevroosiyo orqali O‘rtayer hududlari bilan bog‘lagan asosiy savdo yo‘li—Buyuk Ipak yo‘li g‘oyasidan ilhomlanib asos solgan. 2020-yil mart oyidan buyon BRI loyihasiga 138 ta davlat a’zo bo‘lgan. Xitoy BRI loyihasini Osiyo qit’asida o‘z o‘rni va chegaralarini saqlab qolish sifatida juda muhim omil deb biladi. Loyiha yordamida Osiyo hududidagi 15ta davlat bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatilgan. Ushbu maqolada “Bir makon, bir yo‘l” loyihasining Markaziy Osiyoga, xususan O‘zbekistonga keltiradigan ijobiy va salbiy taraflari hamda turli davlatlarda amalga oshirgan ba’zi loyihalari yoritiladi.

Sayyora Zokirova, Zulfizar Ergasheva

101-103

2023-11-30

LOYIHALARNI SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH

Loyihalarni samaradorligini tahlil qilish loyihaning maqsadlariga erishish darajasini, resurslardan foydalanish samaradorligini va kutilgan foydani keltirish qobiliyatini baholashga qaratilgan muhim jarayon. Ushbu maqolada loyihalarni samaradorligini tahlil qilishning asosiy bosqichlari, usullari va afzalliklarini ko'rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, tahlil jarayonida e'tiborga olish kerak bo'lgan muhim jihatlar, jumladan ma'lumotlarning sifati, ob'ektivlik va tashqi omillar tahlil qilinadi. Ushbu maqoladan maqsad loyiha menejerlari va manfaatdor tomonlarga loyihalarning muvaffaqiyatini baholash va kelajakdagi loyihalar uchun saboq olish imkoniyatini beruvchi amaliy qo'llanma taqdim etishdir. Xarajat-foyda tahlili, ROI va o'zgaruvchanlik tahlili kabi keng tarqalgan usullar misollar bilan yoritiladi. Maqola, loyihalarni samarali boshqarish va qaror qabul qilishni yaxshilash uchun ushbu tahlilning ahamiyatini ta'kidlaydi.

Farrux Qodirov, Nigora Raximova

86-90

2025-05-12

KICHIK VA O‘RTA KORXONALARDA LOYIHALARNI BOSHQARISHDA DUCH KELINADIGAN MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Ushbu maqolada kichik va o‘rta korxonalarda (KO‘K) loyihalarni boshqarish jarayonida uchraydigan asosiy muammolar tahlil qilingan. Tadqiqotda resurslarning cheklanganligi, samarali kommunikatsiya yetishmasligi, risklarni baholashdagi kamchiliklar hamda vaqt va byudjetni boshqarishdagi qiyinchiliklar asosiy muammolar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan xalqaro statistik ma’lumotlar asosida loyiha boshqaruvi samaradorligini oshirishda zamonaviy dasturiy vositalarning, xususan, Asana, Jira va Microsoft Project dasturlarining o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada KO‘Klar uchun loyiha boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Laziz Umarov

82-83

2025-10-20

O‘ZBEKISTON UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA ESL/EFL TA’LIMIDA LUG‘AT BOYLIGINI RIVOJLANTIRISHDA LOYIHA ASOSIDAGI YONDASHUVNING NAZARIY VA AMALIY IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston umumta’lim maktablarida ingliz tili o‘qitishda lug‘at boyligini rivojlantirishda loyiha asosidagi ta’lim (PBL – Project-Based Learning) metodining nazariy va amaliy imkoniyatlari yoritiladi. PBL o‘quvchilarni faol ta’lim jarayoniga jalb qiluvchi, mustaqil izlanish va hamkorlikni rag‘batlantiruvchi samarali metodlardan biridir. U lug‘at boyligini faqat yodlash asosida emas, balki amaliy qo‘llash orqali mustahkamlashga yordam beradi. Mazkur maqolada PBLning lingvistik va kognitiv afzalliklari, xalqaro tajriba va O‘zbekiston sharoitidagi tatbiq etish imkoniyatlari ilmiy tahlil qilinadi.

Sayyora Masharibova

104-107

2025-08-26

JAMOAT TRANSPORTI LOYIHALARIDA ZAMONAVIY BOSHQARUV YONDASHUVLARI: AGILE VA LEAN METODOLOGIYALARINING QO'LLANILISHI

Ushbu maqola jamoat transporti loyihalarini boshqarishda zamonaviy metodologiyalarning qo'llanilishi masalasini ko'rib chiqadi. Tadqiqot Agile va Lean yondashuvlarining an'anaviy loyiha boshqaruv usullari bilan taqqoslash asosida olib borilgan. Maqolada xalqaro tajribalar tahlil qilingan va O'zbekiston jamoat transporti tizimida ushbu metodologiyalarni qo'llash imkoniyatlari baholangan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari loyiha samaradorligini sezilarli darajada oshirish va resurs sarfini kamaytirishga imkon beradi.

Hilola Ramazanova

14-16

2025-06-07

LOYIHALARGA INNOVATSIYALARNI JALB ETISH JARAYONLARI

Ushbu maqolada innovatsion loyiha  va loyihalarga innovatsiyalarni jalb etish jarayonlari haqida keng qamrovli ma`lumotlar berilgan

Rashidova Marjona Sadriddin qizi

70-74

2025-03-14

##navigation.items## 1 2 3 4 5 6 7 8 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy