Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

YANGI O‘ZBEKISTONNING MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINING ZAMONAVIY KONSEPTSIYALARI

Mazkur maqolada mamlakatimizdagi madaniyat va san’at ta’limida xorij tajribasining o‘rni va ahamiyati, mamlakatimizda ushbu sohaga berilayotgan e’tibor, madaniyat va san’at ta’limining shakllanishi va rivojlanishi hamda ushbu sohada xorij tajribasidan foydalanib olib borilishi lozim bo‘lgan islohotlar tahliliy bayon etilgan. Shuningdek san’at va madaniyat boshqaruvini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish, boshqaruvga yangi kreativlik asosida Respublikamizdagi barcha san’at muassasalari faoliyatini o’rganish va unga yordam beruvchi tavsiyalarni haqida ma’lumot beradi. Undan tashqari Yangilanayotgan O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan e’tibor, sohaga doir amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritilgan.

Munisa Arslanbayeva, Jumagul Nishonova

107-109

2024-01-26

TIL VA MADANIYAT

Insoniyat taraqqiyoti davomida til va madaniyat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan. Til – bu nafaqat aloqa vositasi, balki xalqning tafakkuri, dunyoqarashi, qadriyatlari va tarixini aks ettiruvchi ijtimoiy hodisadir. Madaniyat esa jamiyat a'zolarining hayoti, turmushi, urf-odatlari, san'ati, axloqiy mezonlari va boshqalar orqali namoyon bo ‘ladi. Ushbu maqolada til va madaniyat o ‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda o‘zaro ta'siri haqida fikr yuritiladi.

Dilfuza Latipova , Sarvinoz Nuraliyeva

53-55

2025-04-30

OMMAVIY MADANIYAT XURUJI VA MILLIY QADRIYATLAR: TAʼLIM TIZIMIDAGI ROLI

Maqolada ommaviy madaniyat xuruji va uning milliy qadriyatlarga taʼsiri tahlil qilinadi. Taʼlim tizimi milliy qadriyatlarni yosh avlodga singdirishda muhim vosita hisoblanadi. Maktab va universitetlarda milliy tarix, madaniyat va qadriyatlar boʻyicha maxsus fanlar va darslar joriy etilishi, tarbiyaviy soatlar va tadbirlar orqali yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat uygʻotilishi muhokama qilinadi. Shuningdek, milliy qadriyatlarni targʻib etuvchi kitoblar va oʻquv qoʻllanmalari yaratish, oʻqituvchilarning malakasini oshirish va maxsus tayyorlash ishlarining ahamiyati ham koʻrsatiladi.

Abbosxon Xayridinov

157-159

2024-07-29

JAMIYAT TARAQQIYOTI MADANIYAT VA SAN’ATNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada madaniyat va san’at sohasining jamiyatdagi o‘rni, sohada amalga oshirilayotgan islohot va yangiliklar hamda qaror va loyihalar xususida so‘z boradi.

Kumush Gulmuodova, Jumagul Nishonova

131-132

2024-01-27

JISMONIY MADANIYATNING IJTIMOIY HAYOTDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

Jismoniy madaniyat inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy va ruhiy salohiyatni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. U yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Jismoniy madaniyat jamiyatda sog‘lom muhit va ijtimoiy faollikni kuchaytiradi. Bu madaniyat ijtimoiy hayotda inson salohiyatining to‘liq namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi.

Avazbek Raxmatov

102-105

2025-05-26

TALABALARDA MUSIQIY-ESTETIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Zamonaviy dunyoda musiqiy va estetik madaniyat shaxsni shakllantirishda va talabalarning ko'nikma va malakalarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Bu eshitish idrokini, ijodiy fikrlashni, hissiy intellektuallikni va san'atni etarli darajada idrok etish va tushunish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu maqolaning maqsadi talabalarda musiqiy va estetik madaniyatni rivojlantirishga yordam beradigan pedagogik sharoitlarni ko'rib chiqishdir. Ushbu tadqiqot doirasida musiqiy va estetik madaniyat tushunchasi, uning zamonaviy ta'limdagi ahamiyati, shuningdek, talabalarda ushbu madaniyatni rivojlantirishning asosiy pedagogik tamoyillari ko'rib chiqiladi.

Karamatdin Zaretdinov

85-88

2024-07-16

O’ZBEKISTON MILLIY MADANIYATI VA SAN’ATINING, XALQARO MUNOSABATLARDAGI O’RNI

Mazkur maqolada boy ma'naviy tarixga ega o'zbek xalqining musiqiy merosi va ma'daniyati haqida bayon qilinadi. Madaniyat xalqlar birodarligini mustahkamlashda katta o’rin tutadi, zero madaniyat insonlarda yuksak ma’naviy sifatlarni shakllantirib o’zida milliylikni kashf etadi. Ma’naviy merosi va milliy madaniyatning tiklanishi zamonamiz uchun bir uyg’onish deb qabul qilinadi.

Hasan Nurullayev , Baxtiyor Azimov

86-87

2023-10-31

IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR, SAN’AT VA MADANIYAT: MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Mazkur maqola ijtimoiy gumanitar fanlar sohasidagi dolzarb muammolarni tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, san’at va madaniyatning o‘rni va ahamiyatini o‘rganadi. Ijtimoiy gumanitar fanlarning jamiyatdagi roli, madaniyat va san’at bilan o‘zaro bog‘liqligi, ularning rivojlanish istiqbollari va jamiyatda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, ijtimoiy gumanitar fanlar, san’at va madaniyatni rivojlantirish uchun zarur chora-tadbirlar taqdim etiladi.

Jumagul Nishonova

562-566

2024-11-29

SHARQDA MADANIYAT VA SAN’AT SOHASI BOSHQARUVINING TARIXIY-ILMIY MAKTABLARI

Har bir millat borki uning ertasi, kelajagini belgilab beruvchi, hamda tarixini oynadek aks ettiruvchi bir qancha omillar bo’ladi. Aynan shu omillarning asosi hisoblangan uning madaniyat va san’atidir. So‘nggi yillarda madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va san’at muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Zuhra Boltaboyeva

45-52

2024-05-15

VOLEYBOL O‘YINI BO‘YICHA MUSOBAQALAR O‘TKAZISH VA HAKAMLIK QILISHNING PEDAGOGIK-TAHLILIY ASOSLARI

Mazkur maqolada voleybol sport turi bo‘yicha musobaqalarni tashkil etishning asosiy bosqichlari, hakamlik jarayonining o‘ziga xos jihatlari, pedagogik va tashkiliy tamoyillar yoritilgan. Sport musobaqalarining o‘quvchilarning jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri hamda hakamlikda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan asosiy me’yorlar ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Aziza Qayumova , Diyora Olimova , Umida Asatova , Madina Xaytboyeva

109-112

2025-04-24

OʻQUVCHILARNING FUTBОL BOʻYICHA TЕХNIK-TАKTIK TАYYORGАRLIK TОMОNLАRINI OʻRGАNISH MUАMMОLАRI

Ushbu maqolada oʻquvchilarning futbоl boʻyicha tехnik-tаktik tаyyorgаrlik tоmоnlаrini oʻrgаnish muаmmоlаri haqida qisqacha mazmuni berilgan.

B. Anorboyev, O. Xojiyeva

128-130

2022-12-15

SIYOSIY MADANIYAT TUSHUNCHASINING KELIB CHIQISHI VA JAMIYAT HAYOTIDA NAMOYON BO’LISHI

Maqolada siyosiy madaniyat fenomeni jamiyatning siyosiy hayotining eng muhim qismi sifatida ko'rib chiqiladi. Kontseptsiyaning mohiyati, shakllanish tarixi, ushbu tadqiqotning shakllanishi va rivojlanishi madaniyat sohalari, shuningdek, fuqarolarning siyosiy madaniyati darajasining ahamiyati jamiyatning progressiv rivojlanishi. O’zbekistonda siyosiy madaniyatni rivojlantirishning o'ziga
xos xususiyatlari, muammolari va istiqbollari muhim o'rin tutadi.

Moxinur Ravshanbek qizi Olimova , Nargiza Ulug’bek qizi Jamalova

59-63

2022-05-17

YOSHLARNING ESTETIK TAFAKKURINI YUKSALTIRISHDA MUSIQIY MADANIYATNING FUNKSIONAL AHAMIYATI

Ushbu maqolada yoshlar estetik tafakkurini yuksaltirishda musiqiy madaniyatning ksional ahamiyati haqida so’z yuritiladi. Musiqiy madaniyat estetik, psixologik, ijtimoiy, kommunikativ va boshqa sohalar o'zaro bog'liq bo'lgan juda murakkab ta’limlardan biridir. Bu murakkab ta’limning asosi esa - musiqa bilan bog’liqdir. Musiqaning qadr-qimmati odob-axloq bilan tanilgan bo’lib, komil va go‘zallikka ko‘tariladi.

Lyudmila Maksimova, Nigora Djalalova

85-92

2024-05-20

AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI

Amir Temur  O'rta Osiyo va butun dunyo tarixida buyuk harbiy rahbar, davlat arbobi va madaniyat homiysi sifatida tanilgan. Ushbu maqola Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi roli va uning tarixdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi. Maqolada Temurning harbiy yurishlari, siyosiy islohotlari, iqtisodiy siyosati va madaniy merosi tahlil qilinadi. Amir Temur o‘zining harbiy muvaffaqiyatlari bilan katta hududlarni zabt etib, Temuriylar imperiyasini yaratdi. Shuningdek, u markazlashgan boshqaruv tizimini o‘rnatdi, davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamladi. Uning Samarqandni ilm-fan va madaniyat markaziga aylantirishi, ilmiy va madaniy rivojlanishga qo‘shgan hissasi uning buyukligini yanada oshiradi. Temurning siyosiy va madaniy merosi, uning davlat boshqaruvi, qonunlar va madaniy yutuqlari bugungi kunda ham o‘rganilmoqda va dunyo tarixida o‘z izini qoldirgan. Bu maqola Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi ahamiyatini keng yoritib beradi va uning tarixdagi o‘rni hamda merosini chuqur tahlil qiladi.

Adhamjon Azimov, Ibratillo Riskiyyev

18-23

2025-05-07

MADANIY TA’SIR VA AN’ANAVIY TARJIMALAR: TILI VA ODAMLAR

Ushbu maqola madaniy ta’sir va an’anaviy tarjimalar o’rtasidagi bog’lanishni tahlil etadi. Madaniyat va til o’rtasidagi aloqalarni o’rganib, an’anaviy ifodalar va qadriyatlarning tarjimasi, jamiyatdagi til va madaniyat o’zgarishlariga qanday ta’sir ko’rsatishi ko’rib chiqiladi. Maqolada madaniy elementlar va tilning ahamiyati, ularning xalq hayotidagi o’rni, va xalqaro kommunikatsiyada madaniyatlarning qanday aks etishi tahlil qilinadi. Shuningdek, tarjimalar va madaniy o’zlikni saqlashning o’ziga xos jihatlari va globalizatsiya jarayonidagi yangi qiyinchiliklar ham yoritiladi. Maqola madaniy va lingvistik tadqiqotlarga qiziqqan olimlar, talaba va ilmiy jamoatchilik uchun muhim manba hisoblanadi.

Dilrabo G’ulomovna Asatullayeva

83-87

2025-02-14

YOSHLARNING DUNYO QARASHINI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQIY ONGNING O‘RNI

Huquqiy madaniyatning darajasi huquqiy tizimning rivojlanganlik darajasi, davlat va jamiyat institutlarining xalqchilligi, kelajak avlodning bilim darajasi, Huquqiy ongi va jamiyatdagi Huquqiy mafkura bilan uzviy aloqadorlikdadir. Boshqacha qilib aytganda, Huquqiy madaniyat umumiy madaniyat tushunchasining tarkibiy qismi bo`lsada, biroq u ham muhim va dunyoviy axamiyatga ega bo`lgan muammo hisoblanadi.

Oybek Erkaboyev , Odina Tojiboyeva

90-94

2023-06-22

OʻZBEKISTONNING JANUBIY VILOYATLARDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNING RIVOJLANISHI (QASHQADARYO MISOLIDA) 1991-2024 YILLARDA

Ushbu maqolada Oʻzbekistonning janubiy viloyatlarida, xususan Qashqadaryo viloyatida jismoniy madaniyat va sportning rivojlanishi tahlil etiladi. 1991 yildan 2024 yilgacha bo'lgan davrda sportning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola, shuningdek, sport infratuzilmasi, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportga qiziqishning oshishi kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi. Qashqadaryo viloyatining sport sohasidagi yutuqlari va muammolari hamda ularni hal etish yo‘llari tahlil qilinadi.

Behzod Dilmurodov

11-12

2025-05-05

O‘ZBEK XALQ MAQOLLARINING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI

Jahon tilshunosligi tilda har bir millatning milliy-madaniy o‘ziga xosligi, dunyoqarashi, turmush tarzi hamda diniy tasavvurlarini o‘zida aks etishi masalasiga doimo qiziqib kelgan. Shuning uchun tilshunoslikning har bir sohasida bu masalaga doir bir qator tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Etnomadaniy qadriyatlarning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lgan til birliklarini lingvokulturologik jihatdan o‘rganish zamonaviy tilshunoslikning asosiy muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon tilshunosligida lingvokulturologiyaga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. Zamonaviy antroposentrik lingvistikada maqollar millatning milliy-madaniy o‘ziga xosligini ochib berishda katta o‘rin tutishi va ularning muayyan lingvomadaniy jamoaga xos xususiyatlarini o‘zida yorqin ifodalashi alohida qayd etiladi. Xalqlarning milliy o‘zligini anglashi, til va madaniyatning o‘zaro munosabati masalalari jahon tilshunosligida inson omilini lingvomadaniy jihatdan o‘rganishda katta ilmiy qiymatga ega. Til va madaniyat munosabatini “inson+til+madaniyat” ning o‘zaro aloqasi va ta’siri doirasida tushunish hamda tahlil qilish mumkin. O‘zbek tilshunosligida tilning milliy madaniyat va ma’naviyatini, diniy tasavvur va turmush tajribalarini til birliklarida saqlash hamda namoyon qilish muammolari markaziy o‘rinlarni egallamoqda

Orasta Yuldasheva

263-266

2024-07-31

LINGVOKULTUROLOGIYA. FARIDA AFRO‘Z IJODIDA TIL VA MADANIYAT MASALALARI

Ushbu maqolada lingvokulturologiya haqida, til va madaniyat tadqiqi  masalalari to‘grisida ma’lumot berilgan, Farida Afro‘z she’riyati misolida yoritilgan.  Bundan tashqari, ilmiy maqolada lingvokulturologik birliklar, muqobilsiz leksika haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Feruza Topildiyeva

50-54

2023-02-20

TEXNOLOGIYA VA AN'ANAVIY MADANIYAT: YANGI IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR

Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalarning an'anaviy madaniyatga ta'siri, ularning uyg‘unligi va yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba asosida o‘qitish tizimining samaradorligi va uning milliy madaniyat bilan uyg‘unlashuvi yoritiladi.

Farrux Qodirov , Rushana Xayrilloyeva

101-105

2025-05-12

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING MEROSI VA BUGUNGI KUNDA UNING O‘RNI

Ushbu maqola Mahmudxo‘ja Behbudiyning merosini va uning bugungi kunda o‘rni haqida so‘z yuritadi. Behbudiyning ta'lim, madaniyat va siyosat sohasidagi islohotlari, uning Turkistonning jadidchilik harakati va umumiy rivojlanishidagi ahamiyati yoritiladi. Maqola, Behbudiyning o‘z zamonida amalga oshirgan islohotlari va bugungi kunda uning g‘oyalari va ishlari qanday qadrlanayotganini tahlil qiladi. Shuningdek, maqolada Behbudiyning o‘zbek ta'lim tizimi, madaniyat va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi hamda uning merosi asosida hozirgi kunda olib borilayotgan islohotlar haqida fikrlar bildirilib, Behbudiyning tarixi va zamonasi bilan bog‘liq qimmatli saboqlar taqdim etiladi.

Rasulova Zebiniso Xakim qizi

83-85

2025-03-14

O’RTA MASOFALARGA YUGURUVCHI SPORTCHILARNI YILLIK TAYYORGARLIGIDA MASHG’ULOT YUKLAMALARINI TAQSIMLASH

Yillik tayyorgarlik mashgʻulotlarida, oʻrta masofaga yuguruvchilar sport formasining tashkil topishi va psixologik tayyorgarligi bir-biriga uzviy bogʻliq holda yuz beradi. Ushbu jarayonni bir-biridan alohida tasavvur etib boʻlmaydi. Murabbiylar sportchilarning psixologik xususiyatlarini yaxshi biladilar ammo alohida yondashuv asosida musobaqalarga tayyorlash ishlarini tizimli asosida olib bormaydilar. Buning natijasi sifatida sportchilarning musobaqalar davrida yetarli darajada tanlangan tur xususiyatlariga mos ravishda tayyor boʻlmasliklariga olib boruvchi sabablardan biri boʻlib, ushbu mavzuning dolzarb ekanligini asoslab beradi.

Otabek Odilov , Shamshodjon Boltayev , Fotima Qo’ziyeva

522-527

2022-10-14

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YEVROPA MAMLAKATLARI BILAN MADANIY ALOQALARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng Yevropa mamlakatlari bilan o‘rnatilgan madaniy aloqalarning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Muallif 1991–2024-yillar oralig‘ida amalga oshirilgan hamkorlik yo‘nalishlari – tarixiy merosni asrash, san’at, adabiyot, ta’lim, yoshlar almashinuvi va raqamli madaniyat sohalaridagi faoliyatlarni yoritadi. Shuningdek, madaniy diplomatiya orqali O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imiji mustahkamlanib borayotgani ta’kidlanadi. Maqolada ushbu jarayonlarning xalqaro integratsiyaga va milliy qadriyatlarning targ‘ibotiga qo‘shgan hissasi ochib berilgan.

Lobar Xushnazarova

33-35

2025-04-17

SUN’IY INTELLEKTNING SAN’AT VA MADANIYATGA TA’SIRI

Ushbu maqola sun'iy intellektning (SI) san'at va madaniyatga bo‘lgan ta‘sirini keng miqyosda o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar madaniy merosni saqlash, san‘at asarlarini yaratish, ulardan foydalanish va auditoriya tajribasini kengaytirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Sun‘iy intellektning ijodiy jarayonlarga qo‘shgan hissasi, uning san‘at va madaniyat rivojiga ta‘siri, ijodiy jarayonlarni avtomatlashtirishdagi yutuqlari va shu bilan birga yuzaga keladigan estetik hamda etik muammolar keng yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda sun‘iy intellekt texnologiyalarining san‘at va madaniyat sohasidagi qo‘llanilish imkoniyatlari va istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Xusnida Abdullayeva

99-101

2025-01-15

MADANIYAT VA SAN’AT TA’LIMIDA MASOFAVIY O‘QITISH: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR

Ushbu maqolada madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim tizimida masofaviy o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari, imkoniyatlari va duch kelinayotgan muammolar tahlil etiladi. Ayniqsa, dirijorlik, cholg‘u ijrochiligi, aktyorlik mahorati kabi amaliy fanlarni masofadan o‘qitishdagi metodik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Muallif tomonidan ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi texnologik vositalar va innovatsion yechimlar ham tahlil qilinadi.

Shoxida Toxirjonova

161-162

2025-06-16

##navigation.items## 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy